GAP
Gap tugallangan mazmunni bildiradi.
Gap so’zlardan tuziladi.Gap oxirida ovoz
pasayadi.Gap oxiriga nuqta qo’yiladi.
Masalan:O’zbekiston taraqqiyot
yo’liga chiqdi.
KISHILIK OLMOSHLARI
- Men, sen, u, biz, siz, ular, so’zlari kishilik olmoshlaridir. Kishilik
- olmoshlari kim ?, kimlar ? so’roqlariga
javob bo’ladi.
- Masalan: Men yaratgan bog’larga boq.
- Sizni sog’idin, mehribon aka-
jonim.
Kishilik olmoshlari.
- Men, biz – I shaxs,
- Sen, siz – II shaxs,
- U, ular – III shaxs olmoshlaridir.
Bilib oling.
- Men, sen, u olmoshlari bitta shaxsni,
- Biz, siz, ular olmoshlari ko’p shaxsni bildiradi.
- Kishilik olmoshlari kishilik qo’shimchalari
- bilan qo’llanadi.
Unutmang
- Kishilik olmoshlari kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanada.
- Men, sen olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda mening, sening shaklida yoziladi. M: Men-mening, sen-sening.
- U olmoshiga jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishiklari qo’shimchasi qo’shilganda unga, unda, undan shaklida yoziladi.
GAP BO’LAKLARI
- Gap bo’laklari ikki xil bo’ladi. Bosh bo’laklar,ikkinchi darajali bo’laklar.
- Gapning bosh bo’laklarida ega va kesim kiradi. Ega va kesim gapning asosini tashkil qiladi.
- Masalan:Men o’zimning fikrimni aytdim.
____ ~~~~~~~~~~~~~ ______
______
GAPDA SO’ZLARNING BOG’LANISHI
- Gapda so’zlar o’zaro so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar va ohang yordamida bog’lanadi.
- Gapda so’zlar o’zaro bog’lanadi.
- Kesim egaga bog’lanadi.
- Ikkinchi darajali bo’laklar egaga yoki kesimga bog’lanadi.
- Gapda so’zlar o’zaro ma’no jihatidan bog’lanadi.
UYUSHIQ BO’LAKLI GAPLAR
- Gapda bir xil so’roqqa javob bo’lgan, bir so’zga bog’lanib kelgan bo’laklar uyushiq bo’laklardir.Ular sanash ohangi bilan o’qiladi.
- Masalan:Bog’da olma, o’rik, shaftoli pishdi.
- Gapda egalar uyushib keladi.
- Gapda kesimlar uyushib keladi.
- Gapda ikkinchi darajali bo’laklar uyushib keladi.
UYUSHIQ BO’LAKLARNING BOG’LANISHI
- Uyushiq bo’laklar ohang yordamida hamda va, ammo,lekin so’zlari bilan ham bog’lanadi.
- Uyushiq bo’laklar va yordamida bog’langanda vergul qo’yilmaydi. Ohang yoki ammo, lekin so’zlari yordamida bog’lansa, vergul qo’yiladi.
- Masalan:Uyda va ko’chada odobli bo’ling.
Men Ikromni ko’rdim,lekin so’zlasha olmadim.Madina,Nigora.Oybeklar kelishdi.
UNDALMA
- Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi.Undalma ot bilan ifodalanadi.
- Og’zaki nutqda undalma undash ohangi bilan aytriladi.
- Yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi.
- Masalan:Bobojon, laylaklar yana qaytib kelarmikan?
- O’quvchilar, bilimni qunt bilan egallangiz!
N U T Q
- Nutq gap orqali ifodalanadi.U bir yoki o’zaro mazmunan bog’langan bir necha gaplardan tuziladi.
- Nutq og’zaki va yozma shaklda bo’ladi.
M A T N
- Matn nutqning yozma shaklidir.
- Matn mazmunan o’zaro bog’langan gaplardan tuziladi.
- Matnni qismlarga bo’lish, unga sarlavha qo’yish, reja tuzish mumkin.
TOVUSHLAR VA HARFLAR
- Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 30ta tovush bor.
- Harflar 29 ta.
- Tovushlarni yozuvda harflar bilan ifodalanadi
- Harf birikmalari 3 ta: SH, CH, NG .
- Tutuq belgisi tovush bildirmaydi.
Masalan: Ra’no, sur’at, in’om,a’lo, ma’no.
TOVUSHLAR
- Tovushlar 2 xil bo’ladi : unli va undosh tovushlar.
- Talaffuz qilayotganimizda to’siqqa uchramasdan cho’zib aytilsa, unli tovush deb ataladi.
- Talaffuz qilayotganimizda to’siqqa uchrab, qisqa aytilsa undosh tovush deb ataladi.
BO’G’IN
- So’z bo’g’inlardan tuziladi.
- Unli tovush bo’g’in hosil qiladi.
- So’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi.Masalan: far-zand , bu-loq, bo-bo.
ALIFBO
- Tartib bilan terilgan harflar qatorini alifbo deyiladi.Alifboda 29 ta harf bor.
SO’Z TARKIBI
- -chi, la, li kor, dosh, siz, dor, xon qo’shimchalari so’z yasovchi qo’shimchalardir
GUL
SO”Z TURKUMLARI
OT ,
SIFAT,
SON ,
FE’L
SO’Z TURKUMLARIDIR .
OT
- Shaxs va narsaning nomini bildirib ,kim?,
nima?, kimlar? nimalar ? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi.Masalan:Kim?
chevar,shifokor.Nima? Oyna, ruchka.
Otrlar ikki xil qo’llanadi.Birlikdadi otlar,ko’plikdagi otlar.Birlikdagi otlarga –lar
qo’shimchasini qo’shib, ko’plikdagi ot hosil qilinadi.Masalan:Gul, gullar, o’quvchi, o’quvchilar.
SIFAT
- Shaxs va narsaning beldisini bildirib, qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sifat deytiladi.
Masalan:Qanday? Sariq, oq, mazali.
Qanaqa?Jimjimador, bo’rsildoq.
Onam juda mazali ovqat tayyorlaydilar.
Yurtimizda zamonaviy sport inshoatlari qurilmoqda.
Yodingizda tuting
- Sifatlar gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.Ularning tagiga to’lqin chiziq chiziladi.
- Sifatlar otga ohang yordamida bog’lanadi.
- To’g’ri odam egri so’zdan or qiladi.
- Bir o’jar barg novdaga mahkam o’rnashib olibdi.
- Ma’nodosh sifatlarning har biri bitta ot bilan bog’lana oladi.Masalan:Qizil, sariq,oq
gulllar ochildi.
Sifat yasovchi qo’shimchalar
- -ser,-be,-siz,-li,-chan,-dor,-q- sifat yasovchi qo’shimchalardir.
- -ser- serhosil, sersuv,sero’t,sergul.
- -be- bemaza, beodob,begul.
- -siz- ishsiz, izsiz, odobsiz,mevasiz,gulsiz.
- -li- gulli, unumli, odobli, suvli,mazali.
- chan- ishchan,harakatchan,talabchan.
- -dor- hosildor, mo’ylovdor, guldor.
- -q- tarqoq, quvnoq, qaynoq,taroq,oppoq.
Sifatlar quyidagicha yoziladi
- Chiziqcha bilan yoziladi: to’ppa-to’g’ri,kap-
katta,qip-qizil,g’ij-g’ij, dum-dumaloq.
- Qo’shib yoziladi: oppoq,jigarrang timqora , qadrdon.
- Ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti,
Sifatlarning ma’no turlari
- Sifatlar shaxs va narsalarning rngini, mazasini, shaklini, hajmini va xil- xususiyatini bildiradi.
- Rang tus:moshrang, jigarrang, zarg’aldoq.
- Maza-ta’m: nordon, achchiq, shirin,taxir.
- Shakl: qiyshiq, egri, xilma-xil, yassi.
- Hajm: baland, kichkina, bepoyon,tor,uzun.
- Xil-xususiyat: muloyim, farishta,jasur.
Otlarning egalik qo’shimchalari
- -m, -im, -ng,-ing,-si,-i,-miz,-imiz,-ngiz,-ingiz,-(lar)i- egalik qo’shimchalaridir.
- Egalik qo’shimchalari shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini bildiradi.
Tilda 3 ta shaxs bor
II shaxs - tinglovchi.
III shaxs - o’zga.
-m,-im,-miz,-imiz,- I shaxs: -ng,-ing,-ngiz,-ingiz- IIshaxs: -I,-si,-(lar)i-III shaxs egalik qo’shimchalaridir.
Egalik qo’shimchalarining qo’llanishi
- -m,-im,-ng,-ing,-I,-si,- egalik qo’shimchalari birlik ma’nosini bildiradi.
- -miz,-imiz,-ngiz,-ingiz,-(lar) i- egalik qo’shimchalari ko’plik ma’nosini bildiradi.
- Egalik qo’shimchalari otlarda quyidagicha qo’shiladi:unli tovushdan so’ng-m,-ng,-si:-miz,-ngiz,-(lar)I shaklida:
- Undosh tovushdan so’ng:-im,-ing,-i : -imiz,-ingiz,-(lar)I shaklida.
Egalik qo’shimchalarining vazifasi
- Egalik cqo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi.
- Egalik qo’shimchalari so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardir.
- Ba’zi otlarda egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zakda quyidagicha tovush o’zgarishi yuiz beradi:
- Unli tovush tushib qoladi:
- Undosh tovush almashadi
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi
- Otlarga qo’shiladigan-ning, ni,-ga,- da,- dan qo’shimchalari kelishik qo’shimchalaridir.
- Otlarda oltita kelishik bor.
Kelishiklar
T
1
Kelishiklar So’rog’i
Qo’shimchasi
BOSH KELISHIK
- Gapda bosh kelishikdagi otni aniqlash uchun kim?, nima? qayerda? so’roqlari beriladi.Masalan: Kim? Oyxon, chevar,
nima? Gul, daftar,qayerda? uyda,ko’cha-
da.
Bosh kelishik qo’shimchasi yo’q.
Anor O’zbekistonda ko’p uchraydi.
Qaratqich kelishigi
- Qaratqich kelishigi kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi.
- Qo’shimchasi –ning. –ning qo’shimchasi otni ot so’z turkumidagi so’zga bog’laydi.
- Qaratqich kelishigidagi otlar gapning bosh bo’lagi bo’lib keladi.
- Masalan: o’quvchining kitobi, ko’ylakning yoqasi, daraxtning kurtadi, buloqning ko’zi.
Tushum kelishigi
- Tushum kelishigi kimni?, nimani?,qayerni?
so’roqlariga javob bo’ladi.Qo’shimchasi –ni.
Tushum kelishigi qo’shimchasi gapda otni
fe’l soz turkumiga bog’laydi.Tushum kelishigidagi otlar gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.Masalan: She’rni o’qidi. Multfi’lmni tomosha qildi. Tabiatni kuzatdi.Madinani tabriklashdi, matrapni oldi.
Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o’tirardi.
Jo’nalish kelishigi
- Jo’nalish kelishigi kimga?, nimaga?, qayerga?
so’roqlariga javob bo’ladi. Qo’shimchasi –ga,
-(-ka, -qa) Jo’nalish kelishigi gapda otni fe’l so’z turkumiga bo’g’laydi.Jo’nalish kelishigi gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.
-ka qo’shimchasi - k tovushi bilan tugagan otlarga, -q qo’shimchasi -q tovushi bilan tugagan otlarga, -ga qosimchasi boshqa otlar-
ga qo’shiladi.Masalan: Suvga soldi. Qishloqqa jo’nadi. Ko’ylakka qadadi.
O’rin – payt kelishigi
O’rin –payt kelishigi kimda?, nimada?, qayerda?
so’roqlariga javob bo’ladi.Qo’shimchasi – da.
O’rin –payt kelishigi qo’shimchasi gapda otni fe’l
so’z turkumiga bog’laydi.O’rin –payt kelishigi gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.
Masalan: Saroyda ishladi. Tog’da, bog’da yashaydi. Amerikada, Braziliyada sayyohlar daraxti deb nomlangan daraxtni uchratish mumkin.
Chiqish kelishigi
- Chiqish kelishigi kimdan?, nimadan?, qayerdan? so’roqlariga javob bo’ladi.
- Chiqish kelishigi qo’shimchasi- dan.
- Chiqish kelishigi qo’sahimchasi gapda otni
fe’l so’z turkumiga bog’laydi.
Masalan: Ustozidan so’radi, paxtazordan
qaytdi, boldan shirin, maktabdan keldi.
Kitobdan yaxshi do’st yo’q.
Bilib oling
- -ning,-ni,-ga,-da,-dan so’z o’zgartiruvchi,
- -chi,-la,-li,-kor,-dosh, siz so’z yasovchi,
- -chi,-zor,-dosh,-kor,-k,-q ot yasovchi,
- -ser,-be,-siz,-li,-chan,-dor,-q sifat yasovchi,
- -la,-lan,-sira,-illa,-(ulla)-lash fe’l yasovchi
qo’shimchalardir.
Ot yasovchi qo’shimchalar
-zor, g’allazor.
-dosh, sinfdosh.
-kor, paxtakor
-k, elak
-q –taroq
Ot yasovchi qo’shimchalardir.
Ot yasovchi qo’shimchalar
- ela – elak tara - taroq
- kura - ….. so’ra - …..
- tila - ….. buta - …..
- beza - ….. bo’ya - …..
SON – SO’Z TURKUMI
- Shaxs va narsaning sanog’ini bildirib, necha?, qancha?, nechanchi so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar son deb ataladi.
Masalan: besh, to’qsonta, beshinchi.
1991- yil 18 – noyabrda Davlat bayrog’I haqidagi qonun tasdiqlandi.
Sifatlar gapda ot so’z turkumiga bog’lana-
di.Sonlar gapda ikkinchi darajali bo’lak va-
zifasida keladi.Ularning tagiga to’lqin chiziq
chiziladi.
UNUTMANG
- Sonlar ikki xil bo’ladi.
- 1. Sanoq sonlar : 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.
- Sanashda ishlatiladigan sonlar sanoq sonlar deyiladi.
- 2.Tartib sonlar: 1- may, 2004 –yil.
- Sanoq songa –inchi (–) qo’shimchasini qo’shib tartib son hosil qilinadi.
BILIB OLING
- Sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi:
- 1. Harfiy ifoda bilan: Ikkinchi sinf.
- 2. Arab raqami bilan: 2003-yil 1-sentabr.
- 3. Rim raqami bilan: IV sinf, XXI asr.
- Sonlar otga ohang yordamida bog’lanadi.
- Bog’da o’sar 10ta nok,
5ta olma, 5ta tok.
Ekdik 15 olxo’ri,
Qancha bo’ladi bari. ( 35 ta )
MUSTAQIL ISH
- So’zlarni o’qing. Sanoq va tartib bildirgan sonlar bilan qo’llab, birikma tuzing.Sonlarni raqamlar bilan yozing.
- Uy, qavat, sahifa, maktab, asr, qism.
- Nuqtalar o’rniga son qo’yib o’qing va yozing.
- Biz ____ sinfda o’qiymiz.
- Sinfimizda ___ parta,___ stol va __ stul
bor.
Mustaqil ish
ETTI
iqlim
xazina
kun
FE’L – SO’Z TURKUMI
- Shaxs va narsaning harakatini bildirib nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar fe’l deb ataladi.
- M: keldi,o’qiyapti, yodlamoqchi.
- Tilla sandiq ochildi,
Ichidan zar sochildi.
Fe’lllar ikki xil bo’ladi. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.
Fe’lllarga qo’shiladiga –ma qo’shimchasi bajarilmagan ish harakatini bildiradi.
Mohira bugun maktabga kelmadi.
FE’L ZAMONLARI
- Fe’lda 3ta zamon bor:
- 1) o’tgan zamon;2)hozirgi zamon; 3) kelasi
- zamon.
- Fe’l zamonlari nutq so’zlab turgan vaqtga nisbatan belgilanadi .
- -di,-gan,-yap,-moqda,-moqchi- zamon bildiruvchi qo’shimchalardir.
- M: Lolalar kuldi, Zarrin quyoshdan
Gullar ochildi. Nurlar sochildi.
O’TGAN ZAMON FE’LI
- O’tgan zamon fe’li nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildiradi.
- -di,-gan- otgan zamon qo’shimchalaridir.
- Dilnozaning uyiga Sarvi xola chiqdi.
- Toshkent shahrining Rohat ko’li bo’yida beysbolchilar shaharchasi qurilgan.
BILIB OLING
- O’tgan zamon qo’shimchasi k tovushi bilan tugagan fe’lllarga –kan; q tovushi bilan tugagan fe’llarga –qan; boshqa fe’llarga –gan shaklida qo’shiladi.
- M: Qirq- qirqqan, qo’rq- qo’rqqan, bich- bichgan cho’k- cho’kkan, chop- chopgan.
ayt ek chiq
gan kan qan
ko’r tik boq
HOZIRGI ZAMON FE’LI
- Hozirgi zamon fe’li nutq so’zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildiradi.
- -yap,-moqda hozirgi zamon qo’shimchalaridir.
- M:O’rik bechora oppoq, nozik gullarini qayoqqa yashirishni bilmayapti. Buni ko’rib mening yuragim ezilmoqda.
KELASI ZAMON FE’LI
- Kelasi zamon fe’li nutq so’zlab turgan paytdan keyin bajariladigan (yoki bajarilmaydigan) harakatni bildiradi.
- -moqchi kelasi zamon qo’shimchasidir.
- M: Sevara o’zi yozgan she’rini o’qib
bermoqchi.
Orzyuingiz ushalishi uchun nima
qilmoqchisiz?
Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan qo’llanishi
- Fe’llardagi –m,-man,- ng,- san,-di (-ti), -k,-miz,-ngiz,-siz,-di(lar) shaxs son qo’shimchalaridir.
- Shaxs son qo’shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va ko’plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi.
- M: Dam olish kuni men do’stim Rahmatilla
- bilan Parkentga bordim.
BILIB OLING
- Shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalardir. Fe’llarning tuslovchi qo’shimchalar bilan qo’llanishi tuslanish deyiladi.
- M: I-shaxs o’qidim o’qidik
- II-shaxs o’qiding o’qidingiz
- III-shaxs o’qidi o’qidilar
UNUTMANG
- Fe’llardagi shaxs –son qo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi.
- Shaxs –son qo’shimchalari so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardir.
- M: Men bolalarimni, nabiralarimni
- sog’indim.
- Qora sichqon o’rada,
Dumi qoldi dalada.
FE’L YASOVCHI QO’SHIMCHALAR
- -la,-lan,-sira,-illa,-(-ulla) –lash fe’l yasovchi qo’shimchalardir.
- Bog’ viz suv
la illa sira
tan shiv o’t