СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

13- modul. XVIII asrda boshqa milliy madaniyatlar bilan xalqaro aloqalarning kuchayishi.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

13- modul. XVIII asrda boshqa milliy madaniyatlar bilan xalqaro aloqalarning kuchayishi.

Просмотр содержимого документа
«13- modul. XVIII asrda boshqa milliy madaniyatlar bilan xalqaro aloqalarning kuchayishi.»

Jaxon musiqasi tarixi

13- modul. XVIII asrda boshqa milliy madaniyatlar bilan xalqaro aloqalarning kuchayishi.

Reja:

  1. XVIII asrda boshqa milliy madaniyatlar bilan xalqaro aloqalarning kuchayishi.

  2. Birinchi navbatda Italiya va Fransiya milliy madaniyatlari bilan.

  3. Rus bastakorlik maktabining shakllanishi – M.YE.Fomin, V.Pashkevich, M.Berezovskiy, D.Bartnyanskiy, I.Xandoshkin.

  4. Opera madaniyatining rivojlanishi.

Tayanch so‘z va iboralar: A’kapеlla – cholg‛u jo‛rligisiz xor yoki yakkaxon kuylash jarayoni.Ansambl – ikki va undan ortiq ijrochilarning birgalikdagi kuylashi yoki turli cholg‛urlardagi ijrosi. Ariеtta - kuychan ohangi va bayonning oddiyliligi bilan ajralib turuvchi ikki qismli kichik ariya.


Adabiyotlar:

  1. A.Asafev. M.I.Glinka. L.1978.

  2. Belza. Alеksandr Nikolaеvich Skryabin. M.: 1985.

  3. A.P.Borodin v vospominaniyax sovrеmеnnikov. M. 1985.

  4. V.A.Vasina – Grossman. Mixail Ivanovich Glinka M.1982.

  5. Vospominaniya o Raxmaninovе. I, II toma, M. 1988.

  6. Vospominaniya o Chaykovskom M. 1973.

  7. M.I.Glinka. Chеlovеk. Sobo`tiya. Vrеmya. M. 1988.

  8. Е.M.Gordееva. Kompozitoro` moguchеy kuchki. M. 1986.

  9. A.P.Zorina. Alеksandr Porfirеvich Borodin. M., 1987.

  10. Yu.V.Kеldo`sh, T.V.Korjеnyants, Е.M.Lеvashеv, Е.Listova, M.Sokolova. Istoriya russkoy muziki. M. 1988.

  11. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  12. S.I.Savеnko. Sеrgеy Ivanovich Tanееv M. 1985.

  13. A.I.Soxor A.P. Borodin, L. 1980.

  14. O.I.Sokolova Sеrgеy Vasilеvich Raxmaninov. M. 1987.

  15. E.Frid. M.P.Musorgskiy. Problеmo` tvorchеstva M. 1981.


XVIII asrning birinchi choragidagi islohatlar va o‘zgarishlar rus davlati taraqqiyotidagi yangi bosqichga asos solib, by o‘z o‘rnida mamlakatning madaniy hayotida ham o‘z aksini topdi. Shoh Petr I kabi buyuk tarixiy shaxsning mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirishga intilishi hayotning nafaqat xo‘jalik, siyosiy tomonlariga, balki madaniy hayotning turli jabhalariga ham ta'sir ko‘rsatdi.

O‘tmish o‘rnini vahshiylikka qarshi vahshiyona usullardan tap tortmay foydalanishga qaratilgan, insonlar turmushi tarzini va dunyoqarashini shakllantirgan o‘zgacha tushunchalar, odatlar va xulq- atvor me'yorlari egallay boshladi. Pyotr I zamonida asos solingan rus madaniyati aksari dunyoviy tusga ega bo‘lib, u Qadimgi Rus ongini va fikrini chulg‘ab olgan diniy aqida va bid'atlardan xoli edi. Bu vaqtga kelib marifat masalalari muhim ahamiyat kasb etdi. Sanoatning turli jabhalari, qo‘shin va flotga malakali mutaxassislar, davlat mahkamalari uchun bilimdon, savodxon xodimlar, tabiblar, muallimlar zarur bo‘lib, maktab birinchi navbatda ana shu ehtiyojlarni qondirishi shart edi. Bunday sharoitda ta'lim muassasalarining tarmog‘i kengayib borib, shu bilan birga ta'lim tizimining o‘zi ham dunyoviy ko‘rinish ola bordi.

XVIII asrning boshlarida yaratilgan yangi talim muassasalari aksariyat hollarda muayyan kasbga ixtisoslashgan edi. Bu muassasalar maxsus bilim va ko‘nikmalardan tashqari, shuningdek, zarur umumiy talim berish bilan ham shug‘ullangan. Ularning ko‘pchiligida badiiy tarbiya – musiqa, musavvirlik bilan shug‘ullanish, teatr postanovkalarida ishtirok etishga katta e'tibor berilgan. O‘rta asrlarga xos diniy dunyoqarashlar kishanidan ozod bo‘lgan rus ilm fani yanada taraqqiy etishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi. 1724 yilning boshlarida mahalliy ilm-fan markazi bo‘lgan Fanlar akademiyasi mamlakatda ma'rifat va ta'lim ishlarini kengroq yoyishga qaratilgan loyihasini tasdiqladi. Loyihada akademiya tarkibida universitet va gimnaziya joriy etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bundan tashqari fan va din manfaatlari doirasi qat'iy belgilab qo‘yildi.

1702 yilning oxiridan rus gazetasi «Vedomosti»ning chop etila boshlanishi ham muhim hodisa bo‘ldi. Kitob chiqarish ko‘lami kengayib, eski slavyancha shrifti bilan emas, yangicha fuqaro shriftida nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, texnik va harbiy adabiyotlar paydo bo‘ldi.

Shoh Petr I ongli ravishda o‘zining yangicha madaniy siyosatini Rossiyani «evropalashtirish»ga qaratdi. G‘arbiy davlatlar madaniyati va turmush tarziga taqlidan, u hatto kiyim-bosh va soch turmaklashdan, ilm-fanning so‘nggi yutuqlariga qadar Rossiyada joriy qilib, bularni ruslar ongiga singdirishga intildi. Bu harakatlar G‘arbga sajda qilish emas edi, albatta. Mamlakatga foyda keltirishi, uning iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirishi mumkin bo‘lgan narsalar va hodisalargina o‘rganilardi, xolos.

Turkiya, Shvetsiya va uning ittifoqdoshlari bilan olib borilgan uzoq va og‘ir urushlarda qo‘lga kiritilgan ajoyib g‘alabalar Rossiyaning G‘arb davlatlari oldidagi nufuzini oshirdi. Rossiya rivojlangan yevropa davlatlarining teng huquqli hamkoriga aylanib, ularning aksariyati bilan muntazam diplomatik aloqalar o‘rnatdi va bironta ham yirik xalqaro muammo uning ishtirokisiz hal qilinmaydigan bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarishlar oqibatida madaniy aloqalar ham ancha kengaydi, XVII asr oxirlariga qadar rus jamiyati G‘arb madaniyati namunalari bilan asosan Polsha orqali tanishib kelgan bo‘lsa, endilikda ular bilan bevosita muloqot qilish, anglash imkoniyati paydo bo‘ldi. Ruslarning xorijga ko‘plab safarlari, diplomatik va boshqa xizmatlar yuzasidan ba'zilarning G‘arbiy yevropa mamlakatlarida uzoq vaqt yashashi ham taraqqiy etish uchun turtki bo‘ldi. Rus sayohatchilari G‘arb mamlakatlari madaniyati va turmushini o‘rganib, ko‘rganlarini Rossiya voqyeligi bilan taqqoslashga, o‘zlashtirish va o‘rganishga loyiq, deb hisoblashgan odat va marosimlarni, taassurotlarini qog‘ozga tushirishga intilardilar. Biroq, G‘arb ananalari, did va tasavvurlari o‘z hayotini yevropacha andozaga moslashtirishga intilgan marifatli rus boyonlari muhitida tobora chuqur ildiz otib ketdi. O‘z qobig‘iga o‘ralgan eski Rus dunyosi o‘rnini erkin turmush shakllari, o‘z muhitidagi odamlar bilan ancha bemalol muomala qilish odati egallay boshladi. Biroq, bu o‘zgarishlar dvoryanlar jamiyatining yuqori tabaqalariga tegishli bo‘ldi. Aholining aksariyati qadimiy urf-odatlarga rioya qilib, ota-bobolari yashagani kabi kun ko‘rishar, yevropa madaniyati nishonalaridan bebahra edilar. Petr I amalga oshirgan islohotlar dvoryanlar va oddiy xalq turmush tarzi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarning yanada keskinlashuviga olib keldi.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!