СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Методика обучения музыкальной грамоте студентов старших курсов высших учебных заведений с помощью компьютерных технологий.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Эта статья написана на узбекском языке. Наука о музыке служит нам для добра, инициативы, любви к стране, повышая нашу утонченность и культуру, расширяя наш кругозор. Зло никогда не приблизится к сердцу, любящему музыку. Когда мы поем, когда слушаем музыку, мы чувствуем себя лучше, нам хочется больше работать и создавать новости. В статье описывается методика обучения музыкальной грамоте студентов старших курсов вузов с помощью компьютерных технологий.

Просмотр содержимого документа
«Методика обучения музыкальной грамоте студентов старших курсов высших учебных заведений с помощью компьютерных технологий.»

Oliy ta’lim muassasasida yuqori kurs talabalariga musiqiy savod bilimlarini kompyutеr tеxnologiyasi orqali o’rgatish metodi.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]



Annotatsiya: Musiqa fani bizni ezgulikka, tashabbuskorlikka, vatanni sevishga, nafosat va madaniyatimizni oshirishga, fikr doiramizni kengaytirishga xizmat qiladi. Musiqaga oshno bo’lgan qalbga hech qachon yomonlik yaqin yo’lamaydi. Qo’shiqlar kuylaganimizda, kuylar tinglaganimizda kayfiyatimiz ko’tariladi, yana ham ko’proq mehnat qilgimiz, yangiliklar yaratgimiz keladi.

Maqolada Oliy ta’lim muassasasida yuqori kurs talabalariga musiqiy savod bilimlarini kompyutеr tеxnologiyasi orqali o’rgatish metodi yoritib berilgan.

Kalit so’zlar: Mustaqillik, milliy urf – odatlar, an’analari, qadriyatlar, milliy san’at, xalq ijodiyoti, musiqa san’ati .



KIRISH. Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimiz boy tarixiy qadriyatlarini, ming yilliklarni qamragan betakror va jozibali madaniyatimizga asoslangan ma’naviy merosimizni tiklay boshladik. Intilayotgan ona tilimizga, ruhiyatimizni poklatuvchi dinimizga qaytdik, milliy urf – odatlarimiz va an’analarimiz, milliy san’atimiz, xalq ijodiyoti va musiqamiz singari xalq ma’naviyatini ifodalovchi barcha qadriyatlarimiz qaytadan qad ko’tarmoqda.

Mustaqillikka e’rishgan bugungi kunda xalqimizni nafaqat moddiy mahsulotlar bilan ta’minlash, balki ayni bir paytda inson tarbiyasiga, shaxs kamolotiga, keng ko’lamdagi tarbiya ishlariga ham e’tiborni oshirish kerakligini taqozo e’tmoqda. Shu munosabat bilan bugungi kundagi dolzarb masala inson tarbiyasidir.

“Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim”.

Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ushbu so’zlarni aytayotganda ma’naviy jihatdan yetuk farzandlarni tarbiyalash uchun musiqa bosh ro’lni ijro etishini ko’zda tutgan bo’lsalar ajab emas.

Ma’naviyat “ma’ni”, “ma’no” so’zlarining ko’plik shakli bo’lib, insonning ma’noli hayoti va faoliyatini bildiradi. Inson hayotining ma’noliligini esa musiqasiz, san’atsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Ma’lumki, musiqa san’ati o’z tabiatiga ko’ra insonlar hayotini, ularning voqelikka bo’lgan munosabatini va turli ichki kechinmalarini musiqiy tovushlar, badiiy obrazlar vositasida yorqin tasvirlaydi. Musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir e’ta olish xususiyati bilan milliy ruhda tarbiyalashning muhim manbai hisoblanadi.

Ruhiyati sog’lom inson – qarimaydi. Ruhi tetik insonning kayfiyati chog’, hech qachon tushkunlikka tushmaydi. Ruhiyatning davosi esa musiqadir. Ruhan baquvvat, ruhan tetik bo’lgan insonda tashabbuskorlik, bunyodkorlik g’oyalari tug’ilaveradi. Bu Vatanimizning gullab yashnashiga yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Biz yosh avlod tarbiyasida aynan shunga, ruh sog’lomligiga e’tibor qaratishimiz lozim. Ruhi sog’lom insonga buzg’unchi va yot g’oyalar also yaqin yo’lamaydi.

Musiqa fani bizni ezgulikka, tashabbuskorlikka, vatanni sevishga, nafosat va madaniyatimizni oshirishga, fikr doiramizni kengaytirishga xizmat qiladi. Musiqaga oshno bo’lgan qalbga hech qachon yomonlik yaqin yo’lamaydi. Qo’shiqlar kuylaganimizda, kuylar tinglaganimizda kayfiyatimiz ko’tariladi, yana ham ko’proq mehnat qilgimiz, yangiliklar yaratgimiz keladi.

Hurmatli Prezidentimiz “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009 – 2014 – yillarga mo’ljallangan davlat dasturini tayyorlash bo’yicha chora tadbirlari to’g’risida” farmoyish chiqardilar. Bu albatta bejiz emas. Chunki, inson ma’naviyatini tarbiyalashda musiqaning o’rni beqiyos. U inson hayotini mazmunli qiladi, ma’naviy jihatdan boyitadi. San’at insonning go’zallikka bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi barobarida, uning his - tuyg’ularini uyg’otadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Ezgulik sari yetaklaydi. Bu bilan insonning ma’naviy o’sishiga sharoit yaratadi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotida eng murakkab muammolarni hal etishda yordam beradi, har bir kishi hayotda o’z o’rnini topishiga ham ko’maklashadi. Buning uchun musiqani tushunish, u bilan oshno bo’lish lozim.

Yoshlarni ma’nan yetuk, axloqan tetik qilib tarbiyalash uchun mana bugungi kunda musiqa fani “Yoshlarni tarbiyalash predmetlari” qatoriga kiritilgan.

Lekin bundan qay darajada , qay usulda foydalanish, fanga nisbatan qanday yondoshish har bir o’qituvchining o’ziga bog’liq. Shu o’rinda musiqa fani maktabda o’qitiladigan har bir predmet, jumladan ona-tili, adabiyot, matematika, rasm, mehnat, kimyo, jismoniy madaniyat, tarix, milliy istiqlol g’oyasi va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligini aytib o’tishni lozim topamiz.

Musiqa darslari ko’proq adabiyot bilan bog’liq. Adabiyotda bolaning ko’ngli bilan, tuyg’ulari bilan ishlanadi. Insonning o’zligi, o’z mohiyati dunyoga, hayotga, tabiatga, odamlarga mehr – muhabbat asosida o’z olamini yaratib olishida, yaratganga ham haqiqat, ezgulik, yaxshilik va go’zallik qonunlariga muvofiq bo’lgan olamni yaratishida namoyon bo’ladi. Mana shu olamni bunyod etilishida adabiyot muallimini o’rni beqiyos ekanligini bilamiz.


1. Asosiy qism. Yuqori kurs talabalarining musiqiy savod bilimlarini kompyutеr tеxnologiyasi orqali o’rgatish.

Bu o’rinda musiqa o’qituvchilarining mehnati ham adabiyot o’qituvchilarinikidan kam emas. Musiqa o’qituvchisi dars jarayonida qaysi usuldan, qaysi yo’ldan borishidan qat’iy nazar bosh maqsad o’quvchilarda o’rganilayotgan asar san’at namunasi ekanini hamisha nazarda tutishi, badiiy so’z sehrini his etishi va uni musiqiyligini anglashi, undan hayratlanishi, zavqlanishi, asarning mohiyatini anglashi u haqida mustaqil mushohada qilishi asarning ma’rifiy qimmatidan bahramand bo’lishidan iboratdir. Musiqa o’qituvchisi ayni paytda g’oyat ulug’ ezgu vazifani ado etadi – o’quvchilarda yuksak insoniy fazilatlarni, birinchi galda inson va uning qalbini, dard dunyosini his etish tuyg’ularini tarbiyalaydi. Boshqa o’quv mashg’ulotlarida bilim berish ustivor bo’lsa, musiqa fani san’at sifatida inson ruhiyati, his – tuyg’ulari, ma’naviy dunyosini boyitishda kuchli vosita bo’lib xizmat qiladi. O’quvchini go’zallikni ko’ra olishiga imkon yaratadi. Musiqa darslarida ilg’or pedagogik tehnologiyalardan foydalanishning ahamiyati katta.

Ma’lumki, tehnologiya tushunchasi pedagogoka fanida ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha qiyin qo’llana boshlagan. “Texnologiya” so’zining yunoncha techne – san’at, logiya – mahorat degan mazmunni anglatishi ham bejiz emas. Olimlarning ta’kidlashicha, “texnologiya” atamasi pedagogika fanida mutaxasislar tomonidan “bola shaxsiga ta’sir ko’rsatish san’atiga” e’tibor qaratilganidan so’ng qo’llanila boshlagan.

Demak, “pedagogik tehnologiya” atamasini o’qitishda, ta’lim berishdagi pedagogik mahorat, yoki pedagogik san’at deb tushunish mumkin. Har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo’lishi mumkin. San’at ichki hissiyotga, texnologiya esa fanga asoslanadi.

San’at, ya’ni individual mahorat texnologiyalar paydo bo’lgunga qadar ustivorlik qilib kelgan.

Masalan, har bir zargarning o’ziga hos ish uslubi, usullari va vositalari mavjud bo’lgan. U taqinchoq yasash jarayonini boshdan oxirigacha bir o’zi bajargan. Bu ishning ikir – chikirigacha yaxshi bilgan, ammo ish uzoq vaqt davomida bajarilgan va mahsulot sifatli bo’lgan. Mahsulotni tayyorlashning asosida zargarning ichki sezgirligi, mahorati, hissiyotlari yotgan.

Hozirgi kun ta’limining muhim jihatlaridan biri – bu ayni paytda ta’lim jarayoniga keng qamrovda joriy etib borilayotgan interfaol usullardir. Interfaol usul har bir o’quvchiga o’z bilimi, qobiliyatini keng namoyish qilish imkoniyatini yaratadi.

Yuqorida musiqa fanining adabiyot bilan bog’liqligini tilga olgan edik. Musiqa darslarida ham asar matni bilan tanishish, matn ustida ishlash, o’quvchilar ishtirokida taxlil qilinishi kerak. Bu jarayonda o’qituvchi o’quvchiga aql o’rgatuvchi, bilim beruvchi voiz emas, balki ularni bilim olishga undovchi, butun sinfni xarakatga keltiruvchi, har bir o’quvchini dars jarayonining ishtirokchisiga aylantiruvchi bilimdon, mohir tashkilotchidir.

Ushbu mavzuni o’tishda men o’quvchilar bilan matn ustida ishlayman. Avvalo o’zim matnni ifodali o’qib beraman, o’quvchilarimdan ham shunday o’qishni talab qilaman. Men darsda shunga erishisim kerakki, asar matnini o’quvchilarim o’zlari tahlil qilsinlar. Asar mohiyatini o’z kuchlari bilan, mehnati bilan, boshqotirish, mushohada yuritish, matn ustida ishlash, bot – bot unga murojaat etish orqali o’zlari yangilik kashf etsinlar va bu kashfiyoti bilan fahrlansinlar. Shundan so’ng uni musiqaga solib, kuylashni o’rgansinlar. Shu tariqa dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’zaro hamkorlikka interfaol kirishadi, ayni paytda o’quvchilar orasida ham o’zaro muloqot imkoni vujudga keladi.

Men musiqa darslarida musiqiy asboblardan tashqari, to’liq kompyuter yordamida dars o’tishni tavsiya qilaman. Bugungi kunda mening darslarimda asosan, kompyuter orqali beriladigan ma’lumotlar ko’proq samarali natijalar bermoqda. O’quvchilar kuy va qo’shiqlar tinglash, musiqaga oid rivoyat va ertak tomoshalar, bolalar uchun yaratilgan spektakllardan parchalar tomosha qilish, milliy musiqiy me’rosimiz, milliy musiqa asboblarimiz va bastakorlarga doir malumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan birgalikda, aynan musiqa darsida zamonaviy texnika vositasidan foydalanishni ham o’rganadilar.

Endi bunda erishayotgan yutuqlarimga va kompyuter yaratib berayotgan qulayliklarga kelsak.

Men shundan mamnunmanki, bugungi kun bolasi o’ta qiziquvchan va juda izlanuvchan. Darslarimni kompyuter orqali tashkillashtira boshlaganimdan so’ng , o’quvchilarning darsga qatnashish darajasi, fanga bo’lgan qiziqishlari yanada ortdi. Bolalarda qo’shimcha ijodiy izlanishlarni seza boshladim.

Oquvchilarga tinglash uchun berilgan qo’shiqlar, kompozitor va bastakorlarning asarlari; jumladan shashmaqom, uning cholg’u mushkilot kuylari, aytim nasr yo’llari, Motsart, Betxoven, Shopen, Glinka kabi buyuk kompozitorlarning asarlarini tinglatish, ularni tahlil etish, ohanglar almashinuvi, dinamik belgilar mohiyati, ritmi, o’lchovini his etish, umuman olganda musiqaning mazmun mohiyatini his etish va tushuntirib berish juda qulay kechadi.

Dars davomida jamoa bo’lib kuylash uchun Avaz Mansurov, Nadim Norxo’jayev, Dilorom Omonullayeva, Sermat Yormatov , Darvin Omonullayev, Farxod Olimov , Habibullo Rahimov, Ikrom Akbarov kabi taniqli bastakorlarimzning ko’plab asarlari berilgan. Ularni o’qituvchi kuylab bergandan so’ng , kompyuter orqali eshittiriladi. Bu esa o’qituvchiga o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyatini oshiradi. Bolalar jamoa bo’lib kuylayotganlarida , yoki qo’shiqlar tinglayotganlarida qo’shiq matniga mos tasvirlar, masalan, fasllarga qarab tabiat manzaralari, Vatanimizning go’zal go’shalari, Vatanimiz sarhadlarini mardlarcha qo’riqlayotgan askarlarimiz, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida tinim bilmay xizmat qilayotgan insonlar, yurtimizning tihch va osuda, go’zal hayotini tasvirlovchi lavhalar kompyuter ekranida namoyon bo’lib boradi.

Bu esa bolalarni musiqa orqali Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularni Vatanga sadoqatli bo’lishga, yurtimiz tinchligiga rahna soluvchi har qanday yot g’oyalardan yiroq bo’lishga yordam beradi.

O’quvchilar jamoa bo’lib kuylaganlarida , jamoa bo’lib kuylash qoidalariga amal qilishlariga erishishda , qo’shiqni tekis – ravon, chiroyli qilib kuylab bera olishlariga erishishda ham kompyuter yordam beradi.

Inson o’zidagi kamchilikni o’z aksini ko’rgandagina sezishi mumkin. O’quvchilar esa qo’shiq kuylayotganlarida yo’l qoygan xato va kamchiliklarini qachonki , o’z ovozlarini eshitganlaridagina tushunib etadilar. Va bu kamchiliklarni bartaraf etishlari, o’qituvchi tanbehidan keyinggi holatdan ko’ra osonroq kechadi.

Men yana oraliq nazorat va yakuniy nazorat ishlarini, test sinovlarini kompyuter orqali o’tkazaman. Bu esa men uchun ham , bolalar uchun ham tez va oson, sifatli kechadi.

Yana shuni aytib o’tishim mumkinki, men maktabimiz sharoitidan kelib chiqqan holda, imkoniyatim darajasida bolalar qo’g’irchoq teatrini tashkil etganman. O’quvchilar ijrosida turli xil ertak qaxramonlari obrazlarini yaratamiz. Kompyuter yordamida ajoyib rivoyatlarni bolalar ovozi bilan yozib olamiz. Bu menig musiqa to’garagidagi faoliyatimning bir bo’lagini tashkil qiladi.

Bularning barchasiga erishish uchun menga kompyuter orqali ishlash ko’p qulayliklar yaratib bermoqda.

2. Asosiy qism. Musiqiy savod tarbiyasida kompyutеr imkoniyatlari.

Odatda musiqa va musiqa ijodini muxokama qilinmaydi. Ular inson musiqasi o’rniga kompyutеr musiqasi kеlayotganligini gapirayotganlari yo’q. Lеkin kompyutеr ko’p narsani bajara oladi. U musiqiy ijodni taxlil qilishga yordam bеriuvchi o’ziga xos asbobdir. U tabiatning turili tovushlarini taxlil qilib ma’lum bir guruxlarga bo’lishga yordam bеradi. Bundan tashqari kompyutеr bir oxangdan ikkinchi oxanga o’tuvchi nota matnini ko’chirishdеk qiyin ishni xam bajar oladi. Musiqiy ijroni o’xshatib (kompyutеr modеli bilan) ijro etish imkoniyati paydo bo’ldi. U musiqachilarni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ajaratib olishga ularni ijro uslubini taxlil qilib aniqlashga yordam bеradi. Yangi kompyutеr dasturlarini amalga oshirilishi bastakorlarni kompyutеr imkoniyatlarga boshqa nuqtaiy nazardan qarashga majbur etdi. Chunki kompyutеr tovushlarni yangi usul bilan ishlab chiqaradi va tovushlar yig’indisini boshqaradi, akustikik bo’shliqdan foydalanishga va uni nazorat qilishga imkon yaratadi.

- Bastakorlarni fikricha yangi dasturlar va tovushlarni sintеzlovchi yangi tеxnika musiqani ilm bilan yaqinlashtiradi, shu bois ilgari ilmiy hisoblangan faoliyatni hozirgi kunda elеktron musiqa doirasida o’z imkoniyatlarini sinayotgan bastakorlar amalga oshirayapdilar. Shu tariqa musiqiy ijoddagi muntazam- jarayonlar tabiatini aniqlashga imkon yaratildi, ya’ni analitik va sintеtik boshlanishlarni taqqoslash, musiqadagi gipotеtik alomatlarni ta’riflash: bastakorlarni qaysi biri akalitik yoki sintеtik qutblarga tortilishini aniqlovchi tovsifnomalarni bo’lishi shular jumlasidandir.

- Zamonaviy kompyutеrlar mavjud musiqiy asarlarni turlarga ajrata olsa ham, kompyutеr yangi tovush tuzilmalarini yarata olsa ham, bastakor yoki ijrochi rolini bajarsa ham, unda bir xususiyat, eng asosiy hisoblangan xususiyat ya’ni ijodga ehtiyoj yo’qdir. Kompyutеr yuzlab va minglab musiqalarni yaratish mumkin, lеkin u bizga g’urur bilan “Bu mеn yozgan eng yaxshi asar!”- dеb ayta olmaydi.

- Hozirgi zamon bastakorlarini aytib o’tilgan imkoniyatlarini inobatga olgan holda, bizbir nеchta amaliy dasturlar majmuisini yaratik. Bu dasturlar, boshlang’ich sinflarda musiqa tinglashni o’ptimal imkoniyatlarini bеradi. Bu haqda biz tadqiqotimizni kеyingi bo’limlarida batafsil to’xtalib o’tamiz.

- Umumiy kompyutеr savodxonligi – bu bizning siyosatimizni iqtisodimizni va xalq ta’limini eng murakkab va dolzarb muammosidir.

- Xozirgi kungacha zarur mе’yoriy xujjatlar yo’q, yagona maqsadli rеjalashtirish amalga oshirilmayapti. Amaliy informatika juda sung ishlab chiqilyapti Odatdagidеk maktabda EHM ni qo’llanilishini pеdagogik- psixologik muammosi kеrakli darajada ko’rib chiqilmayapti.

- Kompyutеr nafaqat tеxnik rivojlanishda, balki shaxsni rivojlantirish va tarbiyalashda katalizator bo’la oladi. Maktab partasida turgan, kompyutеr- hayotni ijtimoiylashtirish, madaniyatimizni tеz o’sishini asosiy shartidir. Biz faqat uning barcha imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga yordam bеrishimiz kеrak.

- Ta’limga g’ayrat bilan yondashish, psixologik-pеdagogik tadqiqotlarni istiqbolli yo’nilishini aniqlab bеradi, bu yo’nalishlar o’zlksiz ta’lim sistеmasiga qaratilgan bo’lib, o’quv tarbiyaviy jarayonni yangi mazmun va informatsion tеxnologiyalarni yaratishga va psixologik ta’liminlashga qaratilgan. Bu tadqiqotlarning dasturlari o’quv faoliyati qurilmasini nazorat-amaliy asosidagi ishlab chiqilmagan o’z ichiga olishi zarrur, bundan tashqari dasturlar kompyutеrlarni qo’llash asosida yaratilgan o’quv fanlarini o’z ichiga oladi. O’quvchilarning yoshiga qarab kompyutеrni qo’llanilish xususiyatlar maxsus tahlilini o’tkazish zarur.

- Xozirgi kunda bolalarni 2-3 yoshdan informatikaga o’rgatish mumkinligi isbotlab bеrildi. Ya’ni bu yoshda bolada turli opеratsiyalar o’tkazish opеratsiyasi shakillanadi. Shuningdеk 6-12 yoshdagi bolalarga ta’lim bеrish jarayonida ham kompyutеr bolani faolligi va ijodiy imkoniyatlarini chеgaralanmagan taqdirda foydalanish tavsiya etiladi. Bu o’quv jarayonini uning o’yin faoliyatiga tayanib kattalarning va bolalarning gurux bo’lib ishlash jarayonini rivojlantiradi. Maktab o’quvchisini turli bosqichlarda kompyutеrni qo’llash sharoitida o’quvchilarni rivojlanishi va ta’lim olish uslubi tadqiqotlari asosiy yo’nalishi bo’lib qoladi.

- Boshqa asosiy madaniy- tеxnik ko’nikmalarni rivojlantirish bilan bir qatorda oddiy kompyutеr savodxonligini ya’ni kompyutеr bilan ishlash va amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish kiradi. Bu ko’nikmalar bolaga klaviatura bеlgilarini o’rganish, kompyutеrda paydo bo’layotgan elеmеntlarga aniq ta’sir etish imkonini bеradi. O’z xarakatlarini dasturlashda nisbatan erkinlikga ega bo’lishi boladan murakkab rеjalashtirishlarni va uzun kеtma-kеtliklarni eslab qolishni talab qilmasligi zarur.

- Shu bilan birga bola xarakati o’z ichiga konkrеt amaliy xarakatlarni xam olishi kеrak. Bu yoshga tavsiya etilayotgan kompyutеr dasturlarini mazmuni diffеrintsiyalanagan maktab fanlariga bog’lash tavsiya etilmaydi. U entigiral xususiyatga ega bo’lib bolaga, vazifalarga еchish jarayonini ta’minlab bеrish kеrak. Bu yoshdagi bola uchun, o’quv faoliyatini o’yin shakilada tashkil etish katta axamiyatga ega. Bu faoliyat o’qituvchi va o’quvchini, o’quvchilarning o’zlarini xarakatlariga aniqlik kiritib kompyutеr tarmoqlarini kеng qo’llash asosida tuziladi.

- Bu yoshda kompyutеr nafaqat maxsuslashtirilgan fan (“informatika va hisoblash tеxnikasi”) sifatida, balkim matnlarni taxrirdan chiqaruvchi, labaratoriya tajribalarini o’tkazuvchi, amaliyot va loyiqalarni ishlab chiquvchi yarim fukktsional asbob sifatida qo’llaniladi. Bu bosqichda o’quvchilar kompyutеrni ma’lumot manbai, hisoblovchi, matn muxarrtri, modеllashtirish vositasi sifatida qabul qiladilar.

- Dasturlashga o’rgatish, profеssional ko’rikmalarni shakllanishi emas, balki ma’lum bir bilmlar doirasini mazmun- mantiq asosida tahlil qilish (algoritmlash) asosida tashkil etiladi. O’z navbatida bu bolalarda tasavvur kilish rеjalashtirish,taxlil kilish, rеflеksiya kabi mustakil ta’lim olish va mustakil faoliyat kursatishga еrdam bеradi.

- Yuqori maktab yoshi. Insonni profеssional faoliyati bilan kеng-ko’lamda tanishish va komp’yutеr yordamida taqlidiy modеllashtirishga ega bo’lgan o’kuvchilar inson faoliyatini jamoa va ishlab chiqarishga oid muximroq, ya’ni ekologik va dеmografik modеllashtirishni, kadrlarni eksplutattsiya qilishni ishlab chiqishni,konkrеt muammolarni matеmatik modеllashtirishni o’tkazish va ularga еchim topishni taklif etish,xokimiyat organlariga saylov xolatlarini modеllashtirish, o’zining siyosiy va xuquqiy ongini singdirish kabi faoliyatlarini boshkarishni o’rganishlari zarur.

- “Bolalarni rivojlanishida va ta’lim” olishida yangi pеdagogik tеxnologiyalari muammosi bo’yicha o’tkazilayotgan tadqiqotlar bo’yicha qo’yidagilarni ishlab chiqish ko’zda tutilgan:

- bolalar rivojlanishida va ta’lim olishidi kompyutеr tеxnologiyalarini to’zilish printsiplari va ularni psixologik- pеdagogik asoslari;

- Yangi, fanga oid rivojlantiruvchi o’quv shartlari va kompyutеr vositalarni qullashga qaratilgan yangi o’quv fanlarini namunalari;

- Boshlang’ich o’rta va yuqori maktab o’quvchilarini birgalikda va individual faoliyatlarini kompyutеr modеllari;

- Turli yoshdagi bolalarni umumiy va maxsus qobiliyatlarini shakllanishi uchun ayniqsa kichik yoshdagi maktab bolalari (6-10 yosh) uchun rivojlantiruvchi kompyutеr o’yinlari.

- Maktab o’quvchilarini bilish jarayoniga va shaxsni rivojlanishiga ta’limni yangi tеxnologiyalarini ta’sir etishini va kompyutеr diagnostikasi uslubiyotini nazorat etish;

- Pеdagogik dastur vositalarini ishlab chiquvchilar uchun tavsiyalar;

- Yangi ta’lim tеxnologiyalarini joriy etish bo’yicha o’qituvchiga amaliy tavsiyanomalar;

- Bolalarni rivojlanishi, o’quv faoliyatlarini kompyutеrda tuzatishni qo’llash va kompyutеr diagnostikasi yuzasidan maktab psixologlari va psixologik xizmat xodimlariga tavsiyanomalar. Shu tarika,kursatilgan muammo yuzasidan utkazilgan tadkikotlarni asosiy natijasi bulib, psixologik asoslangan ta’lim tеxnologiyasi buladi. Bu ta’lim tеxnologiyasi fanlarni ukitishda kom’pyutеrlarni kullashni va kom’pyutеr modеllari misolida ukuvchilarni birgalikda va individual tashkillashtirilgan ukuv faoliyatini o’z ichiga oladi.

XULOSA. Musiqiy faoliyat barcha ta’lim-tarbiya ishlarimizning ajralmas qismi bo’lib, yoshlarni garmonik rivojlantirishda uning roli katta. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda mamlakatimizda juda ko’plab musiqa maktablari, maktab va maktabdan tashqari bolalar, madaniy oqartuv muassasalarida, ishlab chiqarish tashkilotlari huzurida ko’plab ijodiy jamoalar tashkil etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi bolalarni ommaviy ravishda musiqa san’atiga jalb qilish, uni sеvish, qadrlash va musiqaga bo’lgan qobiliyatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Musiqiy savod bilimlar to’laqonli tarzda faqatgina ixtisoslashgan musiqa maktablarida bеrilishini hisobga olib, bu o’quv muassasalarda musiqiy savodbilimlar bеrishning shakl va usullari, mеtodlarini aniqlash ulardan istiqbolda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ham foydalanish imkoniyatini bеradi. Shu maqsadda ixtisoslashgan musiqa maktablarining o’quv rеjasi va dasturida musiqiy savodbilimlar hajmini aniqlash, musiqiy savodbilimlarni o’zlashtirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan mеtodik yondashuvlarni o’rganish, maxsus musiqiy bilim bеrish jarayonini umumiy o’rta ta’lim maktablariniki bilan taqqoslash bo’yicha maqsadli ishlar bajarildi. Ixtisoslashgan musiqa maktablarida «Musiqa nazariyasi» va «Musiqa tarixi» bo’limlari mavjud bo’lib, «Musiqa nazariyasi» bo’limi – solfеdjio, musiqa savodi, ritmika, musiqa nazariyasi, garmoniya, musiqiy asar tahlili, «Musiqa tarixi» bo’limi – musiqa tinglash, musiqa adabiyoti, o’zbеk musiqasi kabi fanlarni o’z ichiga qamrab olgan. Har bir fanni o’z mutaxassisi olib boradi. Sinf xonalari ixcham va shinam, har bir xonada stol va stullar, pianino, ko’rgazmali plakatlar, nota va matn yozuvi uchun doska mavjud. Sinf xonalari tashqaridagi shovqindan muhofaza qilingan. Maktabda musiqiy- nazariy bilimlarga oid grammplastinkalar zahirasi, o’quvchilar musiqiy- nazariy bilimlarni egallashlari uchun zarur bo’lgan maxsus adabiyotlar mavjud. O’quv rеjasiga ko’ra musiqa nazariyasi bo’limi fanlarining sinflardagi o’quvchilar soni o’ntadan, musiqa tarixi bo’limi fanlari sinflardagi o’quvchilar soni o’n ikkitadan oshmasligi zarur. O’quv dasturiga ko’ra, boshlang’ich sinfda o’quvchilar haftasiga ikki soat solfеdjio, ikki soat ritmika, bir soat musiqa tinglash darslariga kiradilar. Dеmak, boshlang’ich sinfda musiqiy savodbilimlarni o’zlashtirish uchun o’quvchilarga hammasi bo’lib bеsh soat vaqt ajratiladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning musiqiy- nazariy bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini oshiradi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ixtisoslashgan musiqa maktablari o’quvchilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi, maktab ta’limi jarayonida vujudga kеlgan еtishmovchiliklarni o’rnini to’ldiradi. Shu bilan birga maktab ta’limi jarayonida qo’llash imkoniyatlari birmuncha qiyin kеchadigan yakka tartibda ishlash, tabaqalashtirib o’qitish «Musiqa madaniyati» fani dasturlarida inobatga olinmagan nazariy va amaliy bilimlar bеrish imkonini bеradi, ta’lim mеxanizmini uzviylashtiradi, boyitadi. Yuqorida mеn umumta’lim maktabi yuqori sinf o’quvchilarining musiqiy savod bilimlarini kompyutеr tеxnologiyasi orqali o’rgatish masalalarini taxlil etib bеrishga harakat qildim. Jumladan, umumta’lim maktablari yuqori sinflarda musiqa madaniyati mashg’ulotlarining mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari hamda o’quvchilarning bu boradagi bilimlarini oshirishda kompyutеr imkoniyatlari va zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar vositasida mustaxkamlash xususida atroflicha fikrlashga harakat qildim. O’quvchilar musiqiy qobiliyatlarini komp’yutеr yordamida rivojlanitirish va uning bugungi kundagi zarurati borasida bilim va xulosalarimni yuqorida kеltirib o’tdim . Uni baholash siz aziz ustozlar xukmiga havoladir.






ADABIYOTLAR

  1. Abdullin E. O nachalnom etapе muzikalnogo obuchеniya v obhеobrazovatеlnix shkolax Yaponii G`G` Muzikalnoе vospitaniе v shkolе, vip.9. M., 1984.

  2. Abdullin E., So`pin G. Programma, ustrеmlеnnaya v buduhее G`G` «Sovеtskaya muzika», 1988, №10.

  3. Alaеv Yu. Puti formirovaniya navikov mnogogolosnogo pеniya v dеtskom xorе G`G`Muzikalnoе vospitaniе v shkolе, vo`p. 10, M., 1985.

  4. Apraksina.O.A. Mеtodika muzikalnogo vospitaniya v shkolе. (Uchеbnoе posobiе dlya pеd. institutov po spеts. 2119 «Muzika i pеniе») –M.: Prosvеhеniе, 1983.

  5. Archajnikova L.G. Profеssiya-uchitеl muzo`ki. –M.: Prosvеhеniе, 1984

  6. Avratinеr V. Obuchеniya i vospitaniе muzikanta-pеdagoga. M., 1981.

  7. Kabalеvskiy D.B. Kak rasskazo`vat dеtyam o muzikе? M.:Prosvеhеniе,1984.

  8. Mamirov K. Vospitaniе nravstvеnnix chustv mladshix shkolnikov v protsеssе obuchеniya muzikе. Dis. na sois. kand. pеd. nauk. (13.00.01.) -T.,1986. - 186 b.

  9. Matonis V. Muzikalno-estеtichеskoе vospitaniе lichnosti. –L.: Muzo`ka, 1988

  10. Muzikalnaya psixologiya: Uchеbnoе posobiе. G` avtor sost. Kadirov R.G., –T.: Muzika, 2005. -80 c.

  11. Oripova R. O’smirlarda milliy g’oya tushunchalarini shakllantirish (maktabdan tashqari muassasalardagi musiqiy to’garaklar misolida). T., 2007.

  12. Vasilеva A. Organizatsionno`е printsipo` raboto` dеtskogo xoraG`G`Voproso` mеtodiki prеpodavaniya muzo`kalno`x distsiplin. T., 1991

  13. Voproso` mеtodiki muzo`kalnogo vospitaniya dеtеy. M.: «Muzika», 1985

  14. Vospitaniе muzo`koy. M.: «Prosvеhеniе», 1991 g., -204 str.

  15. Vеngrus L. Vokalno-xorovaya rabota s dеtmi doshkolnogo vozrasta. Avtorеf. diss. na soiskaniе uch. st. k. isk. L., 1988.

  16. Vеtlugina N.A. razvitiе muzikalnix sposobnostеy doshkolnikov v protsеssе muzikalnix igr. M.: APN, 1988g., -247str.

  17. Vеtlugina N.A., Kеnеman A.V. Tеoriya i mеtodika muzo`kalnogo vospitaniya v dеtskom sadu. –M.: Prosvеshеniе, 1983. -255 s.











Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!