СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

5та мухим ташаббус фахримиз

Категория: Биология

Нажмите, чтобы узнать подробности

5та мухим ташаббус фахримиз биз бирмиз

Просмотр содержимого документа
«5та мухим ташаббус фахримиз»





Mustaqil ish

Mavzu:

Tabiiy va sun’iy tanlash





Bajardi:Usmanova Shahnoza 202-KO’M





























Reja

1.Tabiiy tanlash

2.Suniiy tanlash

3.Xulosa

















Tabiiy tanlanish - organizmlar evolyutsiyasining asosiy harakatlantiruvchi omili. Tabiiy tanlanish haqidagi taʼlimot Ch. Darvin tomonidan yaratilgan (1858— 59). Olimning fikricha, Tabiiy tanlanish — yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nayel krldirishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning esa qirilib ketishi, yaʼni moslashgan formalarning yashab qolishi va moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Irsiy oʻzgaruvchanlik Tabiiy tanlanish ning taʼsiri uchun zarur zamin hisoblanadi. Tabiiy tanlanish ning bevosita natijasi esa organizmlarning tashki muxitning muayyan sharoitiga moslanishi mukammallashishidan iborat. Tabiiy tanlanish tufayli organizmlar xilmaxilligi orta boradi; progressiv evolyutsiya jarayonida organizmlar tuzilishi ham mukammallashib boradi; muhit sharoitlariga yetarli darajada moslasha olmagan turlar nobud boʻladi.

Tabiiy tanlanish haqidagi Ch. Darvin konsepsiyasi S. S. Chetverikov, R. Fisher, S. Rayt, I. I. Shmalgauzen, J. Xoldeyn, F. G. Dobrjanskiy va boshqa olimlarning ishlarida yanada rivojlantirildi. Tabiiy tanlanish ning genetik mohiyati populyatsiyada ixtisoslashgan muayyan genotiplarning saqlanib, genlarning keyingi avlodga uzatilishida tanlanib ishtirok etishidan iborat. Tabiiy tanlanish alohida olingan fenotipga yoki genga taʼsir etmaydi, balki genotipning tashqi muhit bilan oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadigan (qarang Genotip) muayyan fenotip (tirik organizmning barcha belgilari yigʻindisi)ga taʼsir qiladi. Tabiiy tanlanish organizmlar oʻzgaruvchanligining bevosita sababchisi boʻlolmaydi, lekin mutatsiyalarning tezligi va yoʻnalishiga taʼsir koʻrsatadi. Bu jarayon Tabiiy tanlanish ning ijodiy roli deyiladi. Tabiiy tanlanish taʼsiri yirik populyatsiyalarda aniq bilinadi. Populyatsiyadagi individlar sonining kamayib borishi bilan tasodifiy omillarning ahamiyati ortib boradi. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlarga taʼsir qilish (individual tanlanish) bilan birga organizmlar guruhiga ham taʼsir koʻrsatadi (guruhli tanlanish). Bu jarayon alohida organizm uchun foydasiz, lekin ular guruhi uchun foydali boʻlgan belgilarning sak,lanib qolishiga imkon berishi mumkin. Shu tariqa yuksak hayvonlarda altruistik belgilar shakllanadi, mas., qushlarning qichqirigʻi ularning oʻzini dushmanga oshkora qilib qoʻyganidan ayrim individga zararli boʻlsada, xavf toʻgʻrisida ogohlantiruvchi signal boʻlgani tufayli turning boshqa individlari uchun foydali hisoblanadi. Tabiatda Tabiiy tanlanish bir necha yoʻnalishda taʼsir qiladi va har xil natijaga olib keladi. Shuning uchun Tabiiy tanlanish harakatlantiruvchi tanlanish, dizruptiv tanlanish, turgʻunlashtiruvchi tanlanish, jinsiy tanlanish kabi xillarga ajratiladi. Antidarvinizmga mansub turli konsepsiyalar Tabiiy tanlanish ni evolyutsiyaning asosiy omili sifatida tan olishmaydi (yana q. Sunʼiy tanlash).

Tabiiy tanlanish nasldan naslga oʻta oluvchi foydali belgilarning organizmlar populatsiyasi avlodlarida yoyilishi va zararli belgilarning kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Tabiiy tanlanish fenotip orqali ishlaydi, yaʼni yashab qolib, nasl qoldira oluvchi organizmlar fenotipi (foydali fenotip) kengroq tarqalib, shu populatsiyadagi boshqa organizmlar fenotipini siqib chiqaradi. Agar bu fenotiplar genetik asosga ega boʻlsa, tegishli genotipning keyingi avlodlardagi chastotasi oshadi. Vaqt oʻtishi bilan bu jarayon organizmlarning muayyan ekologik panalar uchun moslashishi, va alal-oqibat yangi turlar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

2. Sunʼiy tanlash — odam tomonidan eng qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan hayvon va oʻsimliklarning ayrim nusxalari, zotlari, novlarini ulardan avlod olish maqsadida tanlab olish. St. nazariyasi asoslarini. Ch. Darvin ifodalab bergan (1859). U St. uy hayvonlari zotlarini va ekinlar navlarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan asosiy omil ekanligini koʻrsatib berdi. Sunʼiy tanlashning taʼsiri va natijalarini tadqiq qilish Darvinning tabiiy tanlaniipsh asoslab berishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ibtidoiy davrlarda odam foydali gʻayvonlarni xonakilashtirish va isteʼmolga yarokli oʻsimliklar oʻstirishda St. ongsiz hrlda yuz bergan. Ibtidoiy chorvadorlar va dehqonldr hayvon va u’simliklarning saralarini saklab qolishga va ulardan nayel, urug olishga gʻarakat qilishgan. Eng yaxshi hayvonlarni avloddanavlodga saklab borish podani yangilab, qayta tiklab turish imkonini bergan, yaxshi uruglar ekish esa barqaror hosilni taʼminlagan.

18-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan seleksiya mahorati (muayyan uslublar asosida tanlash) chorvachilik va oʻsimlikshunoslikda oʻz ahamiyatini toʻliq saqlab kelmoqda. Ilmiy St. ayrim bir qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha olib boriladi, bu esa organizmlarda genetik va morfologik korellyasiya tizimlarining buzilishiga olib keladi. Shu sababli koʻp hollarda Sunʼiy tanlash ning qoʻshimcha natijasi tarzida organizmlarning fenotipik oʻzgaruvchanligi ortadi, umumiy hayotchanligi pasayadi. Sunʼiy tanlash ning yalpi va yakka (individual) tanlash shakllari bor. Yalpi tanlash da fenotip boʻyicha zot yoki nav standartlariga muvofik, kelmaydigan barcha nusxalar yaroqsizga chiqariladi (zot yoki nav sifatlarini saqlab qolish maqsadlarida oʻtkaziladi)G Yakka tanlashda ayrim nusxalar belgilarning irsiy barqarorligini qisobga olgan xrlda, genotip boʻyicha oʻsimlik navi yoki hayvon zotini bir qancha avlodlarda baholash bilan olib boriladi (zot va navga xos sifatlarni takomillashtirishni taʼminlaydi). Bahodir Normativ, Izatulla Eshmatov. Gold Boy , Richmenovlar



Xulosa

Mutatsiyalar tashqari evolyutsiya asosiy mexanizmlaridan biri, migratsiya va gen o'zgartirish tabiiy tanlash. tabiiy tanlanish turlari omon qolish va zurriyod qoldirish organizmning ehtimolligini oshirish genotip bunday o'zgarishlar, nazarda tutadi. Evolyutsiya ko'pincha turlari qoldiq ko'payayotgani farqlar, tug'ilish sur'ati, rivojlanish sur'atlar, ota-onasi muvaffaqiyat yoki hayoti har qanday boshqa jihatdan olib kelishi mumkin, bu jarayon natijasida, deb ko'rilmoqda.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!