СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda  milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakillantirish.

Нажмите, чтобы узнать подробности

KIRISH:

Yosh avlodni tarbiyalash haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz ayniqsa endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim:

Mana ulug’ bobomiz nima deb yozganlar,

“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikda yurishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalaikda olgan tarbiyalariga bog’liq” Qarang qanday bebaho oltinga teng so’zlar!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti:

Sh.M.Mirziyoyev.

T’alim-tarbiyada ma’naviy axloqiy qadriyatlardan foydalanishni ta’minlashda yoshlarning ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik xislatlarini yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan tarbiyaning samarali usullaridan foydalanish nazarda tutilgan holda, milliy mintaletetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi kurashga oid targ’ibot va yashviqot ishlarini kengaytirish, o’quvchi yoshlarining ma’naviy merosimiz, madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar haqida eng qadimgi devoriy rasmlar va bitiklar, xalq og’zaki ijodi na’munalari, qimmatbaho qo’lyozmalarda saqlanayotgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, memorchilik, dexqonchilik va boshqa sohalarga oid bilimlarga ega bo’lishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalqimizning asrlar davomida tarkib topgan tajribalarida tarbiyaning mohiyati, shakli va metodlaridan yoshlarga aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, jismoniy tarbiyasida qanday foydalanilganligi, ularni hayotga tayyorlashda qanday ishlar amalga oshirilgani kabi masalalar diqqat markazida bo’lib, tarbiyaning bir butun yaxlit tizimi yaratilgan. Eng muhim metod sifatida o’git nasixat qo’llanilgan. Bundan tashqari ma’rifiy qadriyatlardan na’muna ko’rsatish, ibrat, rag’batlantirish, qoralash, ishontirish kabi metodlardan ham foydalanilgan

Bu va boshqa qadriyatlarimiz haqida birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida faxrlanib qapiradi. Bunda noyob merosimizga “Avesto” va undagi “Ezgu fikr”, “Ezgu kalom” va “Ezgu amal” axloqiy tamoillari kiritilib, o’quvchilar ongiga “Avesto”dagi bu ezgu g’oyalarning mazmun-mohiyati yetkazilib, uning hozirgi davrda ham o’z qimmatini yoqotmagan qadriyat sifatida targ’ib etildi.

Shuningdek, xalq og’zaki ijodining nodir na’munalari ertaklar, dostonlar, topishmoq va maqollar tarbiyada muhim rol’ o’ynashi hisobga olinib, ta’lim jarayonida ulardan keng foydalanish, ayniqsa, baxshilarning “Avazxon”, “Go’ro’g’li”, “Alpomish” dostonlarini kuylashi va termalar ijrosiga bag’ishlangan uchrashuvlar o’quvchilarda vatanparvarlik, do’stlik, sadoqat, qahramonlik tuyg’ularini shakillantirishda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari “Navro’z” bayramining har yili nishonlanishi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, Mazkur bayramni o’tkazish o’quvchilarda sahovat, mehr-muruvvat, insonparvarlik, jamoa bo’lib harakat qilish, mehnatsevarlik xislatlarini shakillantirishda muhim vositadir.

Ayniqsa, o’quvchi yoshlarning g’oyaviy-mafkuraviy immunitetini shakilllantirish, diniy ekstremizm, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurash hamda havfsizlikni ta’minlash bo’yicha “Yoshlar ittifoqi” ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti ham qator tadbirlar o’tkazmoqda. Jumladan o’quvchi-yoshlarning diniy mavzularda soha mutaxassislari, dinshunos olimlar, diniy idora hodimlari, huquq targ’ibot vakillari bilan uchrashuvlar, davra suxbatlari o’tkazilib, “xalqaro diniy bag’rikenglik kuni” munosabati bilan “Dinlararo bag’rikenglik-milliy g’oyamiz” mavzusidagi tadbirlar turkumi, “O’zbek xalqi hech kimdan kam bo’lmagan va kam bo’lmaydi ham”, “Kecha kim edigu-bugun kim bo’lduk” mavzularida shoirlar, yozuvchilar, davlat arboblari, sportchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazilishi o’quvchilarda milliy g’urur, Vatanga muhabbat tuyg’ularini shakillantirish bilan birga, ularda ogohlik va hushyorlik hislatlarining tarkib topishiga olib keladi.

Umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish borasida din va huquq targ’ibot xodimlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstrimizm”, “Aqidaparastlikni oldini olish”, “Ekstrimizm-yovuz kuch” mavzularida davra suhbatlari o’tkaziladi. Bu tadbirlar o’quv dargohida sog’lom muhit yaratish, o’quvchi yoshlarning ogoh bo’lish, turli diniy ekstrimistik oqimlar ta’siridan, noto’g’ri yetkaziladigan axborot xurujlaridan saqlanishlariga yordam beradi.

Shuningdek, o’quvchi-yoshlarning ta’lim–tarbiyasida buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ilmiy faoliyati, ularning olamshumul kashfiyotlarini o’rganish o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va ayniqsa ilm-fan va zamonaviy axborot texnologiyalarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARNI SHAKILLANTIRISH.

Mavzularni o’qitishda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakillantirish quydagi allomalarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur kabi mutaffakirlarning ilmiy salohiyatini o’rgatish, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov e’tirof etganlaridek “Biz bu beboho meroslardan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz ”.

Haqiqatdan ham, buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy merosi-Muso Xorazmiyning o’nlik sanoq tizimi, algaritm va algebra tushunchalarini birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga kiritgtani, Farobiyning fozil shahar fuqorolarini kamolga yetish g’oyalari, Ibn Sinoning jismoniy tarbiyaning bir butun yaxlit tizimini yaratgani bilan, Abu Rayhon Beruniyning yuksak axloqiylik va ilm – fanni o’rganishga doir fikrlari, Ulug’bekning falakiyotga doir kashfiyotlari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad boburlarning ta’limiy-axloqiy asarlarida komil inson tarbiyasiga doir ilgari surgan tavsiyalari hozirgi davrda ham ahamiyatini yoqotgan emas.

Allomalarning aqliy tarbiya, insoniy fazilatlarni tarkib toptirish borasidagi tarbiya usullari Sharq pedagogikasining qimmatli xazinasi hisoblanadiki, bu tavsiyalardan biz ta’lim-tarbiya jarayonida foydalansak, milliy qadriyat sifatida o’z o’rnini topgan bo’ladi. Chunki biz nazarda tutgan barcha allomalarning ilmiy-amaliy tavsiyalarda yoshlarni ilm oilsh, kasb-hunar egallash, yuksak ahloqlilik hamda jismoniy barkamollikka erishish yo’llari ilgari suriladi.

Ayniqsa, aqliy tarbiyada sog’lom fikr, yuqori iste’dod va salohiyatini tarbiyalash borasidagi yo’l – yo’riqlari diqqatga sazovor. Axloqlilikning tarkibiy qismi sifatida esa kattalarga hurmat, adolatlilik, jasorat, sabr-qanoat, do’stlik va muhabbat kabilar belgilangan. Axloqlilik xislatlari sifatida kattalarga hurmat, to’g’rilik, samimiylik, yumshoq ko’ngillik, saxiylik, kamtarlik, g’amxo’rlik va boshqalar talqin etilgan.

Aqliy tarbiyani axloqiy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib boorish vositasida barkamol avlodni tarbiyalash metod va usullari hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yoqotmagan. Shunga ko’ra, ta’ilm jarayonida milliy qadriyatlarimiz vositasida tarbiyaviy ta’sir etish samarali hisoblanadi.

Masalan, chorizmning siyosatiga qarshi chiqqan va mustaqillik uchun kurashgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon kabi el-yurt manfa’ti yo’lida qurbon bo’lgan jadid ma’rifatparvarlarining xotirasini saqlash va faxr tuyg’usini shakillantirish maqsadida Internetdan “Xotira va qadrlash maydoni” ga oid lavhalarni olish ham o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga oid bilimini boyitishga va ta’lim –tarbiyani ular bilan uyg’un holda tashkil etishiga hizmat qiladi.

Internetda ma’lumotlarni izlash mavzusi misolida

Qidiruv tizimi - maxsus Web-sahifa bo'lib, Internet tarmog'idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.

Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo, Google larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.uz, www.rambler.ru, www.aport.ru, www.yahoo.com va www.google.uz adreslarga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (Web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xil.(1soatlik dars ishlanmasi ilova qilinadi)

Mavzuda milliy va umumma’daniy kimpitensiyalarni shakillantirish maqsadida interfaol metodlardan darsning uyga vazifalarni takrorlash va mustaxkamlash bosqichlarida foydalanish maqsadga muvofiq:

1. Blits-so’rov (quydagi savollarga tezkor javob bering):

  1. Tarmoq deb nimaga aytiladi?
  2. Tarmoq turlari nechta?
  3. Lokal tarmoq nima?
  4. Global tarmoq nima?
  5. Mintaqaviy tarmoq nima?
  6. Internetga asos solgan tarmoq nomi?
  7. Modem nima?
  1. B/BX/B jadvali (jadvalda keltirilgan jumlalarga qarab fikringizni yozing).

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

  1. FSMUinterfaol metodi.

Informatika va AT darslarida ushbu metoddan foydalanish o’quvchilarda tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.

Savol: Uy sharoitida internet ishlamaybdi?

F (fikr)-

S (sabab)-

M (misol)-

U(umumlashtirish)-

Qidiruv tizimlaridan foydalanib o’quvchilar quydagi rasmlarni saqlab olishlari mumkin (rasmlar ilova qilinadi).

Bundan tashqari hozirgi kunda o’quvchi yoshlar o’rtasida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yangi alifbosini keltirib, tilimizga bo’lgan xurmat qay darajada ekanligini, bu xatoliklarni yo’q qilish biz pedagoglarning asosiy vazifalarimizdan biriga aylanishini aytib o’tishim mumkin:

Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi yangi alifbosi

  1. "CH" harfi o’rniga-"4",
  2. "SH" harfi o’rniga - "W",
  3. "YU" harfi o’rniga - "8",
  4. "YA" harfi o’rniga - "9",
  5. 'О'" harfi o’rniga -"6".

Shu alifbodan foydalanayotgan yoshlarimizning yozishmalariga bir e’tibor beraylik:

  1. Wodi9 k6zlariz bun4a 4iroyli 6ziz oydek (Shodiya ko’zlaringiz buncha chiroyli, yuzingiz oydek)
  2. Y6ge, rostanmi 3qun ( Yo’g’e rostanmi Uchqun.)
  3. Yangicha alifboning faol foydalanuvchilari raqam bilan nafaqat hatf balki so’z yasashni ham allaqachon o’rganib olishgan:
  4. BARI 1- (baribir), 3dik-(uchdik),
  5. 4 wirin 4iqibdi - (to’rt shirin chiqibdi),
  6. в7 (всем “hammaga"),
  7. qowiq (qo’shiqmi va qoshiq)

Shu o’rinda mavzuni o’tish jarayonida o’quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalar — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, xalqning tarixiy, boy ma’naviy va ma’daniy boyliklarni avaylab asrash, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish, jamiyatda o’rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish deb olish mumkin.

Категория: Информатика
13.10.2018 15:36


Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!