СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Methods of organizing music clubs in secondary schools

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. Independence has opened a wide way to study the universal, national and cultural values ​​of our people. As a result, there is an opportunity to widely apply folk music, which plays an important role in the system of national and cultural values, in the educational process. Folk songs occupy a significant place among the melodies and songs of folk music, included in the newly created curricula and textbooks of music in secondary schools. Folk songs are an art that has a powerful educational power in its expressive content. Songs, which are passed down from generation to generation on the basis of tradition and succession as a unique artistic reflection of the most important aspects of the social life of the people and created under their influence, have a direct or indirect moral and aesthetic impact on their listeners. is distinguished by its strength.

Просмотр содержимого документа
«Methods of organizing music clubs in secondary schools»

Umumta’lim maktablarida musiqiy to`garaklar tashkil etish metodikasi

Mustaqillik xalqimizning umuminsoniy, milliy-madaniy qadriyatlarini o`rganishga keng yo`l ochdi . Natijada milliy-madaniy qadriyatlar tizimida muhim mavqega ega bo`lgan xalq musiqa ijodiyotini ta’lim-tarbiya jarayoniga keng tadbiq etish imkoniyatlari yuzaga keldi .

Umumiy o`rta ta’lim maktablarining yangitdan yaratilgan musiqa fani bo`yicha o`quv dastur va darsliklariga kiritilgan xalq musiqa ijodiyotiga mansub kuy ,qo`shiqlar sirasida xalq qo`shiqlari salmoqli o`rin tutadi. Xalq qo`shiqlari o`z ifodaviy mazmuniga ko`ra qudratli tarbiyaviy kuchga ega bo`lgan san’at hisoblanadi . Xalq ijtimoiy hayotining eng muhim qirralarini o`ziga xos badiiy in’ikosi sifatida an’anaviylik va vorisiylik asosida avloddan – avlodga o`tib kelayotgan va ularning ta’sirida yaratilayotgan qo`shiqlar o`z tinglovchilariga bevosita yoki bilvosita axloqiy – estetik ta’sir kuchi bilan ajralib turadi .

Musiqa darslari hamda to`garak faoliyatida esa xalq qo`shiqlarini tinglash , o`rganish , jamoa bo`lib kuylash va ular haqidagi muhtasar ma’lumotlar bilan tanishish jarayonida o`quvchilar xalqimiz milliy o`zligining eng muhim jihatlari, ya’ni ,tili , adabiyoti , tarixi , madaniyati va etnografiyasi bilan yaqindan tanishib boradilar .

Xalq qo`shiqlarining mazmunida aks etgan vatanparvarlik , insonparvarlik , qahramonlik , vatanni himoya qilishga da’vat , ota- onani e’zozlash , kattalarga hurmat , kichiklarni izzat qilish, to`g`rilik , halollik , poklik , imon va e’tiqodga chorlovchi yuksak g`oyalar o`quvchi – yoshlar ongida milliy ong va milliy mafkurani shakllantirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi .

Musiqa to`garak faoliyatlarini rejalashtirishda va tashkil etish jarayonida to`garak rahbariga beriladigan mustaqil repertuar tanlash imkoniyati bu ishga jiddiy mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi .

Shunday ekan, dars va darsdan tashqari musiqiy faoliyatda xalq qo`shiqlarini tanlab olish maxsus pedagogik yondashuv va mezonlar negizida amalga oshirilishi zarur . Ushbu yo`nalishdagi ilmiy kuzatuv va tajribalar musiqiy ta’lim mashg`ulotlari uchun xalq qo`shiqlarini tanlashda quyidagi mezonlarni belgilash imkonini beradi :

  1. Tanlanayotgan xalq qo`shiqlarining har bir sinf uchun belgilangan dastur hamda o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim va malakalar mazmuniga mos bo`lishi . Bu o`rinda o`quvchilarning yoshi , kuylash imkoniyatlarini e’tiborda tutish lozim bo`ladi .

  2. Xalq qo`shiqlarining tarbiyaviy – ta’sirchanlik xususiyatga ega bo`lishi. Bunda tanlangan qo`shiqlarning badiiy yuksak ijod namunasi ,ya’ni shakl va mazmun mukammalligiga , shuningdek , qo`shiq matnida ifodalangan g`oyaviy mazmunni ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsadlariga mos kelishiga e’tibor berish nazarda tutiladi .

  3. Xalq qo`shiqlarining o`quvchilarni umumiy dunyoqarashlarini kengaytirish uchun amaliy jihatdan ahamiyatliligi . Bu o`rinda qo`shiqlarni janr (alla ,yalla ,katta ashula , ashula , terma va h. k.) va mavzu jihatidan ( tarixiy , harbiy ,vatanparvarlik , mehnat va mavsumuy ,marosimiy , diniy va h. k .) rang- barangligi, shuningdek, turli sanalar va bayramlar bilan bog`liqligiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.

  4. Xalq qo`shiqlarining o`quvchilarni badiiy – estetik tarbiyalash bilan ularning boshqa fanlarni o`zlashtirishlariga ijobiy ta’sir etishi . Bu o`rinda qo`shiqlarni o`rganish va kuylash jarayonida musiqani boshqa fanlar bilan aloqadorlik xususiyatlari ( o`yin , ritmik harakatlar bajarish, adabiy , tarixiy ma’lumotlar , nazariy taxlil kabilar ) dan foydalanishga e’tiborni qaratish kerak.

  5. Xalq qo`shiqlarini o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish uchun qulayligi va tushunarliligi .

  6. Xalq qo`shiqlarini tanlashda mahalliy manbalarga tayanish .Bu o`quvchilarda mahalliy an’analarga qiziqish va ijodiy tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirishda muhim omil bo`ladi .

  7. Boshqa xalqlarga tegishli qo`shiqlardan ham repertuarga kiritish .

Bunday yondashuv turli xalqlar qo`shiqlarini o`zaro mushtarak va o`ziga xoslik jihatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali o`quvchilarda boshqa xalqlar madaniyati va san’atiga hurmat va ma’lum tushunchalarning shakllanishiga ijobiy ta’sirini ko`rsatadi .

Musiqa madaniyati darslarida hamda musiqiy to`garaklari faoliyatida xalq qo`shiqlarini tanlash va ulardan foydalanishda , jamoa bo`lib kuylatishda ta’kidlab o`tilgan pedagogik mezonlarga har bir o`qituvchi o`z imkoniyati, mavjud pedagogik shart – sharoitlarni hisobga olgan holda ijodiy yondashishlarini taqozo etadi . Ayni chog`da , musiqa ta’limiga xos bo`lgan mustaqil repertuar tanlash imkoniyatlari bunday yondashuvlar zaruriyatini vujudga keltiradi .

Bolalarni estetik ruhda tarbiyalashda musiqa fanining ahamiyati juda kattadir . Keyingi yillarda bolalar va o`smirlarning musiqaviy – estetik tarbiyasini rivojlantirishda ancha o`zgarishlar bo`ldi . Musiqa fani bo`yicha pedagog kadrlar tayyorlash kengaydi , bolalarning musiqiy badiiy – havaskorlik faolligi oshdi.

Bolalarda estetik tarbiyani rivojlantirishda birinchi navbatda maktabning roli juda kattadir . Maktabda estetik tarbiyaning asosi bo`lgan musiqa , pedagog rahbarligida va yordamida muntazam ravishda olib boriladi .

Musiqa o`qituvchisi hamda to`garak rahbari boshchiligida o`quvchilarning sekin – asta musiqiy eshitish qobiliyatlari o`sa boradi . Berilgan asarni taxlil qilishni ya’ni , kuy , uning garmoniyasini o`ziga xos xususiyatlari , ritm , dinamik holatlar , lad tuzilishi va ularning o`zaro bog`liqligini o`rgana boradilar .

Shuni aytib o`tish joizki ,o`quvchilar musiqaviy malakalari , musiqaviy fikrlash doirasi qanchalik keng , ularning estetik hissiyotlari va musiqaviy idroklari qanchalik yorqin bo`lsa , umumiy musiqaviy darajalari uchun shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi .

Ayni damda bu darajani bir – biri bilan bog`liq bo`lgan ikki yo`l :

  • Umumta’lim maktablarida jamoa qo`shiqchiligini yo`lga qo`yish va sinfdan tashqari bolalar musiqaviy badiiy – havaskorlik to`garagi ishlari ;

  • Ularning o`zlari nimani ijro eta olsalar , shuningdek , ularning estetik hissiyotlari , tushuncha va qiziqishlariga yaqin bo`lgan , lekin biroz qiyinroq musiqani keng tanishtirish yo`li bilan rivojlantirish mumkin bo`ladi .

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqiy to`garaklarni tashkil etish juda katta ahamiyatga ega . Chunki , bolalar musiqa va san’at maktablarida badal to`lovlarini to`lash uchun ayrim oilalarning imkoniyatlari chegaralangan . Farzandlarining esa qiziqishlari zo`r va iqtidori ham etarlichadir .

Bunday imkoniyatni esa bolalar umumta’lim maktablarining dars jarayonlarida hamda uning uzviy davomi sifatida musiqiy to`garaklardan oladi. Shuning uchun ham musiqiy to`garaklar tashkil etish , ya’ni , bolalar folklor ansambli hamda xor jamoalarini tuzish katta ahamiyat kasb etadi




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!