СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ilova oynasiga ma'lumot joylash

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Delphida ilova oynasiga ma'lumot joylash

Просмотр содержимого документа
«Ilova oynasiga ma'lumot joylash»



O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Namangan viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi



Davlatobod tuman xalq ta’limi

bo’limi tasarrufidagi


79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining


INFORMATIKA va AT

fani o’qituvchisi


IBRAGIMOVA NAIMANING


Matematika va Informatika fani oyligida

10-“G” sinfda

Ilova oynasiga ma'lumot joylash

mavzusida yozgan








Mavzu: Ilova oynasiga ma'lumot joylash.

I.O’quv maqsadi.

1)Ta’limiy: o`quvchilarga Delphi dasturida ilova oynasiga ma'lumot joylash,Label boshqarish obyekti va uning xossalari,dasturda o'zgartirish,oyna o'lchamlari ilovasi haqida bilim berish; amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.

FK1- Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig’ish kompetensiyasi.

Qidiruv tizimlaridan Delphi dasturiga doir axborotlarni izlab topa oladi,darslikdan foydalana oladi,kompyuterni to’g’ri ishga tushiradi va o’chira oladi,kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi.

FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi.

Kompyuterda Delphi dasturini ishga tushira oladi, axborotlar yaratishni,to‘plashni,saqlashni biladi, uskunalar panelidagi asboblarni vazifalarini biladi, amaliyotda qo‘llay oladi;

2)Tarbiyaviy: o’quvchilarga Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.

TK1- Kommunikativ kompetensiya.

O’zaro muloqotga kirisha oladi,jamoa va guruhlarda samarali ishlay oladi.

TK4-Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

Jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi,o’zining burch va huquqlarini biladi,atrofdagilar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga rioya etadi,o’zidan kattalarni hurmat qiladi.

3)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning kompyuterda Delphi dasturida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish,bilimlarini oshirish,mustaqil fikrlashini rivojlantirish.

TK3-O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.

Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy,ma’naviy,ruhiy,intellektual va kreativ rivojlantirish,mustaqil o’z ustida ishlash,bilimlarini oshirish,kamolotga intilish.

TK6-Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy,oilaviy,iqtisodiy rejalarni tuza oladi, matematik funksiyalarni dasturda qo’llash savodxonligini oshiradi.

II.Asosiy shakli va turi.

Dars usuli: “suhbat”, “tushunchalar tahlili”, “Savol-javob” ,”Aqliy hujum” metodlari, amaliy ish.

Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi.

Dars shakli:savol-javob,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Dars jihozi:elektron resurslar,darslik, plakatlar,ko’rgazmalar,krossvord,tarqatmalar.


DTS: Delphi dasturida ilova oynasiga ma'lumot joylash haqida bilimga ega bo`lish.

Nazorat :og’zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish

Baholash :rag’batlantirish,5ballik reyting tizimi asosida

III.O’quv manbalari.

1)darslik,metodik qo’llanma

2)internet resurslari : www.uzedu.uz , www.ZiyoNet.uz, www.edunet.uz, www.bilim.uz , www.namakt.uz,www.dr.rtm.uz

3)elektron resurslar: Respublika Ta’lim Markazi elektron darsliklari, Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari.

IV.Dars tafsiloti va texnologik xaritasi


Dars

bosqichlari


Qisqacha tavsif

Qo’llaniladigan usullar va vositalar

vaqt

1

Tashkiliy qism

1)salomlashish


2)o’quvchilarni darsga hozirlash

3)navbatchi hisoboti

4) 5 ta muhim tashabbus va uning 3-yo’nalishi haqida suhbat. uzbekcoders.uz bir million o'zbek dasturchilari loyihasi doirasida sertifikat olgan o'quvchilarni rag'batlantirish


Muloqot







Suhbat







3

2

O’tilgan mavzu va uy vazifasini tahlili

1.Uy vazifasini bajarilganligini tekshirish

2.Kichik guruhlarga bo’linib,

kartochkalar bilan ishlash.

Savollarga og’zaki javob olish.

Sinf 2 guruhga bo’linadi, har bir guruh o’ziga nom qo’yadi.Turli shartlar bo’yicha bellashadi.

1-shart. Doskaga osilgan “savollar daraxti”dan 1tadan kartochka tanlaydi. Savollar:

1.Zamonaviy dasturlash muhitlari haqida nimalarni bilasiz?

2.Delphi dasturlash muhitining nechta varianti ishlab chiqilgan?

3.Delphi interfeysi qanday bo'limlardan iborat?

4.ShowMessage qanday vazifani bajaradi?

5.IntToStr funksiyasi qanday vazifani bajaradi?

6.Boshqarish tugmasi ilova oynasiga qanday o‘tkaziladi?

7.Boshqarish tugmasining xossalari qayerda o‘zgartiriladi?

8.Delphida ilovalarni saqlashning qanday usullari bor?


2-shart.Krosvord yechish.


Musobaqa–kim zukko?


“Savollar daraxti”

plakati


Kichik guruhlar bilan ishlash


10

3

Motivatsiya

Kompyuter ma’lumot ko’p saqlay oladimi yoki inson?


Aqliy hujum

3

4

Yangi mavzuning qisqacha bayoni,asosiy tushunchalar

Label boshqarish obyekti va uning xossalari.

Labelning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.

Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish.

Oyna o'lchamlari ilovasi.


Mavzuga doir slayd


Bahs-munozara


Aqliy hujum

15

5

Mavzuni

mustahkam-lash

3-shart.Topishmoqlar sharti.

Kompyuter qurilmalariga doir topishmoqlar.

darslikda berilgan 1-3-mashqlar amaliy yechiladi


4-shart.Tushunchalar tahlili jadvalini to’ldirish.


dars musobaqa tarzida o’tiladi.

“Quruvchi metodi”



guruhlar bo'yicha musobaqa

10

6

O’quvchilar bilimini baholash

5 ballik tizim asosida

Rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish


“Imkoniyatlar”metodi.Bunda 1,2,3,4 ballarga mos qiyinchilikdagi savollar bali yetmayotgan o’quvchiga beriladi,natijada o’quvchi balini ko’tarish imkoniyatiga ega bo’ladi


2

7

Uy vazifasini belgilash

dars bo’yicha savollarga yozma javob yozish (111-sahifa)


Sinf doskasi

Slayd


1

8

Darsni yakunlash.

Dars maqsadidan xulosa chiqarish

Ilova oynasiga ma'lumot joylash mavzusini o’rganish o’quvchi matematik savodxonligini oshiradi,fikrlashini rivojlantiradi,mantiqiy fikrlashi va aqliy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

Suhbat

1


V.Asosiy tushunchalar: label boshqarish obyekti, Name,Width, Height, Left, Top, Oyna o'lchamlari ilovasi.

Tashkiliy qism.

1.Salomlashish va davomatni aniqlash.“Assalomu alaykum”.

-Barcha sog’mi,omonmi?

Bugun darsga tayyormi?

-Qani ayting bolalar,Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi hisobotini tinglayman.O’quvchilarni darsga hozirlayman.


2. uzbekcoders.uz bir million o'zbek dasturchilari loyihasi doirasida sertifikat olgan o'quvchilarni rag'batlantirish.5 ta muhim tashabbus va uning 3-yo’nalishi haqida suhbat.


1-o’quvchi: Do’stim bekor o’tmasin kuning,

Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz.

Qara bizga axir sharoit,

Yaratmoqda beshta tashabbus.

2-o’quvchi: Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo’shiq aytgin baralla,

Seni qo’llar beshta tashabbus.

3-o’quvchi: Sog’lom tana,norg’ul bo’l doim,

Chempion bo’l,olg’a yur doim,

Sport bilan mashg’ul bo’l doim,

Senga yo’ldosh beshta tashabbus.

4-o’quvchi:Internetdan bilgin jahonni,

Yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni yengish uchun bir oz,

Mayli ozroq o’yin o’ynab ol.

5-o’quvchi:Kompyuter,texnika asri,

Rivojlanib bormoqda hanuz.

Sen ham o’qib,o’rganib olgin,

Imkon berar beshta tashabbus.

6-o’quvchi: Kitob bilan do’st bo’lib olgin,

O’qib ko’ngling to’lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan,

Yetkazmagan ushbu kunlarga.

7-o’quvchi:Ishsizlik ham chekinar ortga,

Har kim halol risqini terar.

Yangi yangi ish o’rinlarni,

Besh tashabbus yaratib berar.


Asosiy qism .

O’tgan mavzuni mustahkamlash.

Sinf 2 guruhga bo’linadi.Guruhlar o’zlariga sardor va nom tanlashadi. O’tilgan mavzular guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida so’raladi va mustahkamlanadi.Dars davomida guruhlar 4 ta shart bo’yicha bellashadilar,faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

1-shart:

Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, doskaga ilingan “Savollar daraxti” dan savol yozilgan bittadan kartochkani tanlaydi va javob beradi.

Har bir berilgan to’g’ri javoblarga rag’bat kartochkalar berib boriladi.










2-shart: Krosvord yechish. Birinchi bo’lib krossvordni to’g’ri yechgan guruhga Rag’bat kartochkasi beriladi.












1



I







2




N










3

F







4




O







5




R










6

M








7



A







8




T








9



I





10




K









11


A









Topshiriqlar:
1.Grafik muharrir(Paint)
2. Qog’ozga chop etish qurilmasi(Printer)
3. O’z nomiga ega ma’lumotlar sohasi(Fayl)
4. Operatsion sistema nomi.(Windows)
5. Informatika fanining bosh termini.(Axborot)
6. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashtiruvchi qurilma(Modem)
7. Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma(Skayner)
8. Kompyuter “yuragi” (Protsessor)
9. Birinchi EHM nomi(Eniak)
10. Bu yerda qanday so’z kodlangan?(..-.. .-.. ..-.. -.- - .-. --- -.)(elektron)
11.Axborot o’lchov birligi.(Bayt)

3-shart.Topishmoqlar sharti.

  1. Oddiygina bo’g’irsoq, Uzun ingichka simi

2 yoki 3 tugma bor-yo’q uning bisoti

Yumush bajarar qancha

Uni derlar ____________(sichqoncha).

  1. Xuddi kuchli kapitan

U gerdayib turadi

Qurilmalar ishini

Bir o’zi boshqaradi

Kompyuterning yuragi u dovyurak___________(protsessor)

  1. Barmoqlarimiz chaqqon

So’z va matn yozamiz

Asosiy qurilmalar qatorida turadi

Uning nomi oddiygina ___________bo’ladi(klaviatura)

  1. Qutiga o’xshar o’zi

Qog’oz yutib charchamas

Sahifalar manzili va soniga pechat ber,

Buyrug’ingni bajaruvchi bu qurilma ________(printer)


VI.Mavzuning yoritilishi.(Ma’ruza, amaliyot bilan uyg’unlikda olib boriladi, ekranda slayd orqali tushuntiriladi).

1.Label boshqarish obyekti va uning xossalari.

Har qanday ilova qandaydir ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun ilova oynasiga yoki boshqa usulda chiqarib berishi kerak.Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari yaratilgan bo'lib,ulardan eng soddasi Label obyektidir.Bu obyekt obyektlar panelining standart bo'limida beshinchi bo'lib joylashgan.Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo'lgani uchun uning ko'plab xossalarini meros qilib olgan.Masalan,Label obyektining Width(kenglik), Height(balandlik), Left(chap), Top(yuqori)lar mos ravishda obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chcgarasigacha bo‘lgan masofalami aniqlaydi.

Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.

2.Label boshqarish obyekti xossalarini dasturda o‘zgartirish. Label obyektining ham boshqa obyektlar kabi o‘z nomi bo‘lib, u Name nomli xossasida saqlanadi. Bu xossadan obyektga va uning xossalariga murojaat qilganda foydalaniladi. Shu sababli, uni ilova ishlayotganida o‘zgartirish muammolar paydo qilishi mumkin. Obyektlaming Name xossasi faqat bu obyektlar ilova oynasiga qo‘yilayotgan paytda o‘zgartiriladi.

Obyektlar ilovaga qo‘yilishi bilan (buni yana obyektning nusxasi yaratilganda ham deyishadi) unga avtomatik tarzda nom beriladi. Masalan, Label obyektining nusxalariga navbatma-navbat Label 1, Label2, Label3 nomlar beriladi. Oldingi ilovalardagi Forml, Button 1 nomli obyektlami esga oling.

Obyektning Name xossasining qiymati boshqa xossalariga murojaat qilish uchun qo‘sh nomlami yaratishda ishlatiladi: obyekt_nomi.xossa_nomi. Masalan,

Forml.Width, Button 1.Caption, Label 1.Left.

Bu borada muammolarga uchramaslik uchun hozircha faqat avtomatik berilgan nomlardan foydalanib turamiz.

3.Oyna o'lchamlari ilovasi. Oldingi darsdagi ilovani qaytadan yaratamiz. Ilova oynasi o'lchamlarini kattalashtirish va kichiklashtirish uchun ikkita Buttondan, oyna o‘lchamlarini ko‘rsatish ikkita Label dan foydalanamiz.

Dastlab ilova oynasining xossalarini o‘matamiz:

Forml.Caption:='To'rtinchi ilova';

Forml.Height:=225;

Forml.Width:=400;

Forml.Left:=200;

Forml.Top:=100;

Yuqoridagi to‘rtta obyektni ilova oynasiga joylaymiz va ulaming xossalarini o‘matamiz:

Buttonl.Caption:='++';

Button2.Caption:='--';

Labell.Caption:='Oynaning bo'yi: ';

Label2.Caption:='Oynaning eni: ';


Ilova oynasida Buttonl ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlami kiritamiz:

Forml.Width:=Forml.Width+16;

Forml.Height:=Forml.Height+9;

Labell.CaptionOynaning_bo''yi:'+IntToStr(Forml.Height);

Label2.Captioni-'Oynaningeni: '+IntToStr(Forml.Width);

Ilova oynasida Buttonl ni ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan dastur kodi oynasining kursor turgan joyiga quyidagi operatorlami kiritamiz:

Forml.Width:=Forml.Width+16;

Forml.Height:=Forml.Height+9;

Labell.Caption:='Oynaning_bo w yi:' +IntToStr(Forml.Height);

Label2 .Caption:=*'Oynaning eni:' +IntToStr (Forml .Width);

Ilovani ishga tushiramiz va uning ishlashini kuzatamiz:


YODDA SAQLANG!

Label obyekti ilova oynasiga matn satrini kiritish uchun ishlatiladi va bu matn uning Caption xossasida saqlanadi.


.

VII.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlashda “Quruvchi” metodidan foydalanaman”. Bunda darslikdagi 2-3 mashqlarni o’quvchilar kompyuterda amaliy bajarib, o’z “Bilim binolarini” mustaqil ravishda quradilar.Har bir misol uchun o’quvchi rag’bat kartochkalar orqali rag’batlantirib boriladi.


3-shart.


Darslikda berilgan 2-3-mashqlar guruhlar tomonidan amaliy yechiladi.


Mashqlar:

  1. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgariring-ki, uning oynasi bo‘yi va eni mos ravishda 5 va 8 qadam bilan o‘zgarsin.

  1. To‘rtinchi ilovani shunday o‘zgartiring-ki, uning oynasi enining qiymati 500 dan 800 gacha bo‘lsin.


















4-shart.Tushunchalar tahlili jadvalini to’ldirish.



G’olib guruh aniqlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VIII.O’quvchilarga baholash uchun beriladigan qo’shimcha topshiriqlar

Imkoniyatlar”texnologiyasi


O’quvchilar o’zlariga yetmayotgan kerakli balga mos savol nomerini tanlaydi va imkoniyatdan foydalanadi.

IX.Uyga vazifa:


Mavzuni o’rganish.Savollarga yozma javob yozish.

  1. Label boshqarish obyektining vazifasini aytib bering.

2.Label boshqarish obyektining asosiy xossalarini sanab bering.

 
Foydalanilgan adabiyotlar:


1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.

2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.

4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.

5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.

6. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.

7.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y

8.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.
9. N.Tayloqov va boshqalar 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darsligi.Toshkent 2017 yil.

10.D.Kamoliddinova “o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma”,Toshkent




Elektron ta’lim resurslari:



1. http://www.edu.uz – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portal.


2. http://www.uzedu.uz – O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti.


3. http://www.eduportal.uz - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portal.


4. http://www.bimm.uz - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim

vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazi sayti.


5. http://www. tami.uz – Informatika va axborot texnologiyalari fani bo’yicha foydali ta’lim resurslari.


6. http://www.ziyonet.uz. – Ziyonet Axborot ta’lim portal.


7. http://www.informatika.ru- Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishidagi ta’lim sayti.


8.www.dr.rtm.uz-




15



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!