СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

8-sinf o'quvchilari uchun "Mashaqqatlarni yengib o'tish" mavzusida 1 soatlik dars ishlanmasi

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«8-sinf o'quvchilari uchun "Mashaqqatlarni yengib o'tish" mavzusida 1 soatlik dars ishlanmasi»

Sana :

Sinf : 8- “D”

Fan : Tarbiya

Darsning mavzusi : Mashaqqatlarni yengib o’tish

Dars jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod : Savol javob, bahs – munozara, topshiriqlar

Shakl : Yakka va guruhlarda ishlash

Nazorat : O’quvchilarning bilimini baholash

Darsning jihozi : darslik, ko’rgazma, AKT vositalari

Darsning maqsadi :

  1. Ta’limiy maqsad : o’quvchilarga xatti-harakat va oqibat haqida tushuncha berish

  2. Tarbiyaviy maqsad : o’quvchilarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash

D)Rivojlantiruvchi maqsad : o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, tarbiyaviy savodxonligini rivojlantirish

Tayanch kompetensiyalar


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.



Darsni tashkil etish texnologiyasi

1-bosqich Tashkiliy qism . O’quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi, sinf tozaligi tekshiriladi.

2-bosqich Darsning shiori tanlanadi.

Dars shiori : “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir” (AbdullaAvloniy)

3-bosqich Darsning borishi

O’tgan mavzu so’raladi va mustahkamlanadi

Aqliy hujum

1. Mol- mulkka nisbatan ehtiyotkor bo’lish.

2. Yoshi ulug’ insonlarning holidan xabar olish, jonivorlarga g’amxo’rlik qilish, qushlarga don berish.

3. Hovli, Maktab miqyosidagi hasharlarda ishtirok etish, yordamga muhtojlarga jamoaviy yordam ko’rsatish uchun ko’ngillilar guruhini tashkil qilish

4. O’zini tutayotgan kishilar haqida kattalarni xabardor qilish.

5. Mahhalla deganda nimani tushunasiz.

6. Mahallaning asosiy vazivalari nimadan iborat



Yangi mavzu bilan ishlash

Bugun quyidagilarni o’rganasiz :

  1. Xatti-harakat nima, u qanday amalga oshiriladi ?

  2. Qanday harakatlar qahramonlikka sabab bo’ladi?

  3. Noo’rin xatti-harakat nima va u qanday oqibatlarga olib keladi?


Harakatni amalga oshiruvchi shaxs tomonidan bajarilishi kerak bo’lgan ketma-ketlik

Harakat

Fikr


Natija


1-topshiriq. Quyidagi so’zlar bankidagi bajarish ketma-ketligining qaysi bosqichida kirishini aniqlang.

So’zlar banki:qiziqarli tanlovni o’ylab topish, She’r o’qish, do’stni aldash , faxriy yorliq olish uchun a’lo o’qish, oilaviv tushlikdan keyin idishlarni yuvish do’stlarning ishonchini yoqotish, foydali ish qilishni xohlash, shahar bo’ylab sayohatni rejalashtirish,bolalar bog’chasidan ukasini olish.


Savollarga javob bering


1.Qanday harakatlar imo ishoralar orqali ifodalanadi?

2. Qanday harakatlar qahramonlik hisoblanadi?

3.Sizning, qanday xislatli insonlar qahramonlik hisoblanadi?

She’rni o’qing. Ma’nosini tushuntiring


Nihol


Yurtdoshim, bog’inga bir nihol qada

Bu nihol nomini yaxshilik ata.

Niholning yoniga bir gul ekib qo’y,

Bu gulning nomini go’zallik deb qo’y.


Gul-u niholingga baxsh etib hayot ,

Suv ber va bu suvga mehr deb qo’y ot.

Sendan farzandlaringga bog’ qolsin, ey do’st

Bog’ing Vatan deya nom olsin, ey do’st!


Erkin Vohidov


Maqollarni o’qing. Ularning ma’nosini tahlil qiling.


Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam,

Odam –mehnati bilan.



Aytilgan so’z - otilgan o’q



O’zbek xalq maqollari


NOO’RIN HARAKATLAR


Oramizda shunday insonlar borki,ular umumqabul qilingan me’yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzadigan xatti-harakatlar qiladilar.Bunday noo’rin harakatlarga jamoat transportida chiptasiz yurish,yo’l harakati qoidalarini buzish,texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar misol bo’ladi.

Guruhda ishlash

Jurnalist erta tongdan ishxonasi tomon yo’l oldi.U ko’chada har doimgidek shoshilib ketar edi,to’satdan kimlarningdir baland ovozda kulgani qulog’iga chalindi.Notanish ikki ko’chaning oxirida ta’mirtalab uyda yolg’iz yashaydigan bir keksa odamni masxaralar, uyning abgor holatini esa askiya qilishardi. O’sha kuni jurnalist bir ezgu ish qilishga qaror qildi. U bu yoshi uiug’ kishiga ko’mak bera oladigan tashkilotlardan biriga murojaat yozdi va uning uyini ta’mirlashga yordam berishlarini so’radi. O’sha kuni jurnalist o’z murojaatiga javob oldi va uyni ta’mirlash ishlari boshlandi.


Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish


































































Kattaqo’rg’on tuman XTB ga qarashli 39-umumta’lim maktabining “Tarbiya” fani o’qituvchisi Xolboyev Jasurning

Ochiq dars ishlanmasi















Mavzu: Xatti-harakat qanday bo’lsa, oqibat ham shunday bo’ladi





2021-2022 o’quv yili



Kattaqorgon tuman XTB ga qarashli 39-mumiy orta talim maktabining Tarbiya va huquq fani oqituvchisi Xolboyev Jasurning

tadbir ishlanmasi











Mavzu : “Konstitutsiya baxtimiz poydevori

2020-2021 oquv yili


Скачать

© 2021, 1329 1

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!