СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

General didactic principles and use of new pedagogical technologies in music lessons.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. The use of various pedagogical technologies aimed at shaping the creative thinking of students in music education classes is a factor in achieving guaranteed results in music education.

Просмотр содержимого документа
«General didactic principles and use of new pedagogical technologies in music lessons.»

Musiqa darslarida umumdidaktik prinsplari va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Musiqa ta’limi darslarida o’quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish musiqa ta’limining kafolatlangan natijalariga erishish omili bo’lib hisoblanadi.

Texnologiyalar mohiyatiga ko’ra:

-musiqa mazmunini mantiqiy o’zlashtirishga qaratilgan tayanch ijroviy-ijodiy texnologiyalar;

-musiqiy-nazariy o’quv ishlari usullarini shakllantirish texnologiyasi;

-integtrativ aloqa va bog’liqlikda bo’lish texnologiyalari;

-o’quvchilarni musiqiy faoliyatlarda faol ishtirok ettirish va nafosatli tarbiyalash texnologiyalari turlariga bo’linadi.

Musiqa mazmunini mantiqiy o’zlashtirishga qaratilgan tayanch ijroviy-ijodiy texnologiyalardan dars jaroyonida va gurux mashg’ulotlarida keng foydalanish o’quvchilarning musiqa faniga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, tafakkuri va ijodiy fikrlash malakalarini hosil bo’lishiga yordam beradi.

Ma’lumki musiqaning amaliy ijro etish texnologiyalari shu ta’limning barcha bosqichlarida qadimdan qo’llanib kelinadi. Bunga misol sifatida o’zbek xalq milliy cholg’u asboblarini chalish, qo’shiq kuylash malakalarini egallab olish, ustoz va shogird tizimida olib borilganligini ta’kidlash mumkin.

Ustoz musiqa asbobida chalgan, qo’shiq kuylagan, shogird esa uning xatti- xarakatlarini, ijrochlik uslublarini ko’rib izma-iz takrorlab brogan.

Hozirgi maktab sharoitida esa musiqaning amaliy ijrosiga tegishli o’quv materiallari- uning tarixi, nazariyasi, idrok etilishi, tahlil qilinish jarayonlari bilan qo’shilib darslarda o’tiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, alohida amaliy ijro texnologiyalaridan tashkil topgan darslar hozircha o’tilmaydi. Bizningcha, amaliy ijro etish texnologilarini ham alohida mashg’ulotlarda yoki darslarda qo’llashning quyidagi bosqichlarining amalga oshirilishi ta’lim samaradorligini tubdan yaxshilashi mumkin.

Ilk, sodda amaliy ijro tushunchalarini shakllantirish umumiy o’rta ta’lim maktablarida uchinchi sinfdan boshlab tashkil etilishi mumkin. Bunda cholg’u asboblari haqida ma’lumot va ashula ijrochilik san’ati tarixi, cholg’u asbobi turlari va xususiyatlari, ijro etish usullari, ovoz sozi, vokal, jo’rsoz, jo’rnavosozlik haqida tushunchalar, ko’nikma va malakalar shakllantirilishi nazarda tutiladi.

“Ijrochilik san’ati” darsi (yoki dars qismlari,)da cholg’u asbobi va qo’shiq ijrochilik texnologiyalari qo’llanadi.

Tabaqalashtirilgan musiqiy ta’lim texnologiyasi musiqa san’atini o’rganishda azaldan turli ko’rinishlarda qo’llanib kelinmoqda. Bu usulda sinf o’quvchilarining musiqiy qiziquvchanligi, ijro etish mahorati, qobiliyati, malaka va ko’nikmalari hisobga olinib, ular ma’lum bur guruxlarga ajratiladi. Bunda musiqiy o’quv maqsadlari tabaqalashtirillib, aniq tizimga solinadi va har qaysi gurux uchun o’quv materiali tanlanib, ularni mazmunan o’quvchilarga puxta yetkazadigan texnologiya ishlab chiqiladi.

Mazkur texnologiya musiqa madaniyati fanining har bir faoliyat turi va umuman musiqaga daxldor masalalarni chuqur o’rganib borish uchun qo’llanilishi yaxshi natija beradi. Masalan, milliy musiqa san’atimiz tarixi, ijodkori va ijrochi san’atkorlar faoliyati, ijrochilik sir-asrorlari, musiqaning shakl va turlariga qarab mazmunan tavsiflanishini har bir gurux alohida o’rganishi mumkin.

O’quvchilarning musiqiy-o’quv faoliyatini shakllantirish texnologiyasi o’quvchilarning musiqaga bo’lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan o’quv faoliyati maxsus va alohida shakl sifatida ko’rib chiqiladi. Shunga tegishli texnologiyada o’quvchilar musiqiqy bilimlarni ma’lum bir topshiriqlar, masalan, qo’shiqni musiqiy va badiiy tahlil qilish yoki uni nafis va jozibali kuylash, cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar to’plash, ayrim sodda musiqiy tuzilmalar xususiyatini o’rganib kelish orqali egallaydilar.

Mazkur topshiriqlar tizimini tuzishda: o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati mazmunini tashkil qilish loyihasi ishlab chiqiladi; mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini tekshirish uchun topshiriqlar tuziladi; darsni samarali o’tish texnologiyasi ishlanadi. Ushbu texnologiyalar tarkibiga shuningdek, o’quvchilarning musiqiy faoliyatini faollashtiruvchi jarayonlarni ham kiritish mumkin.

Qo’shiq bolalardagi emotsional sezgirlik, ta’sirchanlikni orttiradi. Tabiat, hayot va insoniy munosabatlardagi go’zallikka mehr-muhabbat uyg’otadi, bolaning badiiy estetik didini tarbiyalaydi.

Musiqa darsi o’quvchining tasavvur va bilim doirasini kengaytiradi, san’at haqidagi suhbatlar esa qiziqishini oshiradi. Uning maqsadi ko’p jihatdan maktab o’quvchisining ma’naviy rivojlanishiga qaratilgan bo’ladi. Musiqaviy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va boyitish, musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, musiqa san’atiga qiziqish bilan qarash, o’quvchilarning badiiy havaskorligi puxta o’ylangan va izchil tizim bo’yicha amalga oshirilishi lozim. Zero, musiqa darslarining vazifasi bolalarni go’zallikka faol munosabatda bo’lishga, musiqaga ijodiy yondoshishga o’rgatishdan iboratdir .

Musiqa sohasida o’quvchilar faoliyatini faollashtirish turli musiqiy o’yinlar texnologiyasi, mummoli musuqiy ta’lim texnologiyasi, musiqiy asarni idrok etish, qo’shiq kuylash, cholg’u asboblarida ijro etish, ularni nazariy jihatdan tahlil qilish kabi texnologiyalardan faydalanish orqali amalga oshiriladi.

Musiqiy tafakkurning rivojlanishiga faol ko’maklashuvchi musiqiy va umumiy intellektual dunyoqarashni kengaytirish yosh musiqachining doimiy ishi bo’lishi lozim, negaki bu uning kasbiy imkoniyatlarini oshiradi.

Musiqa madaniyati darslari pedagogikasining didaktik nazariyasi va prinsiplari asosida tuziladi. Mazkur prinsiplar o’qituvchi hamda o’quvchi tomonidan bajariladigan ta’lim asoslari dars mazmuni metodlari va bajariladigan ta’lim asoslari dars mazmunini metodlari va darslarning tuzilishidagi asosiy talablar va uning yo’nalishlarini belgilab beradi.

Musiqa madaniyati darslarining didaktik prinsplari 4 turdan iborat:

. 1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalik, ilmiylik va davomiylik prinsipi.

2. Darsda o’quvchining ongli va aktivlik prinsipi.

3. O’quv materiallarining bolalar bilm va malakalariga mosligi prinsipi.

4. Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustshkamlik prinsipi.

Mazkur prinsiplar asosan, o’quv materiallarini qo’llash, musiqa darsini mazmun va rejasini tuzish umumdidaktik prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib musiqa darsini davlat ta’lim standartiga muvofiq, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda uzluksizligini va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.

1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalik, ilmiylik va davomiylik prinsipi har bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosida tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta’lim va tarbiyasining asosiy omillaridir.

Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topadi. Ularni o’zlashtirish – musiqa amaliyoti yo’lida bilim va ko’nikmalar xosil qilish demakdir.

Dars jarayonida o’quv materiallarini bolalarning bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatini to’g’ri o’rgatish, bolalar fikrini qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik prinsiplarini tashkil etadi.

Ilimiylikni, sistemaliksiz amalga oshirib bo’lmaydi. Darsning barcha o’quv faoliyatini hamda keyingi darslarning o’zaro mantiqiy bog’lanishi sistemalilik asosini tashkil etadi.

Kuylash va tinglash uchun asarlarning bilim va malaka darajasini hisobga olib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o’zlashtirib borish prinsiplari muayyan tartibga solib boriladi. Darsning har bir faoliyati o’z navbatida mantiqiy bog’lanib pedagogik maqsadlarni amalga oshirilishi davomiylik prinsipi deyiladi.

2. Darsda o’quvchilarni onglilik va aktivlik prinsipi.

Ushbu prinsip didaktikaning yetakchi prinsiplaridandir. Chunki, bilimni o’zlashtirish o’quvchining aqliy faoliyatiga asos bo’lgan bilish jarayoniga bog’liqdir.

Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqealarni badiiy his etib, fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Mazkur malaka va ko’nikmaning shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanishi jarayonini talab etadi. Buning uchun bolaning o’quv materiallarini ongli ravishda o’zlashtirish bilim jarayonining faolligini vujudga keltiradi.

Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o’zlashtirish badiiy estetik zavqlanish bolaning eng avvalo diqqat e’tiborini jalb eta bilish onglilik aktivlikni vujudga keltiradi. Darslarda onglilik va aktivlik ayniqsa vokal – xor malakalarini shakllantirish uchun zarurdir. Jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, musiqa tinglash va musiqa savodi faoliyatlarida onglilik va aktivlilik prinsipi nazariy va amaliy jihatlarini samarali o’zlashtirilishiga yordam beradi.

3. O’quv materiallarining bolalar bilm va malakalariga mosligi prinsipi.

Mazkur prinsip, dasturdan tanlab olingan o’quv materiallari va mazkur metodik materiallar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobga olinishi shart. Dastur asosida har bir sinfning bilim va malakalari hisobga olingan holda musiqa darsining yarim yillik kalendar – mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar – mavzuli ish rejasi bir yilda ikki marta o’quvchilarning yosh xususiyati, musiqiy uquvi, yangi qo’shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi o’quv materiallari dars faoliyatlariga qarab tuziladi.

4. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustshkamligi.

Mazkur prinsiplarni amalga oshirishning eng asosiy sharti, yuqorida bayon etgan to’rtta prinsipga jiddiy amal qilishdan iboratdir.

Birinchidan bilm malakalarning chuquqrligi, mustahkamligi va hayotiyligini ta’minlash lozim, ya’ni mazkur asarni va uning ijro uslubini, madaniy hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil qilinishi lozim.

Ikkinchidan asarlarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:

a) Asarning bolalarni ma’naviy va ahloqiy tarbiyasi uchun mosligi.

b) Musiqa ta’limining xususiyati.

d) Sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtira olish va to’la o’zlashtirishiga erishish.

Uchinchidan darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalarni amaliyotda takrorlash va mustahkamlash. Masalan: qo’shiqlarni jumlalarga bo’lib o’rgatish va keyingi darslarda mustshkamlab takrorlash.

To’rtinchidan musiqa darslarida har bir yangi bilm elementi dars faoliyatiga to’liq o’zlashtiriladi va keyingi darslarda keng qo’llanilib, doimiy bilmga aylantiriladi.

Xulosa qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik prinsiplari, musiqa madaniyati darslarida katta ahamiyatga ega bo’lib, musiqani hayot bilan bog’lashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa ta’limi ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ularni dars o’tish, ekskursiya, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari, leksiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushinamiz. Guruh usulida yakka tartibda o’qitish tarixan tarkib topgan va rivojlanmoqda.

Har qanday holatda ham o’qituvchi o’quvchilarga bilim beradi, uning o’zlashtirishi jarayoniga rahbarlik qiladi, o’quvchilarning harakatlarini tekshirib nazorat qilib boradi.

Ta’limning zamonaviy sharoitlarda an’anaviy metodlarni takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo’yilayotir.

Maktab mashg’ulotlari o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik tehnalogiylar, dars o’tishning noan’anaviy usullari, xususan, interfaol usulni joriy etish yaxshi samara beradi.

Pedagogik tehnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta’sirini inobatga olib o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodir.

Pedagogik tehnologiya bir necha turlarga bo’linishi mumkin:

-umumpedagogik texnologiya:

-xususiy predmetli texnologiya (masalan, musiqa o’qitish texnologiyasi):

-mahalliy pedagogik texnologiya.

Pedagogik texnologiya – bu jarayonlar, vositalar, uslublar majmuasidan iborat bo’lib, u o’quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish uchun pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

Musiqa darsi o’tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir ko’plab qo’llanmalar mavjud. Bunday uslublarni ilg’or musiqa muallimlarining o’zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara beradi. Xususan, “mavzu qanday bayon qilinganda uning necha foizi o’quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o’zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilajak tajriba yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oladi. Unga ko’ra mavzu bayonini:

-faqat eshitganda uning 10-20 foizi;

-eshitsa va mavzuga doir ko’rgazmali materiallar bilan tanishsa, uning 30-50 foizi;

-eshitsa, kuylasa, chalsa, ritmik harakatlar bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, ular bilan ashula yuzasidan muloqatda bo’lsa, bahslashlsa, mavzuning 60-90 foizi yodda qoladi, o’zlashtiradi.

O’quvchi mavzu yuzasidan o’rtoqlari, muallim bilan o’zi muloqatga kirishishi, amaliy mashg’ulotlarni tushuntirib bera olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustahkam bo’ladi.

Turli uslublarni o’rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib, har bir ustoz o’z uslubini yarata oladi. Dastur va darsliklarni amaliyotga joriy etuvchi muallimlarning bilimlari sust, kasbiy mahoratlari pastroq bo’lsa, tabiiyki, darsliklar ilmiy metodik jihatdan puxta bo’lsa ham, ular bunday o’qituvchi qo’lida “sayramaydi”, tilsiz jonsiz qog’oz bo’lib qolaveradi va musiqa darsliklariga “asarlarni o’rganishda qiyinchilik bo’layapti” degan tamg’ani aynan shundaylar bosadi.

Yangi pedagogik texnologiyada quyidagi usullardan musiqa darslarida zaruriyatli joylarda va o’z o’rnida foydalanish tavsiya etiladi:

Mustaqil ishlash- ma’lum mavzular guruhi tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlsh maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, musiqa faoliyati bilan shug’ullanish, darslik, musiqa savodi bilan ishlash ko’nikmamalarini hosil qilishdan iborat.

O’quvchilarning juft-juft bo’lib, muloqotga kirishishi. Biror asarga oid masalani hal etishda qo’llaniladi.

O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish. Bunda sinfdagi bolalarni besh-olti nafardan guruhchalarga ajratiladi.

Rolli o’yinlar. Musiqiy asar mavzusiga xos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish.

Musiqiy diktanatlar. Musiqiy faoliyat turlari bo’yicha o’quvchi bilimini baholashning joriy nazorat shakllaridan biri.

Tanlovlar. Ma’lum bir musiqiy mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko’nikmalarni tekshirish, baholash maqsad qilib qo’yiladi.

Konferensiyalar. Har chorakda o’tkazilishi mumkin, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qaralsa bo’ladi. Bunda o’quvchilar o’zlari musiqa fanidan mustaqil yozgan ishlarini sinfga maruza shaklida taqdim etadilar.

Aqliy hujm.” Tanlangan bitta musiqiy muammo bo’yicha o’quvchilarni o’zaro muloqatga, shu muammo bo’yicha ijodiy ish olib borishga da’vat qilish va taklif etish.

Bahs-munozara”. Bunda biror musiqa mavzu bo’yicha o’quvchilarning fikr-mulohazalari navbat bilan eshitiladi, ko’p fikrlilik ta’minlanadi.

Charxpalak”. O’quvchilar faolligini oshirishning bu uslubida:

-sinf o’quvchilari olti kishilik guruhlarga bo’linadi va har bir o’quvchiga tartib raqami beriladi: 1,2,3,4,5,6;

-musiqa fanidan har bir guruh o’z topshirig’ini oladi. Topshiriqlar turlicha bo’lishi kerak. Guruhlar zarur bo’lgan o’quv jihozlari bilan ta’minlanadi (darsliklar, qo’llanmalar, nota daftari, qog’oz, ruchka, qalam, chizg’ich, o’chirg’ich va xokazo);

-guruhlar 15-20 daqiqa davomida topshiriqni o’rganadilar, uni hal qilishga kirishadilar. Har bir guruh a’zosi natijani yozib boradi;

-muallim guruhlar faoliyatini kuzatadi, savollarga javob, maslahatlar beradi;

- vaqt tugagach (ikkinchi bosqichda) tartib raqamli bir xil bo’lgan bolalar yangi guruhga birlashadilar;

-yana 15-20 daqiqa davomida yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi shu guruhning boshqa a’zolariga o’zi hal qilayotgan topshiriqni tushuntiradi;

-dars ohirida guruhlarga berilgan barcha musiqiy topshiriqlar yuzasidan test olish mumkin.

Tadqiqot”. Olingan bilmlar asosida kichik bir musiqiy muammo bo’yicha yakka yoki ikki-uch nafar o’quvchi birgalashib olib boriladigan izlanish. Bu muammo hali o’tilmagan yoki o’tilmaydigan mavzu bo’lishi mumkin. Shunday masalalar ustida ishlash iqtidorli bola bilimiga sayqal beradi, uni chuqur ilmiy-tadqiqot olib borishga undaydi, bolada bo’lajak olimga xos fazilatlarni ochadi.

Tabaqalashtirish. O’qitishni faollashtiruvchi uslublardan biri bo’lib, bunda o’qitish jarayonida musiqaga qobiliyatli bolalar tanlanadi, ularning musiqiy qobiliyatini yanada rivojlantirishga imkon beriladi.

Uzluksiz ta’limda axborot kommunikatsiyalar texnologiyasi, kompyuter imkoniyatlari bilan ilg’or pedagogik texnologiyani oqilona birlashtirish, tabiiyki, nihoyatda samarali va bu o’qitish jarayonidagi yangi yuqori sifat darajasi va katta yangilik bo’ladi. Bu g’oyani amalga oshirishning real yo’llaridan biri maktablar uchun elektron darsliklarni yaratishdir.

Elektron darslik mazmunini o’quvchiga eng qulay ko’rinishda taqdim eta oladi. U o’quvchi bilan interfaol usulda muloqatda bo’ladi. O’quvchi mavzularni mustaqil o’rganishi va o’zi olgan bilmni test sinovi asosida sinab ko’rishi mumkin.

Hozirgi zamon darsida qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqasad hamda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot texnologiya (kompyuter)laridan foydalangan holda darsda muammoli vaziyatni yaratishdir.

Darsda qo’yiladigan asosiy talablardan yana biri barcha didaktik vazifalar darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan topshiriqlar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi lozim. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, talantini, iste’dodini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak.

O’tilgan har bir dars o’quvchilar bilan birga tahlil qilib borilsa natija kutilgandek bo’ladi.


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!