СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Avtomobillarning ortish-tushirish joylariga kelib ketishi va yuklarni ortib-tushirishini tashkil etish

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Avtomobillarning ortish-tushirish joylariga kelib ketishi va yuklarni ortib-tushirishini tashkil etish

Просмотр содержимого документа
«Avtomobillarning ortish-tushirish joylariga kelib ketishi va yuklarni ortib-tushirishini tashkil etish»

Mavzu: 11. Avtomobillarning ortish-tushirish joylariga kelib ketishi va yuklarni ortib-tushirishini tashkil etish.

REJA:

1. Avtomobillarning ishga chiqishini va qaytishini tashkil qilish. Ishga chiqarish grafigini tuzish. Harakatlanuvchi tarkibni bir yo’nalishdan boshqasiga o’tkazish.

2.Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish hamda uning ko'rsatkichlari. Harakatlanuvchi tarkib saroyidan foydalanish.

3. Bo’sh ketayotgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish.

Avtomobillarning ishga chiqishini va qaytishini tashkil qilish.Ishga chiqarish grafigini tuzish.

Nozimlik guruhi harakatlanuvchi tarkibni yo'nalishga chiqarish grafigi asosida ishga chiqishini tashkil qiladi. Harakatlanuvchi tarkibni ishga chiqarish grafigi ekspluatatsiya xizmati tomonidan texnik xizmat bilan kelishilgan holda tuziladi. Harakatlanuvchi tarkiblar yo'nalishga ma'lum vaqt oralig'ida yoki uzluksiz holatda chiqariladi. Avtomobillarni ishga chiqish grafigiga muvofiq ravishda, haydovchilarning ishlash grafigi tuziladi.

Yo’nalishda haydovchilarning vaqtidan samarali foydalanib, tashish rejalarini bajarish, ko’p vaqtda, harakatlanuvchi tarkiblarni yo’nalishga chiqarishni tashkil qilish sifatiga bog’liq bo’ladi. Ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganda nozim tomonidan haydovchilarga kerakli hujjatlarni tarqatishda kechiqish vujudga keladi, natijada avtomobillarning ishga chiqishi cho’ziladi. Harakatlanuvchi tarkibni aniq va to’g’ri ishga chiqarish uchun, abonent yashiklar yordamida yo’l varaqalarini tarqatish usulidan foydalaniladi. Bu yashiklarda qator xonalari bo’lib, avtomobillar soniga teng bo’ladi. Navbatchi nozim ertangi kun uchun tashish rejalari haqida ma’lumotlar olib, haydovchilarga topshiriqlarni yo’l varaqasida to’ldiradi va abonent yashigining avtomobil raqamiga mos xonasiga solib qo’yadi.Harakatlanuvchi tarkib saroydan ishga chiqarish va saroyga qaytarishni nazorat qilish uchun, nazorat-ruxsat posti va nozimlik posti orasida aloqa o’rnatilgan.

Nazorat-ruxsat postida elektr moslama(shit) o’rnatilgan. Moslamaning(shit) o’chirish yoki yoqish qurilmasi(tumblyor)ga u yoki bu avtomobilning raqami biriktirilgan. Tumblyorni o’chirilganda yoki yoqishda maxsus tabloda mos lampochka yonadi yoki o’chadi. Haydovchilar chiqish paytida abonent yashikdan yo’l varaqasini oladi va avtomobillarni nazorat-ruxsat punktiga keltiradi.Navbatchi mexanik o’tkazgan ko’rikdan keyin, avtomobilning ishga chiqishiga ruxsat beradi va bir vaqtda o’zining elektr moslama(shit)sidagi chiqishga ruxsat etilgan avtomobil nomeri yozilgan tramblyorni yoqadi.Shu tartibdagi ish tarkibning qaytishida ham amalga oshiriladi. Bu avtomobilning ishga chiqish vaqtini taxminan 2 marta qisqartiradi. Avtomobillarni ishga chiqarishni mukammal tashkil qilish va harakatlanuvchi tarkib yo’nalishidagi ishini tezkor-nazorat qilishda navbatchi nozimning ishini tashkil qilish uchun ish o’rnini kerakli va mos jihozlar bilan ta’minlanishi katta ahamiyatga egadir. Ishga chiqayotgan va qaytayotgan avtomobillarni ko’rib turish uchun nozimlik postini saroy darvozasi oldida o’rnatish shartdir.

Harakatlanuvchi tarkibning yuk ko'taruvchanligidan foydalanish

Harakatlanuvchi tarkib ma'lum nominal yukni ko'tara oladi. Avtomobilning nominal yuk ko'taruvchanligi harakatlanuvchi tarkibni ishlab chiqargan zavod tomonidan uning konstruktiv val mustahkamlik xususiyatlariga qarab bclgilanadi. Yuk ko'taruvchanligi tonnalarda belgilanadi.

Harakatlanuvchi tarkib saroyining quvvati deb, korxona ro’yxatida bo’lgan barcha turdagi avtomobil va avtopoezdlar yuk ko’taruvchanligi yig’indisiga aytiladi.

Qp=Ar1*qn1+Ar2*qn2+……+Arn*qnn= Ar*qn , t

Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish hamda uning ko'rsatkichlari.

Yuk tashishda harakatlanuvchi tarkibdan samarali foydalanish murakkab masala hisoblanadi. Buning uchun birinchidan harakatlanuvchi tarkibdan, transport saroyidan samarali foydalanish kerak bo'lsa, ikkinchidan bosib o'tilgan yo'ldan, uchinchidan esa, avtomobillaming yuk ko'tarish qobiliyati, tezlik imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga erishish zarur bo'ladi.

Avtomobil transporti ishini rejalashtirish, hisobini yuritish va taxlil qilib borish uchun ma'Ium bir ko'rsatkichlar o'rnatiladi.

Harakatlanuvchi tarkib saroyining texnik tayyorgarligi

Harakatlanuvchi tarkiblar saroyining texnik tayyorgarligi yuklarni tashishda foydalaniladigan avtomobillar, tyagachlar, tirkama va yarim tirkamalar soni bilan belgilanadi.

Umumiy holda harakatlanuvchi tarkib texnik jihatdan tayyor avtomobil kunlari sonini ro'yxatdagi avtomobil kunlari soni nisbati bilan belgilanadi. Bu nisbat Saroyning texnik tayyorgarlik коеfitsiyenti deb yuritiladi va quyidagicha ifodalanadi:

bunda: AKtt —texnik tayyor avtomobil kunlari soni; AKr — ro'yxatdagi avtomobillar kunlari soni.

Harakatlanuvchi tarkiblar saroyining alohida bir kun uchun texnik tayyorgarligi koeffitsiyenti shu kunda texnik jihatdan tayyor bo'lgan avtomobillar sonining ro'yxatdagi avtomobillar soniga nisbati bilan belgilanadi:

Texnik tayyorgarlik koeffitsiyentining qiymati quyidagilarni bajarish orqali amalga oshiriladi:

  • harakatlanuvchi tarkibga o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini vaqtida sifatli o'tkazish;

  • ta'mirlashda ilg'or agregat usulini qo'llash;

  • smena oralig'idagi ikkinchi texnik xizmat ko'rsatishni tashkil qilish;

--harakatlanuvchi tarkibdan texnik foydalanish qoidalariga amal qilgan holda foydalanish;

_ haydovchilarning ularga biriktirilgan harakatlanuvchi tarkiblari munosabatini yaxshilash;

— saroyning texnik tayyorgarligi korxona texnik bazasining holati va uning extiyot qismlari, materiallar, agregatlar bilan ta'minlanganligiga, haydovchilar, texnik xizmat ko'rsatuvchi va ta'mirlovchining malakasiga ham bog'liq bo'ladi.

Saroydagi transport vositalarining ishga chiqish va Saroydan foydalanish kocffitsiyentlari

Texnik jihatdan tayyor turgan harakatlanuvchi tarkiblar Saroyidan hamma vaqt ham to'liq foydalanib bo'lmaydi. Ba'zan, ma’lum sondagi harakatlanuvchi tarkibni texnik tayyor bo'lishiga qaramasdan, korxonada qoldirishga to'g'ri keladi. Bunga quyidagilar sabab bo' ladi, ya'ni tashiladigan yukning yo'qligi, haydovchining yo'qligi yoki betobligi, yoqilg'i-moylash materiallarining bo'lmasligi va hokazolar.

Bo’sh ketayotgan avtomobillarga

yuklarni yuklab jo’natish.

Avtomobillardan samarali foydalanish va shaharlararo yuk tashishda avtomobillarning bo’sh yurmasligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, bo’sh ketayotgan avtomobillarga qaysi tarmoq, tashkilotga qarashligidan qat’iy nazar, yo’l-yo’lakay tashishlar tashkil qilnadi va maxsus yo’riqnoma asosida amalga oshiriladi.

--Yuk ortish ishlari – yuk bekatlarida, agarda bu hududda yuk bekatlari mavjud bo’lmasa, umumfoydalanish avtotransport korxonalari zimmasiga yuklatiladi. Bu yo’l varaqasida ko’rsatilgan manzil bilan bir yo’nalishda bo’lsa amalga oshiriladi.

Asosiy yo’nalishdan chetlashish yo’nalishning umimiy uzunligidan 10%gacha, faqat avtomobil harakati uchun mo’ljallangan yo’llarda amalga oshiriladi. Yo’nalishdan katta hajmda chetllashishlar faqat avtomobil tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar ruxsati bilan amalga oshiriladi.Agarda yuk egasi avtomobilni yuk bekati bilan kelishilmagan holda jo’natayotgan bo’lsa, unda ortish ishlari majburiy o’tkaziladi.

Bo’sh avtomobil haydovchisi nozim-nazoratchi ishorasi bilan avtomobilni to’xtatishi shart (kunduzi qizil bayroqcha, kechasi qizil fonar ). Majburiy ortish davrida barcha tashish haqlari yuk bekati zimmasida qoladi.

Bo’sh avtomobillarga yuk ortilganda tovar-transport hujjati 5 nusxada to’ldiriladi va hujjatni qabul qilgan haydovchi imzosi qo’yilgan 1 nusxasi yuk bekatida qoladi. Berilgan 4 nusxadan 1 tasi avtomobil yo’nalishdan qaytgandan so’ng, 3 kundan kechiktirmay, yuk bekatiga qaytarilishi lozim.

Avtomobil transportida yuk optish – tushirish ishlarini tashkil qilish.

Transport jarayoni o'z ichiga yuk ortish-tashish va tushirish ishlarini oladi. Avtomobillarda yuk tashish masofasining qisqaligi sababli, transport jarayonida yuk ortish-tushirish ishlariga ko'p vaqt sarflanadi. Yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash natijasida avtomobillarning ish unumi o'sadi va yuk tashish tannarxi

kamayadi. Yuk ortish-tushirish ishlari asosiy va yordamchi yuk ortish-tushirish ishlaridan tashkil topadi.

Asosiy yuk ortish-tushirish ishlariga:

  • yukni ko'tarib ortish;

  • o'rnidan siljitish;

  • yukni tushirish;

  • yukni taxlash va joylashtirish kiradi.

Yordamchi yuk ortish-tushirish ishlariga;

  • yuklarni ilgichlarga ildirish, yoki, ajratib olish;

  • yukni yo'naltirish;

  • yukni mahkamlash va boshqalar kiradi.

Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda, mexanizmlar yordamida, avtomatlarda bajariladi.

Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda bajarilganda, avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida ko'p to'xtab qolishi hisobiga, xalq xo'jaligi katta zarar ko'radi. Bunday ishlarni bajarish uchun ko'p qo'l mehnati talab qilinadi.



Umumiy bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarida mashinalar bilan bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarining hajmiga qarab, mexanizatsiyalashtirish darajasi 2 turda bo'ladi, yani:

-- Qisman mexanizatsiyalashgan ishlar.

-- To'liq mexanizatsiyalashgan ishlar.

Qisman mexanizatsiyalashgan ish turida avtomobillarga yukni ortish va tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida to'liq bajarilmaydi, chunki yuk ortish-tushirish jarayonida ishchilarning qo'l mehnatidan ham foydalaniladi. Agar, yuk ortish-tushirish jarayonida qo'l mehnatidan foydalanilmasa, yuk ortish-tushirish ishlari to'liq mexanizatsiyalashgan bo'ladi.

Kompleks mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushirish ishlari faqat mashina, yoki, mashinalar tizimi yordamida bajariladi, ishchilar qo'l mehnatidan umuman foydalanilmaydi. Bu usulda insonning faoliyati mashinalarni boshqarishdan iborat bo’ladi, holos.

Avtomatlashgan usuldagi yuk ortish-tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida oldindan tuzilgan reja-dastur asosida bajariladi.







Avtomobil transportida ortish - tushirish ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash.

Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bog´liq sermehnat, ba’zida esa, jismonan og’ir ish bajarishga to’gri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa, yuklarni tushirish zarur bo’ladi. Yuklarni tushirish sermehnat, hamda, jismonan og’ir ishlardan biridir.

Ortish-tushirish ishlari asosiy va qo´shimcha operatsiyalardan iborat bo’ladi. Asosiy operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

- shtabellar, yoki, boshqa saqlash joylaridan yuklarni olish;

- ortish joyiga keltirish;

- transport vositasiga ortish;

Tushirishda shu operatsiyalarning aksi bajariladi.

Qo’shimcha operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

- yuklarni taraga joylash va zaruriyatga ko’ra markirovkalash;

-tarozidan o’tkazish (hajmini o’lchash);

- hujjatlarni tayyorlash; yuklarni boglab mahkamlash, yoki, bog’lovdan bo’shatish, ustini brezent bilan yopish va boshqalar.

Amaliyotda avtomobillarni ortish-tushirish opeartsiyalarida bekor turish vaqti ularning yo’nalish (ish)da bo’lish vaqtlarining uchdan biriga to’gri keladi. Avtomobil transporti uchun harakterli bo’lgan qisqa masofalarga yuk tashishda ba’zi yuklar uchun avtomobillarning ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqti ulushi 50 va undan ham ortiq foizlarni tashkil etadi.

Shularga ko’ra, transport vositalaridan foydalanish samaradorligi o’zgarib turadi. Ortish-tushirish ishlarini to’gri tashkil etish va ularni zaruriyatga ko’ra mexanizatsiyalash avtomobillarning bo’sh turish vaqtlarini, hamda, tashish bilan bog´liq harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish amaliyotida yuk ortish-tushirish joylarida avtomobillarning barcha bekor turish (sababidan qat’iy nazar) vaqtlari ortish-tushirish vaqtiga kiritiladi.

Ortish-tushirish vaqti quyidagi elementlardan iborat:

  • kutib qolish vaqti;

  • avtomobilning manyovr qilishiga sarflangan vaqt;

  • ortish-tushirishning o’ziga sarflangan vaqt;

  • hujjatlarni rasmiylashtirishga sarflangan vaqt.

Mexanizatsiyalashtirilmagan ortish-tushirish ishlarida barcha operatsiyalar ishchilarning qo’l mehnati bilan bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish ishlarida esa, barcha operatsiyalar turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ortish-tushirish usulini qo’llash transport vositalarining ayni operatsiyalarni bajarishda bekor turib qolishini kamaytiribgina qolmay, og’ir va sermehnat operatsiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Yuk ortish-tushirish ishlarini bajarishda 16 yoshdan kichik bo’lgan shaxslarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Qo’l yordami bilan bir yerdan ikkinchi yerga tashiluvchi yuklar 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’spirin yig’itlar uchun 16,4 kg va qizlar uchun 10,25 kg, ayollar uchun 80 kg dan ortiq bo’lmasligi shart. 80 kg dan ortiq yuklarni bir yerdan ikkinchi yerga ko’chirish, yoki, ortish-tushirish ishlarini bajarish faqatgina mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi zarur.



Avtomobillarni bir yo’nalishdan boshqasiga o’tkazish tasviri











1. Avtomobillarning ishga chiqishini va qaytishini tashkil qilish. Ishga chiqarish grafigini tuzing.

2.Harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish hamda uning ko'rsatkichlari, harakatlanuvchi tarkib saroyidan foydalanish bo’yicha taqdimot tayyorlang.

3. Bo’sh ketayotgan avtomobillarga yuklarni yuklab jo’natish bo’yicha taqdimot tayyorlang.












Скачать

© 2021, 759 0

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!