СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Предоставить студентам высших учебных заведений базовые знания о пении.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Шашмаком является бесценным шедевром узбекско-таджикской музыки и с древних времен является основой музыкальной культуры этих народов. Исторические и теоретические сведения о макомах содержатся в восточных письменных источниках, главным образом в нотных брошюрах. Музыка всегда играла важную роль в жизни нашего народа. Об этом свидетельствует находка костяной флейты 3200 лет назад в селении Муминабад под Самаркандом. В статье автор дает рекомендации студентам высших учебных заведений по получению базовых знаний в области традиционного пения.

Просмотр содержимого документа
«Предоставить студентам высших учебных заведений базовые знания о пении.»

Oliy ta’lim talabalariga xonandalik fani bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlar berish.


Annotatsiya: Shashmaqom o`‘zbek-tojik musiqa san’atining bebaho durdonasi va u qadim zamonlardan buyon bu xalqlar musiqa madaniyatining asosini tashkil etib kelgan. Maqomlar to‘g‘risidagi tarixiy va nazariy ma`lumotlar sharq yozma manbalarida, asosan musiqaga bag‘ishlangan risolalarda o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o‘rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 3200 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg‘usining topilgani ham shundan dalolat.

Maqolada muallif Oliy ta’lim talabalariga an’anaviy xonandalik fani bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlar berish yuzasidan tavsiyalar bergan.

Kalit so’zlar: Shashmaqom, teatrlar, konsert, teatr, san`atkor, musiqachi, ansambl, folklore, millat.


Kirish. Xalqimizning qaysidir bir oliyjanob hislati yoki amali yoqib qolgan chog`i, tole biz o`zbeklarni siylagan, desak mubolag`a qilmasmiz. Zero u bizga ummondek bepayon, bitmas-tuganmas ma`naviy-ruhiy boylik – maqomot va Shashmaqomdek milliy musiqa merosini in`om etganki, ustoz akademik Yunus Rajabiy ta`kidlaganidek, maqomlar haqiqatda ham xalqimiz hayotining oynasi, unda millatimiz qalb qo`ri va o`zligi aks etadi. Bu meros vaqt silsilasidan o`tgan va u bizning davrimizda yangi turkum asarlar bilan boyimoqda, takomillashmoqda, bir-birini to‘ldirmoqda. Bu tabiiy jarayon o‘zbek musiqasining milliy o‘ziga hosligi shohididir.

O`zbekiston jahonga yuz tutmoqda. Unda 137 millat, 15 konfessiya vakillari umrguzaronlik qiladi. Ularni va dunyo jamoatchiligini bizning, aytish mumkinki, umumbashariy ma’naviy qadriyatlarimizdan voqif qilish millatlar va davlatlararo munosabatlar takomillashuviga xizmat qiladi. Inchunun, hech bir xalq bugungi globallashuv jarayonlaridan chetda tura olmaydi. Adabiyot, san’at, milliy teatrlar va konsert jamoalari sa`y-harakatlari, kitoblar tarjimasi, rasm va tasviriy san`at ko‘rgazmalari, badiiy faoliyatning turli boshqa shakllari ushbu borada millatimiz munosabatini aks ettiradi. O‘zbek musiqa san’ati ham jahon sahnalarida namoyish etilmoqda. San`atkoru musiqachilarimiz, halq va folklor ansambllarimiz a`zolari uzoq-yaqin yurtlarda o‘z mahoratlarini yorug` yuz bilan muvaffaqiyatli namoish etmoqdalar, bu chiqishlar O`zbekistonga jonli qiziqishni ortirmoqda.

O`zbekiston o`ta murakkab va tahlikali tarixiy sharoitlarda o`zining buyuk farzandi Islom Karimov rahnamoligida asriy orzusi – mustaqillikka erishdi. Ammo yangi reallikda endigina dunyoga kelgan farzandlarimiz qisqa tarixiy davr ichida har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamol topishlari uchun ularni yuksak ma’naviyat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etdi. “Shu boisdan ham o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”.

Yangilanayotgan jamiyatda milliy qadriyatlarni tiklash, shaxs ma’naviyatini yuksaltirishga oid vazifalar sog‘lom ijtimoiy muhitning qaror topishi, fuqarolar ma’naviy-axloqiy yetukligini ta’minlash masalasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi, ta’lim-tarbiyaning maqsadli, tizimli, uzluksiz, izchil olib borilishi yosh avlod imkoniyatlarini amalga oshirilishiga yo‘naltirilganligi kabi omillar bilan chambarchas bog`liq. Xususan, musiqa yo‘nalishidagi OTMda taxsil olayotgan bakalavrlarni mahoratli, malakali, ilmiy tomondan salohiyatli, ma’nan boy va ahloqan pok, yurtiga sadoqatli etib tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etadi.

Milliy madaniyat va san`atimiz, xususan, milliy musiqamizning rivojlanishi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-yil 17-noyabrda “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorga, 2017-yil 8-avgustda “O`zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish” borasidagi farmonga, undan avval, 2017-yil 12-yanvarda yana bir muhim “Кitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish” borasidagi xujjatlarga imzo qo`ydilar. Unda boshqa muammolar qatori ta`lim muassasalari uchun o`quv adabiyotlar va qo`llanmalar chop etish, ularni o`quvchilarga yetkazish tizimini tubdan takomillashtirish haqida so`z ketgan. Farmonda erishilgan yutuqlar bilan birga, bu soha rivoji bilan bog`liq yoshlar o`rtasida kitobxonlik madaniyati va kitob mutolaasini oshirish borasida bir qator muammolar mavjudligi ro`y-rost qayd etildi. Yoshlarniing intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy, badiiy, ma`rifiy adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta`lim muassasalarini ta`minlash, bu boradagi ishlar tizimli tashkil etilmagani ta`kidlandi.

Agar biz ushbu dolzarb vazifani o`z musiqa sohamiz kesimida idrok etsak, demak, ushbu o`quv qo`llanma ham maqomotimiz targ`ibotiga baholi-qudrat xizmat qiladi, degan umid bildiramiz. Bakalavrlarni o`z sohasining bilimdoni etib tarbiyalash va mahoratli ijrochi sifatida voyaga yetkazish uchun ularni xalq og‘zaki ijodining professional janri – maqomot bilan oshno qilishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Uni hal etishda quyidagi muammolar borligi ma’lum bo‘ldi:

  • “An`anaviy xonandalik” yo`nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar ijro mahorati shakllanishida zamonaviylik va tarixiylik tamoyili uyg‘unlashmagan;

  • “An`anaviy xonandalik” bakalavrlarining ijro mahorati aslida maqomot negizuda shakllanib, rivojlanadai, ammo o`qituvchilar mutaxassislik bo`yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlar;

  • mumtoz musiqamiz tarixan ko‘p tarmoqli va o‘ziga xos boy an’analarga ega, ammo bugungi innovatsion zamonda bu sohada progress o`rnida regress kuzatilmoqda, bastakorlik ijodiyoti havoyi va sezilarli darajada oqsamoqda;

  • ta’lim jarayonida o‘zbek xalq musiqa madaniyati qadim tarixga egaligi, bu shunday qadriyatki, u umumbashariy musiqa madaniyatining ajralmas qismi ekanligini talabalarning anglab yetishlariga to‘liq erishilmagani;

  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarda inson shaxsi, xususan, yosh avlodni musiqa vositasida ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari talab darajasida emasligi va b.

Zikr etilganidek, yer yuzida yashovchi barcha xalqlarning o‘z madaniyati, o`ziga hos san’ati, musiqasi mavjud va bu ularning ma’naviy me`rosi hisoblanadi. Sharq xalqlarining musiqa madaniyati azaldan nazariy, amaliy ijrochilik maktabiga ega bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bu xalqlarning musiqiy boyligi bo‘lmish maqom, mug‘om, navba, raga singari ijrochilikning aniq turkumlari turli davrlarda turli ko‘rinish va yo‘nalishlar bilan ijro etilib kelingan va rivojlangan.

Shashmaqom ham o‘zbek va tojik xalqlarining ulkan musiqiy boyligi. Unda maqomlar va maqom turkumlari mujassam bo`lib, ular tarixda ham, hozir ham maqomdon ustoz bastakorlar va honandalarimizning ulkan ijod maxsullari bilan shakllanib, boyib boradi. Bugunga kelib biz bu turkum ijrolarning aniq shakli, xarakteri, an’anaviy ijro uslublariga to‘liq egamiz. Shashmaqom turkumlariga kirgan-kirmagan maqom ijrolari musiqiy madaniyatimizning asosini tashkil etadi va bu mavzu qo`llanmaning birinchi bo`limida yoritiladi.

Maqomlar, bir tomondan, mustaqil yo‘nalishga (usulga) ega, ikkinchidan, umumiy negizga (shaklga) borib uyg`unlashuvchi yagona tizim. Ushbu tamoyil (usul va shakl) munosabatlari qo`llanmaning ikkinchi bobida taxlil qilinadi.

Maqolaning xajman katta bo‘lmagan uchinchi bo‘limi she’riyat mavzusiga bag‘ishlangan. Hozirga qadar maqomotda she’riyatning o‘rni, Nazm va Navo munosabatlari, musiqiy-she’riy vaznlarning o‘zaro uyg`unlashuvi masalalari atroflicha o`rganilmagan. Ushbu tadqiqotda maqom she’riyati o‘zining badiiy vositalari va obrazlar dunyosi tarafidan klassik kuylar bilan bevosita bog‘liq holda shakllangan alohida bir qatlam sifatida baholi-qudrat taxlil qilinadii.

Maqomot tizimi va Shashmaqomning tarixan shakllanishi. Shashmaqom o`‘zbek-tojik musiqa san’atining bebaho durdonasi va u qadim zamonlardan buyon bu xalqlar musiqa madaniyatining asosini tashkil etib kelgan. Maqomlar to‘g‘risidagi tarixiy va nazariy ma`lumotlar sharq yozma manbalarida, asosan musiqaga bag‘ishlangan risolalarda o‘z ifodasini topgan. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o‘rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan 3200 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg‘usining topilgani ham shundan dalolat. Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Maqomlarning o‘tmishda ijro etib kelingan namunalarining barchasi ham bizgacha yetib kelmagan bo‘lsada, qadim yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha u turli shakllarda bo‘lgan. Xususan, “o‘n ikki maqom” turkumi nisbatan mukammal bo‘lib, Shashmaqomning shakllanishida dasturul amal bo‘lgan. Maqomlar sharq xalqlari musiqasining parda asosida va ularning o‘ziga xos musiqa boyliklari negizida yaratilgan. Ma’lum maqom yoki sho‘baning kuy va ashula yo‘li turli xalqlarda bir-biridan tubdan farq qiladi, hatto ularning parda asoslarida ham juda katta tafovut bor. Maqomlarning tarixiy taraqqiyot yo‘li va shakllanish jarayoni o‘tmish yozma musiqa manbalarida yoritilmaganligi bu masalani atroflicha va aniq tasavvur etishga imkon bermaydi.

Maqomotning bugungi kundagi shakli bo`lmish Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari va ularning sho`balaridan iborat. Aytish joizki, “Shashmaqom” bugungi mukammal holga o‘z-o‘zidan kelib qolmagan. Ushbu noyob meros musiqa bilan hayotini chambarchas bog‘lagan, dunyoning bor go‘zalliklarini, moziy kabi ko‘hna ohanglarini tinglab his etgan insonlarning mashaqqatli izlanishlari evaziga qaytadan go‘zal holga kelgan.

Bastakorlik an’analari qadimdan davom etib keladi. Temuriylar, ayniqsa hazrat Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik yuksak darajada bo‘lganligi qo‘lyozma manbalardan ma’lum. Hozir ham talaygina san’atkorlar ana shu an’analarini davom ettirib, ajoyib kuy, ashulalar yaratmoqdalar. Shashmaqom o‘tmish bastakorlik an’analari maxsuli sifatida maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga kelgan. Keyingi ikki asrdan ko‘proq o‘tgan davr ichida bir maqomdon ustozdan ikkinchisiga og‘zaki o‘tishi jarayonida Shashmaqom katta o‘zgarishlarga uchradi. XIX asrda tuzilgan Shashmaqom she’riy to‘plamlari asosida tuzilgan maqom va sho‘balar nomini, she’r o‘lchovlarini hozirgi maqom va ularning sho`balari bilan solishtirilganda bu yaqqol seziladi.

“Maqom” so‘zining lug‘aviy ma’nosi o`zi arabchadan kelib chiq¬qan va u “joy, makon” ma’nosini anglatadi. Ammo bunda musiqiy tovush hosil qiladigan joy – “aniq parda” ma’noda tushunish lozim. Albatta tovushsiz yoki aniq pardasiz ijro shakllanmaydi va aniq musiqiy ohangni kashf etmaydi. Maqom aniq pardadan boshlanib tugallanadigan kuy va ashulalar majmuasi. “Maqom” so‘zining ma’nosi aynan shundan kelib chiqqan. “Maqom” atamasi VIII-X asrlarda Uqlidis, Arastu singari yunon faylasuf olimlarning musiqa nazariyasiga oid asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi natijasida qo‘llanila boshlangan bo`lsa-da, IX asrda yashab ijod qilgan Yaxyo bin Abu Mansur ismli musiqashunos olim musiqa nazariyasiga doir o`z asarlarida sharq musulmon xalqlarning o‘ziga xos musiqa nazariyasi yunon musiqa nazariyotlaridan oldin ham mavjud bo‘lganligini aytib o‘tgan.

Maqomlarning nazariy va amaliy tomonlari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan al Kindiy, al Forobiy, al Xorazmiy, al Urmaviy, ash Sheroziy, al Xusayniy, al Marvaziy, Ibn Sino va Yaxyo bin Abu Mansur kabi ulug‘ olimlarning asarlarida chuqur ilmiy sharhlar bilan asoslab berilgan. XIV-XVIII asrlarda Markaziy Osiyo, Xuroson, Ozarbayjonda “o‘n ikki maqom” (duvozdax maqom) turkumi mavjud bo‘lganligi tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. Oripov A. Turon tarixi 2015 y. №4.

  2. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. –T.: O’qituvchi, 1998.

  3. Rajabov I. Maqomlar, San’at., -T.: 2006 y.

  4. Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. –T.O’zadabiynashr. 1963 y.

  5. Rajabov I. Maqom asoslari. -T.: 1992 y.

  6. Yunusov R.“O’zbek xalq musiqa ijodi” 2-qiam. –T.:-2000 y.

  7. Matyoqubov O. Maqomot, Musiqa. –T.: -2004 y.

  8. Rajabiy Y. “Ozbek maqomlari: Shashmaqom”. –T.: -2007 y.

  9. Matyoqubov B. Xorazm doston ijrochilari zarhal sahifalari. Xorazm. -1999.

  10. Karimova M. Xojiniyoz va Girya turkumlari., Nishon-Noshir.,2014


Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!