СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

8-урок для 8 классов

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«8-урок для 8 классов»

8 – dars. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga kompyuterlarning dasturiy ta’minoti haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy: o’quvchilarni estetik ruhda, vatanga muhabbatli , mehrli , oqibatli insonlar qilib tarbiyalash, milliy istiqlol ruhini singdirish.

Rivojlantiruvchi: texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, sistema dasturlari, uskunaviy dasturlar, amaliy dasturlar, utilitlar.

Kompetensiyalar: F.K1: Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig’ish kompetensiyasi

F.K2: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

T.K2: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Dars turi: mavzu bo`yicha yangi tushuncha berish, bilimlarni shakllantirish.

Dars metodi: an`anaviy, amaliy, aqliy hujum, interfaol usullar.

Dars jihozi: texnik vositalar, plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, elektron dars ishlanmasi.

Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)

  • O`tilgan mavzuni takrorlash: (8 daqiqa)

  • Yangi mavzuni tushuntirish: ( 15 daqiqa)

  • Yangi mavzuni mustakamlash: (15 daqiqa)

  • O`quvchilarni baholash: (2 daqiqa)

  • Uyga vazifa berish: (2 daqiqa)

I.Tashkiliy qism:

salomlashish

davomatni aniqlash

sinf jurnalini tekshirish


II. O’tilgan mavzuni takrorlash: olingan nazorat ishi natijalari e`lon qilinadi va bo`shliqlar bilan ishlanadi.

O’tgan mavzuni savol-javoblar orqali takrorlash

Mavzuni yoritish:Informatikada kompyuter texnikasini quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:

  • texnik vositalar;

  • dasturiy vositalar.

Texnik vositalar – kompyuterning qurilmalaridir. Ingliz tilida bu qism Hardware deb ataladi va “qattiq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu qismga, masalan, protsessor, vinchester, monitor, klaviatura disk yurituvchi, printerlarni misol qilish mumkin.

Dasturiy vositalar – kompyuter tomonidan ishlatiladigan barcha dasturlar to’plamidir. Ingliz tilida bu qism Software deb ataladi va “yumshoq mahsulotlar” deb tarjima qilinadi. Bu so‘z dasturiy ta’minot bilan kompyuterlarning mutanosibligini, dasturlarning takomillashishi, rivojlanishi va moslashuvchanligini ifodalaydi.

Bundan tashqari informatikada yana bir yo’nalish Brainware (brain inlizchadan tarjimasi – intellekt, ong) – algoritmik yo’nalish ajratiladi. Bu yo’nalish algoritmlarni ishlab chiqish, ularni tuzish usul va uslublarini o‘rganish bilan bog’liqdir.

Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:






  • sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan:

  1. kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari);

  2. foydalanilayotgan ma’lumot nusxalarini hosil qilish;

  3. kompyuterni ishlash imkoniyatlarini tekshirish;

  4. kompyuter haqida ma’lumotlar berish va hokazo.

  • amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;

  • uskunaviy dasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar.

Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta’minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‘llanish sohasining kengayib borishi ba’zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o‘tib qolishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, ba’zi amaliy dasturlarning qo‘llanish sohasi chuqurlashib borganligidan va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchiga e’tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, “elektron suhbatdosh”), ularni yuqoridagi hususiyatlar bo’yicha ajratish mushkul.

Sizning shaxsiy kompyuteringizda manfaat ko‘rish maqsadida o‘g‘irlashga arziydigan qimmatli axborot bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu axborotlar siz uchun zarur. Kompyuter viruslari esa ularni o‘chirib yuborish yoki foydalanib bo‘lmaydigan darajada o‘rgartirib yuborishga qodir. Kompyuter viruslari tarixi Sinsinati shahri (Ogayyo shtati) universitetining ilmiy xodimi, kompyuter havfsizligi sohasida taniqli mutaxassis, Fred Koen nomi bilan bog‘liq. Koen dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa ko‘chirishga qarshi himoya muammolari ustida ish olib borib, yangi dastur yaratdi. Bu dastur tez qayta tiklanish va takomillashish hamda kompyuter xotirasidagi muxim ma’lumotlarni o‘chirish, sistema fayllarini “buzish” kabi ishlarni bajarish hususiyatiga ega bo‘lib, dasturiy vositalardan noqonuniy nusxa olish vaqtida ishga tushardi. Axborotni o‘g‘rilardan himoya qilishga qaratilgan bu dastur keyinchalik kompyuter viruslarining yaratilishiga turtki bo‘ldi. Natijada kompyuter viruslaridan himoyalanish uchun maxsus dasturlar – antiviruslar ishlab chiqishga to‘g‘ri keldi.

Hozirgi kunda dasturiy ta’minotni quyidagi o’zaro bog’langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:

  • operatsion sistemalar va qobiq-dasturlar (MS DOS, Windows, Unix, NC, Far, WC, TC);

  • dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);

  • uskunaviy sistemalar (redaktorlar, sozlovchilar, makroassemblerlar);

  • integrallashgan dasturlar paketi (matn muharriri yoki protsessori, elektron jadval-EJ, MOBT);

  • mashina grafikasi sistemalari (ilmiy, muxandislik, o’quv, animatsion, ijodiy);

  • ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari (FoxPro, Access, Paradox);

  • amaliy dasturiy ta’minot (buxgalterlik, nashriyot, avtomatik loyixalash sistemalari, EJ).

Sistema dasturlarining bir bo’lagi sifatida yordamchi dasturlar – utilitlar (lotinchadan tarjimasi – foydali) ishlab chiqilgan. Bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatini oshirishga xizmat qilishi yoki alohida vazifani bajarishi mumkin.

Utilitlarning ba’zi ko’rinishlari:

  • kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi va testdan o’tkazuvchi dasturlar;

  • kompyuter qurilmalari imkoniyatlarini o’zgartiruvchi drayver-dasturlar;

  • axborotni zichroq yozishni ta’minlovchi arxiviator-dasturlar;

  • kompyuterning ishiga zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi antivirus-dasturlar;

  • kompyuterlar orasida ma’lumot almashishni ta’minlovchi kommunikatsiya dasturlari;

  • CD larga yozishni ta’minlovchi dasturlar va hokazo.

Bundan tashqari, dasturiy ta’minot tarqatilishi va targ’ib qilinishi bo’yicha quyidagi 3 ta turga ajratiladi:

  • Software – qiymati 100% to’langanidan keyin o’rnatilib, foydalaniladigan dasturiy ta’minot.

  • Shareware – aprobatsiya, ya’ni sinovdan o’tkazish muddatiga ega bo’lgan (odatda bir necha kun yoki bir oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari cheklangan dasturiy ta’minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid qilish mumkin.

  • Freeware – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi.

Kompyuterga dasturiy ta’minotni o’rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi, uni o’chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta’minotni o’rnatishdan oldin dasturning sistemaga bo’lgan talablarini, ya’ni kompyuter qurilmalariga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqib, mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfiguratsiyasi dasturning talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto’g’ri ishlaydi.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilinadi.

O`quvchilarni baholash: 5 ballik reyting tizimida.

Uyga vazifa:

1. 10 ta test tuzib kelish.

2. 2-mashq.

Savol va topshiriqlar

  1. Texnik ta’minot deganda nimani tushunasiz?

  2. Dasturiy ta’minot deganda nimani tushunasiz?

  3. Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?

  4. Sistema dasturlari deganda nimani tushuniladi?

  5. Uskunaviy dasturlar deganda nimani tushuniladi?

  6. Amaliy dasturlar deganda nimani tushuniladi?

  7. Utilitlar nima?


  8. 8A

    8B

    8V

    8G

    1





    2





    Dasturiy ta’minotni qanday o‘zaro bog’langan guruhlari bor?

  9. Kompyuter virusi haqida so‘zlab bering.


O’IBDO’: Farmonova S.R________