СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Использование рентгеновского излучения в диагностических и лечебных целях

Категория: Физика

Нажмите, чтобы узнать подробности

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РЕНТГЕНОВСКОГО ИЗЛУЧЕНИЯ В ДИАГНОСТИЧЕСКИХ И ЛЕЧЕБНЫХ ЦЕЛЯХ

Просмотр содержимого документа
«Использование рентгеновского излучения в диагностических и лечебных целях»

RENTGEN NURIDAN DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH MAQSADLARIDA FOYDALANISH

D.Z.Xodjayeva

TDSI “Biofizika va tibbiyotda axborot texnologiyalari” assistenti

Rentgen nurlanishining moddalar bilan o’zaro ta’sirida uchta hodisa ro’y berishi mumkin: 1. Kogerent sochilish. 2. Nokogerent sochilish (Kompton effekt). 3. Fotoeffekt.

Bu uchchala jarayon natijasida asosan atom va molekulalarning ionizatsiyasi, shuningdek ularning qo’zg’atilishi ro’y beradi, buning natijasida to’lqin uzunligi kattaroq bo’lgan va barcha yo’nalishlarga sochiluvchi ikkilamchi Rentgen nurlanishi hosil bo’ladi.

Yuqorida ko’rsatilgan xossalar asosida tibbiyotda tashxis qo’yish va davolash maqsadlarida talqin etilgan.

Rentgen nuri bilan davolash asosan ularning biologik ta`sirlari asosida hujayra to`qimalarining nurlanishidagi turli xil energiya rengenogrammalaridan foydalanish hujayralarni yo`q qilish yoki bartaraf etish uchun qo`llanilishi, ba`zi kasalliklarga ayniqsa, turli o‘smalar, saraton kasalligini, shuningdek ba’zi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda bugungi kunda nur terapiyasidan foydalaniladi.

Nur bilan davolashda ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar hamda rentgen va gamma nurlari) qo‘llaniladi.

Shuni bilish muhimki, onkologik kasalliklar, masalan bachadon bo‘ynidagi, to‘g‘ri ichak va o‘pkadagi, teri va ko‘krak bezlaridagi, shuningdek bosh miyadagi xavfli o‘smalarni davolashda nur terapiyasi mustaqil davo chorasi sifatida tavsiya etiladi. O‘smalarni nur bilan davolashda asosan ikki xil nur manbalaridan foydalaniladi. Ya’ni:

1.Zaryadlangan zarralar tezlatgichlari (rentgen asboblar, siklik va chiziqli tezlatgichlar).

2.Sun’iy radioaktiv moddalar (gamma moslamalar, radioaktiv moddalar).

Nur bilan davolashning ikki xil: tashqi (distansion) va ichki (kontaktli) yo‘nalishi mavjud. Amaliyotda tashqi nur berish ko‘proq qo‘llaniladi.

Xastaliklarni nur bilan davolashda nur yuboriladigan to‘qimaning biologik xususiyatlari va ionlovchi nurlarning fizikaviy xususiyatlari hisobga olinadi. Bunda nur ta’sirida to‘qimalarda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltiradi, so‘ng to‘qimalarning hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi.

To‘lqin qanchalik uzun bo‘lsa, nurlanish ta’siri shunchalik kuchayadi. Ionlovchi nurlar xavfli o‘sma to‘qimalariga sog‘ to‘qimalarga qaraganda ko‘proq ta’sir qiladi.

Har bir hujayraning nurga nisbatan yuqori va past sezgirlik davri mavjud. Agar ionlovchi nur hujayraning o‘ta sezgir paytida ta’sir etsa, u qattiq shikastlanadi va davolash samarasi yuqori bo‘ladi. Sezgirligi sust vaqtida ta’sir etganda esa faoliyati uncha o‘zgarmaydi, oqibatda natijasi samarasiz kechadi.

Ko‘pgina tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘sma hujayrasining nur bilan zararlanish darajasi to‘qimadagi kislorod miqdoriga bog‘liq, ya’ni hujayrada kislorod ko‘p bo‘lsa, nur ta’siri kuchli, kislorod kam bo‘lsa aksincha holat ro‘y beradi. Davolashda ana shu xususiyatlarga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘smalarni nur bilan davolashda ularning to‘liq yemirilishi uchun ionlovchi nurlarning katta miqdori qo‘llaniladi. Bunda organizmning nurga nisbatan mahalliy va umumiy turli reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Reaksiya kuchli bo‘lsa darhol shifokor tomonidan ko‘rsatmalar beriladi. Nur bilan davolash natijasining ijobiy bo‘lishi asosan bemorning shifokor ko‘rsatmalariga rioya etishiga bog‘liq kechadi.

Rentgen nurlaridan diagnostika va davolash maqsadlarida foydalanishda afzalliklari bilan bir qatorda bir qator kamchiliklari ham kuzatiladi.

Rentgen nurlari

Tibbiyotda qo’llanilishi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Diagnostika maqsadlarda ichki organlarni nurlantirib ko’rish-rengenodiagnostika

Kasallikning bor-yo’qligini aniqlash; Kasallikning belgilarini (boshqa kasalliklardan farq qiluvchi) ko’rsatib berish (differensial diagnostika); Patologik jarayonning aniq joyini va tarqalishini aniqlab berish (topdiagnostika);

Kasallikning shaklini, rivojlanish fazalarini va surunkaviyligini aniqlab berish (sifat diagnostika).


To‘qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va saraton kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Flyuorografiya – rengenodiagnostika usuli bo’lib, kichik nurlanish intensivligidan foydalaniladi, bunda tasvir ekrandan kichik o’lchamli (24x36mm) plyonkaga tushiriladi

Yorug’lik kuchi katta bo’lgan linzadan foydalaniladi,

Kompyuterli Rentgen tomografiyasi – bu elektron - nur trubkasida yoki qog’ozda ob’yekt (organ)ning tasvirini qatlam-qatlam qilib tushirish

Miyaning oq va kulrang moddasini ajratish va juda kichkina o’simta hosil bo’lish joyini ko’rish mumkin.


To‘qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rentgenoterapiya – nur terapiyasi usuli bo’lib, Rentgen nurlanishi yordamida amalga oshiriladi. Hozirda qisqa fokusli (qisqa masofali) rentgenoterapiya ko’proq qo’llaniladi.

Tana sirtida, terida yuqori va pastki labda, og’iz bo’shlig’ida, to’g’ri ichakda va h.k.da joylashgan o’simtalarni, tomirli o’simtalarni (angisarkoma,gemangioma, limfangioma) davolashda qo’llaniladi.

Fotonlarning energiyasi yuqori, (150-200keV), masofa qisqa (15-300mm). To‘qimalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rentgen nuri bilan davolash

Turli o‘smalar, saraton kasalligi, shuningdek ba’zi yallig‘lanish kasalliklarini davolash mumkin.

To‘qimalarning hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Remizov A.N. Tibbiy va biologik fizika: Darslik – Toshkent, 2005.

  2. Paul Davidovits “Physics in Biology and Medicine”2013

  3. Ulrich Harten “Physik fur Mediziner” Springer 2011

  4. Антонов В.Ф. Биофизика, Учебник для студентов вузов, 3-изд., 2006




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!