Просмотр содержимого документа
«A.S.Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertak ”asari asosida tayyorlagan ochiq dars slaydi»
Yunusobod tumani
51-DIUMning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi G‘aniyeva Charos O‘ktamovnaning A.S.Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida ertak ”asari asosida tayyorlagan ochiq dars slaydi
Mavzu: A.S.Pushkin “ Baliqchi va baliq haqida ertak ”asari
Darsning maqsadi:O‘quvchilarning A..Pushkinning “Baliqchi va baliq haqidagi ertag”i bo'yicha bilimlarini mustahkamlash.
Ijobiy axloqiy fazilatlarni tarbiyalash: mehr-oqibat, rahm-shafqat, adolat, fidoyilik.
O'qish uchun motivatsiya, o'zini o'zi anglash va ijod sohasi sifatida o'qish faoliyatiga munosabatni shakllantirish, yozuvchi ijodiga qiziqish uyg'otish uchun sharoit yaratish va adabiy ufqni kengaytirish.
Darsning jihozi:
- Aleksandr Pushkinning portreti
- A.S.Pushkinning ertaklari bilan kitoblar ko'rgazmasi
- Bolalar rasmlari.
- Kompyuter, multimedia proyektori, interaktiv doska.
- Darsda qo‘llanadigan metodlar:
- aqliy hujum
- tushunchalar tahlili
- guruhlarga bo‘linib ishlash
- klaster
- baxtli tasodif
Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism.O‘tilgan mavzuni so‘rash: Aqliy hujum.
8 daqiqa
2.1-topshiriq asosida slayd namoyishi,suhbat
3 daqiqa
3. Videosahifa namoyishi:
10 daqiqa
4. Xulosalash :
7 daqiqa
5. TopshiriqlI metodlar asosida mustahkamlash:
15daqiqa
6. Uyga vazifa va baholash: 2 daqiqa
Darsning borishi. Tashkiliy qism.
- O’qituvchi: Aziz bolajonlar , bugun sizlar bilan ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi A.S.Pushkin hayoti va ijodi bilan tanishamiz.
- Aleksandr Sergeyevich Pushkin ( 1799-yil 26-may ( 6-iyun ) Moskva — 1837-yil 29-yanvar ( 10-fevral ) Sankt- Peterburg ) - Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri boʻlib, fransuzcha she'rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida boʻlgan habash A.P. Gannibal (asli ismi Ibrohim) ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan.
- Pushkinning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811 - 1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
- "Baliqchi va baliq haqida ertak" folklor motivlari bilan sugʻorilgan asarlari singari 1833 yilda maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodidagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi boʻldi.Kelinglar, keyingi videosahifamizda biz ertakni tomosha qilamiz.
- Videosahifa namoyishi. Ertakning video namoyishini internetdan ko‘chirib olib, qo‘yishingiz mumkin.
- Men qo‘ygan ertak namoyishi megabayti ko‘pligi sabab saytga yuklanmadi. Uzr.
Ertak yuzasidan xulosalar. Tushunchalar tahlili metodi:
- 1.Sizga ertak ma’qul keldimi?
- 2.Siz mo’jizaga ishonasizmi?
- Keling ertak qahramonlariga tavsif bering:
- Baliqchi----
- Oltin baliq----
Tekshirish:
- Baliqchi---o'ttiz uch yil dengiz bo'yida yashagan va ozgina baliq ovlagan oddiy savodsiz baliqchi. U samimiy mehmondo'stlik bilan baliqlarni qo'yib yubordi va hadya sifatida hech narsa so'ramadi, lekin u o'zining qari kampirini nazorat qila olmadi va kampirining g'alati injiqliklarini amalga oshirdi.
Kampir--eski baliqchining xotini. U erini oltin baliqni qo'yib yuborgani uchun rosa dakki beradi va cholni ko'proq mo''jizalar qilishi uchun baliq oldiga yolvorgani yuboradi.
Kampirning ishtahasi o'sdi .U dengiz xo'jayini bo'lishni va saxiy baliq unga bo'ysunishini rejalashtirgan.
Oltin baliq-mo’jiza yaratuvchi.Baliqchining necha yillik mehnatlari evaziga berilgan tabiat in’omi desak adashmaymiz.Biroq baliqchi bilan kampiri bu omaddan to’g’ri foydalanishni bilmadilar va oxir-oqibat hamma yaratilgan barcha shart-sharoitdan mosuvo bo‘ldilar .
Klaster
- 3 guruhda ishlanadi. Har bir obrazning yaxshi va yomon xislatlarini yozadilar.
- 1-guruh: Oltin baliq
- 2-guruh: Baliqchi
- 3-guruh: Kampir
Baxtli tasodif!!!
- Ko‘zlaringizni yuming.Siz , mavjlanib, oppoq ko‘piklari qirg‘oqqa shovullab urilayotgan moviy dengizda baliq ovlayapsiz. Nogahon qarmog‘ingizga sehrli, oltin baliq ilindi. Sizdan uni qo‘yib yuborishingizni va bitta tilagingizni amalga oshirishini va’da qildi. Siz qanday yo‘l tutasiz ?
- Tilagingizni yozing va mo‘jizaga ishoning !!!
O‘quvchilarning tilaklari oltin baliqchqa atrofiga o‘quvchilar tomonidan yopishtiriladi.
- Bu metod orqali o‘quvchilar qalbida ezgulik , mehr-
- shafqat, mo‘jizaga ishonish, inson uchun yaratilgan ne’matlarning qadriga yetish tuyg‘ulari shakllantiriladi.
- O‘quvchilarni baholash.
- Uyga vazifa: Siz ushbu ertakni qanday talqinda yaratgan bo‘lardingiz? O‘zingizning sehrli ertagingizni yozib keling.
E’tiboringiz uchun tashakkur!!!