СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish va o'tkazish

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Favqulotda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirlari haqida

Просмотр содержимого документа
«Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish va o'tkazish»

Sinf :

11-

11-

11-

Sana:




Fan:

Chaqiruvga qadar yoshlarni tayyorlash (ChYOT)

Dars tartibi

Mavzu nomi

1

FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA HARAKAT QILISH YAGONA TIZIMINI TASHKIL ETISH

Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar:

TK1- ijtimoiy vaziyatlarda, eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.

FK1- Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi;harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi;


Maqsad va vazifalar:

Ta`limiy-O‘zbekiston Respublikasida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining bugungi kundagi ahamiyati va chaqiruvga qadarda hamda chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarga qo‘yilayotgan talablar. Fuqaro muhofazasi tushuchasi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e'tikod va qiziqishlarini orttirish, shunindek favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma'naviy va modiy ne'matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a'zolarini tayyorlashdan iborat.

Rivojlantiruvchi- Ushbu maksadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy, ruxiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Dars turi

Yangi mavzuni o`rganuvchi dars Mustahkamlovchi dars.

Dars o`tish metodi:

“Aqliy hujum”

Darsning jixozi:

Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun baholar bilan baholash

Darsning texnik jixozi:

Kadoskop. Darslik, doska va bo’r

Darsning rejasi;

1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)

2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)

3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)

4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)

5. O`quvchilarni baholash. (4 daqiqa)

6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Rag`bat uchun 4 xil bahoda foydalaniladi..

Hamma savollarga va uyga vazifasi tayyorlarga qatnashganiga - “5”ball.

Yaxshi qatnashganiga - “4”ball

Qoniqarli jb berganlarga qatnashganiga - “3”ball

Savolga quruq gaplar bilan jb berganlarga q - “2”ball

2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.

O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.


3.Yangi mavzuni bayon qilish.

Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, xalqimiz tinch va farovon hayot kechirishi uchun qabul qilingan qonunlar asosida respublikamizning barcha idoralari, o`quv yurtlari va muassasalarida tegishli tadbirlar o`tkazilmoqda. Bu ishlarning ichida fuqaro muhofazasi masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Ushbu muhim vazifani hayotga tatbiq etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to`g`risida»gi Farmoni e’lon qilindi va shunga muvofiq ravishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. Vazirlikning asosiy vazifalariga aholi va xalq xo`jaligi obyektlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, respublikada tabiiy va texnogen vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish yagona tizimini tashkil etish kiradi. Ushbu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi qarori qabul qilingan. FVDT vazifalari, tuzilishi, darajalari, boshqarish va muvofiqlashtirish organlari. FVDT boshqaruv organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan boshqa tashkilotlarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishni hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta`minlaydi. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi; FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari; atrof-tabiiy muhit va yuqori darajada xavfli obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari; turg`un boshqaruv punktlari; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari; FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilikdispetcherlik xizmatlari; aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan ta`minlashning avtomatlashtirilgan tizimi. hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o`z zimmasiga olishi, zarurat bo`lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun ofat yuz berishi mumkin bo`lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish; doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kechakunduz navbatchiligini joriy etish; favqulodda vaziyatlar bo`yicha hududiy boshqarmalar (bo`limlar)ning tezkor guruhlari hamda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, obyektlar va boshqa tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari navbatchiligini tashkil etish; atrof-tabiiy muhitning holati, yuqori darajada xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko`lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish; favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholi va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot ta`minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishini ta`minlash chora-tadbirlarini ko`rish; kuchlar va vositalarni tayyor holatga keltirish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo`lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga siljitish; d) favqulodda rejimda: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to`g`risida davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga siljitish; aholini muhofaza qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish; favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash; iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko`rsatishini ta`minlash, zarar ko`rgan aholining hayot sharoitlarini ta`minlash ishlarini tashkil etish; favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof-tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo`yicha monitoring olib borish.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha savol-javob o’yini.

Yangi mavzuga doir darslikdagi savollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada javob beradilar. Qolgan o`quvchilar savolni bilmagan o’quvchilar o’rniga javob bersa , doskadan oldin bergan o`quvchilarning javobi o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.

5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.

6. Uyga vazifa:

Mavzumizdagi Savollari uyga vazifa bo’ladi.

O’IBDO’ tasdiqlaydi:


______________________________







Sinf :

11-

11-

11-

Sana:




Fan:

Chaqiruvga qadar yoshlarni tayyorlash (ChYOT)

Dars tartibi

Mavzu nomi

2

Maktabda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasining tuzilishi

Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar:

TK1- ijtimoiy vaziyatlarda, eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.

FK1- Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi;harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi;

Maqsad va vazifalar:

Ta`limiy- Maktabda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasining tuzilishi haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e'tikod va qiziqishlarini orttirish, shunindek favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma'naviy va modiy ne'matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a'zolarini tayyorlashdan iborat.

Rivojlantiruvchi- Ushbu maksadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy, ruxiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Dars turi

Yangi mavzuni o`rganuvchi dars Mustahkamlovchi dars.

Dars o`tish metodi:

“Aqliy hujum”

Darsning jixozi:

Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun baholar bilan baholash

Darsning texnik jixozi:

Kadoskop. Darslik, doska va bo’r

Darsning rejasi;

1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)

2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)

3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)

4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)

5. O`quvchilarni baholash. (4 daqiqa)

6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Rag`bat uchun 4 xil bahoda foydalaniladi..

Hamma savollarga va uyga vazifasi tayyorlarga qatnashganiga - “5”ball.

Yaxshi qatnashganiga - “4”ball

Qoniqarli jb berganlarga qatnashganiga - “3”ball

Savolga quruq gaplar bilan jb berganlarga q - “2”ball

2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.

O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.


3.Yangi mavzuni bayon qilish.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar har bir maktabda (o`quv yurtida) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasi ishlab chiqiladi. Rejani ishlab chiqish har qanday sharoitda insonlar qurbon bo`lishini va moddiy boyliklarga zarar yetishini maksimal kamaytirishga qaratilgan bo`lishi kerak. Rejalashtirish obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo`lish xavfi darajasini, halokatlar va tabiiy ofatlar sodir bo`lishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarni bashorat qilish, mavjud moddiy zaxira va insonlarni har tomonlama o`rganib va baho berishga asoslanishi kerak. Favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirish ular natijasidagi moddiy talafotlar va jabrlanganlarning sonini kamaytirish tadbirlari miqdori, muddati, tashkillashtirish va bajarish tartibini, avariya, halokatlar, tabiiy ofatlardan (aholini) maktab xodimlari va o`quvchilarini, moddiy boyliklarni muhofaza qilish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan tadbirlarning bajarilishi, shuningdek, qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borishni belgilaydi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejasi ikki bo`limdan iborat: maktab (obyekt) va unga qo`shni hududlardagi potensial xavf-xatarlar. Bu bo`limda obyektga xavf soluvchi, katta avariyalar, ishlab chiqarish halokatlari bo`lishi mumkin bo`lgan korxona, kimyoviy moddalar va boshqa xavfli yuklar tashib o`tiluvchi va ortiluvchi temiryo`llar, stansiyalar (bekatlar), epizootik, epidemik nuqtayi nazardan noqulay hududlar ko`rsatiladi; katta ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar va tabiiy ofatlar, terroristik harakatlar sodir bo`lish xavfi tug`ilganda bajariladigan tadbirlar (yuqori tayyorgarlik rejimida). Bu bo`lim: a) favqulodda vaziyat sodir bo`lish xavfi haqida boshqaruv organlarini, rahbarlar, ishchilar va aholini xabarlash tartibini; b) favqulodda vaziyat ta`siri haqida ogohlantirish va uni kamaytirish bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarning miqdori, muddati, jalb etiladigan kuch va vositalar; d) mavjud kuch va vositalarni, himoya inshootlarini, boshqa yerto`lalarni, yer ustida joylashgan bino va inshootlarni mahkamlab, maktab xodimlari, o`quvchilari va aholini yashirish uchun tayyorlash; e) shaxsiy himoya vositalarini maktab xodimlari va o`quvchilariga berishga tayyorlash va berish; f) maktab xodimlari va o`quvchilarini, evakuatsiya qilish uchun biriktirilgan avtotransportni va shahardan tashqari zonalarni tayyorlashda ishtirok etish; g) tibbiy va epidemiyalarga qarshi himoya tadbirlarini o`tkazish; h) yong`inga qarshi tadbirlarni va ishlab chiqarishni avariyasiz to`xtatishga tayyorgarlik tadbirlarini o`tkazishni o`z ichiga oladi. Har bir o`quvchi favqulodda vaziyatlar sodir bo`lganda nima qilishi kerakligini bilishi, kundalik hayotda maktab hududida va maktabdan tashqarida to`g`ri harakatlanish qoidalarini o`zlashtirishi, yong`inga qarshi xavfsizlik choralarini bajarishi, himoya vositalarining qayerda saqlanishini, himoya vositalarini to`g`ri qo`llashni, yonidagilarga birinchi yordam berish qoidalarini bilishi, evakuatsiya paytida rahbarlarning buyruqlarini tez va to`g`ri bajarishi shart.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha savol-javob o’yini.

1. Favqulodda vaziyat deganda nimani tushunasiz?

2. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?

3. FVDTning rahbar organlari qaysilar?

4. Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalariga nimalar kiradi?

5. Favqulodda vaziyat sodir bo`lganda o`quvchilarning majburiyatlari nimalardan iborat?

Yangi mavzuga doir darslikdagi savollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada javob beradilar. Qolgan o`quvchilar savolni bilmagan o’quvchilar o’rniga javob bersa , doskadan oldin bergan o`quvchilarning javobi o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.

5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.

6. Uyga vazifa:

Mavzumizdagi Savollari uyga vazifa bo’ladi.

O’IBDO’ tasdiqlaydi:


______________________________









Sinf :

11-

11-

11-

Sana:




Fan:

Chaqiruvga qadar yoshlarni tayyorlash (ChYOT)

Dars tartibi

Mavzu nomi

3

ATROF-MUHITNING SALBIY TA`SIRLARIDA, INFEKSION VA NOINFEKSION KASALLIKLARDA SALOMATLIKNI SAQLASH

Atrof-muhitning inson organizmiga salbiy ta`siri

Dars bosqichlari

Kuzatuvchining dars jarayoni bo‘yicha fikri

Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar:

TK1- ijtimoiy vaziyatlarda, eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.

FK1- Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi;harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi;

Maqsad va vazifalar:

Ta`limiy-Yuqumli kasalliklar to‘g‘risida tushuncha. Yuqumli kasalliklarning oldini olish. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiyaning ahamiyati. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni parvarish qilish vaqtida dezinfeksiya va shaxsiy profilaktika choralari.

Tarbiyaviy – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e'tikod va qiziqishlarini orttirish, shunindek favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma'naviy va modiy ne'matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a'zolarini tayyorlashdan iborat.

Rivojlantiruvchi- Ushbu maksadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta'limiy, tarbiyaviy, ruxiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Dars turi

Yangi mavzuni o`rganuvchi dars Mustahkamlovchi dars.

Dars o`tish metodi:

“Aqliy hujum”

Darsning jixozi:

Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun baholar bilan baholash

Darsning texnik jixozi:

Kadoskop. Darslik, doska va bo’r

Darsning rejasi;

1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa)

2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa)

3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa)

4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)

5. O`quvchilarni baholash. (4 daqiqa)

6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Rag`bat uchun 4 xil bahoda foydalaniladi..

Hamma savollarga va uyga vazifasi tayyorlarga qatnashganiga - “5”ball.

Yaxshi qatnashganiga - “4”ball

Qoniqarli jb berganlarga qatnashganiga - “3”ball

Savolga quruq gaplar bilan jb berganlarga q - “2”ball

2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash.

O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.


3.Yangi mavzuni bayon qilish.

Inson organizmiga atrofimizdagi muhit katta ta`sir ko`rsatadi. Toza suv, havo va hosildor yerlar odam yaxshi va sog`lom yashashi uchun eng kerakli narsalardir. Agar atrofimizdagi havo iflos bo`lsa, u inson organizmiga nafas yo`li orqali kirishi mumkin. Iflos suv ichida patogen mikroorganizmlar bo`lishi mumkin. Har xil toksik aralashmalar suv bilan odamning ichki organlariga tushganda sog`liqqa katta zarar keltiradi. Atrofimizdagi yerlar va oqar suvlar zaharlansa, yerning hosildorligiga zarar yetadi. Odam yerni baholaganda uning foydali tomonlarini qidiradi. Chunki yerning ustida va ostida boyliklar juda ko`p. Yer ustiga turli xil ekinlar eksa bo`ladi. Afsuski, so`nggi vaqtlarda insoniyat tabiatga katta zarar keltirmoqda, bunga misol qilib har xil chiqindilarning yerga va suvlarga tashlanishini keltirish mumkin. Oqibatda yer va suv ifloslanadi hamda ularda yashovchi tirik organizmlar halok bo`ladi. Zavod va fabrikalardan chiqayotgan tutun havoga katta zarar keltirib, ko`p o`simliklarning o`sishiga yo`l qo`ymaydi va atrofidagi yerlarga katta ziyon yetkazadi. Tabiatga eng katta xavfni og`ir metallar keltiradi. Bularning ichida simob, kadmiy, mis, xrom, vanadiylarning zavod va fabrikalardan havo va yerga tushish ehtimoli juda katta. Avtomobillardan chiqayotgan tutun bilan minglab tonna zaharli moddalar har yili havoga ko`tariladi. Qo`shimchasiga og`ir metallar bilan birgalikda zararli moddalar havoga gaz holida chiqariladi. Bularning ichida uglerod oksidi, azot va uglevodorodlarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Eng ko`p uchraydigan aralashmalar kul va changlardir. Kul neft yonishidan, yoqilg`i, ko`mir va boshqa mahsulotlardan paydo bo`ladi. Qurilishda keng ishlatiladigan asbest insonning nafas organlarida (o`pkada) qolib, og`ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. U nafas orqali organizmga kirib, insonni kasallikka duchor qiladi. Inson uchun eng katta zararni pestitsidlar keltiradi. Ular qishloq xo`jaligida keng ravishda ishlatiladi. Ularni ishlatish qoidalari mavjud. Ammo ushbu qoidalar buzilsa, asab tizimi, odam ko`zi, nafas organlari va terisiga katta ziyon keltiradi. Atrof-muhitdagi radioaktiv chiqindilar inson uchun juda xavfli. Ular zavodlardan daryo va ko`llarga tushishi mumkin. Ion, ultrabinafsha nurlanish va har xil kimyoviy aralashmalar ham insonga katta zarar keltiradi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darsni mustahkamlash uchun mavzu bo`yicha savol-javob o’yini.

Yangi mavzuga doir darslikdagi savollarni har qatordan bittadan o`quvchilar chiqib doskada javob beradilar. Qolgan o`quvchilar savolni bilmagan o’quvchilar o’rniga javob bersa , doskadan oldin bergan o`quvchilarning javobi o`qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.

5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.

6. Uyga vazifa:

Mavzumizdagi Savollari uyga vazifa bo’ladi.

O’IBDO’ tasdiqlaydi:


______________________________



Dars ishlanma namunasi. To`liq malumot uchun +998913683352 +998913452724 @idsmoder ustoz.gx.uz Web sayti




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!