СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Insho nazariyasi haqida ma’lumot

Нажмите, чтобы узнать подробности

INSHO NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT

Просмотр содержимого документа
«Insho nazariyasi haqida ma’lumot»

O


’N YETTINCHI MAY 2012 YIL

9-SINF ONA TILI

MAVZU: INSHO NAZARIYASI HAQIDA MA’LUMOT

Darsning maqsadi:

1. Ta’limiy maqsad:

O’quvchilarni insho nazariyasini ta’riflay olishga, berilgan insho mavzulariga mos material to’plashga, tizimga sola bilishaga, insho rejasini tuzishga, epigraf tanlay olishga o’rgatish.

2. Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarda insoniy fazilatlarni kamol toptirish, ona-Vatanga mehr-muhabbat tuyg’ularini singdirish, mehnatni qadrlashga o’rgatish.

3. Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarni berilgan mavzu asosida uslubiy ravon, imlo savodxonligi talab darajasida bo’lgan insho matnini shakllantira olishga o’rgatish.

DTS talabi: nutq uslublari va usqlubiyatga xos bilimlarni o’zlashtirish.

Dars shiori:

Sen tilni sharafla, el uchun nomus bil.

Tarizni tavof ayla, buyuk qomus bil.

Dars metodlari: Savol-javob, mustaqil ishlash va turli interfaol usullar.

Asosiy atama va tushunchalar:


















Darsning jihozi: 9-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar va texnik vositalar.

Darsning “Oltin qoidalari”

1. Tartib-intizom

2. O’zaro ahillik va hurmat

3. O’zgalar fikrini tinglay bilish.

4. Faollik.

5. Vaqtga rioya qilish.

Darsning asosiy blok chizmasi:


1

Tashkiliy qism

5

Suhbat

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

10

Guruhlarda ishlash

3

Yangi mavzu bayoni

15

Aqliy hujum, savol va topshiriqlar, mashqlar ishlash.

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

Guruhlarda ishlash

5

Dars yakuni

3

Turli rag’batlar asosida

6

Uyga vazifa berish

2

Suhbat


1. Tashkiliy qism:

A) Sinf o’quvchilari bilan salomlashish;

B) Davomatni aniqlash;

V) O’quvchilarni darsga tayyorlik holatini kuzatish.

2012 yil Prezidentimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan yosh oilalarga e’tibor va g’ayshxo’rlik kuchaytirildi.

O’quvchilar oila haqidagi hikmatlardan namunalar aytadilar.

Masalan: Bu yorug’ olamda hayot bor ekan-oila bor. Oila bor ekan-farzand deb atalmish bebaho nemat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intirishlar bilan yashaydi.

Islom Karimov

11. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

Sinf ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’ziga nom tanlaydi. 1-guruh “Humo” guruhi, 2-guruh “Istiqlol” guruhi har bir guruh sardorlari saylanadi. Guruh sardorlari guruhi nomiga sha’rif beradilar.

1-guruh: Guruhimizni “Humo” qushi nomi bilan atadik. Humo qushi afsonaviy tinchlik ramzidir. U. O’z qanotlari orasida butun mamalakatimizni tinch va faravon saqlab turadi. Biz ham “Humo” guruhi nomidan barcha tinch va faravon hayot nasib etishini Ollohdan so’rab qolamiz.














2-guruh: Guruhimizni “Istiqlol” deb nomladik. Istiqlol so’zi Mustaqillik degan ma’noni anglatadi. Mustaqillik bu biz uchun eng muhim va ustuvor qadriyat hisoblanadi. Bu qdriyat zamirida mehr-muhabbat, odob-axloq, ota-ona, oila, do’st-birodar, ustoz murabbiy, xalq va Vatanga sadoqat, yaratganga e’tiqod, go’zal nutq, sog’lom fikr, yuksak tafakkur va aql-idrok, yaxshilik, go’zallik, ezgulik kabi fazilatlar mujassamdir.

Uy vazifasi tahlili.

6-topshiriq

Maktabda bo’lib o’tgan majlis bayonnomasini yozish. Bayonnomaning tartibi haqida fikr yuritish. O’quvchilarga uy vazifasini ikki xil usulda bajarishni topshirdim. Bir guruh o’quvchilar majlis bayonnomasini to’liq yozadi. Ikkinchi guruh o’quvchilari esa bayonnomani tuzilish shaklini tuzadilar.

BAYONNOMA SHAKLI

Muassasa nomi, yig’ilish nomi va tartib raqami

BAYONNOMASI

Sana joyi

Yig’ilish raisi va kotibning ismi, familyasi

Qatnashuvchilar soni yoki ro’yxati.

KUN TARTIBI

Ko’riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.

1. ESHITILDI:

_______________________________

_______________________________

S


o’zga chiqdilar:

1. _______________________________

2. _______________________________

Qaror qilindi:

1. _______________________________

2. _______________________________

2. Eshitildi:

(Yuqori tartibda davom ettiriladi).

Yig’ilish raisi: (imzo) ismi, familiyasi kotibi: (imzo) ismi, familiyasi 3-4 o’quvchi yozib kelgan bayonnomasini o’qishdi va tuzib kelgan bayonnoma shaklini sharqlab beradi.

Bolalar, o’tgan mustahkamlash darsimiz orqali nutq uslublari bilan batafsil tanishdik.

Yangi mavzuni boshlashdan oldin yana bir bor nutq uslublariga xos xususiyatlarni esga olaylik. Har ikkala guruh a’zolari navbatma navbat “zanjir” usulida nutq uslublariga xos xususiyatlarni aytadilar.

Masalan:

1-guruh: Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinish nuqt uslub saraladi.

2-guruh: So’zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko’ra uslubiy xoslangan va uslubiy bataraf so’zlarga bo’linadi.

1-guruh: Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo’llanadigan so’zlar uslubiy xoslangan so’zlar, bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlar esa uslubiy betaraf so’zlar sanaladi.

2-guruh: O’zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1) So’zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) ilmiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) badiiy uslub.

1-guruh: Bulardan birinchisi so’zlashuv uslubi og’zaki nutqqa, qolganlari yozma nutqqa xosdir.

2-guruh: Tilshunoslikning nutq uslublarini o’rganuvchi sohasi uslubshunoslik deyiladi.

Shu tariqa guruh a’zolari davom etadilar.

Faol ishtirok etayotgan guruh a’zolariga rag’bat kartochkalari berib bordiladi va g’olib guruhlar aniqlanadi.

Kadoskopda slaydlar orqali nutq uslubi mustahkamlanadi.

3. Yangi mavzuning bayoni.

Y


angi mavzuning bayoni o’quvchilar diqqatini jamlab olish maqsadida “Aqliy hujum” usulini qo’llash bilan boshlanib, u muammoni o’z g’oyalari, fikrlarni o’z g’oyalari, fikrlarni aytish yo’li bilan hal qilishdan iborat.

O’quvchilar fikrini jamlash maqsadida ularga so’z turkumlariga oid boshqotirma va h harfi bilan boshlanib yoziladigan xonalarga so’z yozish topshirig’i beriladi.
































S


hu tariqa o’quvchilar diqqati jamlanib, darslikdagi insho nazariyasi va insho turlariga oid berilgan topshiriqlar va mashqlar ustida ishlaydilar.

1-topshiriq:

Insho haqida bilganlaringizni so’zlab bering.

Insho haqida 8-sinfda ma’lumotga ega bo’lgan edik. Qani, insho haqida inmalarni bilasiz?

1-guruh:

Insho o’quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o’z fikrlarini yozma shaklda to’g’ri, ravon, savodli bayon qila olish, ko’nikma va malakalarini, shu mavzu bo’yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn kichik bir asardir.

2-guruh:

Insho arabcha so’z bo’lib, “Yaratish”, “Bino qilish”, “Qurish” ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so’zni ma’nosi ancha torayib, asosan o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijdoiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.

2-topshiriq:

Inshoga qanday reja tuziladi?

Shu to’g’risida so’zlang.

Inshoga ikki xil reja tuziladi.

1. Sodda reja. 2. Murakkab reja

1-guruh:

Mavzu: “Mustahkam oila-jamiyat tayanchi”

REJA:

1. Oila va turmush-jamiyat taraqqiyotining mahsuli:

2. Sog’lom oila jamiyat ko’rki.

3


. Oila-muqaddas maskan.

4. Oila-tarbiya o’chog’i

2-guruh:

Mavzu: “Hunar-zar, hunardan rizqing o’nar”

REJA:

1. Hunarli kishi xor bo’lmas:

2. Hunar insonni ko’kka yetkazar:

3. Hunar-inson umrini bezovchi omil

4. So’z ko’rki salom bilan

Inson ko’rki hunar bilan.

248-mashq

Quyidagilarni ko’chiring, insho yozayotganingizda ularga e’tibor bering.

1. Insho mavzusini aniqlash, nima haqida yozshi lozimligini puxata uylab olish.

2. Insho mavzusi bo’yicha materiallar to’plash.

3. Inshoga reja tuzib olish

4. Reja asosida insho yozishga kirishish, fikrlarning aniq va lo’nda shaklda berishga e’tibor berish.

249 mashq

Quyidagi sodda reja asosida insho yozishga hozirlaning

Mavzu: “Istiqlolim – istiqubolim”

REJA:

1. Ota-bobolarimizning asriy orzulari.

2. Istiqlol ne’matlari

3


. Kelajak yoshlarniki

Rejaning har bir bandi asosida o’quvchilar qisqacha fikr bildiradilar.

250-mashq

Berilgan insho turlari haqida guruh a’zolari o’zaro fikrlashadi.

Masalan, muhokama inshoda

Sinfda o’tkazilgan bahs, munozara, material vazifasini o’taydi. Shu o’rinda adabiyot fanidan A. Qodiriyning shoh asari bo’lmish “O’tgan kunlar” asaridagi Zaynab timsoli yuzasidan o’tkazilgan bahs-munozara esga olinadi.

Bizga ma’lumki Toshkentning mashhur ayonlaridan bo’lgan Yusufbek Hoji xonadonida fojia yuz berdi. Zaynab kundoshi Kumushni zaharladi. U to’g’ri yo’l tutdimi? Har ikkala guruh a’zolari Zaynabning ijobiy va salbiy fazilatlari haqida fikr bildiradilar.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash

Dars mavzusi yuzasidan 251-mashq asosida o’quvchilarning olgan bilimlari mustahkamlanadi.

Mashq matnini o’quvchilar o’qiydilar. “Mening Vatanim” mavzusida insho yozishga tayyorlanadilar va shu mavzu asosida guruh a’zolari o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar.









1


-guruh:

Vatan! sen mening tug’ilib o’sgan qishlog’im, gullari atri meni go’zallikka yetaklagan gul-bog’im, “Shodon kunim gul otgan nolon kunim yupatgan”, onam, jismim qo’nim topgan koshonam, tarixi asrlarni yenggan azim chinorim, ko’ksimdagi iftixorimsan.

2-guruh:

Vatan! senga bo’lgan muhabbatim himolaydan-da purviqor, sening ertang bo’ynimga tumor, sen mening g’ururi osmonim, moziy dovonlaridan shon-sharaf bilan o’tgan karvonimsan.

1-guruh:

Vatan! sen mening ruhimdagi qarorim, kelajagim kutayotgan intizorimsan. Sen mening dunyoni tanitgshan Temurim, jahonga dog’i ketgan Boburim, quyosh nuri olamni yoritgani kabi ko’ngil olamimni yorituvchi nurim, tog’lardandan baland g’ururimsan.


2-guruh:

Vatan mensiz yashashi mumkin, lekin men Vatansiz yashay olmayman. Mening bugunim va ertam O’zbekistonday yurtim borligida. Men shunday kamol topayki, Vatanimning buguni va ertasi uchun kerak bo’lay.

SAVOL

1. Mazmun-mohiyatga ko’ra insholar necha turli bo’ladi?

2. Insho nima?

3. Adabiy-ijodiy inshoning adabiy mavzudagi inshodan farqi nimada?

4. Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?

Faol ishtirok etgan o’quvchilarga ball qo’yiladi.

D


ars yakuni:

Guruhlarning to’plagan ballari aniqlanadi. Har bir o’quvchining ishtiroki to’plagan ballari asosida baholanadi. O’quvchilarning olgan ballari kundalik daftarlariga qo’yilib, izoh beriladi. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar: “Eng faol o’quvchi”, “Eng zukko o’quvchi”, “Eng iste’dodli o’quvchi” naminatsiyalari bilan taqdirlanadi.


VI. Uyga vazifa:


252-mashq.


Quyidagi mavzular bo’yicha reja tuzing va insho yozishga tayyorlang.


MAVZU: O’ZBEKISTON – KELAJAGI BUYUK DAVLAT.


R E J A :


I. Kirish.

1. O’zbekistonning tarixi va istiqloli haqida.


II. Asosiy qism:

1. O’zbekiston jahonga yuz tutmoqda.

2. Vatanimning tabiiy boyliklari.

3. Vatanim – rivojlangan sanoat maskani.


III. Xulosa.

1. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi. Toshkent – 2008 yil.

2. “O’zbekiston ovozi” gazetasi. 2012 yil 3.03 2012 yil 15.03, 2012 yil 1.03 2012 yil 1.02

3. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. O’.Q.Tolipov, S.Nemonboeva

4. Darsga yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

5. Til va adabiyot ta’limi. 2012 yil №3

6. 9-sinf ona tili darsligi N.M.Mahmudov, A.Nurmanov, A.Sh.Shobirov. toshkent – 2010 yil





















O’zbekiston Respublikasin XTV

Surxondaryo viloyati XTB

Sariosiyo tumani XTMFMT va TEB




9-umumiy o’rta ta’lim maktabining

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Hasanova Munavvarning

Ona tili fanidan tayyorlagan

bir soatlik dars


































































Скачать

© 2018, 17769 3

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!