Просмотр содержимого документа
«Informatika 5-sinf Mavzu: Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari»
Kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
Kompyuter xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kirish
Harakatlanish uchun noqulay, qo‘pol kiyimlar bilan kirmaslik
Kompyuterga faqat o‘qituvchining ruxsati bilan o‘tirish
Kompyuterda faqat o‘qituvchi bergan vazifani bajarish
Kompyuterda sozlash ishlarini o‘zbilarmonlik bilan olib bormaslik
Kompyuter yoqilgan holatida sim, rozetka va ulagichlarga tegmaslik
Kompyuter yaqinida boshqa elektr asboblaridan foydalanmaslik
Kompyuter xonasida tez alangalanuvchi buyum va suyuqliklarni ishlatmaslik
Kompyuter xonasiga ovqat va salqin ichimliklar olib kirmaslik
Favqulotda vaziyatlarda tezda o‘qituvchiga xabar berishlik
KOMPYUTER XONASIDA SANITARIYA–GIGIYENA TALABLARI
To`g`ri o`tirish qoidalari
Tovonlar yerga tegib turadi
Qomat tik tutiladi
3
1
Yelkalar bo`sh, tirsaklar yengil gavdaga tegib turadi. Bilaklar klaviatura balandligida qayd etiladi
Ekrandan 50-60 sm uzoqlikda o`tiriladi
2
4
Sanitar-gigiyena talablari
Klaviatura va sichqoncha bilan ishlaganda toza va yuvilgan qo‘llar bilan ishlang!
Sanitar-gigiyena talablari
Klaviatura va sichqoncha bilan ishlagandan keyin qo‘lingizni, albatta, sovunlab yuving!
Badan gimnastikasi
Tanaffus paytida xonada qo‘llarni baland ko‘targan holda 2-3 daqiqa yurish.
Xonada qo‘llar bilan qarama-qarshi yelkalarini qoqib yurish.
Boshni asta-sekin avval o‘ng tomonga, so‘ngra chap tomonga 5 martadan burish.
O‘ng yelkani o‘ng quloqqa 5 marta ko‘tarib-tushirish, chap yelkani chap quloqqa 5 marta ko‘tarib-tushirish.
Ko‘z mashqlari
Olimlarning ta’kidlashicha, kompyuterda uzoq vaqt ishlash jarayonida ko‘z nurining pasayishi va ko‘rish qobiliyatining susayishi tezroq rivojlanishi mumkin.
Bunday holatning oldini olish uchun har kuni maxsus mashqlarni bajarib turish zarur
Bajarish texnologiyasi
- To‘g‘ri o‘tirgan holatda ko‘z qorachig‘imizni yuqoriga, so‘ngra pastga harakatlantiramiz.
- Ko‘z qorachig‘imiz bilan havoda:
- avval soat millari harakati yo‘nalishida, so‘ngra teskari yo‘nalishda aylana chizamiz;
- diagonal chiziqlar chizamiz;
- kvadrat shaklini chizamiz;
- yarim aylanalar chizamiz;
- romb shaklini chizamiz;
- S harfini chizamiz (avval vertikal, so‘ngra gorizontal holatini).
Mashqlarni bajarib bo‘lgandan keyin ko‘zni yumgan holatda biroz o‘tirish tavsiya qilinadi
QOIDALARGA RIOYA
QILISHNI UNUTMANG!
VA DOIMO OZODALIKNI
SAQLAB YURING!