KATTAQO`RG`ON SHAHAR
XALQ TA`LIMI BO`LIMI TASARRUFIDAGI
11-IXTISOSLASHGAN DAVLAT UMUMTA`LIM MAKTABI
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Xamraqulova Gulchehra Abduraxmanovnaning
2-“G” sinfda
ona tili fanidan o`tkazgan
Mavzu: Hayvonlarga qo`yilgan nomlarda bosh harf
2018-2019-o`quv yili
Sana: 25-yanvar 2019-yil
Dars mavzusi: Hayvonlarga qo`yilgan nomda bosh harf
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad: DTS talablari asosida dars o`tish. Hayvon nomini bildirgan so`zlarni imloviy to`g`ri yozish ko`nikmasini hosil qilish; o`quvchilar lug`atini shaxs va narsani, joy nomlarini bildirgan so`zlar bilan boyitish, so`zlarni o`rnida qo`llashga o`rgatish, hayvon nomini unga qo`yilgan nomdan farqlash ko`nikmasini o`stirish; FK-1: rasmlar asosida va o`qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatgakirisha oladi; nutq jarayonida o`zlashtirgan yangi so`zlarni og`zaki nutqda qo`llay oladi.
Tarbiyaviy maqsad: O`zbekistonning hozirgi taraqqiyot yo`li haqida qisqa ma`lumot berishorqali Vatanga muhabbat uyg`otib, o`quvchilarni jonivorlarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash. TK -3: o`quv fanini o`rganish va bir biridan farqlash;
Rivojlantiruvchi: hayvon nomlarini bosh harflar bilan yozilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, o`quvchilar lug`atini boyitish; so`zlarni o`rnida qo`llashga o`rgatish. FK-2: mavzuga oid so`zlarni og`zaki va yozma nutqda qo`llay oladi; tinish belgilarini to`g`ri qo`llay olish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, bilimlarni umumlashtiruvchi.
Dars metodi: noan`anaviy, musobaqa, savol-javob, ta`limiy o`yinlar.
Dars jihozi: Slaydlar, tarqatma materiallar, uy va yovvoyi hayvonlar rasmlari, darslik.
DARSNING BORISHI:
-
Tashkiliy qism.
̶ Aziz bolajonlar, darsga hamma tayyormi?
̶ Darsni boshlashdan oldin darsning oltin qoidalari bilan tanishib olamiz.
̶ Hozir darsimiz qanday dars ekan?
̶ Ona tili.
̶ Ona tilimiz haqida she`rlar bilasizmi?
O`quvchi:
ONA TILIM
Sen onam tilisan, otam tilisan,
Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.
Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,
Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim.
̶ Judayam yaxshi. Qani, yana kim ona tilimiz haqida she`r yod olgan?
O
`quvchi:
Buyuk Temur jahon bo`ylab,
O`z dovrug`in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo`lib qolgan tilim.
̶ Aziz bolajonlar, har bir davlatni dunyoga tanituvchi boyligi bu o`z tilidir. Til borki, kishilar bir-birlari bilan so`zlashadi.
Bolajonlar, biz shunday maftunkornjannatmakon yurtda yashaymiz. 2019-yilni muhtaram Prezidentimiz qanday yil deb e`lon qildilar?
O`quvchi: ̶ 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e`lon qilindi.
- Shu kunlardagi siyosiy xabarlarni bilib boryapsizmi?
O`quvchi: ̶ O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasida rasmiy tashrif bilan bordi.
O`quvchi: ̶ Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi.
O`quvchi: ̶ O`zbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik loyihalar bo`yicha kelishuvlar e`lon qildi.
̶ Judayam yaxshi. Mana siz siyosiy yangiliklarni ham bilib boryapsiz?
Keling endi, darsimizga qaytsak. Bugungi darsimizni har doimgidan noan`anaviyroq o`tamiz. Hozir o`lkamizda qish fasli bo`lgani sababli darsimizni “Jonivorlarga g`amxo`rlik” deb nomlaymiz.
Jonivorlarimiz qishda o`zlariga ozuqa topishga ancha qiynalib qoladilar. Shuning uchun biz darsimiz davomida ularga ozuqa bo`ladigan, o`zlari yoqtirgan sabzavot va mevalardan yig`ib beramiz.
Mana, siz uch guruhga bo`linib oldingiz, Demak:
I guruh - Quyonchaga sabzi yig`ib beradilar.
II guruh - Olmaxonchaga yong`oq yig`ib beradilar.
III guruh - Tipratikanga olmacha yig`ib beradilar.
Qani, har bir guruh o`zaro kelishgan holda guruh sardorini tayinlab olsin-chi?
Guruh sardorlari e`lon qilinadi.
Darsimiz shiori: Ona tilim, jon dilim, so`zlarga boy, jon tilim.
-
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilar tuzgan gaplarini og`zaki aytadilar.
Bunda har bir o`quvchi o`ziga berilgan tarqatmadagi bo`sh qatorlarni to`ldirishi kerak.
Qatorlardan o`quvchilar bajargan ishlari tekshirilib,vaqtida rag`batlantirib boriladi.
-
Shaxs (kishilar) nomini bildirgan so`zlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
-
Narsa nomini bildirgan so`zlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
-
Bittadan ortiq shaxsni bildirgan so`zlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
-
Kishilarning ismi va familiyasini bildirgan so`zlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
-
Mamlakat, shahar, qishloq, ko`cha, daryo va tog` nomlari qanday yoziladi?
-
Bunday otlarni biz qanday otlar deymiz?
̶ Bugungi siz bilan o`tadigan mavzumiz ham atoqli otlarga kiradi.
-
Yangi mavzu: Hayvonlarga qo`yilgan nomlarda bosh harf
Savollar:
-
Sizning uyingizda uy hayvonlari bormi?
-
Siz ularga qanday munoisabatda bo`lasiz?
Ona tabiatimiz go`zal va xilma-xildir. Hayvonot olamiga nazar tashlasak, ular tabiatning boir bo`lagi bo`lib, insonning sodiq do`stidir.qadim-qadimdan insonlar hayvonlarga yaxshi munosabatda bo`lib, ularning ayrimlarini o`zlariga o`rgatib, xonakilashtirganlar. Xonakilashtirilgan hayvonlarga nom qo`yilgan. Hayvonlarga qo`yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.
O`quvchilarga turli hayvonlarning rasmlari ko`rsatiladi. Ular bu hayvonlarga qo`yilafdigan nomlardan aytadilar.
It – Olapar, Qoplon, …
Mushuk – Mosh, Malla, …
Sigir – Targ`il, Govmish, …
Siz bu so`zlarni bosh harf bilan yozishni yodingizda saqlashingiz lozim.
Kichik h va bosh H harflaridan bir qatordan yozdirish.
Monitorda ko`rsatilgan hayvonlarga nom qo`yib, nomini yozish.
Yozdirilgan so`zlar daftardan o`qitiladi.
183-mashq. Mashq sharti o`quvchilarga o`qitiladi va shartiga ko`ra bajariladi.
So`zlarni yozish uchun har bir qatordan 3 tadan o`quvchi chiqib, xattaxtada yozadila
Aytilgan hayvonlar nomini o`quvchilar ingliz tilida aytadilar.
To`g`ri aytgan o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
Yaxshi odat
-
Siz ham biror hayvonga mehr qo`yganmisiz? savoli bilan o`quvchilarga murojaat qilinadi. O`quvchilar o`zlari mehr qo`ygan hayvon nomlarini aytib, ularning xususiyati haqida so`zlab beradilar.
-
Mana, Davron otga mehr qo`ygan ekan. Hozir ot haqida sizlarga qiziqarli ma`lumot beradi. Otning qanday xususiyati borligini bilib olasiz.
Tabiatda otga teng keladigan jonivor yo`q. otlar qadim zamonlardan beri insonning ajralmas hamrohiga aylangan. Otlar go`zallik, oliyjanoblik, sadoqat kuchlilik ramzidir. Otlar insonga ichki xotirjamlik bag`ishlaydi. Ular soxtalik va yolg`onni ko`tara olmaydi. Odamlarning o`ziga bo`lgan munosabatini masofadan turib sezadi.
Tibbiyot amaliyotida otda yurish, hatto oyoq-qo`li falaj umidsiz bemorlarni ham oyoqqa turg`izgan, ko`zi ojizlik, karlikdan qutqazgan. Ot chopgan vaqtda otdagi barcha davolovchi va kuch bag`ishlovchi quvvatlar ot mingan kishiga o`tadi.
Otlar ajoyib ruhshunos. Ular insondagi noxush o`zgarishlar, kayfiyatsizlik, g`azab yoki asablar tarangligini darrov sezadi. Otlar egasiining bunday holatidan xabardor bo`lib, uning yoniga oshiqadi. Unga yaqinlashib, yomon quvvatini o`ziga olib, yaxshisini egasiga uzatadi.
O`qituvchi 185-mashqni “Aql charxi” o`yini orqali bajartiradi. Matn nima haqida yozilgan? (Matn sirk haqida yozilgan.) sirkda qanday hayvonlar qatnashadi? (sirlda it, mushuk, maymun qatnashadi.)ularga qanday nom qo`yilgan? Hayvonlarga qo`yilgan nomlarni matndan toping-chi?
O`quvchilar mashq matnidagi hayvonlarga qo`yilgan nomlarni eslab qolib, alifbo tartibida yoddan yozadilar. Topshiriqni to`g`ri va birinchi bajargan o`quvchini o`qituvchi rag`batlantiradi.
Namuna: Maymoq, Olg`Ir, Qoramosh, Chita.
-
Mavzuni mustahkamlash
№1.
O`qing va ko`chiring. Hayvonlarga qo`yilgan nomni bildirgan so`zning tagiga chizing.
Oqilning Oqyol nomli oti bor. U juda chiroyli. Oqyolning bolasiga Boychibor deb nom qo`yishgan.
№2.
Mushuk nomlaridan qaysilarni bilasiz? Ular ishtirokida gap tuzing.
№3.
Savollarga javob bering.
Uyingizda hayvonlar bormi?
Ularga qanday nom qo`ygansiz?
№4.
O`qing. Nuqtalar o`rniga hayvonlarga qo`yilgan nomni bildirgan so`zlarni qo`yib ko`chiring.
Farhod iti … ni erkalaydi. Ra`no … nomli mushugini siladi. Haydar chavandozning … nomli oti bor.
Qo`yish uchun so`zlar: Malla, G`irkok, Ziyrak.
-
Darsni yakunlash va baholash
-
Dars sizga yoqdimi?
-
Nima uchun jonivorlarni sevishimiz kerak? (Chunki ular insonning yaqin do`sti.)
-
O`quvchilarning javoblari umumlashtirilib, jonivorlarga ozor bermaslik kerakligini, ular bizning sodiq do`stimiz ekanligi yodga tushiriladi.
-
Har bir guruh o`ziga tegishli jonivoriga yig`gan ozuqa soni sanalib, natijasiga ko`ra guruhlar rag`batlantiriladi.
-
Uyga vazifa berish.