СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Ochiq dars ishlanmasi. 8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan

Категория: Прочее

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanmasi. 8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan»

8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan

1- DARS ISHLANMA

O’quv fanining nomi: Odam va uning salomatligi

Mavzuning nomi: Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta’siri Darsning maqsadlari:

Darsning talimiy maqsadi: Tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta’siri ta’siri Yurak va qon tomir kasalliklari zararli odatlarning yurak va qon tomir sistemasiga salbiy ta’siri to’g’risida tushuncha berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Spirtli ichimliklar va sigaret, nos, nasha kabi tamaki mahsulotlarining inson organzmiga zararli ta’siri va salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berish. Shaxsiy gigeniya tarbiyalarini rivojlantirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O'quvchilarda Yurak va qon tomir kasalliklari chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomirsistemasiga zararli ta’siri to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash o'quvchilarda qo'shimcha adabiyotlarda ishlash orqali tahliliy, mantiqiy,tanqidiy, mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish

Kompetensiyalar shakli:

1 Komunikativ kompetensiya: O'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda aniq va tushunarli bayon qila olish mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to'g'ri qo'ya olish va javob berish.

2 Shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi: Hayot davomida o'qib o'rganish bilim, ko'nikma, malakalarni mustaqil ravishda o'rganib borish, o'zini nazorat qila bilish, to'g'rilik kabi sifatlarga ega bo'lish.

3Umummadaniy kompetensiyasi: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadryatlarga e'tiqodli bo'lish, yurish-turishda madaniy meyorlarga va sog'lom turmush tarziga amal qilish.

4 Sog'lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi: Shaxsiy gigenik qoidalarga amal qilish, amaliyotda qo'llash, atrof muhitni himoya qilish va uning toza va ozodaligiga e'tibor qaratish.

5 Biologik obekt hodisa jarayonlar ustida kuzatish va tajribalar o'tkazish kompetensiyasi: Tabiatda bo'layotgan hayvon va o'simliklardagi o'zgarishlarni bilish ular bilan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishi, har bir tur haqida qa

Ta’lim metodlari: Rasmni to’g’ri joylashtir, Lotto o’yini, tezkor savol javob ,

1 savolga 3 javob, qalin va ingichka, atamalar izohi.

Jihozlar: Tarqatma, darslik.

Baholash: Reyting tizimi.

Dasr turi: Aralash

Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 daqiqa

Uyga vazifa: 18-& mavzuni o’qish. 51-betdagi nazorat topshiriqlariga javob yozish.


Darsni texnologik xaritasi

Texnologik bosqichlari

Vaqt

O’qituvchi faoliyati

O’quvchi faoliyati

1-bosqich

Tashkiliy qism

2

1.Sinf o’quvchilarini darsga tayorlaydi.

2.Davomatni aniqlaydi.

3.Darsning maqsadi va vazifalari bilan tanishtiradi. Kompetensiyalar shakli:

Komunikativ kompetensiya, Shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi, Umummadaniy kompetensiyasi,Sog'lom turmush tarzi va ekologik kompetensiyasi, Biologik obekt hodisa jarayonlar ustida kuzatish va tajribalar o'tkazish


1.Darsga tayorlanadilar.

2.Bugungi darsning borishi, maqsadlari bilan tanishadilar.

2-bosqich

O’tilgan mavzuni so’rash xulosalash

15 daqiqa










5



5


5

O’tilgan mavzu uyzasidan tuzilgan nazorat topshiriqlari asosida o’quvchilar bilimlarini aniqlaydi. O’quvchilarni 3guruhga ajratadi va ularni mustaqil ishini taminlaydi.

1-mustaqil topshiriq

“Rasmni to’g’ri joylashtir”

2-mustaqil topshiriq “Lotto ” o'yini

3-mustaqil topshiriq “Tezkor savol javob ”metodi O’tilgan mavzu uyzasidan bo’shliqlarni to’ldirgan holda uni yakunlaydi.

Baholash tizimi

5- a’lo qizil rag’bat

4-yaxshi yashil rag’bat

3-qoniqarli sariq rag’bat.

Berilgan topshiriqlarni individual, guruhlarda mustaqil bajaradilar.

3-bosqich

Yangi mavzuni bayoni

11 daqiqa


Yangi mavzuni

kichik ma’ruza asosida tushuntiradi.

Yangi mavzuni o’zlashtiradilar.Nazariy bilim oladilar.

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash.

12 daqiqa



















5



4



5

Mavzuga doir o’quvchilar egallagan bilimlarni mustahkamlash uchun tayorlangan topshiriqlar mohiyati bilan tanishtiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

O’quvchilarni 3guruhga ajratadi va ularni mustaqil ishini taminlaydi. Guruh nazorat ishini nazorat qiladi, (tegishli holda yordam beradi).

O’quv topshiriqlarini beradi.

1-mustaqil topshiriq "1savolga 3 javob" metodi

2- mustaqil topshiriq "Qalin va ingichka" metodi

3- mustaqil topshiriq . "Atamalar izohi " metodi

Topshiriqlarni bajaradilar.

5-bosqich

Erishilgan natijalarni tahlil qilish va darsni yakunlash.

5

Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar bilimini tahlil qiladi va ballarni e’lon qiladi, kundalikka yozilishijni ta’minlaydi. Uy vazifasini tushuntiradi va darsni yakunlab xulosa yasaydi.

Uyga vazifa: 18-& mavzuni o’qish. 51-betdagi nazorat topshiriqlariga javob yozish.



Yu vazifasini yozib oladilar, baholash natijalarini kundalik daftariga qo’ydiradilar.




II. O’TILGAN MAVZUNI SO’RASH VA XULOSALASH (15 daqiqa)

1-Mustaqil topshiriq.”Rasmni to'g'ri joylashtir” metodi guruhda bajariladi.

Baholash tizimi 4tasavolga javob berilsa 3ta rag'bat beriladi 3ta savolga javob bersalar 2ta rag'bat beriladi 2ta savolga javob bersalar 1ta rag'bat beriladi qolganlarga rag'bat berilmaydi.

1-guruh o'quvchilariga savollar

1 Arteriyal bosim necha xil bo’ladi va ularning nomlarini ayting?

2 Sistolik bosim deb nimaga aytiladi?

3 Yurak ishini muvozanatga solib turunchi nervlar nomini ayting?

4 Gipertoniya deb nimaga aytiladi?



2-guruh o'quvchilariga savollar

1 Diastolik bosim deb nimaga aytiladi?

2 Gipotoniya deb nimaga aytiladi?

3 Vena pulsi deb nimaga aytiladi?

4 Adrenalin gormonining funksiyasini ayting?




3-guruh o'quvchilariga savollar

1 Qon bosimi qanday yuzaga keladi?

2 Tinch holatda katta odam tanasi bo’ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi?

3 Arterial puls deb nimaga aytiladi?

4 Tomir urushi deb nimaga aytiladi?



1guruho'quvchilarining savollariga javoblar

1 2 xil maksimal minimal

2 Yurak qorinchasi qisqarganda hosil bo’ladigan bosim

3 Simpatik parasimpatik

4 Qonbosimining normaga nisbatan oshishi

2guruh o'quvchilarining savollariga javoblar

1 Yurak qorinchasi kengaygan vaqtda yuzaga keladigan bosim

2 Qon bosimining normaga nisbatan kamayishi

3 Vena qon tomirlar devorining to’lqinlanishi

4 Yurak ishini tezlashtiradi , arterial bosimni oshiradi.

3- guruh o'quvchilarining savollariga javoblar

2-Mustaqil topshiriq.``LOTTO``o`yini

Bu,o`yinda,o`quvchilar,orqasiga,raqam.yashiringan.kartochka,tanlashadi.Raqam soniga qarab,yangi mavzudan ma`lumot aytiladi.

3raqami: Tomir urushi.

4raqami: Yurak faoliyatini gumorol yo’l bilan boshqarilishi.

5raqami: Qon bosimi.

Baholashmezoni:3tadan5tagacha gap aytgan guruhga rag’bat beriladi.

2.topshiriqjavobvaraqasi:

3raqami.J:1.Qon tomirlar devorining ritmik ravishda to’lqinlanib turishi puls deyiladi.

2. Arteriya qon tomirlar devorining to’lqinlanishi arterial puls deyiladi.

3. Vena qon tomirlar devorining to’lqinlanishi vena puls deyiladi.

4raqami.J:1 Simpatik nerv yurak faoliyatini tezlashtiradi.

2. Parasimpatik nerv yurak faoliyatini sekinlashtiradi

3. Adrenalin gormoni yurak ishini tezlashtiradi

4. vasopressin gormoni qon tomirlarni toraytirib bosimni oshiradi.

5raqami:J:1. Qon bosimi arterial va vena bosimga bo’linadi.

2. Arterial bosim ikki xil maksimal va minimal bosimga bo’linadi

3. Maksimal bosim yurak qorinchasi qisqargan vaqtda hosil bo’lganligi uchun sistolik bosim deyiladi

4. Minimal bosim yurakning qorinchasi kengaygan vaqtda yuzaga kelgani uchun diastolik bosim deyiladi

5 Arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya deyiladi


3-Mustaqil topshiriq"Tezkor savol - javob"Baholash tizimi10-9ta savolga javob berilsa 3ta rag'bat beriladi 8-7ta savolga javob bersalar 2ta rag'bat beriladi 4ta savolga javob bersalar 1ta rag'bat beriladi qolganlarga rag'bat berilmaydi.

1 guruh o’quvchisiga beriladigan savollar

1 Tomir urushini ikkinchi nomi?

2 Qon oqishini o’rtacha tezligi aortada qancha ?

3 Qon bosimi necha xil bo’ladi?

4 Eng soda hayvon?

5 yurak faoliyatini tezlashtiruvchi nerv

6 1-Dekabr qanday kun?

7 Arteriya qon tomirlarining to’lqinlanishi nima deyiladi?

8 Qon bosimi qayerdan o’lchanadi?

9 Minimal bosimning ikkinchi nomi?

10 Gipofiz bezining orqa bo’lagidan ishlab chiqariladigan gormon?


2- guruh o’quvchisiga beriladigan savollar

1 Arterial bosim necha xil bo’ladi?

2 Sistolik bosimning ikkinchi nomi?

3 Buyrak usti bezining miya qismidan ajralib chiqadigan gormon

4 Qon bosimini o’lchaydigan asbob

5 Qon oqishini o’rtacha tezligi arteriyalarda qancha?

6 Hozir qaysi oy?

7 Vena qon tomirlarining to’lqinlanishi nima deyiladi?

8 Yurak faoliyatini sekinlashtiruvchi nerv

9 Doimo yashi daraxt

10 Maksimal bosim 110 mmdan va minimal bosim 70 mm dan pasaysa nima deyiladi?


3 guruh o’quvchisiga savollar

1 Maksimal bosimning ikkinchi nomi?

2 Arterial qon bosimning normaga nisbatan ortishi?

3 Tonometr qanday asbob?

4 Eng katta gul ?

5 Tinch holatda katta odam tanasi bo’ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi?

6 Yurak ishini tezlashtiruvchi gormon?

7 Yurak qon-tomir sistemasining faoliyati asosan qaysi bosimni o’lchash yo’li bilam aniqlanadi?

8 Mevali daraxt nomini ayting?

9 Vena pulsi deb nimaga aytiladi?

10 Qon aylanish sistemasining yuqori qismida bosim qanday bo’ladi?



Javoblar


1-guruh

1Puls

2 40sm/sa

3 2 xil

4 amyoba

5 simpatik

6 Oitsga qarshi kurashish kuni

7 Arterial puls

8 Yelk arteriyasidan

9 Diastolik bosim

10 Vazopressin


2 –guruh

1 2-xil

2 Maksimal bosim

3 Adrenalin

4 tomometr

5 40-10 sm sek

6 noyabr

7 vena puls

8 parasimpatik

9archa

10 gipotoniya


3- guruh

1 sistolik bosim

2 gipertoniya

3Qon bosimini o’lchovchi asbob

4 Rafleziya

5 25-30 s

6 adrenalin

7 Arterial bosim

8 olma

9Vena qon tomir to’lqinlanishiga

10 Yuqori





III.YANGI MAVZU BAYONI ( 11 daqiqa)



Odam organizmi o’zi doimo yashaydigan joyining iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi . ob-havoning inson salomatligiga uning mehnat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga ta’siri qadimdan ma’lum . Ob-havoning noqulay o’zgarishlari ,ayniqsa, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’rigan odamlarga ko’proq ta’sir etadi,

Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha bo’shliqlaridagi bosim o’rtasida farq paydo bo’ladi. Bunday vaqtda , ayniqsa gipertoniya,revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og’rigan odamlarda bosh og’rig’I , bo’g’inlarda yurakda og’riq seziladi . Arterial qon bosimi ko’tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi oqibatida miyaga qon quyilishi mumkin.

Balandlikka ko’tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki bo’shliqlaridagi gazlar kengayadi . Shuning uchun baland tog’larga chiqqanda odamlarda “tog’ kasalligi” deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon ytomirlari kengayadi . Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to’qimalarda to’planib organizmda tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko’payadi.

Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug’lanishi orqali amalga oshadi.

Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlar torayadi va organizmdan tashqi muhitga isiqqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi , ayniqsa yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi.

Yurak qon tomir kasalliklarining ko’p uchraydigan turlariga ateroskleroz qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog’ va tuz moddalari to’planishi oqibatida tomir qattiqlashib, mo’rtlashib va torayib qolishi, gipertoniya arterial bosimning ko’tarilishi . yurakning ishemik kasalligi ( yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo’ladi), miokard infarkti( qon aylanishini buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi) , insult( bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi.

Bulardan tashqari , maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchraydigan angina, surunkali tonzilit va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig’lanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chog’idanoq ish qobiliyatini yo’qotishi mumkin. Yurak qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug’ullanish maqsadga muvofiqdir.

Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta’siri. Chekish ( sigaret, nos, nasha va hokazo ) va spirtli ichimliklr iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra. To’qima va organlariga, jumladan, yurak qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko’rsatib , ateroskleroz , gipertoniya , yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og’ir kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Tamaki tutunu tarkibida 3 mingdan ko’proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan , shulardan nikotin, karbonat angidrit gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy , kobalt qo’rg’oshin ,

margimish kabilar yurak qon tomir sistemasiga zaharli ta’sir ko’rsatib, odamning sog’lig’ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi.


IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH (13 daqiqa )

1.Mustaqil topshiriq “1 savolga 3 javob ” metodi . O’quvchilar doskaga chiqib savol tanlashadi va unga taluqli 3 ta javobni topishadi

Savollar

1 Sovuqda odamda kuzatiladigan holatlar?

2 Ateroskleroz kasalligiga xos belgilar ?

3 Issiq vaqtda odamlarda qanday holatlar kuzatiladi?

4 Chekuvchi mahsulotlarning turlari?

5 Tamaki tutuni tarkibidagi moddalar

6 Kashandalarda uchraydigan kasalliklar


Javoblar

1 terining oqarishi, yuzning oqarishi, biroz qaltirash

2 qon tomirlarning qattiqlashishi, mo’rtlashishi, torayib qolishi

3 qon tomirlar kengayadi, issiqlik ajralishi ko’payadi, qon tananing yuza qismidagi tomirlarda to’planadi

4sigaret,nos nasha

5 nikotin, karbonat angidrit,radioaktiv poloniy

6 o’pka raki, asab kasalliklari, bo’g’ma kasalligi.


2.Mustaqiltopshiriq“Qalin va Ingichka”metodi.O'quvchilar 2 guruhgabo'linadi.

Baholash tizimi barcha savollarga javob berilsa 3ta rag'bat beriladi 3ta savolga javob bersalar 2ta rag'bat 3 tadan kam savolga javob bersalar 1 ta rag'bat beriladi.

1-guruh O'quvchilariga quydagi 2ta qalin va2 ta ingichka savollar beriladi.

Qalin savollar

1Gepertoniya qanday kasallik?

2 Tamaki tutuni tarkibidagi odam yurak qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi moddalar

Ingichka savollar

1 Bosim yuqori paytda gipertoniya bilan og’rigan kasallarda qanday holatlar kuzatiladi?

2Chekish mahsulotlariga qaysilar kiradi?


2-guruh O'quvchilariga quydagi 2ta qalin va2 ta ingichka savollar beriladi.

Qalin savollar

1Tog’ kasalligi qanday kasallik?

2 Miokard infarct qanday kasallik?

Ingichka savollar

1 Tamaki tutuni tarkibida qancha zaharli modda bor?

2 yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi nima deyiladi?


3-guruh O'quvchilariga quydagi 2ta qalin va2 ta ingichka savollar beriladi.

Qalin savollar

1 Ateroskleroz qanday kasallik?

2 Yurakning eshimik kasalligi qanday yuzaga keladi?

Ingichka savollar

1 bosh miyaga qon quyilishinima deyiladi?

2 qon tomirlar qattiqlashib, mo’rtlashib qolishi nima deyiladi ?



1guruh qalin savollarga javoblar

1 arterial bosimning ko’tarilishi

2 Tamaki tutunu tarkibida 3 mingdan ko’proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan , shulardan nikotin, karbonat angidrit gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy , kobalt qo’rg’oshin ,

margimish kabilar yurak qon tomir sistemasiga zaharli ta’sir ko’rsatib, odamning sog’lig’ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi.


1guruh ingichka savollarga javoblar

1 bosh og’rig’I , bo’g’inlarda yurakda og’riq sezilad

2. sigaret, nos, nasha



2guruh qalin savollarga javoblar

1 Balandlikka ko’tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki bo’shliqlaridagi gazlar kengayadi . Shuning uchun baland tog’larga chiqqanda odamlarda “tog’ kasalligi” deb ataluvchi holat yuzaga keladi.

2 qon aylanishini buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilish

2guruh ingichka savollarga javoblar

1 3 mingdan ortiq

2. miokard infarkt


3guruh qalin savollarga javoblar

1 qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog’ va tuz moddalari to’planishi oqibatida tomir qattiqlashib, mo’rtlashib va torayib qolishi

2 yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo’ladi

3guruh ingichka savollarga javoblar

1 insult

2. Ateroskleroz


3.Mustaqil topshiriq“Atamalar izohi ”metodi O’quvchilar berilgan atamalarga izohini yozishadi.



Atamalar

izohi

1

Yurakning eshimik kasalligi


2

Miokard infarkt


3

Insult


4

Gipertoniya


5

Aterosleroz






3.Mustaqil topshiriq Javobi



Atamalar

izohi

1

Yurakning eshimik kasalligi

yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo’ladi

2

Miokard infarkt

qon aylanishini buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi

3

Insult

bosh miyaga qon quyilishi

4

Gipertoniya

arterial bosimning ko’tarilishi

5

Aterosleroz

qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog’ va tuz moddalari to’planishi oqibatida tomir qattiqlashib, mo’rtlashib va torayib qolishi


V.DARSNI YAKUNLASH

Uygavazifa:Mavzuni.o’qish. 51-betdagi nazorat topshiriqlariga javob yozish.



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!