СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до 05.05.2025

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

8 sinf o'zbekiston tarixi

Категория: История

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«8 sinf o'zbekiston tarixi»

“ Aytib ber – men unutaman, ko’rsat – tushunaman

Bu narsani o’zim bajarishim uchun sharoit yarat – va men o’rganaman ”.

Konfutsiy

O‘zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi

munosabatlari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad - o‘quvchilarga O‘rta Osiyo va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotganligi va buni o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy maqsado'quvchilarga tarixni zamon bilan bog'lash ko‘nikmasini hosil qilish;

Rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarni millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash.

Dars turi: Noan’anaviy, yangi bilim beruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: marra tomon olg‘a, idrok xaritasi, to’g’ri top,

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Texnik vositalar: televizor, videoproyektor, kompyuter. Mavzuga oid allomalaming rasmlari. Tarixiy xarita, ko’rgazmalar, darslik, xarita, rasmlar, vatman qog‘oz

Boshqa fanlar bilan aloqadorlik geografiya, matematika, din tarixi,

Darsning asosiy tushuncha va atamalari Pyotr I, elchilik, F.Beneveni, 1700 – yil, Kichik juz, Eron

Darsning borishi: Dars taqsimoti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Baholash

2 daqiqa

6

Dars yakuni va uyga vazifa berish

3 daqiqa

I Tashkiliy qism.

1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog‘oziga yozib qo’yiladi. Guruhlarda ishlash qoidalari ishlab chiqilib o‘quvchilarga tushuncha berib o‘tiladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish vositalari berib boriladi.

Darsning oltin qoidasi tuziladi:

1. Tartib - intizom

2. Adolat – ahillik

3. Raqobat – rostgo’ylik

4.O’ng qo’l qoidasi

5. Bir – birini eshitish

6. Vaqtdan unumli foydalanish

II. O’tgan mavzuni takrorlash.

O’quvchilar guruhlarga bo’linadi







Marra tomon olg‘a” degan usul bo‘yicha savollardan tashkil topgan o‘yinlarni amalga oshiriladi. O’tgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan uyda tuzib kelingan bir guruhning savollari boshqa guruhga beriladi. Bilim cho‘qqilarini zabt etish uchun marra sari olg‘a!

Izoh: Aylana ichiga savol yoziladi, guruhlardan chiqqan o‘quvchilar birin-ketin savolga javob beradi, javob berolmagan yo‘lda qoladi, javob beradigan o‘quvchi marra tomon ketaveradi. Masalan:

  1. XVI asrda safaviylar qaysi davlatda hukmron edilar ? ( Eron )

  2. Pekinda Xitoy – Qo’qon shartnomasi imzolangan yil ? ( 1832 – yil )

  3. Movorounnahr,Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvozani o’tagan hudud ? ( Xuroson )

  4. Boburiy hukmdor Akbarshoh bilan 4 marotaba elchilik munosabatlarini olib borgan shayboniy hukmdor kim ? ( Abdullaxon II )

  5. Mustaqil Afg’oniston davlati qachon tashkil topdi ? ( 1747 – yil)

  6. 1773 – 1793 – yillarda hukmronlik qilgan Afg’oniston hukdori ? ( Temurshoh )

III Yangi mavzu bayoni

XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni boiib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonlikarini zabt etdi. Natijada Rossiya va o‘zbek xonliklari bir-biriga bevosita qo‘shni bo‘lib qoldi. Bu holat ularning o‘zaro muno- sabatlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratdi. Markaziy Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari o‘z mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to‘qilgan matolami talab qilayotgan Rossiya bilan savdo-tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g‘oyat manfaatdor edi.

1619-yilda Imomqulixonning elchisi XVII asrda elchihk Odambiy Moskvaga boradi va Mixail Romanov qabulida bo‘ladi. Podsho Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi. I. Xoxlovni Imomqulixon qabul qiladi, rus podshosi iltimosiga binoan o‘z saroyidagi 23 nafar ms asirlarini ozod qiladi. I. Xoxlov 1620— 1622-yillarda Buxoro xonligining ichki va tashqi siyosati haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi. U qimmatli sovg‘alar bilan Moskvaga kuzatiladi. Yozma manbalarga ko‘ra, XVI—XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossiyadan 12 marta elchilar kelishgan. 1583 — 1600-yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva elchilari bo‘lish- gan. Bu misollar Markaziy Osiyo va Rossiya o‘rtasida savdo- diplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi.

XVII asrdan boshlab Rossiya imperiyasming o’zbek xonliklari bilan bo‘lgan munosabatlarida tazyiq o‘tka- zish ustunlik qila boshladi. Bu Rossiya imperiyasining siyosatida Markaziy Osiyo xonliklarini savdo-sotiqda kamsitish, ularning tabiiy boyliklariga ko‘z olaytirish, strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarish kayfiyatining kuchaygan- ligida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas, deb hisoblab, ularga tazyiq o‘tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700 yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elcln yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so‘ragan. 1709-yili toj-u taxt vorisl Muhammad ham shunday qilgan edi, Pyotr I Xiva xoniga jo‘natgan yorlig'ida shunday gaplar yozilgan edi: „Shohonii muruwat ko‘rsatib, xonning qo‘l ostidayl jamiki narsalari bilan birga, abadiy tobeligimizga olamiz“.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda bir necha metodlardan foydalanamiz. Shulardan biri “ Tog’ri top” usuli. Bunda har bir guruhdan bir ishtirokchi chiqadi. Uning qo’liga mutafakkirlardan birining surati va savollar yozilgan kartoteka bo’ladi, jamoadoshlariga rasmni ko’rsatmay savollarni o’qiydi. Guruh a’zolari uni topishlari kerak. Masalan:

Pyotr I

- Rossiya imperatori ( 5 ball)

- O’zbek xonliklariga maxfiy kirish rejasini tuzgan imperator ( 4 ball )

-1709-yil Xiva xoni Shohniyoz uning huzuriga yashirincha

elchi yuboradi ( 3 ball )

- Xiva elchisi Xoja Nafas uchrashgan Rossiya imperatori

( 2 ball )

- 1717 – yilda Xiva xonligiga elchi yuborgan Rossiya imperator ( 1 ball )

Abulfayzxon

- Buxoro xoni ( 5 ball )

- Shvedlar ustidan qozonilgan g’alaba bilan Pyotr I ni tabriklagan xon ( 4 ball )

- 1717 – yilda Peteburgga o’z elchilarini yubordi. ( 3 ball )

- Elchi Qulibekni Rossiyaga yudorgan xon. ( 2 ball )

- “Saroyni oldi tinch bo’sa bo’lgani”. ( 1 ball )

Tushunchalar asosida matn tuzish metodi- bu guruh bo’lib bajariladi. Har bir guruhga tushunchalar yozilgan kartoteka tarqatiladi va shu tushunchalar asosida guruhlar matn tuzadilar.

1 Ipak, I.Xoxlov, Pyotr I, Kichik juz, 1717 – yil

2 Mis, 23 nafar rus asiri, F.Beneveni, Katta Juz, 1700 – yil

3 Paxta, Odambiy, Shohniyoz, 3.5 yil, Abulfayzxon

4 Mo’yna, Imomqulixon, Harbiy ekspeditsiya, O’rta juz, Xoja Nafas


Qaysi guruh a’zolari ko’p ma’lumot taqdim etsalar 5 ball, kamroq ma’lumot taqdim etgan guruhlar 4 ball,3 ball oladilar.

V Baholash

1 Guruhlar to’plagan ballar asosida guruhlarni baholash.

2 Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholash.

VI Uyga vazifa

1 Mavzudagi asosiy tushuncha va atamalarni daftarga yozish.

2 Mavzu yakunida berilgan savollarga javob yozish.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!

Закрыть через 5 секунд
Комплекты для работы учителя