СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Mavjud yo’nalishlarni va ulardagi harakatlanuvchi tarkiblarni o’rganib chiqish

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

MAVJUD YO’NALISHLARNI VA ULARDAGI HARAKATLANUVCHI TARKIBLARNI O’RGANIB CHIQISH

Просмотр содержимого документа
«Mavjud yo’nalishlarni va ulardagi harakatlanuvchi tarkiblarni o’rganib chiqish»

MAVZU: 12 Tashishni nazorat qilishning zamonaviy usullarini o’rganish. Yuk tashishda harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi,yong’in xavfsizligi bo’yicha tadbirlarda qatnashish. REJA: 1.Mehnat muhofazasi bo`yicha ma`lumotlar berish . 2. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk tashuvchi avtosisternalarga talablar. 3. Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlig talablari. 4.Yong’in xavfsizligi. Atrof- muhitni muhofaza qilish .

MAVZU: 12 Tashishni nazorat qilishning zamonaviy usullarini o’rganish. Yuk tashishda harakat xavfsizligi, mehnat muhofazasi,yong’in xavfsizligi bo’yicha tadbirlarda qatnashish.

REJA:

1.Mehnat muhofazasi bo`yicha ma`lumotlar berish .

2. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk tashuvchi avtosisternalarga talablar.

3. Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlig talablari.

4.Yong’in xavfsizligi. Atrof- muhitni muhofaza qilish .

Mehnat - bu kishini maqsad sari yo’naltirilgan faoliyati bo’lib, bunda u tabiatga ta’sir qilib, undan o’z moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Mehnat bu faqatgina inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatgina emas, bu ommaviy jarayon ham bo’lib, bunda odamlar bir-birlari bilan ma’lum bir ishlab chiqarish munosobatlarida bo’lishadi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada u ma’lum bir tarixiy formada, o’z jamiyatininmg tuzilishini ifodalagan holda, alohida xarakter bilan ko’rinadi.  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 - yil 21 -dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan, 1996 - yil 1- apreldan kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksi asosan Respublikamizda mehnat muhofazasi, ayollar va yoshlarning mehnat huquqlari va normalarini himoya qiish, mehnat sharoitlarini yuqori darajada bo’lishini nazorat qilib boradi.

Mehnat - bu kishini maqsad sari yo’naltirilgan faoliyati bo’lib, bunda u tabiatga ta’sir qilib, undan o’z moddiy ehtiyojini qondirish maqsadida foydalanadi. Mehnat bu faqatgina inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatgina emas, bu ommaviy jarayon ham bo’lib, bunda odamlar bir-birlari bilan ma’lum bir ishlab chiqarish munosobatlarida bo’lishadi. Har bir ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada u ma’lum bir tarixiy formada, o’z jamiyatininmg tuzilishini ifodalagan holda, alohida xarakter bilan ko’rinadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 - yil 21 -dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan, 1996 - yil 1- apreldan kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksi asosan Respublikamizda mehnat muhofazasi, ayollar va yoshlarning mehnat huquqlari va normalarini himoya qiish, mehnat sharoitlarini yuqori darajada bo’lishini nazorat qilib boradi.

Mehnat muhofazasi ishlab chiqarish jarayoninig ajralmas elementidir. Shuning uchun u tashkiliy aspektlarga ega. Mehnatning qulay sharoiti kishilarga ommaviy - siyosiy hayotda faol qatnashishi va o’zlarining madaniy ehtiyojlarini to’la qondirish imkonini beradi.  Barcha korxona va tashkilotlarda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoiti yaratilib beriladi. Bu ishlar korxona va tashkilotlarning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.  Mehnat muhofazasi sohasida mamlakatimiz boshqa davlatlar bilan ilmiy ijtimoiy ishlarni birga boshqarishda va mehnat muhofazasi bo’yicha mutaxassislar almashishda o’zviy aloqaga ega. Mehnat muhofazasi muammolariga bag’ishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalarning barchasida mamlakatimiz vaqillari qatnashib kelmoqdalar .

Mehnat muhofazasi ishlab chiqarish jarayoninig ajralmas elementidir. Shuning uchun u tashkiliy aspektlarga ega. Mehnatning qulay sharoiti kishilarga ommaviy - siyosiy hayotda faol qatnashishi va o’zlarining madaniy ehtiyojlarini to’la qondirish imkonini beradi.

Barcha korxona va tashkilotlarda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoiti yaratilib beriladi. Bu ishlar korxona va tashkilotlarning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.

Mehnat muhofazasi sohasida mamlakatimiz boshqa davlatlar bilan ilmiy ijtimoiy ishlarni birga boshqarishda va mehnat muhofazasi bo’yicha mutaxassislar almashishda o’zviy aloqaga ega. Mehnat muhofazasi muammolariga bag’ishlangan xalqaro simpoziumlar, konferensiyalarning barchasida mamlakatimiz vaqillari qatnashib kelmoqdalar .

 Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk tashuvchi avtosisternalarga talablar  Umumiy talablardan tashqari yuk tashuvchi avtomobillar quyidagi talablarga javob berishi shart:  Bortli avtomobil platformasida singan taxtalar bo’lmasligi lozim.  Avtomobil harakatlanganda uning bortidan yuklar tushmasligi va avtomobil borti chayqalmasligi lozim. . Avtomobil platformasi chetki va orqa bortlari o’z - o’zidan ochilmasligi va mustahkam bo’lishi shart.  Orqa va chetki ochiluvchi bortlar o’z-o’zidan ochilib ketmasligi uchun, maxsus ilgaklar bilan jihozlanishi lozim. Кo’zov poli silliq va tekis bo’lishishi lozim. O’zi agdaruvchi avtomobillarda uyib olinadigan yuklar tashilishi lozim. Platformada ehtiyot-qismlar yashik va boshqa yuklarni olib yurish mumkin emas.

Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk

tashuvchi avtosisternalarga talablar

Umumiy talablardan tashqari yuk tashuvchi avtomobillar quyidagi talablarga javob berishi shart:

Bortli avtomobil platformasida singan taxtalar bo’lmasligi lozim.

Avtomobil harakatlanganda uning bortidan yuklar tushmasligi va avtomobil borti chayqalmasligi lozim.

.

Avtomobil platformasi chetki va orqa bortlari o’z - o’zidan ochilmasligi va mustahkam bo’lishi shart.

Orqa va chetki ochiluvchi bortlar o’z-o’zidan ochilib ketmasligi uchun,

maxsus ilgaklar bilan jihozlanishi lozim. Кo’zov poli silliq va tekis bo’lishishi lozim. O’zi agdaruvchi avtomobillarda uyib olinadigan yuklar tashilishi lozim. Platformada ehtiyot-qismlar yashik va boshqa yuklarni olib yurish mumkin emas.

 Furgon tipidagi yuk tashuvchi avtomobillar tashqariga ochiladigan eshiklar bilan jihozlanishi va o’z o’zidan harakat vaqtida ochilib ketmasligi uchun dastak qulflari bilan jihozlanishi lozim. Bundan tashqari eshik tomonidan tashqarida zinalar bo’lishi shart. Avtomobil platformasi chetki va orqa bortlari o’z - o’zidan ochilmasligi va mustahkam bo’lishi shart.  Yarim tirkama oldingi ustunchalari va avtomobildan ajratilgandan so’ng, tormozlash uchun qo’l tormoz tizimi, shuningdek, avtomobilga o’rnatish va ulash mexanizmi soz holatda bo’lishi lozim.  Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtosisternalarda ishlatilgan gazlarni chiqarish, ovoz pasaytirish trubasi avtomobilning oldi tomonidan chiqarilgan bo’lishi va pastga qaratilishi shart.

Furgon tipidagi yuk tashuvchi avtomobillar tashqariga ochiladigan eshiklar bilan jihozlanishi va o’z o’zidan harakat vaqtida ochilib ketmasligi uchun dastak qulflari bilan jihozlanishi lozim. Bundan tashqari eshik tomonidan tashqarida zinalar bo’lishi shart. Avtomobil platformasi chetki va orqa bortlari o’z - o’zidan ochilmasligi va mustahkam bo’lishi shart.

Yarim tirkama oldingi ustunchalari va avtomobildan ajratilgandan so’ng, tormozlash uchun qo’l tormoz tizimi, shuningdek, avtomobilga o’rnatish va ulash mexanizmi soz holatda bo’lishi lozim.

Tez alangalanuvchi suyuqliklarni tashuvchi avtosisternalarda ishlatilgan gazlarni chiqarish, ovoz pasaytirish trubasi avtomobilning oldi tomonidan chiqarilgan bo’lishi va pastga qaratilishi shart.

O’zun o’lchamli yuklarni tashuvchi tirkama, yarim tirkama va avtomobillar quyidagicha jihozlanadi: kabina va yuk orasida ustun va arqon, avtomobil yuksiz harakatlanganda qaytish doirasini ulash jihozlari va qaytish doirasi bilan ta’minlanadi.  Tirkamaning ulash moslamasi avtomobil orqaga harakatlaganda ochilib ketishining oldini olish, himoya vositalari bilan jihozlanishi shart. Avtopoezdlar avtomobil va tirkamani ulab turuvchi va ulash moslamasi ishdan chiqganda tirkamani ajralib ketishini oldini oluvchi zanjir yoki tross bilan jihozlanishi lozim.  Bortli tirkamalar avtomobildan ajralgandan so’ng , qo’l tormozlari bilan tormozlab qo’yilishi lozim . .

O’zun o’lchamli yuklarni tashuvchi tirkama, yarim tirkama va avtomobillar quyidagicha jihozlanadi:

kabina va yuk orasida ustun va arqon, avtomobil yuksiz harakatlanganda qaytish doirasini ulash jihozlari va qaytish doirasi bilan ta’minlanadi.

Tirkamaning ulash moslamasi avtomobil orqaga harakatlaganda ochilib ketishining oldini olish, himoya vositalari bilan jihozlanishi shart. Avtopoezdlar avtomobil va tirkamani ulab turuvchi va ulash moslamasi ishdan chiqganda tirkamani ajralib ketishini oldini oluvchi zanjir yoki tross bilan jihozlanishi lozim.

Bortli tirkamalar avtomobildan ajralgandan so’ng , qo’l tormozlari bilan tormozlab qo’yilishi lozim .

.

 Bir tirkamali avtopoyezdning o’zunligi 20 m. dan, bir nechta tirkamali avtopoyezdning o’zunligi esa 24 m. dan oshmasligi kerak. Agar T-32 tipdagi tirkamali o'ziyurar shassidan foydalanilsa, u holda shassining ramasiga kamida 300 kg yuk joylash kerak. Tirkama aravalar harakat qilayotganida, to'xtab to’rganida va ish jarayonida tormoz qurilmalarining ishlashi tekshiriladi. Mashinadan foydalanish qoidalari, usullari bilan tanishmasdan va qo'shimcha yo'1-yo'riq olmasdan turib, mashinani boshqarish man etiladi, Sisterna yonilg’i bilan to’ldirilayotganida va bo’shatilayotganida kran va shlanglar mahkamlab ulanishi va mahkamlangan yerlaridan yonilg’i mahsuloti oqmasligi lozim.  Tashilayotgan yukning turiga qarab, sisternada

Bir tirkamali avtopoyezdning o’zunligi 20 m. dan, bir nechta tirkamali avtopoyezdning o’zunligi esa 24 m. dan oshmasligi kerak. Agar T-32 tipdagi tirkamali o'ziyurar shassidan foydalanilsa, u holda shassining ramasiga kamida 300 kg yuk joylash kerak. Tirkama aravalar harakat qilayotganida, to'xtab to’rganida va ish jarayonida tormoz qurilmalarining ishlashi tekshiriladi.

Mashinadan foydalanish qoidalari, usullari bilan tanishmasdan va qo'shimcha yo'1-yo'riq olmasdan turib, mashinani boshqarish man etiladi,

Sisterna yonilg’i bilan to’ldirilayotganida va bo’shatilayotganida kran va shlanglar mahkamlab ulanishi va mahkamlangan yerlaridan yonilg’i mahsuloti oqmasligi lozim.

Tashilayotgan yukning turiga qarab, sisternada "xavfli" yoki "Yong’inga xavfli" deb ogohlantiruvchi yozuvlar yozilgan bo’lishi lozim. Yonginga xavfli yuklarni tashuvchi avtosisternalar yerga ulanishi shart.

Undan tashqari favqulotda holatlarda ishlatish uchun kigiz,belkurak,qum bilan to’ldirilgan temir quti va albatta 2 ta uglekisli o’t o’chirgichlar bo’lishi lozim. Ortiqcha gazlarni chiqarish klapanlari ishga yaroqli bo’lishi shart.

Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi.  Avtomobil va traktorlarda xavfsiz ishlash ko'pincha ularning texnik holatlariga, transportda ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishiga va yo'l harakati qoidalariga qanday rioya qilinishiga bog'liq. Transport ishlari bilan band bo'lgan traktorlarni yo'l harakatidan imtihon topshirgan va shu ixtisos bo'yicha g'ildirakli mashina haydovchilari uchun kamida ikki yil, zanjirli traktor haydovchilari uchun bir yillik stajga ega bo'lgan traktorchi-mashinistlargina haydashlari mumkin.  Traktorlar va o'ziyurar shassilarning ko'ndalang turg'unligini oshirish uchun ularning g'ildiraklar oralig'i mumkin qadar kengaytiriladi yoki mazkur traktorga tirkaladigan standart tirkamalar g'ildiraklari oralig'iga teng qilib o'rnatiladi. T-28x4M va MTZ-80 traktorlarida yo'l tirqishi kamaytiriladi. Hamma traktorlarga orqani ko'radigan ko'zgu o'rnatilishi kerak. Texnik qarov vaqtida avtomobil va traktorlarning rul boshqaruvi, tormozi, yurish qismi, tishlashish muftasi va o’zatmalar qutisi, shuningdek, yoritish va signalizatsiya tizimi tekshiriladi.

Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi.

Avtomobil va traktorlarda xavfsiz ishlash ko'pincha ularning texnik holatlariga, transportda ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishiga va yo'l harakati qoidalariga qanday rioya qilinishiga bog'liq. Transport ishlari bilan band bo'lgan traktorlarni yo'l harakatidan imtihon topshirgan va shu ixtisos bo'yicha g'ildirakli mashina haydovchilari uchun kamida ikki yil, zanjirli traktor haydovchilari uchun bir yillik stajga ega bo'lgan traktorchi-mashinistlargina haydashlari mumkin.

Traktorlar va o'ziyurar shassilarning ko'ndalang turg'unligini oshirish uchun ularning g'ildiraklar oralig'i mumkin qadar kengaytiriladi yoki mazkur traktorga tirkaladigan standart tirkamalar g'ildiraklari oralig'iga teng qilib o'rnatiladi.

T-28x4M va MTZ-80 traktorlarida yo'l tirqishi kamaytiriladi. Hamma traktorlarga orqani ko'radigan ko'zgu o'rnatilishi kerak. Texnik qarov vaqtida avtomobil va traktorlarning rul boshqaruvi, tormozi, yurish qismi, tishlashish muftasi va o’zatmalar qutisi, shuningdek, yoritish va signalizatsiya tizimi tekshiriladi.

Atrof –muhitni muhofaza qilish.  Bugun mamlakatlar va qit`alarning ajralmas qismi bo`lib qolgan avtomobillar shaharlarda to`lib ketdi.  Hisoblashlarga qaraganda, jami avtomobillar dvigatellarining quvvati dunyodagi butun elektr stansiyalari quvvatidan o`n baravar oshib ketdi. Har kuni yer yo’zida 2.5 mln tonna suyuq yonilg`i yoqiladi.  Avtomobil chiqarayotgan gazlar havoni, tuproqni, suv havzalarini zaharlaydi. Benzin yonishidan chiqadigan gazlar, ayniqsa, tirik mavjudotga yomon ta`sir ko`rsatadi. Tarkibidagi qo`rg`oshin zararli gaz va havo bilan aralashib, kishilar nafas a`zolariga va o`pkasiga kiradi. Tuproq va suv havzalarida jamlanadi, o`simliklarning ildiziga shimiladi.  Har yili yer yo’zidagi mashinalar o`rta hisobda 13 mln ko`payib borayotganligini hisobga olsak, ishlatilgan gazlar ekologiyasi qanday ta`sir ko`rsatayorganligini sezish qiyin emas. Tarmoqda avtomobil transportining energiya iste`mol qilishni boshqarish va atrof- muhitni muhofaza qilish muammolariga doir “Ekologiya va milliy texnika dasturi” deb atalgan dastur ishlab chiqlidi. Endilikda har bir avtokorxonada ishlatilgan moylarni qayta tozalab, o`z asl holiga keltirib beriladigan qurilmalar o`rnatish vaqti keldi. Buning natijasida transport harajatlariga hojat qolmaydi. Ma`lumki, tabiatni muhofaza qilish qo`shimcha hujjatlar qilishni talab etadi. Moddiy boylik-ATK larning o`z resurslarini ko`rish, bilib foydalanish kerakdir. Mablag`larning qaysi sohalarda sarflanishini ham bilish kerak.  Fan - texnika taraqqiyoti boshqa omillari qatori, atrof muhitga,shu jumladan odamlar hayotiga ham xavf sola boshladi.

Atrof –muhitni muhofaza qilish.

Bugun mamlakatlar va qit`alarning ajralmas qismi bo`lib qolgan avtomobillar shaharlarda to`lib ketdi.

  • Hisoblashlarga qaraganda, jami avtomobillar dvigatellarining quvvati dunyodagi butun elektr stansiyalari quvvatidan o`n baravar oshib ketdi. Har kuni yer yo’zida 2.5 mln tonna suyuq yonilg`i yoqiladi.
  • Avtomobil chiqarayotgan gazlar havoni, tuproqni, suv havzalarini zaharlaydi. Benzin yonishidan chiqadigan gazlar, ayniqsa, tirik mavjudotga yomon ta`sir ko`rsatadi. Tarkibidagi qo`rg`oshin zararli gaz va havo bilan aralashib, kishilar nafas a`zolariga va o`pkasiga kiradi. Tuproq va suv havzalarida jamlanadi, o`simliklarning ildiziga shimiladi.
  • Har yili yer yo’zidagi mashinalar o`rta hisobda 13 mln ko`payib borayotganligini hisobga olsak, ishlatilgan gazlar ekologiyasi qanday ta`sir ko`rsatayorganligini sezish qiyin emas. Tarmoqda avtomobil transportining energiya iste`mol qilishni boshqarish va atrof- muhitni muhofaza qilish muammolariga doir “Ekologiya va milliy texnika dasturi” deb atalgan dastur ishlab chiqlidi.

Endilikda har bir avtokorxonada ishlatilgan moylarni qayta tozalab, o`z asl holiga keltirib beriladigan qurilmalar o`rnatish vaqti keldi. Buning natijasida transport harajatlariga hojat qolmaydi. Ma`lumki, tabiatni muhofaza qilish qo`shimcha hujjatlar qilishni talab etadi. Moddiy boylik-ATK larning o`z resurslarini ko`rish, bilib foydalanish kerakdir. Mablag`larning qaysi sohalarda sarflanishini ham bilish kerak.

  • Fan - texnika taraqqiyoti boshqa omillari qatori, atrof muhitga,shu jumladan odamlar hayotiga ham xavf sola boshladi.

 Zaharli gazdan tozalab zararsizlantiradigan moddalar ifloslangan joylarga suriladi va 15-20 daqiqadan so`ng suv bilan yuvib tashlanadi. Yog`och pollarga ishlov berganda bunday operasiya ikki marta takrorlanadi.  Etilli benzin bilan ifloslangan tozalash materiallari, qipiq va boshqa zich berqiladigan qopqoqli metall idishga to`planadi. Keyinchalik esa ehtiyot choralarini (benzin bug`ini nafas olib yutmaslikning oldini olish uchun) va yong`inga qarshi choralarini ko`rib u yoqib yuboriladi. Yoqib yuborish joyi va vaqti korxona bo`yicha tanlanadi, buyruq bilan tasdiqlanadi.  Yonilg`i quyish kolonkalari, nasoslar va etilli benzinli boshqa yonilg`i quyish apparatlarini qismlarga ajratmay ta’mirlaganda, ishlovchilarni benzin bug`ini nafas olishdan iloji boricha himoya qilish zarur (ochiq havoda shamolga teskari tomonda yoki yaxshi shamollatiladigan xonada ishlash kerak). Ish tamom bo`lganidan keyin qo`lni kerosin bilan va iliq suvda sovun bilan yuvish kerak. Yonilg`i quyilayotgan paytda yonilg`i quyuvchi va haydovchi shamol esayotgan tomondan turishlari kerak.  Yonilg`i baklaridagi benzin qoldig`ini o`lchovi chizg`ichlari kerosinli idishda saqlanishi kerak.  Harakat davrida benzin hidi paydo bo`lsa, haydovchi darhol avtomobilni to`xtatishi, hidning paydo bo`lishi sababini aniqlashi va uni bartaraf etishi kerak. Etilli benzin bilan ishlaydigan xodimlar (shu jumladan haydovchilar) ish vaqtida tartibdagi kiyim va belgilangan me’yorlarga muvofiq boshqa yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlangan bo`lishlari kerak. Yakka tartib himoya vositalarisiz ishga qo`yish taqiqlanadi.
  • Zaharli gazdan tozalab zararsizlantiradigan moddalar ifloslangan joylarga suriladi va 15-20 daqiqadan so`ng suv bilan yuvib tashlanadi. Yog`och pollarga ishlov berganda bunday operasiya ikki marta takrorlanadi.
  • Etilli benzin bilan ifloslangan tozalash materiallari, qipiq va boshqa zich berqiladigan qopqoqli metall idishga to`planadi. Keyinchalik esa ehtiyot choralarini (benzin bug`ini nafas olib yutmaslikning oldini olish uchun) va yong`inga qarshi choralarini ko`rib u yoqib yuboriladi. Yoqib yuborish joyi va vaqti korxona bo`yicha tanlanadi, buyruq bilan tasdiqlanadi.
  • Yonilg`i quyish kolonkalari, nasoslar va etilli benzinli boshqa yonilg`i quyish apparatlarini qismlarga ajratmay ta’mirlaganda, ishlovchilarni benzin bug`ini nafas olishdan iloji boricha himoya qilish zarur (ochiq havoda shamolga teskari tomonda yoki yaxshi shamollatiladigan xonada ishlash kerak). Ish tamom bo`lganidan keyin qo`lni kerosin bilan va iliq suvda sovun bilan yuvish kerak. Yonilg`i quyilayotgan paytda yonilg`i quyuvchi va haydovchi shamol esayotgan tomondan turishlari kerak.
  • Yonilg`i baklaridagi benzin qoldig`ini o`lchovi chizg`ichlari kerosinli idishda saqlanishi kerak.
  • Harakat davrida benzin hidi paydo bo`lsa, haydovchi darhol avtomobilni to`xtatishi, hidning paydo bo`lishi sababini aniqlashi va uni bartaraf etishi kerak. Etilli benzin bilan ishlaydigan xodimlar (shu jumladan haydovchilar) ish vaqtida tartibdagi kiyim va belgilangan me’yorlarga muvofiq boshqa yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlangan bo`lishlari kerak. Yakka tartib himoya vositalarisiz ishga qo`yish taqiqlanadi.

Antifriz idishga uning hajmining ko`pi bilan 90 foizi miqdorida quyiladi. Antifriz saqlanadigan (tashiladigan) idishlarda va antifriz solinadigan bo`sh idishlarda yirik harflar bilan o`chmaydigan “zahar” degan so`z yozilgan bo`lishi, shuningdek, 19433-86 davlat standartiga muvofiq zaharli moddalar uchun belgilangan belgi tasviri tushirilgan bo`lishi kerak. Antifrizli idish isitilmaydigan quruq xonada saqlanadi. Saqlash va tashish paytida idishdagi barcha qo`yiladigan va havo teshiklari tamg`alangan bo`lishi kerak. Motorni sovutish tizimidan quyilgan antifriz omborxonada saqlash uchun dalolatnoma bo`yicha topshirilishi kerak. Ishlangan antifrizni saqlash qoidalari yangi antifriz bilan bir xildir. Motorni sovutish tizimiga antifriz quyishni, buning uchun maxsus mo`ljallangan idishlar (burunli chelaklar, bakchalar, voronkalar) yordamida amalga oshirish lozim. Antifrizni quyish idishlari mazkur qoidalarning 15.4 ko`rsatilganidek tozalangan va yuvilgan bo`lishi va “Faqat antifriz uchun” degan yozuvga ega bo`lishi kerak.

Antifriz idishga uning hajmining ko`pi bilan 90 foizi miqdorida quyiladi. Antifriz saqlanadigan (tashiladigan) idishlarda va antifriz solinadigan bo`sh idishlarda yirik harflar bilan o`chmaydigan “zahar” degan so`z yozilgan bo`lishi, shuningdek, 19433-86 davlat standartiga muvofiq zaharli moddalar uchun belgilangan belgi tasviri tushirilgan bo`lishi kerak.

Antifrizli idish isitilmaydigan quruq xonada saqlanadi. Saqlash va tashish paytida idishdagi barcha qo`yiladigan va havo teshiklari tamg`alangan bo`lishi kerak.

Motorni sovutish tizimidan quyilgan antifriz omborxonada saqlash uchun dalolatnoma bo`yicha topshirilishi kerak. Ishlangan antifrizni saqlash qoidalari yangi antifriz bilan bir xildir.

Motorni sovutish tizimiga antifriz quyishni, buning uchun maxsus mo`ljallangan idishlar (burunli chelaklar, bakchalar, voronkalar) yordamida amalga oshirish lozim. Antifrizni quyish idishlari mazkur qoidalarning 15.4 ko`rsatilganidek tozalangan va yuvilgan bo`lishi va “Faqat antifriz uchun” degan yozuvga ega bo`lishi kerak.

UYDA MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1.Mehnat muhofazasi bo`yicha taqdimot tayyorlash. 2. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk tashuvchi avtosisternalarga qo’yilgan talablar bo’yicha taqdimot tayyorlash. 3. Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlig talablari bo’yicha taqdimot tayyorlash. 4.Yong’in xavfsizligi. Atrof- muhitni muhofaza qilish bo’yicha taqdimot tayyorlash.

UYDA MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

1.Mehnat muhofazasi bo`yicha taqdimot tayyorlash.

2. Yuk avtomobillari, tirkamalar, yarim tirkamalar va xavfli yuk tashuvchi avtosisternalarga qo’yilgan talablar bo’yicha taqdimot tayyorlash.

3. Transportda yuklarni tashish va ortish – tushirish ishlarini bajarishda xavfsizlig talablari bo’yicha taqdimot tayyorlash.

4.Yong’in xavfsizligi. Atrof- muhitni muhofaza qilish bo’yicha taqdimot tayyorlash.


Скачать

© 2021, 204 0

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!