СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

1-mavzu: Qadimgi musiqa madaniyatlari

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati

Просмотр содержимого документа
«1-mavzu: Qadimgi musiqa madaniyatlari»

1-mavzu: Qadimgi musiqa madaniyatlari

Reja:

1. Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati.

2. O‘rta asrlar universializm davrining musiqiy dunyoqarashi.

3. Yevropa musiqasining shakllanishida grigorian xorlarining roli.

4. O‘rta asrlarda musiqiy nazariy.

5. Vizantiya musiqa madaniyati.

Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.

Asosiy adabiyotlar

  1. Галущенко И.Г. История музыки народов мира. Вып.3. Т., “Мусиқа”. 2008.

  2. История зарубежной музыки. Выпуск 1-6, М.-СПб., 1986-2001. И т.-535 б., II т. –277 б., III т. – 533 б., ИВ т. – 529 б., В т. – 448 б.

  3. История русской музыки. Выпуск 1-4, М., 1981-1987. Iт.-623 б., II т.- 580 б., III т.-486 б., IVт.-525 б.

Internet saytlari:

  1. www.ziyonet.uz – O‘zbekiston ta’lim portali

  2. http://www.uzbeknavo.uz- O‘zbeknavo EB

  3. http://www.uzbekteatrskm.uz- “O‘zbekteatr” IICHB

  4. http://www.muz-urok.ru/ Noti,knigi o muzike, uchebniki po muzike.

  5. http: //lib-notes.orpheusmusic.ru/news

  6. www.compozitor.spb.ru/

  7. www.sanat.orexca./rus/

  8. http://yontheatre.uz/istoriya/

  9. http://classic.manual.ru/ - Klassik musiqa namunalari

http://opera-class.com/index.html

https://vaqt.ucoz.com/publ/madaniyat_va_san_39_at/antik_junoniston_madanijati/9-1-0-1052

http://xorazmiy.uz/uz/pages/view/254

Madaniyat rivojida antik madaniyatning ahamiyati.

Antik davr madaniyati – jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lib, u ​davrda filosofiya, madaniyat fan sifatida shakllandi. O‘sha davr yunonlarining turmush tarzi, fikrlashi, ma'naviyati hozirgacha ham insonlarni hayajonga solib kelmoqda.

Antik yevropa madaniyatining shakllanishiga Mesopotamiya va Misr madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va teologiya sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarning ahamiyati katta bo‘ldi.

Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XXVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o‘zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. Qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi.

Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli – respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443- 429 yy) hisoblanadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Aristokratiya odobi – musobaqa tamoyillari asosida birinchilardan bo‘lishga intilish qadriyati keng quloch yoydi. Bunday o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari,1 munozara, jang maydoni, teatr sahnalari edi.

Yunonlar mifologiyasida birgina xudolarni emas, yerdagi insonlarni ham ulug‘laganlar. Bunga Sofoklning "Dunyoda buyuklar ko‘p. Lekin, insondan boshqa tabiatda kuchlisi yo‘q", yoki Arximedning "Menga tayanch nuqtasini topib beringlar, men dunyoni ostin-ustun qilib tashlayman" degan iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin.

Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo‘linadi:

Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar);

Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar);

Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar);

Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar);

Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar).

Egey madaniyatini ko‘pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.

Falsafa va boshqa fanlar vujudga keladi. Falsafa faniga Fales, Pifagor esa matematikaga asos soladi.

Avval yog‘ochdan, keyinchalik toshdan foydalanib yasaladigan monumental haykaltaroshlikka asos solinadi. Shulardan ko‘proq tarqalgani: 1) yalang‘och holdagi erkaklarning haykallari – "kuros"; 2) tikka turgan ayollar haykallari – "kora".

Poeziya sohasida Gomerning "Illiada" va "Odisseya" dostonlari yaratiladi. Keyinroq shoir Gesiod tomonidan "Teogoniya" va "Ayollar katalogi" poemalarida antik mifologiya o‘zining klassik darajasiga ko‘tariladi. Antik shoirlar orasida Arxilox (lirik poeziya asoschisi), hamda shoira S.O.Lesbos ijodlari alohida o‘rin tutadi. Go‘zallik, sevgi, huzur-halovatni kuylagan Anakreonta ijodi A.S.Pushkin ijodiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan.


O‘rta asrlar universializm davrining musiqiy dunyoqarashi.

Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag‘dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etilib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan O‘rta Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag‘dod akademiyasini jahonga mashhur bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Movaraunnahrda arab halifaligini hukmronligini o‘rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma'mun akademiyasi vujudga keldi va uning a'zolari bo‘lmish o‘z davrining olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movaraunnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o‘lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo‘tabar shaxslari, hadisshunoslari yetishib chiqdilarki, ularning nomi Hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog‘onalarida turibdi.

Xorazmda Ma'mun akademiyasi. Ma'lumki, uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o‘z boshidan turli voqyealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o‘zining ma'lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Shax Ma'mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma'mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma'mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma'mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug‘ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan ulug‘ allomalar ham bor edi.

O‘rta asrlarda musiqiy nazariy.

Bu so‘z o‘rta asrlarda isloh qilinib “iyqo'” iborasi bilan almashtirilib, “nag‘ma, soz, ovoz, musiqiy harakat o‘lchovlarini anglatilishidan dalolat beradi. Ilmi musiqiyning beshinchi, oltinchi, ettinchi holatlarida “ko‘chish nisbati”ning “nisbat ul-kÿchik” turlari bayon etilgan. Oltinchi holat. ... nazariy-amaliy muammolari yuksak ilmiy saviyada umumlashtirib berilgan. Shu bois, ushbu risola zamonaviy musiqashunoslik uchun ham hanuz dasturilamal vazifasini bajarib kelmoqda. Forobiy va Ibn Sinolar tomonidan riyoziy fanlar tarkibiy qismi sifatida ta'riflangan musiqa, Amir Temur va ayniqsa, temuriylar davridan boshlab ehtirosli va kamyob san'at turi sifatida tan olina boshlandi.

O‘rta Osiyolik mutafakkir olimlar haqida ma'lumotlar.

Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (yerning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi.

Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma'lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma'lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy astronomiyaga oid «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an'anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib urgandi. Kuyosh soatlarini. bayonini berdi, astronomik asboblari yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar yevropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi.

Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O‘trorda tug‘ilgan, boshlangich ma'lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan «Musiqa xaqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag‘ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir.

Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir, serqirra olim astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi. Shuningdek, uning xikoyalar, she'rlar bitganligi xam ma'lum. Beruniy o‘rta asrda birinchi bo‘lib globus yaratdi. U arab, fors, hind turkiy tillarni mukammal bilgan. Uning «Farmokanaziya», «Geodeziya», «Hindiston», «Minerologiya», «Ma'sud qonuni», «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan. Maxmud G‘aznaviy saroyda ham xizmatda bo‘lgan. U Ibn Sino bilan ham zamondosh edi.

Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yil) U falsafa, mantiq ruxshunoslik, adabiyotshunoslik, she'riyat, musiqa, geologiya, minerologiya, fizika, matematika, tibbiyot, astronomiyaga oid yuzlab asarlar yaratdi. Abu Alining ilmiy qiziqishlari doirasi shu qadar keng bo‘lganki, uning 40 dan ziyod tibbiyotga, 30 ga yaqin astronomiya va tabiatshunoslik fanlariga, 185 ta falsafa, mantiq va ilohiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratgani ma'lum.

Vizantiya musiqa madaniyati.

Vizantiya musiqasining lotin cherkov aytimlari va diniy hizmatlariga o‘tkazgan ta'siri va ahamiyati xususida yuqorida bir necha bor qayd etilganligiga qaramay uni o‘rganilishi bir muncha mushkil kechgan. Xristian davrining ilk boshlanish bosqichidanoq Vizantiya musiqa san'ati haqida ma'lumotlar bo‘lishiga qaramay, amaliy musiqa namunalari bizgacha yetib kelmagan.Shu bois, birinchi asr xristian musiqasi haqidagi fikr -mulohazalar asosan ruhoniylar yozib qoldirgan qo‘llyozmalaridagi umumiy qarashlar tizimi asosida shakllandi.

Vizantiya - yunon madaniyatining vorisi sifatida o‘zining musiqiy an'analarida qadimgi yunon xalq qo‘shiqlar va ibodatxona madhiyalarini saqlab qoldi.Ammo, so‘nggi rivojlanish pallada ular unutilib boradi. Hanuzgacha o‘rganilmagan qadimgi vizantiya musiqasi negizida pinhon sirlangan ellinlar musiqasining tovushqatorini saqlanib qolgan bo‘lsa ajab emas. Biroq, mazkur davrda vizantiyaning gullab yashnagan arxitekturasida qadimgi yunon va rim madaniyatlariining ta'sirini aniq ko‘rish mumkin. Bugunda vizantiya musiqasini tadqiq qilish borasidagi asosiy to‘sqinlik, o‘ziga xos qadimgi vizantiya nota yozuvini bugungi kunga qadar o‘rganib chiqilmaganiga borib taqaladi.


Qadimgi Vizantiya arxitekturasi

Bizgacha original ko‘rinishda yetib kelgan eng qadimgi yodgorlik papirus qog‘oziga bitilgan ersgersog Raynerning qo‘llyozmasidir.Mazkur manba to‘rtinchi asrga mansub bo‘lib unda biz xech qanday nota belgilarni ko‘rmaymiz va buning oqibatida ayrim olimlar qadimgi vizantiya liturgiyasi faqat oddiy rechitativ ko‘rinishidagi aytimlardan iborat bo‘lgan degan fikrni olg‘a surishlariga sabab bo‘ldi. Balki, ma'lum ma'noda sharqiy mamlakatlarga xos bo‘lgan og‘zaki ijodiyot tizimi, professional san'atkorlar tomonidan qadimgi liturgiyalarni yoddan bilishiga sabab bo‘lgan. Mavjud nota belgilari lotin cherkovidan tashqarida, havaskorlar toifasi uchun katta yordam bo‘lgan.Bunday belgili yozuv tizimi qadimgi yunon prosodiya1 bilan bog‘liqlik rishtalariga ega .

Haqiqiy nota yozuvi Vizantiyada sakkizinchi asrga kelib paydo bo‘ladi. Uni asoschilardan biri vizantiya liturgiyasini tubdan isloh qilgan shahs Ioann Damashqli (700-760) bo‘ladi. Damashqda tug‘ilgan ruhoniy qo‘l ostida diniy aytimlar “oktoix”2 orqali sakkiz glasdan iborat bo‘ldi.Uning tizimi asosida qadimgi yunon cherkovida bugungi kunga qadar saqlanib qolgan kechki yunon nota yozuvi shakllandi. Ioann Damashqli islohoti nota belgilar yordamida cherkov aytimlarining melodik xarakatini aks etishga qodir bo‘ldi.



Damashqli Ioann

Yangi nota yozuv tizimi asosan bosh Konstantinopol cherkovi (bugunda masjidida) keng tarqalgani bois («agia Sophia») uning nota yozuvi «agiopolik» deb nom oldi .

.


Istanbul. Ayya Sofiya cherkovi, so‘nggi asrda masjidi


Ioann Damashqli nota yozuvi masalasi xususida tadqiqotchilar bir to‘xtamga kelmagan. Xususan, vizantiya musiqasining ko‘zga ko‘rinarli olimlari qatorida abbat J. Tibo va fransuz olim L. Gastue, o‘n uchinchi asrda vujudga kelgan vizantiya nevmalari aslida ushbu asrda ijod qilgan musiqa nazariyotchisi,kompozitor Ioanna Kukuzel ihtirosi va qalamiga mansub (XIII asr) deya ta'kidlaydilar.


Ioan Kukuzel


Ushbu asarga doir qo‘llyozmalar ko‘pligi bois agiopolik va kukuzel ko‘rinishdagi nevmalarini o‘qish mumkin. O‘rta asr qo‘llyozmalarida nevmalar xususida ma'lumotlar yetarli darajada. Ular. agiopolitlar, enxiridiyalar (boshqaruv), va papadiki(ruhoniylar qoida qonunlari) kitoblari xususida ma'lumot berib, qadimgi nota belgilari grammatikasini aks etgan musiqiy alifboni tashkil qiladi.

“Papadiki” - ko‘p asrlar davomida nus’ha qilib ko‘chirilgan eng qadimgi o‘rta asr namunasidir. Ushbu manbani o‘rganish asnosida olimlar nafaqat o‘rta asr nota yozuvi sirlarini ochish, balki, ushbu yo‘l bilan yozib olingan o‘rta asr liturgiyalarining xarakterini aniqlash imkoni paydo bo‘ldi.

XIX asrda vizantiya nota yozuvini isloh qilinishi borasida yana bir qadam qo‘yildi. Uni arxiepiskopom Xrisanf amalga oshirib ortiqcha belgilarni olib tashlash orqali, vizantiya nota yozuvini yanada sodallashtiradi.

Imperatorlar: Feofil


Konstantinopallik arxiepiskop- Xrisanf

Uning islohoti vizantiya cherkov notatsiyasi rivojiga katta ta'sir ko‘rsatmadi va hanuzgacha liturgik namunalarda , g‘arbiy cherkovda allaqachon unutib yuborilgan, nevma nota yozuv tizimi xaqidagi xotirani aks etadi.

Vizantiya cherkovidagi hizmatlar o‘zini dabdabaligi va tashqi xashamati bilan ko‘zga tashlangan. Ayniqsa Konstantinopoldagi Ayya Sofiya cherkovi buning yorqin misolidir.

Imperatorlar saroyida musiqachilar va xonandalardan iborat katta xorlar mavjud bo‘lib, ular imperatorni cherkovga tashrif buyurgan vaqtida xor aytimlar va ulug‘lash madhiyalari bilan unga jo‘rlik qilganlar. Ma'lum bo‘lishicha bir qator imperatorlar, cherkov madhiyalarning mualliflari ham bo‘lgan . Xususan, imperator Feofil (829-842), nafaqat cherkov aytimlarini yaratuvchisi , balki, xorga jo‘rlik qilgan cholg‘uchilar safida o‘tirib diniy marosimlar o‘tkazishda shahsan o‘zi qatnashgan. Boshqa imperator- Mixail Parapinaki musiqaga ko‘p vaqt ajratishi bois, davlat ishlarini tashlab qo‘yiganligida zamondoshlari tomonidan ayblangan .

Imperatorlar: Feofil

Mixail Parapinaki va Arslon Faylasuf


Yana bir imperator –Arslon Faylasuf musiqiy qiziqishlari ham e'tiborga loyiq. Imperator tanovvul qilish vaqtida, saroy xonandalari bilan kuylangan bir qator madhiyalarning muallifi bo‘lgan.Ushbu ma'lumotlar yunon olimlari tomonidan qilingan katta hizmati ularoq musiqa san'ati vizantiyalik imperatorlar saroyida, qolaversa mamlakatda tutgan yuqori mavqyeini beligab beradi


1  Qadimgi yunon ta'limi bo‘lib , antik grammatikasida so‘z va iboralari o‘rg‘ulanishi va buni o‘rganishga bag‘ishlanadi


2 Ҳафта кунларига мўлжалланган диний- ҳизмат китоби


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!