СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Balli qizlar ko'rik tanlovi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Balli qizlar ko'rik tanlovi»

Balli qizlar” ko’rik tanlov senariysi

Shartlar:

  1. Tabrik qismi

  2. Moda ko’rinishi

  3. O’yin (Buxorocha)

  4. She’r (mavzuga oid)

  5. Dasturxon tuzash

  6. Sahna ko’rinishi (Mavzuga oid)

  7. Tort bezash

  8. Ovqat pishirish

1-shart

  1. Bu cheksiz davlati ma’mur

Buxorodan, Buxorodan.

Bu tengsiz san’ati manzur

Buxorodan, Buxorodan

  1. Nigohi sizni lol etsa

So’zi oshufta hol etsa

Biling bu orazi suqsur

Buxorodan, Buxorodan

Assalomu alaykum qalbi daryo ustozlar, aziz maktabdoshlar. Biz bugun azim Buxoroning nufuzli ilm maskani bo’lmish qadrdon maktabimiz sahnasida “Balli qizlar” ko’rik tanlovlarini o’tkazyapmiz. Biz va sinf qizlari o’zimizning kuch va mahoratimizni sinamoqdamiz.

Bizning qizlar otalarning erkasi

Bizning qizlar onalar yordamchisi

Bizning qizlar lobar, chevar,

Bizning qizlar mehnatsevar

Bizning guruh: ………

Bizning shior: Intilganga tole yor

Keling do’stlar tanishaylik yaqindan

Keling do’stlar bellashaylik adolatdan

(Yana mavzuga oid she’r va qo’shiqlar, o’yinlar ijro etiladi)

2-shartda har bir mofda namoyishiga chiqqan qizga uning xarakteriga moslab boshlovchi she’r o’qiydi:

  1. Budur bizning Saida

Uzun sochli xushqomat.

Iqtidorli u juda

Unga tilaymiz omad

  1. Budir bizning Sakina

Daftarlari to’la besh

U urishqoq va ishchan

Omad bo’lsin unga esh

  1. Budir bizning Nigora

Puxtadir qilgan ishi

Zukkolikda tengi yo’q

G’olib bo’lish xoxishi

  1. Budir bizning Madina

Intiluvchan u har on

Darrov qiladi gina

Biroq juda mehribon

  1. Budir bizning Ferangiz

U bo’lajak raqqosa

Shuni bilib qo’yingiz

U uyalchangdir rosa

6. Budir bizning Munavvar

Qalbi tongday beg’ubor

Bilimdonlikda sarvar

“Intilish” unga shior

7. Budir bizning Gulbahor

Qalbi she’r bilan hamroh

U oq kongil, odobli

She’ridan olar panoh

  1. Budir bizning Sharofat

Nozikkina, erka qiz

So’zlashi jonga rohat

U oilada yolg’iz

3-shart bo’yicha qizlarning raqs mahoratlari namoyish etiladi va hakamlar tomonidan baholanadi

  1. Shart

-She’riyat qadim buyuk so’qmoq ekan….. degan ekan bir shoir. Darhaqiqat she’riyat ummoni keng, sarhadlari cheksiz. Bizning qizlar she’riyatga juda qiziqishadi. Sizlarga hozir Muhammad Yusufning “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor.” She’rini aytib bermoqchimiz. Marhamat tinglang

5. shart Dasturxon tuzash-ushbu shartda qizlarning qanday mehmon kutishlari, yoki qanday dasturxon ustini bezashlari sinovdan o’tkaziladi. Bunda har bir narsaning qayerda va qanday joylashtirilganiga hakamlar hay’ati qat’iy e’tibor berishlari zarur.

6. shart. Sahna ko’rinishida mavzudan kelib chiqqan holda qizlarning aktiyorlik mahorati kuzatiladi.

7. shart Tort bezashda sharoitdan kelib chiqib, qizlar buni og’zaki tushuntirsalar ham bo’ladi

8. shart Ovqat pishirish shartida qizlarga maxsus konvertlar beriladi. Konvertlar ichida ma’lum bir yoki ikkita ovqatning nomi yozilgan bo’ladi. Qizlar shu ovqatlarning qanday tayyorlanishi haqida tushunchaga ega bo’lishlari kerak. Hakamlar hay’ati ushbu shartni baholashda mahsulotlar ketma-ketligi va necha kishiga mo’ljallanganligiga e’tibor beradilar.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!