СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Methods of increasing the effectiveness of education by singing national songs at school

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. Singing as a group is necessary to develop students' musical reading skills and performance skills. During group singing in the classroom, the student seeks to control his or her own voice, to hear and observe his or her teacher's performance, and to interact with them.         Uzbek folk songs, songs of Uzbek composers and composers, songs of composers of world and fraternal peoples, folk songs of local musical styles, examples of maqom aytim ways.

Просмотр содержимого документа
«Methods of increasing the effectiveness of education by singing national songs at school»

Maktablatda Vatan qo`shiqlarini kuylash orqali ta`lim-tarbiya samadorligini oshirish metodikasi


Jamoa bo`lib kuylash faoliyati o`quvchilarni musiqiy o`quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo`lib kuylash jarayonida o`quvchi o`z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo`rnavozlik qilishga intiladi.

O`zbеk xalq qo`shiqlari, o`zbеk bastakorlari va kompozitorlari qo`shiqlari, jahon va qardosh xalqlari kompozitorlari qo`shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo`shiqlari, maqom aytim yo`llaridan namunalar.

Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg`uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo`lmasin, bеrilgan mavzudagi asar o`rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo`ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o`rganishdan iborat bo`lmay, balki o`quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi) tashkil etadi.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an'analar, tеmplar (sur'at), intеrvallar, altеratsiya bеlgilari, dinamik bеlgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlari, major va minor ladi haqida tushuncha bеriladi.

Musiqa tinglash yakkanavoz va jo`rnavozlikni ajrata bilish, ansambl va orkеstr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tеmbrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O`zbеk, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash va boshqalar.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan faoliyat turlarini har tomonlama to`garak mashg`ulotlarida qo`llay bilish mashg`ulotlarda nazariy va amaliy bilimlar bеrish bilan birga madaniy-ma'rifiy, g`oyaviy tarbiyani rivojlantirish imkoniyatlarini kеngaytiradi.

To`garak ishlari dasturi o`quvchilarning qiziqishi, istak va talablari, mahalliy shart-sharoitdan kеlib chiqqan holda tuzilishi zarur. To`garaklar moddiy bazasini yaxshilash kеrak. Zеro, “Maktabdan tashqari muassasalarni mablag` bilan ta'minlash Rеspublika va mahalliy byudjеtlar, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar va qo`shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi”.

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining jadal rivojlanishi bu muassasalarda ta'lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko`rgan ko`p sonli to`garak rahbarlari, instruktorlar, ommaviy tadbir tashkilotchilarining bo`lishini talab qiladi. Hozirgi kunda maktabdan tashqari bolalar muassasalarini pеdagogik kadrlar bilan ta'minlash masalasi hal qilingan. Bolalar muassasalarining to`garak mashg`ulotlarida va ommaviy-siyosiy ishlarida minglab turli soha vakillari, yuqori malakali mutaxassis- kadrlar faoliyat ko`rsatmoqdalar.

Tan olib ta'kidlash lozimki, bugungi kunda uzluksiz ta'limning maktabdan tashqari muassasalariga e'tibor uning boshqa bo`g`inlaridagidеk emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta'limning iqdtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o`quv dasturlari bo`yicha ishlash mеxanizmlaridan yaxshi foydalanilmayotganligi unda bir qator yo`nalishlar kabi estеtik bilimlarni bеruvchi fanlarga yetarlicha o`rin bеrilayotganligi qayd etilganki, aynan mana shu kamchilik maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida barham topadi. Fikrimizning isboti uchun rеal vaziyatni, mavjud tajribalarni tahlil etib ko`raylik. Masalan, “Tasviriy san'at”, “Musiqa madaniyati” o`quv prеdmеtlaridan 1-7-sinflarda haftasiga bir soatdan dars o`tiladi. Bu o`quv prеdmеtlarining spеtsifikasi yakka tartibda ishlashni taqozo etadi. Biroq unga ajratilgan vaqt va bir sinfga jamlangan o`quvchilar soni bunday imkoniyatni bеrmaydi. Bu imkoniyat faqat maktabdan tashqari muassasalarda ta'minlangan. Masalaning yana bir o`ta muhim jihati mavjud. Amalda umumiy o`rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at va musiqadan mutaxassis bo`lmaganlar ham dars o`tishi kuzatilayotgan bo`lsa, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida bunday holat dеyarli kuzatilmaydi. Bu birinchi ustivor omil.

Ikkinchi omil shundan iboratki, odatda bu muassasaga muayyan sohaga ma'lum darajada qiziqishi bo`lgan bolalar kеladi. Dеmak, ular bilan ishlash maroqli, jonli va samarali kеchadi.

Uchinchi ustivor omil shuki, maktabdan tashqari muassasalardagi to`garaklarga jamlangan o`quvchilar soni (Nizom talablari bo`yicha birinchi o`quv yilida 10, ikkinchi o`quv yilida 8 nafar bo`lishi mumkin) ularning har biri bilan yakka tartibda ishlash imkonini bеradi. Shunng uchun ham aynan maktabdan tashqari ta'lim muassasalari nufuzli yutuqlarga erishib kеlmoqda.

Ma'lumki, tarbiyaviy ishlar dars jarayoni bilangina chеklanib qolmasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarda ham davom etadi.

Maktabdan tashqari ta'lim muammolarini o`rganish bo`yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, ta'lim tizimining uzluksizligini ta'minlash, mazmunini chuqurlashtirish va ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirishga qaratilagn bo`lib, oila, maktab va maktabdan tashqari ta'lim jarayonlari uzviyligini ifodalaydi. Bu uzviylik asosida o`quvchilarni mamlakatimiz taraqqiyotida faol ishtirok etishga tayyorlash, ularda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikеnglik g`oyalarini shakllantirish hozirgi kun pеdagogikasining dolzarb vazifasidir.

Maktabda tashqari muassasalarda tasviriy san'at, rassomchilik, adabiyot, zardo`zlik, kashtachilik, to`quvchilik va tikuvchilik kabi to`garaklar bilan bir qatorda musiqiy yo`nalishdagi cholg`u asboblari, xalq musiqasi, etnografik folklor, dutorchilar, rubobchilar, doirachilar ansambllari, milliy estrada, xor to`garagi, raqs to`garaklari faoliyat ko`rsatib kеlmoqda.

Yuqoridagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining oldiga qo`yilgan asosiy maqsad – o`quvchi yoshlarni ma'naviy-intеllеktual bilimlarini oshirish, badiiy-estеtik didlarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o`stirish, zamonaviy bilimlar majmuasini o`rgatish, Mustaqillik mafkurasini shakllantirish, o`quvchi-yoshlarni ma'naviyatga, san'atga, maishiy sohalarga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash va o`qishdan tashqari bo`sh vaqtlarini foydali faoliyat turlariga yo`naltirishdan iborat.

Ular o`z faoliyatlari davomida o`quvchi-yoshlar o`rtasida ma'naviy ma'rifiy ishlarni olib boradilar, xalq an'analari, urf-odatlari namunalarini, havaskorlik san'ati turlarini o`rgatadi, zamonaviy bilim ko`nikmalarini targ`ib qiladi, badiiy estеtik dunyoqarashlarini boyitib boradi.

Ko`rinib turibdiki maktabdan tashqari muassasalar ko`p tarmoqli bo`lib, o`sib kеlayotgan yosh avlodga atroflicha ta'lim va tarbiya bеrishga, milliy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Musiqa ta'limini takomillashtirib, dars samaradorligini oshirish sinfdan tashqari musiqiy tadbirlarni turli xil mavzularda tashkillash o'quvchilarning yosh individual xususiyatlarini xisobga olgan holda mashg’ulotlarni to'g`ri tashkil etish davr talabidir. Ma’lumki shunday vazifalarni oqilona hal etish to'g`ri yo'lga qo'yish o'z-o'zidan bo'lmasligi tadqiqotlarimiz davomida ma’lum bo'ldi.

Bu qator tadbirlarni ishlab chiqish bilan birgalikda biz o'qituvchilardan ta'lim vositalaridan o'rinli foydalanish zarurligini, optimal metodlarni qo'llash, o'ziga xos izlanish, talabchanlik, tinimsiz mehnat, g’ayrat va shijoat ko'rsatishni talab etadi. Biz o'qituvchilarning ana shu yo'sinda olib borgan ta'lim-tarbiya ishlari o'z samarasini berib, o'quvchilarimizning tushunish qobiliyatlari o'sib, bilim va ko'nikmalari kamol topishga yordam bera boshladi.

Tadqiqotlarimiz davomida biz bajariladigan ishlar, kuylanadigan qo'shiqlar, ijro etiladigan raqs, sahna asarlarini qisqacha izohlab berishni lozim topdik. Bu usul o'quvchilarda o'tkaziladigan «Vatan ostonadan boshlanadi» nomli musiqiy tadbirimizga bo'lgan qiziqishlarini ortirishda yaxshi natijalar berdi.

O'tkaziladigan tadbirimizdan ko'zlangan maqsad faqatgina o'quvchilarni san’atga qiziqtirish va san’at bilan muloqatga jalb etish emas, balki ularda ijodiy qobiliyatni tarkib toptirish va musiqiy ko'nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat, xalqiga mehr-muruvatli bo'lish, davlat ramzlarining (bayroq, gerb, madhiya) mazmun va mohiyatini anglab olishlari davlat va jamoat mulkini ko'z qorachig’iday asray bilishlarini o'rganishlari lozimligini uqtirib borishdan iboratdir. Tadbirni tashkil etishda quyidagilarga e'tibor qaratdik.

Buning uchun oldindan e’lon (ya’ni afishalar) yozib, e’lonlar doskasiga ilib qo'yildi.

Tadbir senariysi yozildi.

Qo'shiqlar dasturi tuzib chiqildi.

Kiyimlar tayyorlandi hamda to'garak a’zolaridan Maqsudov G’ulomjon, Nabieva Dilshoda, Oripov Shahonlar tarix o'qituvchisi Boqieva Oydinaxon opa boshchiligida tadbir o'tkaziladigan zalda navbatchilikka turishdi. O'tkaziladigan tadbir repertuari uchun tanlangan asarlar o'z mazmuni jihatdan o'quvchilarga tushunarli va ularning yoshlarga mos bo'lishiga ham e'tibor qaratdik.

Chunki kichik yoshdagi o'quvchilarning ish qobiliyati o'rta yoshdagi o'quvchilarnikiga qaraganda zaifroq bo'lishni yodda tutgan holda reja tuzildi. Quyida tanlangan asarlarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o'tamiz.

«Mustaqil Vatanda» Sultan Akbarov musiqa. Rustam Ochilov she’ri.

«Diyor madhi» N. Norxo'jaev musiqasi. Xabib Rahmat she’ri.

«Istiqlolni kuylayman». Xabibillo Rahimov musiqasi. X.Qayumov she’ri.

«Biz istiqbol egasimiz» G’ofur Qodirov musiqasi. Po'lat Mo'min she’ri.

Repertuarlarimizda «Vatan», «Diyor madhi», «Istiqlol» kabi qo'shiqlarning borligi o'quvchilarimizni milliy istiqlol ruhida tarbiyalaydigan, ularda Vatanga sadoqat, xalqiga muhabbat, ustozlarga hurmatda bo'lish kabi hislarni uyg’otishga yordam bermoqda.

To'garak a’zolarimizning ijodiy ishga ishtiyoqining borligi tadbir davomida tayyorlangan sahna asarlari, musiqa asarlarini ko'tarinki ruh bilan namoyish etishlarini ko'rsatdi. Biz sinfdan tashqari ishlarning rejasini maktabning tarbiyaviy ish rejasi bilan bog’langan holda tuzishni ma’qul deb bildik. Rejamizda maktab bo'yicha qilinadigan ishlar, yil davomida o'tkaziladigan bayramlarga:

«Mustaqillik bayrami» 1 - sentyabr.

«Konstitutsiya kuni» 8-dekabr.

«Yangi yil kechasi» 30-31 dekabr.

«Navro'z bayrami» 20-21 mart.

«So'nggi qo'ng’iroq» 24-25 may.

Bag’ishlangan kechalar, uchrashuvlar, mamlakatimiz miqyosida nishonlanadigan tarixiy sanalar hisobga olindi. Sinfdan tashqari ishlar rejasi tuzishda quyidagilarga qaratdik. Musiqa asarlarini tanlash va shu asarlar ustida mashg’ulotlar o'tkazish.

Tanlangan asarlarni tayyorlab o'quvchilar bilan birgalikda ishlash.

To'garak aozolarining umumiy madaniyatini hamda fikr doirasini kengaytirish uchun:

  1. «Biz Vatanni sevamiz».

  2. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» kabi mavzularda suhbatlar o'tkazish. Reja tuzishda to'garak mashg’ulotlari bilan bir qatorda maktabning jamoatchilik ishlarida aktiv qatnashgan, tadbirlarda faollik ko'rsatgan, badiiy xavaskorlarga yordamlashgan o'quvchilarni rag’batlantirib borishni ham maqsad qilib qo'ydik.

Rejamizdagi repertuarlarimizning xilma-xilligi mamlakatimiz miqyosida o'tkaziladigan «O'zbekistonim Vatanim Manim», «Siz tarixni bilasizmi» kabi ko'rik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishimizda bosh omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Ish rejamizga kiritilgan qo'shni 11-24-42 sonli umumta'lim maktablari hamda 16-son bolalar musiqa maktabi bilan bevosita ish jarayonida yaxshi natijalariga erishildi. Jumladan 24-maktab 9-sinf o'quvchisi Nodira Ismoilova «Qo'shiqlar bayrami» ko'rik tanlovida Respublika yakuniy bosqichida faxrli 2-o'rin, 11 maktab 9 sinf o'quvchisi Dilshod Jumaev yosh ijrochilar Respublika bosqichida 2-o'rin, hamda o'z o'quvchi qizimiz Sayoxat Sobirovaning «O'zbekiston Vatanim manim» ko'rik tanlovida faxrli 1-o'rinni egallashlari fikrimiz dalilidir. Ushbu maktablarda olib borilayotgan badiiy xavaskorlik to'garak ish tajribalarini o'rganish ham maqsadga muvofiqdir.

To'garak mashg’ulotlari har xaftada 2 marta 1,5-2 soatdan muntazam ravishda olib borish rejaga kirgizildi. Mashg’ulotlarni olib borish uchun alohida xona, imkoniyatdan kelib chiqib rubob, dutor, doira, akkordeon kabi kerakli musiqa asboblari bilan ta’minlandi.

Mashg’ulot kunlari ham soatlari ham aniq ko'rsatib o'tildi. To'garakka o'quvchilar orasidan boshliq (sardor) Tojiboev Ashrodin 9-sinf o'quvchisi saylandi. Har bir mashg’ulot uchun navbatchi tayinlash, mashg’ulotlarga qatnashuvchilarning hisobini olib borish yaxshi natija berdi.

Mashg’ulotlar davomida o'rta va ayniqsa katta guruhlar o'z-o'zini boshqarish printsipi yaxshi yo'lga qo'yilib aktiv ishtirok etuvchilarni doimo rag’batlantirib turish musiqa bilan yurish, sanoat kollejlari, pedagogika institutlarining musiqa ta'limi bo'limlariga o'qishga kirishni istaydigan o'quvchilarga doimo alohida e'tibor berib borish, yo'l yo'riqlar ko'rsatish, kerakli adabiyotlarni tavsiya qilish, ularda musiqachi yoki musiqa o'qituvchisi to'g`risida to'la tasavvur va tushunchalar hosil qilib borishni yo'lga qo'yilganligini e’tirof etishni lozim deb topdik.

Chunki to'garak ishlari yaxshi yo'lga qo'yilganligi Xaliqov Zuxriddin Qo'qon san’at kollejiga, Safarov Rustamjonni Namangan madaniyat kollejiga Madaliev Inomjon, Jo'raeva Zilola kabi o'quvchilarimizni Toshkent Madaniyat oliygoxiga o'qishga borishlariga yordam berdi. Foydali tomonlaridan yana biri to'garakni sobiq qatnashchilari bilan doimiy aloqa o'rnatish, uchrashuv kechalarni o'tkazib turish ham kasb-xunar tanlashni yo'lga qo'yishda o'ziga xos ta’sirchanlikka ega bo'ldi.

Maktabda tashkil etishgan to'garakda muayyan maqsadni ko'zlab ish olib borilishi, birinchi sinfdan boshlab qo'shiq o'rgatishni yaxshi yo'lga qo'yilishi mazkur to'garakda o'quvchilarning yoshlariga qarab guruhlar tuzishga amal qilindi. Bunda quyidagicha yosh xususiyatlarga qarab amal qilishni lozim topdik.

a) Kichik guruh 9-10 yosh ya’ni 3-4sinflar.

b) O'rta guruh 11-12 yosh ya’ni 5-6 sinf.

v) Katta guruh 13-14 yosh ya’ni 7-sinf

Shuni ham aytish kerakki, xor, ansambl, ashula yosh raqsga tushishda bolalarning hohishi bor yoki yo'qligiga qaramasdan, musiqiy qobiliyatini tekshirib qabul qilish yaxshi natija berdi. Buni tumandagi 24-maktabidan misol qilib olsak.

Maktabda musiqa darslarini hamda sinfdan tashqari mashg’ulotlarni yuksak pedagogik malakaga ega bo'lgan raxbarlar Jo'raev Sobirjon hamda Ubaydullaev Turdali tomonidan olib borilishi o'quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda, fikr doiralarini kengaytirishda musiqa faniga bo'lgan qiziqishlarni yanada ortib borishda yanada yaxshi rol o'ynamoqda. Bu ustozlarimizning musiqa to'garagida «Yoshlar xori», «Raqs guruhi» va ansambllarning samaradorligini oshirishdagi olib borayotgan sayi-arakatlari, shuningdek o'quvchilarga musiqa adabiyotlarini, o'zbek musiqasi tarixi va chet el musiqasi tarixi va hozirgi zamon zamonaviy musiqasiga doir bilimlarni o'rgatib borishlari yanada maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytganda to'garaklarga o'quvchilarni qiziqishlarini tobora ortirib borish uchun avvalo davr talablariga mos alohida jihazlangan maxsus xona, mashg’ulotlarga kerakli asbob-jixozlar, kerakli adabiyotlar, to'garak a’zolariga maxsus kiyimbosh tiktirish, to'garakda erishgan yutuqlarini ota-onalariga namoyish etish, o'zlari haqida chop etilgan maqolalarni matbuotda o'qish to'garak a’zolarining to'garaklarga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!