СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

5 -mavzu jaxon musiqasi tarixidan

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

5 -mavzu jaxon musiqasi tarixidan

Просмотр содержимого документа
«5 -mavzu jaxon musiqasi tarixidan»

5- modul. Instrumental musiqaning rivojlanishi.

Reja:

1.Instrumental musiqaning rivojlanishi.

2. S.Frank, K.Sen-Sans, G.Fore ijodi.

3. Chex, norveg, ispan milliy bastakorlik maktablarining shakllanishi.

4. B.Smetana, A.Dvorjak, E.Grig, I.Albenis, E.Granados ijodi.


Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.


Adabiyotlar: .

  1. А.Х.TrigulоvаХоrijiy musiqаadabiyoti T. Ilimziе 2009

  2. А.Х.Trigulоvа CHеt el musiqа tаriхi. Rоmаntizm dаvri T.,Nizоmiy nоmli TDPU 2008

  3. «Muzikаlnаya entsiklоpеdiya» M. Muzikа 1978

  4. «Chet el musiqasi tarixi» dasturi. Toshkent, 1966 yil.

  5. B.V.Levik. «Chet el musiqasi tarixi». Toshkent «O’qituvchi», 1984 yil.

  6. Iz istorii zarubejnoy muziki 4. «Muzika» nashriyoti, M., 1980 yil.

  7. V.S.Galatskaya. «Muzikal’naya literatura zarubejnix stran». Izd. «Muzika». M., 1967 yil.

www.tdpu.uz/////www. ziyonet.uz/////// www.dsmi.uz///////www.conservatory.uz


Antonin Dvorjak (1841-1904).

Buyuk Chex kompozitori 1841 yili Praga yaqinidagi Nelagozeves qishlogida tug’ilgan. 1904 yili Pragada vafot etgan. Bolaligida A.Limandan fortepiano, skripka va alt chalishni o’rgandi. 1857 yili Pragaga ko’chib keldi, musiqa o’quvini I.Ferster boshchiligida davom ettirdi. Opera teatri orkestrida va Cherkovda organchi bo’lib ishlaydi. 1874 yildan boshlab uning musiqiy ijodi rivojlanadi. «Oq tog vorislari» vatanparvarlik kantatasi, «Slavyan raqslari» unga jahon miqyosida katta obro’ keltirdi. Kembridj universiteti unga professor (musiqa doqtori) faxriy unvonini beradi. Praga universiteti esa unga falsafa doqtori unvoni (faxriy daraja) bergan. O’sha yilning o’zida u Chexiya fanlar akademiyasi a`zoligiga saylanib, Parij konservatoriyasi professorligi lavozimiga taklif oladi. 1901 yilda konservatoriya direktori bo’ladi. Bir yildan keyin Nyu-York milliy konservatoriyasi direktorligi va professorligi lavozimiga taklif etiladi. Bu erda 1895 yilga qadar turli mamlakatlarda kontsert gastrollarida bo’lib turadi. U O.Nedbal, Y.Suk, V.Novak, R.Karel kabi taniqli kompozitorlarga ustozlik qilgan. Dvorjak ijodiy merosi: 10 ta opera, ulardan «Vanda», «Ayyor dehqon», «Shayton va Kacha» («Chyort i Kacha»), «Rusalka» («Suv parisi»), «Muqaddas Lyudmila» oratoriyasi, kantatalar, «Rekviem», 9 ta simfoniya, 6 ta uvertyura, orkestr uchun «Slavyan raqslari», 20 ta duetlar, xorlar qo’shiqlar, shuningdek turli musiqa asboblari uchun cholg’u asarlari.

Edvard Grig (1843-1907).

Taniqli Norveg kompozitori Edvard Grig 1843 yili Norvegiyaning Bergen shahrida tug’ilgan. 1907 yili shu shaharda vafot etgan. Dastlab onasidan fortepianoda chalishni o’rgandi. Keyinchalik Leyptsig konservatoriyasida (1858-1862 y) ta`lim olgan. Taniqli kompozitor va pedagog I.Moshelesning shogirdi bo’lgan.1863 yili Kopengagen shahriga ko’chib keladi. Bu yerda u kompozitor N.Gade va Norvegiya gimni muallifi R.Nurdrok bilan tanishadi. Ular Grigda xalq musiqa ijodiga qiziqish uyg’otganlar. 1866 yili Grig Norvegiyaga qaytib keladi va Bergen hamda Oslo shaharlarida yashaydi. U 1865-66 yillarda Italiyada bo’ladi va u yerda (Rim) kontsertlar berib yurgan mashxur kompozitor va pianino ijrochisi F.List bilan uchrashib, u bilan do’stlashadi. U Yevropaning turli shaharlarida kontsertlar beradi va muntazam ijod bilan shug’ullanadi.

Uni Shvetsiya fanlar akademiyasi, Leyden musiqa akademiyasi, Berlin fanlar akademiyasi, Kembrij va Oqsford universitetlari o’zlarining professor, doqtor va muxbir a`zolik (ya`ni fanlar akademiyasining muxbir a`zosi)ga saylaganlar. U o’z musiqalarida vatanparvarlik, insonparvarlik, badiiy lirika, tabiatni sevish g’oyailarini aks ettirgan. U musiqa tarixidan Norveg milliy kompozitorlik maktabining asoschisi sifatida joy olgan. Ijodiy merosi ko’p qirrali bo’lib, asosiylari: 1ta tugatilmagan opera (ya`ni 3 ta sahnasi mavjud), G.Ibsenning «Per Gyunt» p`esasiga musiqa, Norveg raqslari, fortepiano uchun asarlar, turli asboblar uchun sonatalar.

Isaak Al’benis (1860-1909).

Taniqli ispan kompozitori Isaak Al’benis 1860 yili Kamprodon shahrida tug’ilgan.1909 yili Kambo-le-Ben shahrida vafot qilgan. U dastlab Parijda A.Marmontel qo’l ostida pianino boyicha ta’lim olgan. 4 yoshidan boshlab kontsertlar bergan. U Yevropaning turli mamlakatlarida, Amerika qo’shma shtatlarida kontsertlar berib zo’r ijrochi sifatida tanildi. F.Padrel unda ispan xalq musiqasiga qiziqish uyg’otib, kompozitor sifatida shakllanishda hal qiluvchi rol uynaydi. U dunyodagi ko’pgina ilg’or kompozitorlar bilan uchrashib ularning e`tiborini qozondi. Al’benis musiqa tarixiga yangi ispan kompozitorlari maktabining asoschilaridan biri sifatida kirdi. Uning ijodiy yo’nalishi asosan fortepiano musiqasidir.

Ijodiy merosi: jami 500 ga yaqin asarlar bo’lib, ular orasida 7 ta opera («Korol Artur»), «Pepita Ximenes (1896)», bitta oratoriya, orkestr uchun «Kataloniya» syuitasi (tugallanmay qolgan), fortepiano uchun 300 ga yaqin turli asarlar, «Ispancha syuita», «Ispan qo’shiqlari» (5 ta), 6 ta ispan raqslari, qo’shiq va romanslar.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!