СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Расмлар га ишлов бериш

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Расмлар га ишлов бериш»

08.05.2019 – 10 “A”, “D” , 09.05.2019 – 10 “ B”, “E”


Mavzu: 63-DARS. RASMGA BOSHQA OBYEKTLARNI JOYLASH


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga rasmga matn joylash va rasmga shakllarni joylashni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish

FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.

2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?

3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?

4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu

qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?

5. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label

obyektidan foydalanib, qayta yarating.

6. Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali

beradigan qilib o‘zgartiring.

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

1. Rasmga matn joylash. Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydigan amallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi. Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi esa ekranga chiqariladigan matn satri.

Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz:

Image1.Canvas.Font.Size:=8; Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8');

Image1.Canvas.Font.Size:=14; Image1.Canvas.Font.Color:=clRed;

Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14'); Image1.Canvas.Font.Size:=20;

Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue; Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20');

Image1.Canvas.Font.Name:='Times New Roman'; Image1.Canvas.Font.Size:=30;

Image1.Canvas.Font.Color:=clGreen; Image1.Canvas.TextOut(70,20, '30');

Image1.Canvas.Font.Size:=40; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlack;

Image1.Canvas.TextOut(110,20, '40'); Image1.Canvas.Font.Size:=50;

Image1.Canvas.Font.Color:=RGB(255,0,255); Image1.Canvas.TextOut(180,20, '50');

Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bosamiz.

2 . Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarni joylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz. Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4) nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi. Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan:

Image1.Canvas.pie(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.pie(100,0,200,100, 0,50,150,0);

  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

1. Rasmga ellips segmenti qanday qilib qo‘yiladi?

2. Rasmga ellips sektori qilib qo‘yiladi?

3. Rasmga bir nechta matn satri kiritadigan ilova yarating.

4. Rasmga bir nechta geometrik shakllar kiritadigan ilova yarating.


  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.


  1. Uyga vazifa berish:

1. Rasmga matn qanday qilib qo‘yiladi?

2. Rasmga ellips yoyi qanday qilib qo‘yiladi?


O’IBDO’: _________________________


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!