СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

"Bakteriyalarning tuzulishi va hayot kechirishi" mavzusida ochiq dars ishlanma

Категория: Биология

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bakteriyalarning tuzulishi haqida malumotlar berilgan darsishlanmasi

Просмотр содержимого документа
«"Bakteriyalarning tuzulishi va hayot kechirishi" mavzusida ochiq dars ishlanma»

Mavzu: Bakteriyalarning tuzulishi va hayot shakli.



Darsning texnologik xaritasi(6-sinf).



1.

Darsning maqsadi

1.Ta'limiy maqsad:Bakteriyalarning hayoti haqida umumiy ma'lumotlar berish va tuzulishi bilan o'quvchilarni tanishtirish

2.Tarbiyaviy maqsad:Bakteriyalarning ahamiyatini tushuntib berish va ularning faoliyatini o'rganish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarni bakteriyalarning hayoti haqidagi umumiy tushunchalar orqali ularga darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.

2.





O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.


.

1.Darsning shakli: Noananaviy,ko'rgazmali,hamkorlikda ishlash.

2.Darsning metodlari:

1.Blits so'rov

2.Test savollari

3.Klaster

4.Jadval bilan ishlash

3.Darsning jihozlanishi:Bakteriyalar tasvirlangan jadval ,proektor, ekran ,"Botanika" o'quv filmi.

4.Darsning usuli:Didaktik o'yin texnologiyasining o'yin mashqi metodi,og'zaki namoyish kichik guruhlarda ishlash.

5.Baxolash reyting tizimi.

3.

Darsning mazmuni:

Bakteriyalar hujayra shakliga ko'ra 3 xil shaklda bo'ladi:1.koklar 2.batsillalar 3.spirillalar.Noqulqy sharoitda spora hosil qiladi.





4.

Kutiladigan natijalar.

O'qituvchi faoliyati.

O'quvchi faoliyati.


Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazishda yangi texnologiyalardan foydalanish.

Bakterilar tuzulishi va hayoti haqida ma;lumotlarga ega bo'ladilar.

Darsning texnologik bosqichlari.

N

Darsning bosqichlari.

Vaqt

(minut)

O'qituvchi faoliyati

O'quvchi faoliyati

1.

Tashkiliy qism

3

1) Sinfni darsga tayyorlaydi

2) Salomlashadi

3) Davomatni aniqlaydi

4)Ko'rgazmali qurollarni darsga tayyorlaydi


1) Salomlashadi

2) Darsga tayyorlanadi







2

O'tilgan mavzuni so'rash va xulosalash

12

O'qituvchi o'tilgan mavzuni 2 ta metod yordamida so'rab oladi.

1Ortiqcha so'zni toping

2).Blits so'rov, oqituvchi o'quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi, yakunlaydi va yangi mavzuning nomini aytadi.

O'quvchilar nazorat topshiriqlariga faol qatnashishga harakat qiladilar.Nazorat topshiriqlarini bajaradilar ,natijalari bilan tanishadilar.


3

Yangi mavzuning bayoni

10

Ko'rgazmali og'zaki va suhbat usulida tushuntiriladi

Reja

1.Bakteriyalarning tuzulishi

2.Bakteriyalarning hayoti

3.Bakteriyalarning ahamiyati.

O'qituvchi ma'ruzasini tinglaydi va kerakli ma'lumotlarni daftarga yozishadi.








4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

O'qituvchi o'quvchilarga yangi mavzu yuzasidan ozlashtirilgan bilimlarini 2 ta nazorat baxo bilan baxolaydi.

1) Test savollari

2) Jadval bilan ishlash

O'quvchilar berilgan nazoratlarni yozadilar va bajaradilar.








5

Darsni yakunlash

5

1) Xulosa qilinadi

2) Uyga vazifa beriladi

3) O'quvchilarni darsda erishgan natijalari izohli e'lon qilinadi.

1) Yangi mavzu o'qituvchi yordamida xulosalaydi

2) Olgan baxolari bilan tanishadilar

3) Natijalarni kundalik daftarga qo'ydiradilar

3.Bosqich : Otilgan mavzuni so'rash va xulosalash.

1. Nazorat topshirig'i . Blits so'rov metodi

O'quvchi tarqatmasi:

1.Avtoxor o'simliklar deb nimaga aytiladi?

2.Avtoxor o'simliklarga misol keltiring?

3.Qo'ng'irbosh mevasining uzunligi va og'irligi qancha?

4.Uchma mevalarga misol keltiring?

5. Beda urug'iga qo'shilib Amerikaga borib qolgan o'simlikni toping?

6.Yer yuzida o'simliklarning qanchaga yaqin turi bor?

7.O'simliklar sistematikasi qanday birliklardan tashkil topgan?

8.Tur ni ikki nom bilan atshni kim birinchi bo'lib fanga kiritgan?

O'tuvchi tarqatmasi:

1. Meva va urug'larini o'z kuchi bilan tarqatadigan o'simliklarga aytiladi.

2.Bularga: xina,burchoq,o'qotar bodring,yorongul misol bo'ladi.

3.Qo'ng'irbish mevasining uzunligi 0,5 mm va og'irligi 0,1-0,2 mg keladi.

4. Bularga: qayrag'och ,shumtol ,saksovul ,cherkez , boyalish, baliqko'z , zarang kiradi.

5. Bu yantoq o'simligi.

6. Yer yuzida o'simliklarning 500 mingdan ortiq turi bor.

7. Tur , turkum , oila , sinf , bo'lim va o'simliklar dunyosi.

8. Karl Linney fanga kiritgan.

2. Nazorat topshirig'i: Ortiqcha so'zni toping metodi

O'quvchi tarqatmasi.

1.ildiz ,poya ,urug' ,barg .

2.meva ,ildiz ,urug' ,gul ,

3.lola,piyoz,jag'-jag' ,bug'doy

4.turkum ,sinf,oila,urug'

5.g'o'za ,olma ,burchoq ,boychechak

6.o'simlik ,hayvon,bakteriya,virus

7.ranodoshlar ,loladoshlar,karamdoshlar ,ituzumdoshlar

O'qituvchi tarqatmasi.

1.ildiz, poya,urug' ,barg.

2.meva ,ildiz ,urug' ,gul.

3.lola ,piyoz ,jag'-jag' ,bug'doy.

4.turkum ,sinf ,oila ,urug'.

5.g'o'za ,olma ,burchoq ,boychechak.

6.o'simlik ,hayvon ,bakteriya ,virus.

7.ranodoshlar ,loladoshlar ,karamdoshlar ,ituzumdoshlar.

Yangi mavzu bayoni.

Mavzu : Bakteriyalarning tuzulishi va hayoti

Bakteriyalarbiz yashab turgan dunyoda eng kichik mavjudotlardan biri hisoblanadi.

Garchi ular atrofimizni o'rab turgan bo'lsa ham, biz ularni oddiy ko'z bilan ko'ra olmaymiz.

Chunki bu tirik mavjudotlar shu qadar maydaki ,ularni faqat mikroskop orqali ko'rish mumkin.

Ko'zga ko'rinmaydigan bu mavjudotlar mikroblar deb nomlangan (yunocha "mikros" so'zi-

dan oingan bo'lib kichik degan ma'noni bildiradi).Mikroblarni mikroskop ostida birinchi bo'-

lib 300 yil muqaddam gollandiyalik olim A.Levenguk ko'rgan. Mikroblar juda xilma-xil bo'ladi.

Ular orasida eng katta guruh -bakteriyalardir.Bakteriyalar hujayra shakliga ko'ra ,asosan uch

guruhga bo'linadi: 1.Sharsimon bakteriyalar-kokklar. 2.Tayoqchasimon bakteriyalar-batsillalar

3.Bukilgan bakteriyalar- spirillalar .

4.Yangi mavzuni mustahkamlash.

3.Nazorat topshirig'i. Test savollari.

O'quvchi tarqatmasi:

1.Mikros qanday ma'noni anglatadi?

a.katta b.kichik s.qirrali d.aylanasimon

2.Bakteriyalarni birinchi marta mikroskop ostida qaysi olim o'rgangan?

a.K.Linney b.A.Levenguk s.A.Mechnikov d.R.Braun

3.Organik olam nechta katta dunyoga bo'linadi?

a.2 ta b.3 ta s.4 ta d.5 ta

4.Tayoqchasimon bakteriyalar qanday nomlanadi?

a.koklar b.batsillalar s.spirillalar d.vibrionlar

5.Noqulay sharoitda bakteriyalar nima hosil qiladi?

a.spora b.sista s.qobiq d.po'st

6.Bakteriyalarda qaysi organoidi yaxshi shakllanmagan?

a.qobiq b.sitoplazma s.vakoul d.yadro

O'qituvchi tarqatmasi:

1.B .2.B 3.S 4.B 5.A 6.D

4.Nazorat topshirig'i : Jadval bilan ishlash metodi.

O'quvchi tarqatmasi.

N

Bakteriyalar hujayra shakli

Nomi

1

Sharsimon


2

Tayoqchasimon


3

Bukilgan




O'qituvchi tarqatmasi.

N

Bakteruyalarning hujayra shakli

Nomi

1

Sharsimon

Kokklar

2

Tayoqchasimon

Batsillalar

3

Bukilgan

Spirillalar yoki Vibrionlar





Xulosa

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi " talablari asosida ta'lim tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar umumiy o'rta ta'lim maktablardagi boshqa o'quv fanlari qatori biologiya o'quv fanining o'qitilishini tubdan yangilashni talab etmoqda.

Biologiya darslari o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashining rivojlanishiga ,ma'naviy,axloqiy madaniyatini shakllantirishga ,ekologik tarbiyasini oshirishga ,ularni kasbga yo'naltirish va amaliy hayotga tayyorlashga yordam beradi.

Ochiq dars ishlanmasida

1.Blits so'rov metodi.

2.Ortiqcha so'zni toping metodi.

3.Test savollari

4.Jadval bilan ishlash metodlaridan foydalanildi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.I .A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asari.2008-yil.Manaviyat nashriyoti.

2.Uzviylashtirilgan Davlat Ta'lim standarti va o'quv dasturi.

"Toshkent-press" 2010-yil.

3.O.Mavlonov . Biologiya asoslari. Toshkent 2012 ."O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milly nashriyoti.

4.O'.Pratov. A.To'xtayev. F.Azimova. Botanika 6-sinf .Toshkent 2013yil.

5.Maktabda biologiya jurnali .2011 yil .12-son

6.Maktabda biologiya jurnali .2009-yil. 11-son.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!