СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Методика обучения студентов музыкальных учебных заведений способам овладения певческим произношением.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Узбекистан на протяжении многих веков является научным и образовательным центром Центральной Азии. Все мы знаем всемирно известных ученых в области науки и религии, таких как Фароби, Ибн Сино, Улугбек, Аль Хорезми, Имам Бухари, Мамруди, Замахшари. В данной статье описаны методики обучения студентов музыкального образования высших учебных заведений овладению певческим произношением.

Просмотр содержимого документа
«Методика обучения студентов музыкальных учебных заведений способам овладения певческим произношением.»

Oliy ta’limda ta’lim olayotgan musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalariga xonandalik talaffuzini o’ztirish yo’llari o’rgatish metodikasi.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]



Annotatsiya: O’zbkiston ko’p asrlar mobaynida O’rta Osiyoning ilmiy-marifiy markazi bo’lib kelgan. Ilmiy-diniy fanlar borasida o’z asarlari bilan dunyoga tanilgan Farobiy, Ibn Sino, Ulug’bek, Al Xorazmiy, Imom Buxoriy, Mamrudiy, Zamaxshariy kabi olimu-fuzalolari ma’lumi mashxurligi xammamizga ayon.

Ushbu maqolada Oliy ta’limda ta’lim olayotgan musiqiy ta’lim yo’nalishi talabalariga xonandalik talaffuzini o’ztirish yo’llari o’rgatish metodikasi yoritib berilgan.


Kalit so’zlar: O’zbek qo’shiqchiligi, Tarbiya, talafuz, Xalq musiqasi, musiqali dramma teatri, teatr sahnasi, targ’ibot.


Kirish. O’rta Osiyo xususan O’zbekistonda xonandalarni tayyorlash, xonandalikni fan sifatida o’qitilish faqatgina XX sarning 30 yillaridan boshlab o’quv yurtlari rejasiga kiritildi. Tabiiki, undan avvalgi davrlarda xonandalarni O’zbekistonda tayyorlamaganmi? degan savol qo’yilishi mumkin. Xonandalik, qo’shiqchilik yurtimizda qadimdan mavjud bo’lib, lekin shuni ochiq aytishimiz kerakki xonandalarni tayyorlaydigan shuningdek, sozandalarni tarbiyalaydigan hech qanday maktab yoki muassasa O’zbekistonda ham O’rta Osiyoda ham bo’lmagan. Xonanda yoki sozandalar faqat ustoz - shogird an’analari bo’yicha yakka tartibda ustoz xofiz yoki ustoz sozandalar tomonidan tarbiyalangan. Yevropa mamlakatlarida esa qo’shiqchi va cholg’uchilarni XII- asrlardan boshlaboq maxsus maktablarda o’qitilgan. Biz bugun qo’l urmoqchi bo’lgan “Xonandalik talaffuzini o’stirishda xalq qo’shiqlarining ahamyati mavzusini” yoritish uchun dastavval “Xonandalik” san’ati haqida O’zbekistonda yashab ijod qilgan xonandalar haqida shuningdek xalq qo’shiqlarini kelib chiqish tarixi to’g’risida atroflicha to’xtalib o’tishimiz lozim bo’ladi. O’zbekistonda musiqa bilan bog’liq o’quv tarbiya ishlari 1918 yillardan boshlandi. 1918-1930 yillargacha bo’lgan musiqachilarni tayyorlash ishlarini to’laqonli musiqa tarbiyasi deb aytishimiz to’g’ri bo’lmaydi.

Dastlab ochilgan ishchilardan tuzilgan musiqa to’garaklari hamda 1918 yili Toshkentda ochilgan xalq konservatoriyasi faqatgina havaskor cholg’uchi yoki qo’shiqchilarni tayyorlar edi.

To’laqonli sozanda yoki xonandalarni tayyorlashda 1924 yili Samarqandda ochilgan. Musiqa va raqs institutini, 1930 yilda ochilgan Xamza nomli musiqa bilim yurti, eng asosiysi 1936 yilda ochilgan Toshkent davlat konservatoriyasi faoliyati bilan boshlandi. Xonandalarni tayyorlash, o’qitish ularni uslublari, ular uchun maxsus mashqlar, metodik ko’rsatmalar XII- XIII asrlardan boshlab Evropada yashab ijod qilgan Kankoni, Vakkai, Zeydler, F.Atb, Shubbert, Verdi shu kabi ko’plab kompozitorlar va musiqachi pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan, hamda anashu mashqlar, vokalizlar, hozirgi kunda ham xonandalarni tayyorlash jarayonida foydalanib kelinadi. Xonandalik talaffuzi uning qo’shiqchilikda tutgan o’rni haqida dunyo bo’yicha minglab mutahasislar risolalar, uslubiy ko’rsatmalar yaratishgan. Lekin xonandalikda aniqrog’i o’zbek qo’shiqchiligida xonandalarni tayyorlashda ularni qo’shiqchilik talaffuzini o’stirishda xalq qo’shiqlarini qanday ahamyati bor? - degan savolga biz baholi qudrat imkoniyatimiz darajasida javob topmoqchimiz. Qolaversa xonandalik talaffuzini o’stirishda xalq qo’shiqlaridan foydalanish mumkin va bu ish foydadan holi emas degan fikrni biz o’rtaga tashlamoqchimiz.

“Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalom bor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ajdodlarni tarbiyalashimiz kerak.”

Mustaqillik yillarida, ulug’ bobolarimizning anashunday an’analarini davom ettirgan holda mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqiy merosimizning asrab avaylash va o’rganish, uning yosh avlodga bezavon yetkazish maqsadida ko’plab ko’rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelenmoqda.

Barchamizga ayonki, kuy-qo’shiqqa, san’atga muhabbat, musiqa madaniyati Xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyida dutor, doira yoki boshqa cholg’u asbobi bo’lmagan, musiqani hayotbahsh ta’sirini o’z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishidan boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda.

Musiqa san’ati haqida gapirganda, bir holatni afsus bilan aytishga to’g’ri keladi. Ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan “asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga, axloq odob qoidalariga mutloqo to’g’ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so’zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o’zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani, menimcha, san’atni, uning mohiyatining tushunmasdan boshqa narsa emas. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalom bor musiqashunos olimlar, ustoz san’atkorlar, kompaziterlar, yozuvchi va jurnalislar, ko’p sonli san’at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o’z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to’g’ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o’ylayman.





1-Asosiy qism. O’zbekistonda dastlab tashkil etilgan musiqa bilim yurtlarida va unda xonandalikning alohida fan sifatida o’qitilishi.

Yuqorida biz ta’kidlab o’tganimizdek O’zbekistonda 1918 yildan keyin asta-sekin musiqa bilimgohlari tashkil qilina boshlandi. Musiqachilar, qo’shiqchilar, aktyorlar tayyorlana boshlandi. O’zbekitonda 1930-yillardagi qo`shiq janiri bastakorlar hamda Toshkent konservatoriyasining studentlari – yosh avtorlar asarlaridan iborat bo`ldi.

1930-yillarning o`rtalaridagi vokal asarlaridan ovoz va fortepiano uchun yaratilgan M. Burhonovning (u o`sha vaqtda Moskva konservatoriyasidagi o`zbek opera studiyasida tahsil ko`rsatar edi) «Ey bulbul, girya makun» (A. Lohutiy she’ri) romansi alohida ajralib turadi. Muzikasining ifodali va dilkashligi tufayli bu asar ijrochilarning konsert repertuaridan mustahkam o`rin egalladi.

1930 - yillarning ikkinchi yarmida ovoz bilan orkestr uchun birinchi yirik asar yaratildi. Bular M. Ashrafiy va N. Mironovning SH. Rustaveli asariga yozilgan «Yo`lbars terisini yopingan pahlavon» vokal – simfonik poemasi hamda M. Burhonning Mashrab g’azaliga yohgan «Ishq o`ti» balladasi edi. A. Kozlovskiy yuksak badiiy darajada qayta ishlagan xalq qo`shiqlaridan «Tanovar», «O`zgancha», «Gul yuz uzra», «Fig’on» kabi vokal – simfonik partituralarning paydo bo`lishi ham ana shu yillarga to`g’ri keladi. O`zbekistonda keng ommaviylashib ketgan kuylarda kompazitor muzikani rivojlantirishning boy imkoniyatlarini sezdi. Kozlovskiy kuylarning asl mag’zini o`zgartirmay, simfonik arkestr vositasida shaklning keng ko`lamli rivojlanishini va uning tiklanish jarayonini ko`rsatishga erishdiyu bunga kuylarning o`zidagi harakterli ekspressiv ko`tarinkilik, ohanglararo nafas olishning cho`ziqligi, katta ichki dinamikasi yordam berdiyu Kozlovskiy qayta ishlagan «Tanovar», ayniqsa, ommaviylashib ketdi. Uning lirik ohangida farg’onacha qo`shiqlarning tipik xususiyatlari: shoshmay namoyishlanish va asta - sekin avjga ko`tarilish, yumshoq, silliq pasayish bilan almashinib turadigan o`sib boruvchi og’ir ko`tarishlar, ritmik tuzilmalar nozikligi, avj paytida keng ohangdorlikning ifodaliligi hamda pasayishda horg’in nafas olish mujassamlashgan. Xalq ijodining bu go``al namunasini garmoniyalashtirib Kozlovskiy undagi ladning o`ziga hosligini saqlab qolishga intiladi. Qo`shiqning frigiy ladi u uchun harakterli bo`lgan kuyi tomon yo`nalishi bilan bog’liq bo`lgan subdominanta gruppa akkordlaridan ko`proq foydadanishni oldindan belgilab berdi. Bu haqda orkestr muqaddimasining boshlanishi guvohlik beradi:

Kozlovskiy asrlari folklorning jo`ngina «qayta ishlangan» namunasi emas balki tom ma’nodagi vokal – simfonik poemalar sifatida qabul qilinadi. Mahsus tayyorgarlik ko`ra olmagan tinglovchilar uchun ham hech qanday imtiyozsiz yozilgan bu asar keng e’tibor qozondi. Unga Halima Nosirova tomonidan ajoyib talqin etilgan vokal partiya yordam berdi, Kozlovskiyning xalq kuyining o`zini shu mashhur ijrochidan yozib olinganligi ham katta ahamiyatga molikdir.

Bundan tashqari Xalqimizga nafaqat O’zbek elida balki qardosh Turkiston, Tojikiston, Qirg’izistonda tanilgan K.Otaniyozov, M.Abdullaev, M.Qoriyoqubov kabi atoqli zabardast sanatkorlar 1924 yilda tashkil Qilingan Toshkent musiqa texnikumida etishib chiqishdi. Bundan tashqari 1930 yili tashkil etilgan Moskva konservatoriyasi qoshida tashkil bo’lgan ko’plab sanatkorlar, bastakorlar, qo’shiqchilar etishib chiqishdi. Ulardan S.Qobulova, I.Akbarov, M.Burhonov, X.Nosirova, Tamaraxonim, S.Yudakov, S. Yarashev, N. Xoshimov kabi o’nlab bastakor va san’atkorlarni misol qilib olish mumkin. Ayniqsa 1936 yili Toshkentda ochilgan O’rta Osiyoda yagona bo’lgan konservatoriyaning O’rta Osiyo madaniy hayotida tutgan o’rni juda beqiyos bo’ldi. Mazkur oily yurt uzoq vaqtlar mobaynida O’rta Osiyo va Qozog’iston miqyosida maxsus kadrlar yetkazib beruvchi yagona oliy yurti bo’lib qoldi. O’zbekistonning navqiron madaniyati o’sha yillarda demokratlashuv, milliy an’analarni o’zlashtirish va davom etirish , enternotsional mazmunli madaniy yutuqlarga amal qilish yo’lidan bormoqda edi. Yangilangan musiqa san’atida, ayniqsa, maxsus kadrlarning yangi bo’g’iniga katta ehtiyoj sezilmoqda edi. Xuddi ana shu sharoitda Toshkent konservatoryasining ochilishi o’ta muhim o’ziga xos xodisa bo’ldi. Zero, huddi ana shu dargohda musiqa mutahasisligining kompozitorlik, cholg’uchilik, qo’shiq ijrochiligi, dirijyorlik kabi yangi yo’nalishlarining shakllanishi va taraqqiyoti uchun zamin hozirladi. Shuningdek Furqat,Ahmad Donish, Komil Xorazmiy, Hamza Hakimzoda Niyoziyning ma’rifatparvarlik faoliyatlari 1884-yilda tashkil qilingan musiqa jamiyati faoliyatida aks etgan edi. 1918-yilda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq konservatoryasi asta sekin Turkiston o’lkasining boshqa shahar va kentlarida ham o’zining bo’limlarini tashkil etishga, keng xalq ommasini musiqa tushunchalari va obrazlari doirasiga olib kirishga zamin hozirladi. 1921-yilda Buxoro Sharq musiqa maktabi o’z ishini boshladi. Keyinchalik bu maktab xalq professional qo’shiqlarini mohirlik bilan ijro etgan birinchi o’zbek va tojik san’atkorlarini tarbiyalab yetishtirdi. Shuningdek, Samarqandda ochilgan birinchi musiqa oliy maktabi ham O’rta Osiyoda ilk bor professional xalq qo’shiqchilarni yetkazib berdi. Shu tariqa O’zbekistonda xonandalik alohida fan sifatida, asta sekin turli musiqa bilim yurtlari va oliygohlarida o’qita boshlandi.






2-Asosiy qism. O’zbekistonning taniqli xonandalari va ularning ijodiy komolotida xonandalik talaffuzining tutgan o’rni.

O’zbkiston ko’p asrlar mobaynida O’rta Osiyoning ilmiy-marifiy markazi bo’lib kelgan. Ilmiy-diniy fanlar borasida o’z asarlari bilan dunyoga tanilgan Farobiy, Ibn Sino, Ulug’bek, Al Xorazmiy, Imom Buxoriy, Mamrudiy, Zamaxshariy kabi olimu-fuzalolari ma’lumi mashxurligi xammamizga ayon. Biz XX asr boshlarida yashab ijod etgan el uchun ardoqli bo’lgan mashxur xonandalar ijodi ustida biroz to’xtalmoqchimiz.

O’zbekistonda o’z san’ati bilan xalq orasida dovriq qozongan xonandalardan biri mashxur qo’shiqchi Mavluda A’zamova. U 1913 yilda Toshkentda ziyoli oilasida tavallud topgan. O`n yoshga kirganda ota-onasidan etim qolgan va bolalar uyida tarbiyalangan. O`sha paytlarda «Ko`k ko`ylak» guruhi nom qozongan payt edi. Yosh Mavluda A`zamova o`sha guruhga qatnashib asta-sekin san`at dargohiga kirib keldi. U to`garaklarga qatnashishi bilan birga yangi tashkil qilingan «Na’muna» maktabida Shohidaxon Ma`zumova bilan birga o`qishni davom ettirgan. Keyinchalik bu maktab Nodira nomi bilan yuritilgan. Maktabda o`qib yurishgan vaqtlarida ko`plab tadbirlarda, bayram konsertlarida muntazam qatnashib kelishgan.

Yosh Mavludadagi iqtidorni sezgan Imomjon Ikromov unga xonandalikdan ustozlik qila boshlaydi. U xalq teatrida Ziynat Fathulinning «G’unchalar» pyesasida Gulnor obrazini yaratadi va uni muvaffaqiyat bilan ijro etadi. Qayd etish lozimki Mavluda A`zamova birinchilar qatorida ayol obrazini sahnada yaratib o`ynagan san`atkor bo`lib tarihda qoldi. U paytlarda xalq orasida san`atga qarashlar boshqacha bo`lgan. Shuning uchun ayniqsa qizlar, ayollar teatrda juda kam bo`lgan. Ayol obrazlari esa erkaklar tomonidan o`ynalgan.

Mavluda A`zamova 1943 yili radio qoshidagi o`zbek xalq ansambliga ishga keladi va bu erda ustozlarining sa`yi harakatlari bilan ashulani dutor jo`rligida, o`zi chalib aytishini o`rgana boshlaydi. Bu harakatlari unga juda katta muvaffaqiyat olib keldi. Ayniqsa urush yillari Mavluda A`zamova aytgan «Ofarin», «Yigitlar», «Munojot», «Istadim», «Diloromimni sog’indim», «Cho`li Iroq» ashulalari uning ijodi gullab yashnashida birinchi bosqich bo`ldi.1951 yili Mavluda A`zamovaning hizmatlari munosib taqdirlanib, unga hukumatimiz tomonidan O`zbekiston SSRda hizmat ko`rsatgan artist unvoni berildi.

Mavluda A`zamova o`z xalqiga sidqidildan hizmat qilgan fidoiy san`atkor edi. Mavluda A`zamova yuragida o`ti bor, shiddatli, uslubi qaytarilmas, o`z yo`liga ega qo`shiqchi bo`lgan. Mavluda A`zamova qo`shiqchilik san`atida barhayot siymo bo`lib, abadiy qoladi.

Xalq orasida o’z ijrochilik mahorati bilan elga tanilgan qo’shiqchilardan biri Mukarramma Azizovadir. U 1913 yili Namanganlik kulol Aziz Fozilov oilasida dunyoga keldi. Uning yoqimli ovoz sohibasi ekanligi o`rta maktabda o`qib yurgan kezlarida ma`lum edi. Bo`lajak xonandaning yoqimli, shirali ovozi ayniqsa musiqa to`garagi rahbari Rafiq Mo`minovning e`tiborini jalb qildi.

Yosh Mukarramma 7 yillik maktabni tugatib, o`qituvchilar tayyorlash kursida o`qiydi va boshlang’ich sinflarga dars bera boshlaydi. SHu paytda ham u o`z o`quvchilari bilan birga maktab musiqa to`garagiga qatnashib yurardi. 1928 yili Namanganga Moskvadan o`zbek studiyasi uchun o`quvchi yoshlarni qabul qiluvchi mahsus komissiya keladi va yosh Mukarrammani studiyaga o`qishga taklif qilishadi.

U Moskvada konservatoriya qoshidagi o`zbek studiyasida Mironov kabi tajribali san`atkorlardan musiqa bilimidan tarbiya oladi. Uning teatr sahnasidagi ilk qadamlari aynan Moskvada boshlanadi. U kursdoshlari bilan birga Moskvadagi teatrda qo`yiladigan spektakllarning ommaviy sahnalarida qatnashadi.

Ozgina bo`lsada sahna hayotini ko`rgan Mukarramma Azizova O`zbekistonga qaytgach dastlab Andijon teatrida, so`ngra esa, 1931 yili Namangan teatrida ish faoliyatini boshlaydi. Uning hayoti ham, ijodi ham teatr bilan bog’lanib qoladi. Tez orada u teatrda o`ndan ortiq qahramonlar obrazlarini yaratadi va ko`plab turli harakterdagi obrazlarda bosh rolni ijro etadi. Musiqiy drammalardan «Nurhon»da Nurhon, «Gulsara» (K.YAshin T.Sodiqov R.Glier)da Gulsara, «Farhod va Shirin» (Hurshid V.Uspenskiy, G.Mushel)da Shirin obrazlarini talqin etdi. Drammatik spektakllardan A.Qahhorning «SHohi so`zana»sida Hafiza, S.Rahmonovning «Yurak sirlari»da Sanobar, N.Gogol’ning «Uylanish» spektaklidagi Anna Andreevna shular jumlasidandir. Mukarramma asta-sekin xonandalik sirlarini o`zlashtirib, amaliyotda qo`llay boshlaydi.

Mukarrama Azizova o`zining betakror ovozi, jozibali va purma`no ijrosi, san`at dargohidagi obro`-e`tibori bilan bora-bora «Namangan bulbuli» nomiga sazovor bo`ldi. Uning ijrosidagi «Dutorim», «Alla», «Bo`ston etib ket», «Ko`zim» kabi qo`shiqlar, «Iroq», «Chorgoh», «Segoh», «Ushshoq» kabi o`nlab mumtoz ashulalar tinglovchilar qalbida katta taassurot qoldirdi.

Musiqiy san`atimiz hayotida Mukarramma Azizovaning mahoratli ashulachi va dramatik aktrisa sifatida hurmat bilan yodga oladilar. Uning o`zbek san`ati rivoji uchun mehnatlari qadrlanib, 1955 yilda unga O`zbekiston SSR xalq artisti unvoni beriladi. Viloyatimizda yashab ijod Qilgan mashxur xonandalardan biri Habiba Oxunova edi.

Taniqli o`zbek san`atining mohir aktrisasi hamda hushovoz xonandasi, O`zbekiston xalq artisti Habiba Ohunova 1943 yili Andijon viloyatining Asaka shahrida tavallud topadi. Yoshligidan musiqa san`atiga mehr qo`ygan, maktabning musiqali drama to`garaklarida qatnashib san`at dargohiga kirib kelgan. Habiba Ohunova tabiatan kamtar, sodda, mehribon, musiqaga o`ta mehr qo`ygan fidoiy inson edi. Habiba Ohunovaning bu hislatlari uni Andijon musiqali dramma teatriga etaklaydi. U 1959 yili ushbu teatrga ishga kiradi va 1963 yilgacha Andijon teatrining mashhur san`atkorlari bilan birga faoliyat ko`rsatadi.

1963 yili Habiba Ohunova A. Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali dramma va komediya teatriga ishga keladi va umrining ohirgacha shu dargohda munosib faoliyat olib boradi. U D. Soatqulovning «Zarafshon qizi» spektaklida – Kumush, T.Sodiqovning «Layli va Majnun» musiqali drammasida – Layli, T. Jalilovning «Nurhon» spektaklida – Nurhon, «Alpomishda» – Barchin, «Qaroqchilar»da – Amaliya kabi bosh qahramonlar rollarini maromiga etkazib ijro etib, el nazariga tushadi. Ayniqsa, Nurhon obrazini Habiba Ohunovachalik ehtirosli, hamda mukammal yaratgan san`atkorlar sanoqlidir. Teatrda rol o`ynagan yoki teatr sahnasiga chiqib qo`shiq aytgan san`atkorlar ko`p. Lekin, Habiba Ohunovaning o`ziga hosligi tinglovchilar, mutahassislar tomonidan alohida e`tirof etilgan. Bu inson sahna muqaddasligini birinchi o`ringa qo`yar edi. Sahna Habiba Ohunovaning jonu-dili hisoblangan.

Habiba Ohunova o`ziga hos sirli, sadoli, mungli va yoqimli ovozga ega edi. Uning ijrosidagi behisob dard har qanday tinglovchini o`ziga rom eta olgan, desak mubolag’asiz bo`lar edi. U san`at ihlosmandlari orasida o`zining jarangdor dardli ovozi bilan mashhur bo`ldi. Ulkan san`atkorning ijro repertuaridan «O`zing», «Ko`rmagan bo`lsam», «Odob bilan», «Muhabbat», «Sabo bilan», «Oshnolaring», «Ko`rkam Vatan», «Barno yigit», «Nay navosi», «Ko`ngil», «Alla», «Namangan» kabi qo`shiqlar munosib o`rin egallaydi.

Habiba Ohunovaning ijro repertuari unchalik keng qamroli bo`lmasada, o`ziga hoslik bobida ishonarli hamda go`zal uslub egasi bo`lganligiga shubha uyg’otmaydi. O`zining qisqagina umri davomida Habiba Ohunova musiqa ijrochiligi san`atida so`nmas iz qoldirdi. ehtirosli ijro sirlari bilan to`la yoqimli bir uslubni namoyon etdi. Zero bu ijro uslubi yosh avlodning tarbiyasida munosib saboq bo`lib hizmat qilgay.

Habiba Ohunovaning hizmatlari Hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U 1974 yili «O`zbekiston SSR xalq artisti» fahriy unvoniga sazovor bo`lgan.

Habiba Ohunova 1994 yili Namanganda vafot etadi. O’zbek qo’shiqchilik san’atida o’chmas iz qoldirgan qo’shiqchilardan biri Fotima Boruxova edi. Taniqli opera va mumtoz qo`shiq xonandasi Fotima Boruhova 1916 yilda Andijon shahrida hizmatchi oilasida tug’ildi. Yoshligidan qo`shiq aytishga bo`lgan havas uning xonandalik sohasiga mehr qo`yishiga sabab bo`ladi. Ota-onasi san`atsevar kishilar bo`lgan va ular qizlaridagi san`atga bo`lgan qiziqishga befarq bo`lmay, unga qo`llaridan kelganicha yordam berishgan. Fotima Boruhova radio orqali tinglagan har bir musiqiy namunani qunt bilan o`zlashtirar, mashhur xonandalar uslubida ijro etishga harakat qilardi. Fotima Boruhovaning bu harakatlari ijrolarida namoyon bo`la boshlaydi va u xonandalik kasbini egallashga ahd qiladi. U o`sha davrdagi rahbariyat tavsiyasi bilan 1940-1942 yillarda Moskva konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan o`zbek opera studiyasiga o`qishga yuboriladi. Bu dargohda u akademik xonandalik sirlarini o`zlashtiradi. Jahon klassik musiqasi namoyandalarining asarlarini o`rganib o`z yurtiga qaytadi.

1942-1944 yillarda Yo`ldosh Ohunboboev nomidagi Andijon musiqali dramma teatri artisti bo`lib ishlay boshlaydi. Moskvada o`rgangan xonandalik saboqlarini endi teatr sahnasida namoyish etadi. Shu davrda eng ommalashgan «Qurbon Umarov», «Gulsara», «Tohir va Zuhra» musiqali dramalarida bir qator rollarni mahorat bilan ijro etadi. Lekin, uning ijrochilik uslubi ko`proq akademik ijroga moyilligi sababli 1945 yildan boshlab poytahtdagi Alisher Navoiy nomidagi Katta Davlat akademik opera va balet teatrida ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Fotima Boruhova akademik va an`anaviy ijro uslublarini yahshi bilgani ushbu dargohda samarali mehnat qilishiga zamin bo`ladi. U o`ziga hos ovozi, betakror ijrosi bilan jamoa orasida hurmat qozondi, ustoz darajasida 1957 yilgacha faoliyat olib bordi.

Fotima Boruhova shu yillar davomida juda ko`plab musiqali dramalarda obrazlar yaratdi. Bu rollari orqali juda ko`plab muhlislar qalbidan joy oldi. Jumladan, T.Jalilov, K.YAshinning «Oyhon»ida Oyhon, «Farhod va Shirin»da Shirin, Sh.Hurshid, T.Jalilovlarning «Zebiniso»sida Zebiniso; M.Ashrafiy, S.N.Vasilenkolarning «Bo`ron» operasida Zebiniso; T.Sodiqov, R.M.Glierlarning «Layli va Majnun»ida Layli; N.Pogodin, H.Olimjonlarning «O`zbekiston qilichi»da Sora; P.I.CHaykovskiyning «Pikovaya dama»sida Polina (1947 yil); M.Ashrafiy, S.Vasilenkolarning «Baht vodiysi»da Ona; U. Hojibekovning «Ko`r o`g’li»da Ona (1950 yil); T. Jalilov, B.V.Brovtsinlarning «Tohir va Zuhra»sida YUlduz, A.Spandiarovning «Olmos»ida Folbin (1953 yil) kabi obrazlar F.Boruhovaning ko`p yillik ijodiy mehnati mahsullaridir.

Fotima Boruhova opera bilan birgalikda klassik qo`shiqlarni, mumtoz ashulalarni maromiga etkazib ijro etgan. Juda ko`plab mumtoz musiqiy namunalarni ustozlaridan o`rganib magnit tasmalariga yozgan. «Mehnat ahli» (Halima Nosirova bilan birgalikda), «Kanalim», «Chaman ichra», «Yolg’iz», «Ko`rmadim», «Samarqand Ushshog’i», «Toshkent Irog’i», «Ey chehrasi tobonim» kabi ashulalar shular jumlasidandir. Kuchli va baland ovoz sohibasining hizmatlari munosib taqdirlanib, unga 1950 yilda O`zbekiston SSR xalq artisti unvoni berilgan. Xalqimiz orasida o’zining ajoyib san’ati bilan el xurmatiga sazovor bo’lgan qo’shiqchilardan biri Kommuna Ismoilovadir.

Kommuna Ismoilova Horazm viloyatining ko`hna va navqiron Hiva shahrida 1927 yil 15 dekabrda hizmatchi oilasida dunyoga keladi. Kommuna juda yoshligidan san`atga qiziqdi. 1934-1935 yillarda o`z zamonasining taniqli san`atkorlari Tamarahonim, Ohunjon qiziq, Po`latjon Rahimovlar Horazm viloyati teatrida faoliyat ko`rsatar edilar. Yosh Kommuna tez-tez ushbu teatrga borar va san`atkorlarga qo`shilib ommaviy sahnalarda chiqar edi.

Kommunaning ovozi tabiatan yoqimli edi. Shu bois u yoshligidan juda chiroyli kuylar edi. Kunlarning birida ustozlar Kommunaning ovoziga beihtiyor e`tibor berib, mahliyo bo`lib qoldilar. Ustozlar Kommunadagi iste`dodni baholab, uning kelajagi porloq degan to`htamga keldilar. Qiz Toshkentga borishi, zarur musiqa savodini olishi kerakligi haqida kelishib olinadi. Kommunani ota-onasidan ruhsat olib, Toshkentga olib kelishadi. Bu inson betakror sozanda, ustoz, bastakor, san`at arbobi Fahriddin Sodiqov edilar. Fahriddin Sodiqov Kommuna Ismoilovadagi iste`dodni ko`rib bu qizning Chinakam san`atkor bo`lib etishishiga ko`zi etdi va bu yo`lda o`zining beminnat mehnatini ayamadi. Bastakor yaratgan qo`shiqlar, ular ijrosida maromiga etardi. Bu qo`shiqlar Kommuna Ismoilovani O`zbekistonga hush ovozli xonanda sifatida tanitdi.

1957 yili uni o`zbek radiosiga yakkahon xonanda sifatida ishga olishadi. Bu esa unga qo`shiq-ashulalarini doimiy tarzda tinglovchilarga etkazish, magnit tasmalariga yozish, ijodkorlar bilan doimiy tarzda hamkorlikda bo`lish uchun katta imkoniyat edi. S.Jalil, H. Rahimov, B. Gienko, F. Nazarov, V. Zudov, H. Izomov, D. Zokirov kabi kompozitorlar, T. Jalilov, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Hayitboev, N. Hasanov, G’. Toshmatovdek bastakorlar bilan hamkorlik qiladi. Ijro repertuarini esa professional musiqa na’munalari bilan boyitadi. «Tabriklayman» (N. Hasanov, R. Qosimho`jaeva), «Gulnora» (K. Otaniyozov, A. Bobojonov), «Oyshahon» (D.Zokirov, A. Po`lat), «Hayolim senda» (H. Rahimov. T. To`la), «Oq oltin karvon-karvon» (F.Sodiqov, Z.Obidov), «Yoshlik chog’imda» (S.Jalil, H. Olimjon), «O`ylama» (K.Otaniyozov, A.Bobojonov) kabi musiqiy na’munalar shular jumlasidan.

U 1959 yildan O`zbekiston Teleradiosidagi Maqomchilar ansambliga ishga o`tadi. Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, O. Imomho`jaev, B. Davidova, M. Dadaboeva, K. Mo`minov, U. Otaev, I. To`raev, O. Alimahsumov, S. Aminov, O. Otahonov, Sh. Ergashevlar bilan ko`p yillar birga ishlashadi. Shu yillar mobaynida Kommuna Ismoilova juda ko`plab maqomlar, xalq bastakorlari yaratgan qo`shiqlarni magnit tasmasiga yozishga muvaffaq bo`ldi. «Qiz qo`shig’i» (A.Po`lat she`ri, F.Sodiqov musiqasi), «Ey chehrasi tobonim» (Muqimiy so`zi, F.Sodiqov musiqasi), «Chaman ichra» (xalq so`zi va musiqasi), «Diyorimsan» (A.Po`lat she`ri, G’. Toshmatov musiqasi), «Tokay» (Uvaysiy g’azali, K.Jabborov musiqasi), «Chapandozi Savti Navo» (Nodira g’azali, YU.Rajabiy musiqasi) shular jumlasidandir.

O`zbek xalq musiqa ijrochiligida o`ziga hos ijro uslubiga ega bo`lgan, O`zbekiston xalq artisti, betakror xonanda, ajoyib ustoz Kommuna Ismoilova zamonamizning atoqli va hurmatli san`atkorlaridan biridir. O`z umrini san`atimiz ravnaqiga bag’ishlagan ustoz, Xalqimiz ma`naviyati va ruhiyatiga hos eng asl qo`shiq va ashulalarni taqdim etishga muyassar bo`lib, elga hizmat qilib keldi. Bir necha yillar davomida ustoz san`atkor Kommuna Ismoilova M. Uyg’ur nomidagi Toshkent san`at instituti hamda Toshkent madaniyat kollejida yosh talaba va o`quvchilarga xonandalik sirlaridan saboq berdi.

O’zbekistonda mumtoz qo’shiqlar mohir ijrochisi bo’lib tanilgan qo’shiqchilardan biri Berta Davidova. U 1922 yilning dekabr oyida Marg’ilon shahrida David ota honadonida tavallud topgan. Otasi dutorda juda yahshi kuylar chalar edi. Ayniqsa dutorda chalgan «To`rg’ay» xalq kuyi yosh Bertaga juda yoqar edi. Bertaning yoshligi ana shunday san`atsevar honadonda o`tdi.

1935 yilda 13 yoshida Toshkent tibbiyot tehnikumiga o`qishga kiradi. 1941 yili II jahon urushi boshlanganda harbiy gospitalda hamshira bo`lib ishlaydi. Kunlarning birida bu erga Maqom ansambli konsert berishga keladi hamda musiqa na’munalaridan ijro etib yaradorlarga konsert berdi. Yoshligidan qo`shiqlar aytib yurgan Berta maqomchilarga qo`shilib yaradorlarga qo`shiq aytib berdi. Shunda ansambldagilar hayratda qoladi va ansamblda ishlashga taklif qiladilar. Ayniqsa, Imomjon Ikromov jonkuyarlik qiladi va Berta Davidova 1943 yildan 1987 yilgacha, 44 yil mobaynida O`zbekiston davlat teleradiosi qoshidagi Maqomchilar ansamblida faoliyat ko`rsatadi. 200 dan ortiq maqom namunalarini, maqom yo`lidagi xalq ashulalarini, bastakorlar yaratgan qo`shiqlarni magnit tasmasiga yozishga muvaffaq bo`ladi. 1979-1980 yillardan boshlab talabalarga mumtoz musiqamizning ijrochilik sirlarini o`rgata boshlaydi.

Berta Davidova maqom ijrochiligi san`atida o`ziga hos ijro talqinini topgan bahtli san`atkorlardan biri edi. Berta opaning muloyim va betakror sayqallar zanjiri bilan ifodalovchi talqini har qanday xonandani o`ziga rom etadi. SHu bois bo`lsa kerak, Berta Davidovaning ijrochilik usuli ayol xonandalari amaliyotida o`rnak sifatida doimo ahamiyatli bo`lib kelgan. Ayniqsa mumtoz musiqa namunalaridan «Munojot» Berta Davidova ijrosida me`yoriga etkazib ijro etilganini yahshi bilamiz.

Berta Davidovaning qilgan mehnatlarini taqdirlab hukumatimiz unga O`zbekiston xalq artisti unvonini berdi. Bu unvonni Berta opa sidqidildan qilgan mehnati orqali oqladi. Berta Davidova ijro etgan ashulalar na’munalari qayta ishlangan. «Munojot» (Navoiy g’azali, I. Ikromov musiqasi), «Gul ochilur» (A.Bobojon she`ri, F.Sodiqov musiqasi), «Bog’bon qiziman» (xalq so`zi, N.Hasanov musiqasi), «Araz» (Munis Horazmiy g’azali, xalq kuyi), «Bilmading» (A.Mirkarimov so`zi, M. Bafoev musiqasi), «Sarahbori Oromijon» (Navoiy g’azali), «Taronai Bayot» (Navoiy g’azali), «Ufori iroq» (Ogahiy g’azali), «Tanavvor II» (Muqimiy she`ri, xalq musiqasi), «Ufori ushshoq» (Navoiy g’azali), «Dugoh» (S. Abdullo so`zi, xalq musiqasi) «Qo`zg’olur» (Habibiy g’azali, xalq kuyi) kabilarni sanab o`tish mumkin.

O’zbekistonda qo’shiqchilik janrida yaxshi tanilgan xonandalardan biri Hadiya Yusupova edi. U ko`pchilik ashulachilar qatori juda yoshligidan qo`shiq kuylashga mehr qo`ygan. Hadiyahonda qo`shiq aytishga bo`lgan havasni go`zal gullar shahri bo`lgan Namanganning madaniy muhiti, o`sha erdan etishib chiqqan taniqli san`atkorlarning ijodi undagan bo`lsa ajab emas.

Yosh Hadiyahonga Mukarram Azizova, Mavluda A`zamova, Berta Davidova, Kommuna Ismoilovalardan g’oyibona o`rgangan qo`shiqlari qanot bergan bo`lishi ehtimoldan holi emas. Ayniqsa, YUnus Rajabiyning «Ne navo soz aylagay», Hoji Abdulaziz Abdurasulovning «Samarqand Ushshog’i», Fahriddin Sodiqovning «Oydin kechada» qo`shiqlari bilan u tuman va shahar miqyosida o`tkazilgan ko`pgina tadbirlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etadi. O`ziga hos ovozi va ustozona ijro mahoratini namoyish etishga erishadi.

Hadiyahon opa o`ninchi sinfni bitirgan yili yosh iste`dodlarni tanlovi bo`lib o`tadi. Bu tanlovda Hadiyahon opa ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, Toshkent shahridagi O`zbekiston davlat filarmoniyasining «Hor kapella» jamoasiga ishga kiradi. Hor jamoasida u professional ijro uslublari, ovoz ishlatish va talqin masalalarini mustahkamlaydi. Nafaqat xalq yo`lidagi ashulalarni, balki kompozitorlik ijodiga mansub asarlarni mahorat bilan ijro etish sirlarini o`zlashtiradi.

50-yillarning o`rtalariga kelib u O`zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg’ulari orkestriga yakkahon solist lavozimiga ishga keladi. Hadiya YUsupova bu dargohga birinchi qadamini qo`yganidan boshlab, YUnus Rajabiy, Fahriddin Sodiqov, Ortiqho`ja Imomho`jaev, Ishoq Kattaev, Ilhom To`raev, Orif Alimahsumov, Berta Davidova kabi taniqli ustoz sozanda va xonandalardan juda ko`plab ashulalar o`rganadi va radioda magnit tasmasiga yozdiradi. Radio fondi uchun o`z ijrosida magnit tasmalarga birinchi bo`lib Fahriddin Sodiqovning «Namoyon qil» ashulasini katta mahorat bilan ijro etib yozdirgan edi.

U 1959 yildan radio qoshidagi maqomchilar ansambliga ishga o`tadi va u erda Fahriddin Sodiqov bilan yaqin hamkorlik qiladi. Bastakorning ko`plab qo`shiqlarini mahorat bilan o`zlashtiradi va 30 dan ortiq ashulalarini ijro etadi. «Bir go`zal», «Go`zal»», «Yor kelib», «Kelasanmu», «Zulayho bo`lsang» kabi ashulalar bunga misol bo`la oladi. Bundan tashqari u «Shashmaqom» ashula yo`llarini radio fondiga yozishda qatnashadi. Hadiya opa 1970 yilda «O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist» fahriy unvoniga sazovor bo`ldi.

Hadiya Yusupova zamonasining etuk san`atkorlaridan biri Rahimahon Yo`ldosheva bilan birganlikda jo`rnavozlik qilib, ko`p qo`shiqlarni birgalashib ijro etdi va magnit tasmasiga yozdirdi. Nabijon Hasanovning «Shohi belbog’», Orifjon Hotamovning «Ko`ngil ol», «Qashqarchai Savti Sabo», «Chapandozi Navo», «Navro`zi Sabo» kabi mumtoz ashulalari shular jumlasidandir. Hadiya Yusupova juda bag’ri keng, oliyjanob, mehribon inson. 3 nafar farzandlarning onasi. Hadiya Yusupova 1988 yildan to shu kungacha Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent Davlat san`at institutining an`anaviy ijrochilik kafedrasida hamda Toshkent Madaniyat kollejida yosh talaba yigit-qizlarga xalq qo`shiqlarini, mumtoz ashulalarni maqom yo`llaridagi asarlarni qunt bilan o`rgatib kelmoqdalar. O’zbek falklor qo’shiqchiligida dong taratgan mashxur Qo’shiqchilardan biri Rahimaxonim Mazohidova edi.

O`zbekiston xalq artisti Rahimahonim Mazohidova 1930 yil 8 mart kuni Qo`qon shahri «Dehrezli» mahallasida tug’ilgan. Otasi Hakimhon to`ra tabib bo`lgan, onalari ham ilmli, adabiyot va san`atga qiziqqan kishi bo`lganlar.

Rahimahonim o`sha davrlarning mohir fol’klor bilimdonlari Hadiyohon, Hurmathon, Bidonhon va Yodgorhon ayalardan o`zbek xalq ijodiyoti durdonalarini, farg’onacha fol’klor va an`anaviy san`at sirlarini o`rgandi. 1955 yilda san`atdagi iqtidorini ko`rgan rahbarlar uni Hamza nomli Qo`qon musiqali dramma teatriga ishga taklif qiladilar. Rahimahonim musiqali teatr sahnasida ham juda ko`plab obrazlar yaratadi. Tez orada bu serqirra san`atkor o`zining noyob san`ati, ijro etgan qo`shiq va ashulalari bilan nafaqat respublikamiz, balki horijiy davlatlarga ham tanildi. U teatr sahnasidagi qahramonlar obrazlaridan tashqari, bir necha badiiy va videofil’mlarda ham esda qolarli obrazlar yaratdi. Rahimahonim Mazohidova ustozlardan xalq musiqiy fol’klor namunalarini o`zlashtiradi. Ijodi davomida o`zi ham izlab xalqning noyob durdonalarini o`zlashtiradi, ularga ijodiy yondoshib yangi variantlarini yaratishga muyassar bo`ladi.

Xalq musiqasi targ’iboti masalasida atrofiga iqtidorli hotin-qizlarni yig’ib, ularga o`zbek fol’klor san`ati ijrochiligini o`rgatadi. Avaliga «Omon yor», keyinchalik «Qo`qon yor-yori» fol’klor etnografik ansambllarini tuzib faoliyat olib boradi. Natijada o`ziga hos fol’klor ijrochilik maktabini yaratdi. 2003 yilda esa Rahimahonim Mazohidovaning shogirdlari, opaning rahnamoligida «Yor-yor» fol’klor-etnografik ansamblini tashkil etadilar va bu ansambl o`z faoliyatini hozirgacha muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Rahimahonim Mazohidova o`z ijrosining xalqchilligi, tirishqoqligi bilan elimizda katta obro` topdi va xalq nazariga tushdi. O`zbek san`atining dunyoga mashhur san`atkori Rahimahonim Mazohidovaning Xalqimiz oldidagi hizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U 1968 yilda «O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist», 1974 yilda «O`zbekiston xalq artisti» unvonlari, «Hurmat belgisi», «Mehnat SHuhrati» ordenlari, bir qancha medallar va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi. U xalqaro festivallar, ko`rik-tanlovlar g’olibi bo`ldi. Hozirda Rahimahonim Mazohidova Qo`qon shahrida istiqomat qiladi. Turmush o`rtoqlari Toshpo`latjon ota Mazohidov ham madaniyat va san`atning jonkuyarlaridan bo`lgan. Rahimahonim Mazohidova hozirgi davrda ham Xalqimizning turli tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Biz yuqorida tilga olib o’tgan barcha san’atkorlar xonandalik san’tida xonandalik talaffuzini eng ilg’or namunalarini o’z ijodlarida namoyish eta bilishdi. Ushbu san’atkorlarning barchalari Qo’shiQ ijrosi jarayonida g’azal va sher matnlarini aniq va burro talaffauz etib kuy va so’z uyg’unligiga erishdilar. Ushbu san’atkorlarning mashxur bo’lishida ularning ijrochilik talaffuzining yuqori bo’lganligi ham eng asosiy ahamiyatga ega bo’ldi.

Xulosa. Bir so’z bilan aytganda o’zbek qo’shiqchiligining barcha janirlarida hoh katta ashula, hoh maqom qo’shiqlari, hoh vokal qo’shiqchiligimi yoki bolalar qo’shiqchiligi bo’lsin, biz yuqorida sanab o’tgan xarflar albatta uchraydi. Ana shu harflarni honandalar qo’shiq ijrosi jarayonida tinglovchiga aniq, ravon, tushunarli qilib kuylashda bir oz qiyinchiliklar uchrashi tabiiy xol.

Ayniqsa o’z faoliyatini endigina boshlayotgan yosh honandalarda bu holat ko’zga tashlanib turadi. Qo’shiq ijrosi paytida Q,G’,Ch,J kabi tovushlarni noaniq tushunarsiz tarzda kuylanishi, yoki bo’lmasa ana shu harflarni kuylayotganda xonandalar ovozini susayib qolishi kabi nuqsonlar kuzatiladi.

Bizning ushbu qo’l urgan izlanishning asosiy maqsadi shuki xonandalarning kuy ijrosi talaffuzidagi shu kabi nuqsonlarni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatib berishdir. Ijrochilikdagi shu kabi nuqsonlarni yo’qotish uchun O’zbek xalq qo’shiqlaridan ayniqsa ko’pchilikka ma’lum va mashhur bo’lgan “Chamanda gul” “Yallama yorim” “Olmacha-anor” “Chaman noringdan” “Chaman ichra” “Lola lolajon” “Chimchilab-chimchilab” “Laylak keldi” “zuv-zuv borg’ay” kabi ko’plab qo’shiqlardan xonandalarni ovozini sozlash jarayonida ovoz sozlash mashqlari sufatida foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ushbu sanab o’tilgan xalq qo’shiqlarini naqorat qismidan ovoz sozlash mashqlari sifatida foydalanish orqali quyidagi natijalarga erishishimiz mumkin.

Birinchidan, qo’shiq ijrosi jarayonidagi talaffuz uchun noqulay bo’lgan Q,G’,J xarflarini talaffuz qilish konikmalari xonandalarda paydo bo’ladi.

Ikkinchidan, yosh xonandalarda O’zbek qo’shiqchiligiga bo’lgan muhabbat tuyg’usi rivojlanadi. Uchinchidan, esa xonandalarda milliy musiqalarimizni tinglash hamda uning jozibador mativlarini, ladlarini o’zlashtirish xususiyatini shakillantiradi.

Yuqorida takidlab o’tganimizdek xar bir millatning tili va tallafuz fonetikasi mavjud. Har bir millatning talaffuzidagi boshqa millatdagi o’rganadigan talaffuzidagi boshqa millatda uchraydigan talafuz, yosini , yoki bir oz boshqalardan farqli hususiyati qo’shiqchilik janrilda ham mavjud . Ayniqsa o’zbek tilida F,T harflarini mavjudligi tilning yevropa roman tillaridan talaffuz jihatidan bir muncha ajralib farqlanib turadi.Lekin asosiy masala bunda emas .Eng asosiy bir maqsad qilib yetishmoqchi bo’lgan masala honandalar talaffuzini o’stirishning avvalgi an-anaviy usullariga qo’shimcha tarzda xalq qo’shiqlaridan foydalanish masalasida odatda honandalar talaffuzini o’stirishda quyidagi usullardan foydalanadi.Qo’shiq matni yani sheri yoki g’azalini bo’g’inlarga bo’lib ifodali qilib ravon tovushda bir necha marotabadan takrordan o’qish.Buni ba’diiy o’qishga qiyoslasa ham bo’ladi.Voqealis ijrosi orqali qo’shiqchilik talaffuzini o’stirish eng tarqalgan usullaridan esa ovoz sozlash mashqlar orqali qo’shiqchilik talaffuzini rivojlantirish hisoblanadi.

Lekin biz sanab o’tgan talafuzni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarda talaffuz uchun noqulay bo’lgan Q, G’ harflariga alohida etibor qaratish imkoni kamroq. Shuning uchun ham qo’shiqlaridan ovoz sozlash mashqlari sifatida foydalanish g’oyasini barcha honandalar tayorlash bilan shug’ullanuvchi pedagog ustozlarga tavsiya qilmoqchiman quyidagi takliflarni kiritaman .

1. Honandalarning talafuzinini o’stirishda an-anaviy uslublarga qo’shimcha ravishda xalq qo’shiqlaridan ovoz sozlash mashqlari sifatida foydalanishni taklif qilaman .

2. Honandalar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi ustoazlar uchun xalq qo’shiqlaridan kuylashni foydalanish yo’l yo’rig’lati haqidagi uslubiy adabiyotlar qo’llanmalar izlanuvchi yosh olim va professor oqituvchi tomonidan chop etilishini taklif qilaman .

3. xalq qoshiqchiligining honandalar talaffuzini o’stirishdagi axamiyati mavzusida, amaliy seminarlar , konferensiyalar ochiq darslar o’tkazilib turishini taklif etaman xonandalarni ijro talaffuzini o’stirishga qaratilgan o’zaro ichki yani Oliy va o’rta maxsus kasb talimi muassasalarida tanlovlar otkazib turilishi taklifini kiritiman.

Foydalangan adabiyotlar

  1. Leviyev.M “O’zbekistonim” Toshkent 1970

  2. Nurmatov. X. “Musiqa darsligi”. Toshkent 2003

  3. Ortiqov T “Musiqa o’qitish metodika”. Toshkent 2010

  4. Qalandarov E “O’zbekiston yosh kompoziterlar qo’shiqlari” Toshkent 1984

  5. Rajabiy Yu1-tom “O’zbek xalq musiqasi”. Toshkent.1969

  6. Rizzayeva M.N “Yosh hohnnandaning kamoloti” Toshkent 2004

  7. Tursunov. R “Xalq qo’shiqlarini notalashtirish”. Toshkent 2004

  8. Tursunov. R. “O’zbek xalq musiqa ijodiyoti”. Toshkent 2003

  9. Vasina V-Grossman “Musiqa va buyuk musiqachilar haqida”. Moskva 1986


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!