3 – dars: Kompyuter tehnikasi vositalari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy - o‘quvchilarga shaxsiy kompyuter va texnik vositalar haqida ma’lumot berish.
Fanga oid kompetensiya: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi
Tarbiyaviy - o’quvchilarni do’stona ruhda, o’quvchilarni izlanuvchanlik ruhida vatanga muhabbatli , bilimga chanqoqlik, mehrli, oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, , buyuk ajdodlar merosi ma`naviyatimiz asosi ekanligini o`quvchilarning ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi - shaxsiy kompyuterning qurilmalari, videoxotira, prosessor, plata, portlar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari, monitor, klaviatura, disk yurituvchi, vinchester, printer, trekbol, sichqoncha, joystik, plotter, skaner, strimmer, modem, soundblaster, multimedia.
Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.
Dars metodi: an`anaviy, aqliy hujum, klaster kabi interfaol usullar.
Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)
Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)
O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)
Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)
I.Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
sinf jurnalini tekshirish
II. O’tilgan mavzuni takrorlash: kompyuterlar mavzusi bo`yicha savol-javob o`tkaziladi.
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Kompyuterlarning qurilmalari bilan darslikdan tanishsiz. Bu qurilmalarning ba’zilari bilan chuqurroq tanishtiramiz.
M
atritsali printerlarda belgilar rangli tasmaga urilayotgan metall ignachalar yordamida qog‘ozga tushiriladi. Har bir belgi 9, 18 yoki 24 ta vertikal joylashtirilgan ignalar to‘plamidan hosil bo‘ladi. Kamchiligi: baland ovoz chiqarib ishlashi, bosma sifatining pastligi, tezligining pastligi.
Lazer printerlarining ishlashi quyidagicha: kompyuter matn saxifasining tasvirini o‘z xotirasida aks ettiradi va printerga uzatadi. Saxifa haqidagi ma’lumotlar lazer nurlari yordamida yorug‘likka o‘ta sezgir qoplamali aylanuvchan barabanga akslantiriladi. Bu qoplama yorug‘lik intensivligiga qarab o‘zining elektromagnit xususyatlarini o‘zgartiradi.
Nurlantirilgandan keyin elektr toki ta’siridagi baraban yuzasining nurlangan qismlariga toner – kukunli bo‘yoq yopishib qoladi. Shundan keyin printer maxsus qaynoq valcha yordamida qog‘ozni barabanga yo‘naltiradi. Shundan keyin toner qog‘ozga o‘tib issiq ta’sirida “erib” yopishadiva tiniq sifatli tasvir hosil bo‘ladi. Kamchiligi: narxining qimmatligi.
Purkovchi printer belgilarni siyohli nuqtalarning ketma-ketligi sifatida hosil qiladi. Printerda chop etish juda mayda naychalardan tez qotuvchi siyohning varaqqa purkalishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu printerlarda yuqori sifatli qog‘oz qo‘llaniladi. Rangli purkovchi printerlarda ranglar to‘rtta asosiy rang – xavorang, qirmizi, sariq va qora ranglarning kombinatsiyasi asosida asosida hosil qilinadi.
Printerlar kompyuter bilan maxsus kabel yordamida ulanadi. Kabelning bir uchi printer uyachasiga, ikkinchi uchi kompyuterning printer portiga ulanadi. Port – kompyuterning maxsus bo‘linmasi. Port orqali kompyuterga tashqi qurilmalar ulanadi.
H
ar bir printer drayver deb ataluvchi maxsus dasturga ega. Bu dastur kompyuter bilan printerning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Plotter (grafyasagich) – kompyuter boshqaruvi ostida grafik, rasm yoki diagrammalar chizuvchi qurilma. Plotterlarning rolikli va planshetli turlari mavjud. Plotterlarga ham printerlar kabi maxsus dastur – drayver zarur.
S
kaner – qog‘ozdagi ma’lumotni kompyuterga kirituvchi (uzatuvchi) qurilma. U hujjat tasvirini raqamlar orqali kodlab kompyuter xotirasiga joylashtiradi.
Printer kompyuter xotirasidagi ma’lumotni qog‘ozga chiqarsa, skaner aksincha, qog‘ozdagi ma’lumotni kompyuter xotirasiga kiritadi.
M
odem – kompyuterdagi ma’lumotlarni telefon tarmoqlari orqali uzoq masofalarga uzatish qurilmasi.
Ichki va tashqi modemlar mavjud. Tashqi modemlar alohida qurilma ko‘rinishida, ichki modemlar kompyuter ichiga o‘rnatiladigan elektron plata ko‘rinishida bo‘ladi.
Faks – tasvirlarni telefon tarmog‘i orqali faksimil usulda uzatuvchi qurilma. Faks so‘zi grafik ko‘rinishidagi ma’lumot (imzo, hujjat va hokazo)ni aniq tasviri degan ma’noni anglatuvchi “faksimile” (lotincha fac simile – shu kabi hosil qil) so‘zidan kelib chiqqan.
1
985 – yilda kompakt disklar yaratilgan keyin CD–ROM (Compact Disk – Read Only Meomory) yaratildi. Bu format 1985 – yilda Philips va Sony kompaniyasi tomonidan ishlanilgan edi. Buni ular “Yellow Book” deb ataganlar. CD–ROM yaratilgandan keyin ovoz yozish ishlari boshlandi lekin ovozlar sifati yaxshi bo‘lmagani uchun simvolli CD–ROM lar yaratila boshlandi.
APPLE kompaniyasi Macintosh kompaniyasiga buyurtma beradi va buyurtma asosida yangi ishlab chiqilgan tovush kartasi va kalonkalar yaratadi. Bu kalonkalarning ishlash prinsipi to‘lqinlar asosida amalga oshirilgan to‘lqin tezligi 16 bit sekundiga. Tovushli kartalar chiqqandan keyin ularga CD – ROM lar kerak bo‘lib qoldi.
Sichqoncha
Bu qurilma biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo‘lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi, Sichqonchada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvchi buyruqlarni jo‘natish mumkin. Hozirgi kunda sichqonlarning hillari ko‘p yangi sichqonlar lazerli, optichni sichqonchalar ko‘paymoqda va uni ishlab chiqaradigan kompaniyalar, Genius, Delux, Benq, Connect, Microlab, va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.
O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.
Uyga vazifa:
10 ta test tuzib kelish.
O’IBDO’: Farmonova S.R________