СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

«LOLA» Uzbek folk song

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

"Lola" is a folk song, mainly associated with the spring season, which depicts the entertainment of young men and women who went to the tulip festival. Tulip Festival is an ancient ritual of the peoples of Kashkadarya and Surkhandarya oases. Lola is usually celebrated on the first day of Navruz. The whole neighborhood gathers on a big hill, slaughters sheep and makes "Darvishona". All adults and children wear new national costumes on this day. The hill takes on a festive look. The girls braid their hair and wear headscarves, Iraqi doppies, satin shirts and other clothes. Boys also wear skullcaps, white jackets and maxi boots. Adults also usually wear national costumes.

Просмотр содержимого документа
««LOLA» Uzbek folk song»

«LOLA»

O’zbek xalq qo’shig’i

«Lola» — xalq qo’shig’i asosan bahor fasli bilan bog’langan qo’shiq bo’lib, unda lola sayliga chiqqan qiz-yigitlarntng ko’ngil ochar marosimi tasvirlangan. Lola bayramini o’tkazish Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari xalqlariga mansub bo’lgan qadimiy marosimdir. Lola sayli odatda Navro’z bayramining birinchi kuni o’tkaziladi. Bunda butun mahalla katta tepalikka yig’ilishib, qo’y so’yishib «Darvishona» qilishadi. Barcha kattayu-kichik shu kuni imkoni boricha yangi milliy kiyim-kechaklarni kiyib kelishadi. Tepalik bayramona tus oladi. Qizchalar sochlarini mayda o’rishib, boshlarida yo’rmado’zi, iroqi do’ppilar, atlas ko’ylak va boshqa liboslarni kiyib chiqishadi. O’g’il bolalar ham boshlariga do’ppi, oq yaxtakcha, oyoqlariga maxsi etikchalar kiyib olishadi. Kattalar ham asosan o’z mahallasiga xos milliy kiyimiarda bo’ladilar.

Marosim davomida turli chodirlar tikiladi. Doshqozonlar osilib kattalar mehmondorchilik uchun joy hozirlaydilar, taom tayyorlaydilar. Bolalar lola terishga chiqishadi. Ular lola, qizg’aldoq, chuchmoma, boychechak va boshqa bahor gullaridan terishib guldastalar yasashadi va tepalik ustida davra qurishib o’zlari bilan bahoriy-mavsumiy qo’shiqlarini kuylashib o’yinga tushadilar. Muhimi, bunda hech kim tortinib o’tirmay qo’shiqlarga bilsa bilmasalar ham qo’shilib kuylayverishadi, o’z hohishlari bilan raqsga tushadilar va guldastalarini qo’llarida ko’tarib yo’l bo’yi qo’shiq kuylab kattalar oldiga keladilar. So’ngra ular dasturxonga taklif qilinadi. Hamma birgalikda otirib bayramona tayyorlangan dasturxondan bahramand bo’ladilar. Bahor taomlari halim, sumalak, yanna, imialoq somsalar, yalpiz somsalar, go’ja oshi, turli ranglarga bo’yalgan tuxumlar, cho’zma, yupqa, qatlama, patir, bo’g’irsoq, chak-chak, nisholda va boshqa taomlardan iborat to’kin dasturxonga marhamat qiladilar.

Shunday bayratn davralarida kuylanadigan qo’shiqiardan biri «Lola» qo’shig’idir. Bu qo’shiqda «lolajon» ning’o’sar joyi dalada ekanligi yashash uchun kurashish, yomg’ir va jalalarga chidaganligi, bolalar hali ularni jalalardan — sellardan qo’rqmaslikka, o’g’il-qizlar ularni yulib olishsa qo’rqmaslikka chaqiradi. Chunki ular yulib olingan lolalarni uvol qilib so’litib tashlab yuborish uchun emas, qizlarning chakkasiga taqishi ularni yasantirishga xizmat qilishi haqida kuylashadi. Zero, gullarning ham asosiy hayotiy vazifalari inson go’zalligi, shodligi, bir-birlariga ko’rsatiladigan hurmat ehtiromi uchun xizfnat qilishi lozim.

Lolalarga bag’ishlangan bu qo’shiqni tahlil qilish jarayonida o’quvchilarga xalqning bahor bayrami bilan bog’liq bo’lgan eng qadimiy an’analaridan biri «Lola sayli» qanday o’tkazilishi haqida o’quvchilarga tushuncha berib boriladi. Ayni paytda xalq an’analarida qatnashish va unga o’z hissasini qo’shishga o’rgatib odatlantirib boriladi. Bu an’analarda qatnashish o’quvchilarning qalbida bitmas tuganmas shodlik manbaining bulog’iga ko’z ochadi. Uning qalbida go’zal Vatanimiz, uning so’lim qirlari, dilbar tabiati, bebaho zukko xalqi bilan birgalikda bo’lishga undaydi. Zero, bu hislar inson ma’naviy axloqiy tushunchalarini o’z zamirida saqlaydi.

O’quvchilarga beriladigan savollar:

1. Bahor paytida “Lola sayli” bayrami o’tkazilishini bilasizmi?

2. Lola qo’shig’i qanday kuylanadi?

3. Unda qanday g’oyalar ilgari surjladi?

4. Lola qo’shig’ini Vatan haqidagi qo’shiqlar qatoriga qo’shish mumkinmi?

5. Qo’shiqni jamoa bo’lib kuylang.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!