СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Обучить студентов методике организации нетрадиционных уроков, основанной на характере и структуре уроков музыкальной культуры.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Любая наука представляет собой совокупность знаний о законах развития общества и мышления. Чтобы наука выделялась и функционировала, она должна иметь свою структуру. Данная статья посвящена методике организации нетрадиционных занятий со студентами вузов, основанной на характере и структуре уроков музыкальной культуры.

Просмотр содержимого документа
«Обучить студентов методике организации нетрадиционных уроков, основанной на характере и структуре уроков музыкальной культуры.»

Oliy ta’lim talabalariga musiqa madaniyati darslarining xususiyati va strukturasi asosida noan’anaviy dars tashkil etish metodini o’rgatish.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: Har qanday fan jamiyat va tafakkur taraqqiyotining qonunlari to’g’risidagi bilimlarning jamlashmasidan iborat bo’ladi. Fanning ajralib turishi va faoliyat ko’rsatishi uchun o’zida xususiy tuzilishining mavjudligi muqarrar.

Ushbu maqola Oliy ta’lim talabalariga musiqa madaniyati darslarining xususiyati va strukturasi asosida noan’anaviy dars tashkil etish metodini yoritishga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar: Musiqa madaniyati, milliy musiqa, me’ros, pedagogik tehnologiya, Musiqa o’qituvchisi, musiqiy qobiliyat, jamiyat, tafakkur.


Kirish. Musiqa madaniyati darslarida milliy musiqa me’roslaridan to’laqonli foydalanish va bugungi zamonaviy asarlarni musiqa darslarida qo’llash, o’qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi.

Buning uchun musiqa o’qituvchisi o’z fanini puxta bilishi, bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o’qitish metodikasi va innovatsion pedagogik tehnologiyalardan chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Chunki, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda musiqa o’qituvchisi yetakchi mutaxasiss bo’lib hisoblanadi.

Maktab hayotida musiqa madaniyati o’qituvchisini faoliyati va dunyoqarashi keng ma’noda tahlil etiladi. Musiqa madaniyati darslaridan tashqari, o’quvchilar bilan tarbiyaviy, musiqali ochiq darslar yoyingki, maktabda o’tkaziladigan barcha tadbirlarda yetakchi mutaxasiss sifatida namoyon bo’ladi. Bu hozirda ishlayotgan o’qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talablar yangi nashrdan chiqqan qo’llanmalar, tavsiyanomalar, dasturlar, darsliklar, keng ma’noda mazmunli qilib yoritilgan.

Musiqa o’qituvchisi dars jarayonida qo’shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlar bajarish, bolalar cholg’u asboblarida musiqa ohangiga va ritmiga jo’r bo’lish, musiqiy ritmga mos harakatlar bajarish kabi dars faoliyatlarida musiqaga qiziqtira olish va ularni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirib dars samarasini ko’tarishga harakat qilmog’i lozim.

Chunki, musiqa tarbiyasi o’quvchilarga tez ta’sir eta oladigan ta’lim tarbiya vostasidir. U o’quvchilarni shaxs bo’lib shakllanishi uchun ommaviy va ahloqiy tomondan ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham, musiqa madaniyati darslari avvalo tarbiya darsi deb ataladi. Dars samaradorligini oshirish musiqa o’qituvchisidan mehnat, o’z faniga muhabbat, bolalarni o’zallik va nafosat olamiga olib kirish uchun bilim, mehr va shijoat talab etadi.

1-Asosiy qism. Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini fan sifatida o’qitilishi.

Har qanday fan jamiyat va tafakkur taraqqiyotining qonunlari to’g’risidagi bilimlarning jamlashmasidan iborat bo’ladi. Fanning ajralib turishi va faoliyat ko’rsatishi uchun o’zida xususiy tuzilishining mavjudligi muqarrar.

Musiqiy ta’lim-tarbiya metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kirib unda alohida o’rin tutadi. Musiqiy tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog’liq holda qaraladi. Musiqiy estetik tarbiya deganda keng ma’noda tushuniladi. Bu jarayonda umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari muhim o’rin tutadi. Musiqiy tarbiyaga pedagogik nazariya bilan qaralganda ta’lim-tarbiya muassasalari tizimida amalga oshiriladigan o’quv tarbiya jarayonining biror maqsadga muvofiq oldindan rejalashtirilib tashkil etiladi.

Biror maqsadga qaratilgan tarbiyaning samarasi mehnat va ijtimoiy faoliyatni ma’lum bir tizimga solib boradi. Musiqa ohangi va mazmuni go’zallikni faol idrok etish va tafakkur faoliyatini talab qiladi.

Musiqa idroki didni tarbiyalash, musiqiy qobilyatni rivojlantirish va ahloqiy tarbiya bilan o’zaro ta’sirda mujassamlanib boradi. O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalashda, ularning badiiy didini o’stirishda adabiyot va san’atning roli nihoyatda kattadir. Chunki bolalarda ahloqiy me’yorlarni shakllantirishda musiqa san’atining imkoniyati juda keng.

Maktabda musiqiy tarbiya tizimi bir nehta elementlardan tashkil topadi, bularga: musiqa darslari, sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyalar, oilada va kundalik radio va televediniya orqali berilayotgan tarbiyalarni o’z ichiga oladi.

Musiqa madaniyati darsi o’ziga xos faoliyat turlari bilan: musiqa asarini tinglash va tahlil qilish, qo’shiq kuylash, musiqaga mos harakatlar bajarish, musiqa savodini o’rganish bolalar musiqa asboblarida chalish, musiqaga ritmik jo’r bo’lish, musiqiy ijodkorlik bilan ajralib turadi. Dars jarayonida bu faoliyat turlarini bir-biridan ajratish mumkin emas. Ular bir-biri bilan o’zaro bog’lanib noan’anaviy dars tashkil etiladi va mashg’ulot samarasi oshadi.

Dars maktabdagi o’quv ishining shakli bo’lib, bunda oq’ituvchi aniq belgilangan vaqt davomida o’quvchilarga barcha faoliyatlarga tayangan holda pedagogik tehnologiyadan foydalanib mashg’ulot sxemasini yaratishi lozim.

O’qitish jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchining munosabatlari samimiy bo’lgan holda darsdagi jarayonini doimiy tahlil etib, yutuqlar e’tirof etiladi va kamchiliklar to’ldirilib boriladi.

2-Asosiy qism. Musiqa madaniyati darslarining xususiyati va strukturasi.

Dars o’quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkizilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy ba’zi bir talablarga javob berishi kerak.

Dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, iqtidor va ko’nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma’qul bo’ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir.

Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o’quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi kerak. Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar:

Mavzuni (kalendar) rejalashtirish asosida dars o’tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo’lishi, dars o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o’quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog’i lozim.

Dars tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik va ko’rgazmali qurollardan foydalanish ko’zda tutiladi. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo’lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo’ladigan ko’rinish tarzida rejalashtirish va o’zgarmaydigan qotib qolgan na’muna asosida o’tkazaverish mumkin emas.

Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o’tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari. Shuningdek, o’qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o’tkazilganda ham o’zining o’ziga xos jihatlariga ko’ra farq qiladi.

Darsda har doim o’qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko’rish mumkin. Masalan: kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko’rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish, o’quvchilarga berilgan uy ishlarining bajarilishini tekshirish. O’rganilgan material yuzasidan o’quvchilardan so’rash, o’qituvchi tomonidan yangi materialning bayon etilishi, o’rganilgan materialni mustahkamlash, uyga topshiriqlar, vazifalar berish.

Darsni yutug’i va uning natijalari nafaqat o’qituvchining tayyorligiga, balki o’quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog’liq bo’ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko’pgina o’qituvchilar o’zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e’tibor bermaydilar. O’qituvchi darslarda o’quvchilarga bo’lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro’sini saqlagan xolda yondashoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan xolda olib borishi lozim. Darsda o’quvchilarga o’qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas. O’quvchilarni o’z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqdir.

Pedagog sifatida o’zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o’qituvchi tomonidan o’z xissiyotini aks ettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko’nglichan bo’libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo’lishi ham kerak.

O’qituvchining pedagogik optimizmi, uning o’quvchilarga munosabatidagi ishonch, o’quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllaridagi darsda ularning hamjihatiligidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o’quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko’rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi, o’quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy ahloqiy fazilatlarni shakllantiradi.

Umumiy ta’lim maktablarida musiqa darsining asosiy maqsadi –o’qtivchilarga musiqa san’atini go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Mazkur maqsad o’qituvchi oldiga o’quvchilarda musiqaviy - badiiy did ahloqiy-estetik xis-tuyg’ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san’atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy extiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson xis-tuyg’ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalar qo’yadi.

O’quvchilarda musiqaga mehr va havas uyg’otish, ularning musiqa saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang’ich va 9-yillik maktablarning har birida xor to’garaklari, sharoit bo’lgan maktablarda cholg’u asboblari bo’lishi kerak.

Ayni vaqtda o’quvchilarga yakka tartibda musiqa o’rgatish ishini uyushtirishga e’tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish lozim. Maktabda egallangan musiqa bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o’tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «navro’z», onajonlar bayrami va musiqa-san’at bayramlarida hamda ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanish kerak. Shuningdek, o’rganilgan qo’shiqlar uyda oila a’zolari oldida, o’rtoqlar davrasida aytilishi mumkin. 7-yillik o’qish davrida musiqa sohasida muntazam sur’atda ish olib borilishi natijasida o’quvchilar musiqa savodiga ega bo’lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniya orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo’yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to’garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo’lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda bosh tarbiyachilar, sinf raxbarlari va ota-onalar musiqa o’qituvchisiga yaqindan yordam berishlari zarur. Darsning har bir faoliyat turida doirachalar, shaqildoqlar, uchburchak, metallafon kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish,kuy va qo’shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo’l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo’lishini ta’minlaydi.

Musiqa darsi boshqa darslardan o’zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’otishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darslari quyidagi spetsifik xususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:

1. U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.

2. Musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’zi bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san’at turlarini ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqan.

3. Musiqa aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda uning yangi-yangi badiiy qirralarini xis etamiz.

4. Musiqa bolalarga aktiv emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar. Xullas, musiqa darsi o’zining aktiv psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi.

Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi o’zining aralash dars tipi bilan ham, boshqa fanlardan farq qiladi.

Musiqa darsining strukturasi 3 asosiy faoliyat turidan: musiqa tinglash, musiqa savodi va xor bo’lib qo’shiq kuylashdan iborat. O’rta sinflarda musiqa darsi 3 ta asosiy faoliyatlardan tuziladi:

l. Xor bo’lib kuylash

2. Musiqa savodi

3. Musiqa tinglashdan iborat

Boshlang’ich sinflarda esa dars faoliyatlari 5 ta bo’ladi:

1. Xor bo’lib kuylash.

2. Musiqa savodi

3. Musiqa tinglash

4. Musiqaga mos harakatlarni bajarish

5. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lishdan iborat bo’ladi.


Xorda kuylash - musiqaviy tarbiyaning jamoa faoliyati sifatida o’qituvchining bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Xorda kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv xujayralari ham faol ishga tushadi. U qo’shiq kuylash davomida o’quvchilarda ijobiy xis tuyg’ularning faolligini ta’minlaydi hamda o’quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.

O’qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olgan xolda yil davomida o’rgatish uchun 10-12 ta qo’shiq tanlaydi va ularning vokal-ijrochilik darajasi va badiiy mazmuni maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ularning ma’lum tartibga soladi.

O’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini taminlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o’quvi yoshiga qarab o’sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diktsiya, soz, ansambl dasturda har qaysi o’quv yili uchun alohida-alohida beriladi.Ta’lim jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog’lanib boradi.

Musiqa savodi – ma’lumki, umumiy ta’lim maktabi musiqa darslari tarkibidagi musiqa savodi o’zining musiqa haqidagi kompleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan farq qiladi.

Ashula aytish jarayonida o’rganiladigan nota savodi elementlari bilan birga musiqa savodi turkumiga musiqa janrlari, ularning shakl va tuzilishlari, ifoda vositalari, xalq va kompozitorlik musiqasining mohiyati haqidagi tushunchalar, ijrochilik turlari, cholgu asboblari va ularning tovush tembrlari va boshqalar kiradi. 7-yillik musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayonida mazkur bilimlar majmuasi asosida o’quvchilarning musiqa savodxonligi tarkib topishi lozim. Bu musiqa madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Musiqa tinglash – o’quvchilarning musiqiy taasurotini boyitish, tasavvurini kengaytirish, tinglash qobiliyatini o’stirish va musiqiy didini tarbiyalashda darsning musiqa tinglash faoliyati katta rol o’ynaydi. Darsning bu faoliyat turida o’quvchilar musiqa o’qituvchisi ijrosida, elektrofon, magnitofon yordamida eng nodir musiqa asarlarining na’munali ijrosini tinglaydilar. Xor, orkestr, ansambl va yakkanavozlar ijrosida turli janrdagi klassik asarlar bilan tanishadilar, san’atning katta dargoxiga ilk bor qadam tashlaydilar.

Musiqaning san’at sifatida tasvirlash qudratini, tabiat va hayot go’zalligini voqelik va xatti-harakatlardagi qaytarilmas, ko’z ilgamas qirralarini musiqiy ohangdagi rang-barang bo’yoqlarda idrok etadilar, chuqurroq xis etadilar. Kuylar o’quvchilarning xotirasida chuqur o’rnashib qolishi uchun bu kuylarning ohanglarini o’quvchilar bilan kuylab ko’rish tavsiya etiladi. Ayniqsa, asar musiqa asbobi ijrosida tinglanib, so’ng kuylab ko’rish orqali qayta mustahkamlanadi.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, asarlarni yaxshi esda qoldirish uchun kamida 2-3 marta eshittirish, har gal kuyning yangi-yangi dinamik qirralari bilan o’quvchilarni tanishtirib borish lozim. Kuylarni tinglash bilan o’quvchilar musiqaning turli janrlari - marsh, qo’shiq va raqs haqida batafsil tushunchaga ega bo’ladilar. Darsning har uch asosiy qismi alohida-alohida ajralib qolmasligi, aksincha ular bir-biri bilan uzviy bog’liq xolda dars-ning mazmuni bir butun bo’lishini ta’minlashi lozim. O’quvchilarning ijrochilik mahoratini takomillashtirish va ularning o’zaro uygun kuylashini mustahkamlashda ba’zan ularni (sinf saxnasi)ga chiqarib kuylatish samara beradi. Qo’shiq tugal o’rganib bo’linganch, xaftada yoki chorak oxirida o’quvchilar «Sinf kontserti» beradilar. Saxnaga chiqish, sinfdoshlari orasida o’z o’rnini topib turish, kuylaganda bir-birlarini xis qilish va o’z joyiga borib o’tirish kabi saxna madaniyatiga qat’iy amal qila borish o’quvchilarning o’zaro munosabatlariga va xulqiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. «Saxnada» kuylash o’quvchilarning qo’shiqni qay darajada o’rganib olganligini aniqlash, asarning ayrim jumlalarini «Pishitib» olish va qo’shiqni tantanali sharoitda namoyish qilish imkoniyatini beradi. «Sinf kontserti» o’quvchilar uchun cheksiz quvonch baxsh etuvchi mashg’ulotga aylanadi.

3-Asosiy qism. Musiqa faoliyatlari asosida noan’anaviy dars tashkil etish.

Bugungi kunda musiqa insonni shakllanishida muhim rol o’ynaydi, uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Umumta’lim maktablarining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va ma’naviy tarbiya berish.

Bunda o’qituvchi bolalarni ma’lum bir musiqa asari bilan tanishtirib uni ifodali, “jonli” qilib ijro etib o’quvchilar diqqat e’tiborini asarga jalb etadi. Ularning nutqini o’stirish, fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini kengaytirib emotsional his - tuyg’ulariga ham faol ta’sir etadi. O’qituvchining darsga ijodiy tarzda yondoshishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi:

-musiqa tarbiyasida yangi metod va pedagogik tenalogiyalardan foydalnish:

-hayot va san’at o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni ifodalash:

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o’qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko’rishi, o’z ustida tinmay ishlashi, yana bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yo’llarini takomillashtirib borishi zarur.

Musiqa madaniyati darsi olib boriladigan sinf xonasi did bilan na’munali jihozlangan bo’lishi muhim rol o’ynaydi.

Texnika vositalari, metodik ko’rgazmali qurollar, pianino cholg’u asbobi va o’zbek xalq cholg’u asboblari bilan jixozlangan bo’lishi yangi dastur va pedagogik tehnologiyalardan foydalangan holda reja tuzib qo’llashlari kerak. Darsdagi barcha faoliyatlarning maqsadi va mazmuni, hayot bilan bog’lab uzviy olib borikishi talab etiladi.

Musiqa darsi boshqa darslarga qaraganda o’zining badiiyligi, qiziqarliligi va bolalarga ko’proq ijodiy zavq, emotsional tuyg’ular va obrazli kechinmalar uyg’tishi bilan ajralib turadi. Musiqa darslari quyidagi spetsifik hususiyatlari bilan boshqa darslardan farq qiladi:

1) Musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal – xor mashg’ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg’u asbobida chalish, musiqaga mos ritmik xarakatlar bajarish elementlaridan iboratdir.

2) Musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalari, ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan, tasviriy san’at ranglar bilan, raqs san’ati xarakat bilan ifodalansa musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi.

Yuqoridagi san’at turlarini ko’rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun ko’zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqan

3) Musiqa aniq vaqt o’lchovi bilan bog’langan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni qayta-qayta tinglaganda uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.

4) Musiqa bolalarga faol emotsional ta’sir ko’rsatadi, quvontiradi hammada ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darslaridan bolalar hordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar. Quvnoq, xursand bo’lib chiqadilar. Xullas, musiqa darsi o’zining faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi.


Xulosa. Mustaqil O’zbekistonimizda azaldan ilm-fan, ma’rifat, san’at, madaniyat va ma’naviyat barq urib gullagan zamin bo’lgan. Unda jahonning buyuk zotlari Zardusht, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad YAssaviy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Alisher Navoiy kabilar yashab, ijod etib, kelajak avlodlar uchun faxrlanishga arzigulik ilmiy va madaniy me’ros qoldirib ketganlar.

Ana shunday ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash biz bo’lajak musiqa o’qituvchilarining ham muqaddas burchidir.

Yuqorida ko’rib chiqilgan “Musiqa madaniyati darslarida faoliyatlardn foydalanish” mavzusidagi tarbiyaviy-nazariy asoslarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, badiiy vositalar yordamida o’quvchilarda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirish va kelajakda darslarni pedagogik tehnologiya asosida tashkil etishga e’tibor qaratildi.

O’smir yoshdagi bolalarning g’oyaviy tushunchalarni bilish darajasini o’rganish, ularning ko’pchilik qismi vatanparvarlik tushunchalaridan to’la xabardor emasligini ko’rsatdi.

Musiqa madaniyati fani o’qituvchilarining ish faoliyatini tahlil qilish va ularda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirishda musiqa faoliyatlaridan unumli foydalanishning hozirgi holati xususida manbaa to’plash imkonini yaratdi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishining ob’yekti Andijon shahar XTMFMT vaTE bo’limi tasarrufidagi 5-umumta’lim maktabida amaliyot jarayonida yuqorida ko’rsatilgan mavzuning yoritilishi uchun erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Dastur va qo’llanmalarda badiiy vositalar asosida o’quvchilarda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirish e’tibordan chetda qolganligining guvohi bo’ldik.

Tadqiqot jarayonida musiqa madaniyati darslari o’quvchilarda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari amaliyotda qat’iy xisobga olinishi zarurligi sezilib qoldi.

Musiqa madaniyati darslarida vatanparvarlik tushunchalarini va musiqa faoliyatlarini bir-biri bilan bog’lab dars samarasini oshirish bo’yicha sinfdan tashqari to’garak uchun ixtisoslashgan maxsus dastur va rejalar yaratishlishi lozim.

Vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirish bo’yicha maxsus qo’llanmalar yaratish va bu sohadagi ilg’or tajribalarni o’rganib amaliyotga tadbiq etish lozimdir.

Musiqiy ta’lim tizimida jamoa bo’lib kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqaga mos harakatlar bajarish, bolalar chog’u asboblarda musiqa ritmiga jo’r bo’lish va musiqiy ijodkorlik vositasida nazariy va amaliy bilim, malakala va ko’nikmalaridan keng foydalanish o’quvchilarda vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. A.Xasanov. “Maktabda ashula” Toshkent - 1981

  2. E.A.Gudkova. “Uzbekskaya xorovaya literatura” Toshkent - 1974

  3. I.A.Akbarov. Musiqa lug’ati. Toshkent, G’afur G’ulom nomli “Adabiyot va san’at” nashriyoti - 1985

  4. L.A.Bezbarodova. “Dirijorlik” Moskva 1985

  5. Q. Usmonov “Musiqa darsligi” “Istiqlol” nashriyoti Toshkent – 2006

  6. Sh.Ro’ziyev. “Xorshunoslik” Toshkent - 1987

  7. Sh.Yo’ladashev. “O’zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta’limining rivojlanishi. Toshkent 1985

  8. T.E.Solomonova. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti 1981

  9. T.Ortiqov. “Musiqa o’qitish metodikasi” Toshkent “Muharrir” nashriyoti 2010








Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!