СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Kam quvvatli batareyalardan foydalanib Elektr chizmani o‘qish va tuzish. Kam quvvatli batareyada ishlaydigan parrak (vintelyator) tayyorlash. Kam quvvatli batareyalardan foydalanib harakatlanadigan o‘yinchoq tayyorlash. (на узбекском языке)

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Kam quvvatli batareyalardan foydalanib Elektr chizmani o‘qish va tuzish. Kam quvvatli batareyada ishlaydigan parrak (vintelyator) tayyorlash. Kam quvvatli batareyalardan foydalanib harakatlanadigan o‘yinchoq tayyorlash. (на узбекском языке)»

Mavzu: Kam quvvatli batareyalardan foydalanib Elektr chizmani o‘qish va tuzish.

Kam quvvatli batareyada ishlaydigan parrak (vintelyator) tayyorlash.

Kam quvvatli batareyalardan foydalanib harakatlanadigan o‘yinchoq tayyorlash.

Elektr asbob-moslamalardan foydalanishda


DARSNING MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Elektr chizmani o‘qish va tuzish. Kam quvvatli batareyada ishlaydigan parrak (vintelyator) tayyorlash haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Elektr chizmani o’qish va tuzish kam quvvatli batreyada ishlaydigan parrak (ventlyator ) yasash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.

Tayanch kompetensiyalar:

texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish.

Fanga oid kompetensiyalar: texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish

Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish

Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”

Darsda jihozi: mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish

d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish

b) Topshiriqlarni tekshirish

c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Barcha elektr stansiyalari o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi va u o‘zgarmas tokka nisbatan muhim afzalliklarga ega. Masalan, uni kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar yordamida uzoq masofalarga uzatish mumkin. Maishiy turmushda qo‘llaniladigan elektr asboblariga, avvalo, ularning ishonchliligi, uzoq vaqt foydalanish uchun yaroqliligi, tejamkorligi hamda dizayni kabi ko‘rsatkichlariga ko‘ra baho beriladi.

Tanlangan elektr jihozi o‘rnatiladigan joyni oldindan mo‘ljallash, zarur bo‘lganda uning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi. Maishiy elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulashda amal qilinadigan asosiy qoida bu qisqa tutashuvga yo‘l qo‘ymaslikdir. Qisqa tutashish – elektr zanjiri o‘tkazgichlarida zararli elektr kontakti hosil bo‘lishidir. O‘zgaruvchan tok tarmog‘i fazalar orasida (2 va 3 fazali) yoki fazalarning yer bilan tutashuvi (bir fazali) natijasida qisqa tutashuv sodir bo‘lishi mumkin.

Qisqa tutashuv o‘zgarmas tok tarmog‘ida qutblar orasida yoki qutb bilan yer orasida sodir bo‘ladi. Qisqa tutashuv elektr asboblari qismlarining yaxshi izolatsiyalanmaganligi va odatda, zanjirda tok kuchining ancha ortib ketishi natijasida vujudga keladi. Bu elektr jihozlarining buzilishiga olib keladi.

Qisqa tutashuvning xavfli oqibatlarini bartaraf qilish uchun rele yordamida himoyalash yoki oson eruvchan saqlagichlar qo‘llaniladi, bular zanjirning qisqa tutashuv qismini tezda uzilishini ta’minlaydi.

Ko‘pchilik holatlarda qisqa tutashuv elektr asbobini tarmoqqa ulanganida sodir bo‘ladi. Bu holat nosozlik sababini o‘sha asbobdan qidirish lozimligini anglatadi. Qisqa tutashuv paytida elektr o‘tkazgichlar ishdan chiqishi va hatto yong‘in kelib chiqishi mumkin.

Agar qisqa tutashuv oqibatida elektr o‘tkazgichida yong‘in yuzaga kelsa, zudlik bilan elektr tokini uzish kerak bo‘ladi. Agar buni imkoni bo‘lmasa, elektr o‘tkazgich simlarni har qanday yo‘l (misol uchun bolta, bolg‘a) bilan uzish va shundan keyingina olovni o‘chirishga kirishish lozim bo‘ladi. Bu kabi vaziyatlarning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:

ko‘p quvvat sarflovchi elektr asboblarini bir vaqtning o‘zida, hatto turli rozetkalar orqali ham tarmoqqa ulamaslik;

rozetkalarda imkon darajasida troyniklardan foydalanmaslik;

elektr isitish asboblaridan foydalanilganda, rozetka va vilkaning holati, ularning qizib ketmaganligini tekshirib turing. Vilka qanchalik qizib ketgan bo‘lsa, tarmoq holati shunchalik yaxshi emasligi to‘g‘risida xulosa

chiqariladi;

hech qachon aluminiy va mis simlarni birgalikda ulamaslik kerak.


  1. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O’quvchilar bilan yangi mavzu bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish.


  1. Darsni yakunlash vao‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!