СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Амалий машгулот

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Амалий машгулот»

06.05.2019 – 10 “A”, 07.05.2019 – 10 “B”, “D” , “E”


Mavzu: 62-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga Timer obyektining xossalari, elektron soat va Taymer ilovasi, ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirishni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash, mediamadaniyatga ega bo‘lish

FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

Tayanch bilimlarning faollashtirish.



Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.

2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?

3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?

4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu

qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?

5. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label

obyektidan foydalanib, qayta yarating.

6. Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali

beradigan qilib o‘zgartiring.

  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

Ko‘pburchak diagonallari ilovasini avtomatlashtirish. Avvalgi

mashg‘ulotda yaratilgan muntazam burchakning diagonallari nomli ilova ishini avtomatlashtiramiz. Undagi tugmani bosganimizda ilova avtomatik tartibiga o‘tsin va har sekundda ko‘pburchakning burchaklari sonini bittaga oshirib, uning barcha diagonallarini chizib chiqsin. Ilovani Delphi ga qayta yuklab, unga Timer obyektini joylaymiz. Uning Enabled xossasining qiymatini yolg‘onga o‘tkazamiz. Button1 tugmasining sarlavhasini Start ga o‘zgartiramiz. Bu operatorlardan birinchisi SpinEdit1 ning qiymatini bittaga oshiradi. Keyingi operator bu qiymat 40 dan oshib ketsa, uni 3 ga teng qilib qayta aniqlaydi. Uchinchi operator berilgan ko‘pburchakning diagonallarini chizib chiqadi.

  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

4.3. Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi

operatorlarni kiriting:

. procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject);

begin

i:=i+1;

if i mod 12 =1 then

begin light_off;

canvas.brush.Color:=clRed;

canvas.Ellipse(20,20,70,70);

end;

if i mod 6 =0 then

begin light_off;

canvas.brush.Color:=clYellow;

canvas.Ellipse(80,20,130,70);end;

if i mod 12 =7 then

begin light_off;

canvas.brush.Color:=clGreen;

canvas.Ellipse(140,20,190,70);

end; end;

4.4. Bu protseduradan oldin light_off protsedurasini kiriting:

procedure light_off;

begin

form1.canvas.brush.Color:=clBlue;

form1.canvas.Rectangle(10,10,200,80);

form1.canvas.brush.Color:=clGray;

form1.canvas.Ellipse(20,20,70,70);

form1.canvas.Ellipse(80,20,130,70);

form1.canvas.Ellipse(140,20,190,70);

end;

4.5. Ilovani ishga tushirib, uning ishini kuzating:

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.


  1. Uyga vazifa berish:

Timer obyektining nechta xossasi bor?



O’IBDO’: _________________________


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!