Mavzu: 61-DARS. Timer OBYEKTI VA UNDAN FOYDALANISH
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___
Darsning maqsadi: | Ta’limiy: O’quvchilarga Timer obyektining xossalari, elektron soat va Taymer ilovasi, ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirishni o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish |
Kompetensiya | TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi. |
Dars usuli | suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. |
Dars turi | Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. |
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi | O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. |
Ishlash bosqichlari vaqti | Faoliyat mazmuni |
O’qituvchi | O’quvchilar |
1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa) | Darsni tashkillashtish. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: | Darsga tayyorlanadi. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. |
2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) | hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) | Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. |
3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) | O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi. | Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Vazifalarni yozib oladi. |
Asosiy tushunchalar:
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Listbox obyekti qanday vazifani bajaradi?
2. ComboBox obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
3. SpinEdit obyektining asosiy xossalari vazifalarini aytib bering.
4. Ilovaga ListBox obyektini joylang. Bu obyektni Asaka zavodida
ishlab chiqariladigan avtomashinalardan birini tanlaydigan qilib xossalarini
o‘zgartiring.
5. Ilovaga ComboBox obyektini joylang. Uning xossalari o‘zgartirib,
unga viloyatlar ro‘yxatini kiriting.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1. Timer obyektining xossalari. Ba’zan ilovada vaqtga bog‘liq
amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ilovada joriy vaqtni
ko‘rsatuvchi soat bo‘lsa, har sekundda ko‘rsatilayotgan vaqtni yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi.
Taymer obyektining o‘ziga xos xususiyati uning ekranda
ko‘rinmasligidir. Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan:
2. Elektron soat va Taymer ilovasi. Elektron soat ilovasini yaratamiz.
Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga ikkita obyekt: Label va Timer joylaymiz. Label ning Font (shrift) xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga teng qilib o‘rnatamiz:
Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga
Label1.Caption:=TimeToStr(Now); operatorini kiritamiz. Bu operatorda
ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi Now (hozir)
bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi vaqtiga teng:
Taymer ilovasi. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga Label, Button,
SpinEdit va Timer obyektlarini joylaymiz. Label va Button sarlavhalarini
QOLGAN VAQT: va START larga o‘zgartiramiz.
SpinEditning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz:
SpinEdit1.MaxValue:=100; SpinEdit1.Value:=30;
SpinEdit1.Enabled:=False; Button tugmasini ikki marta bosib, uning protsedurasiga Timer1.Enabled:=True; operatorini kiritamiz. Timerni ikki marta bosib, TForm1.Timer1Timer protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz:
SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1;
if SpinEdit1.Value=0 then
begin
Timer1.Enabled:=False;
ShowMessage('VAQT TUGADI.');
Form1.Close;
end;
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.
2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?
3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?
4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu
qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?
5. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label
obyektidan foydalanib, qayta yarating.
6. Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali
beradigan qilib o‘zgartiring.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
Timer obyektining nechta xossasi bor?
O’IBDO’: _________________________