СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Презентация на тему: "Ощущение" (на узб.языке: "Сезги")

Категория: Психологу

Нажмите, чтобы узнать подробности

Презентация на тему: "Ощущение"по предмету Общая психология. Презентация представлена на узбекском языке для 1 курсов обучающихся в педуниверситете

Просмотр содержимого документа
«Презентация на тему: "Ощущение" (на узб.языке: "Сезги")»

Mavzu: sezgi

Mavzu: sezgi

Reja: Sezgi haqida tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Sezgilar tasnifi va turlari. Sezgilarning umumiy qonuniyatalari Xulosa.

Reja:

  • Sezgi haqida tushuncha.
  • Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
  • Sezgilar tasnifi va turlari.
  • Sezgilarning umumiy qonuniyatalari
  • Xulosa.
Dictionary, Словарь, Lug’at. Sense (feel)-ощущение- sezgi; Sensitiveness-чувствительность- sezgirlik; Feeling-oщущать- sezish; See-видеть- ko’rish; Hear-слушать- eshitish; Smell-запах- hid bilish; Skin-кожа- teri; Taste-вкус- ta’m-ma’za; Know-знать- bilmoq; Analyzer-анализатор- analizator; Organism-организм- organizm.

Dictionary, Словарь, Lug’at.

  • Sense (feel)-ощущение- sezgi;
  • Sensitiveness-чувствительность- sezgirlik;
  • Feeling-oщущать- sezish;
  • See-видеть- ko’rish;
  • Hear-слушать- eshitish;
  • Smell-запах- hid bilish;
  • Skin-кожа- teri;
  • Taste-вкус- ta’m-ma’za;
  • Know-знать- bilmoq;
  • Analyzer-анализатор- analizator;
  • Organism-организм- organizm.
  Teverak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo’ladi. Chunonchi, nurlarning ko’zimiga ta’sir qilishi natijasida ko’rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to’lqinlarining qulog’imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas oliy paytida havo bilan birga burun bo’shlig’iga kirgan har turli modda zarrachalarning ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo’limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo’ladi.

  Sezgi deb – atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.   Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi.

Sezgi deb – atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.

Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixik jarayon bo’lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo’zg’atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi.

 Sezgi ham oddiy psixik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi.

Sezgi ham oddiy psixik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi.

  Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo’lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo’zg’atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo’ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv-fiziologik asosini o’rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.

  Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fizologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.

Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fizologik jarayon bo’lgan qo’zg’alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.

 Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat.

Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat.

 Ch.Sherrington retseptorlarning qayerda joylashganiga qarab sezgilarni 3 turga bo’ladi.

Ch.Sherrington retseptorlarning qayerda joylashganiga qarab sezgilarni 3 turga bo’ladi.

   Insonlar tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo’linadi. Ko’rish sezgilarining organi ko’z hisoblanib, u ko’z soqqasi undan chiqib keladigan ko’ruv nervlaridan tashkil topgan bo’lib, ko’z soqqasini tashqi tomirlari va to’r pardalari o’rab turadi.

  Odam ko’zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to’lqinlarning ta’sirini sezadi. Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756-yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo’lsa, 1856-yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to’la isbotlab berilgan.

  Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi.   Eshitish sezgilari quloq bo’lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo’lidan iborat. O’sha quloqlar nog’ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha bolg’acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq o’zaro birlashmagan uchta bo’lakdan tuzilgan.

Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi.

Eshitish sezgilari quloq bo’lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo’lidan iborat. O’sha quloqlar nog’ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha bolg’acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq o’zaro birlashmagan uchta bo’lakdan tuzilgan.

  Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib,bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.   Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi.

Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib,bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.

Hidli moddalar sezuvchi nervni qo’zg’aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi.

  Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho’r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so’rg’ichlari joylashgan bo’lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklar”iga ega.

  Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og’irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Muskul- harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.

  Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb nomlanadi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi.

 Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda,qizilo’ngach, me’da ichak, qon tomirlari, o’pka va shu kabilarda joylashgan bo’ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo’zg’atuvchilaridir.

 Adaptatsiya – yohud moslashuv – sezgi organlari sezgirligining qo'zg’atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir.  Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo'linadi: a) negativ adaptatsiya; b) pozitiv adaptatsiya.

Adaptatsiya – yohud moslashuv – sezgi organlari sezgirligining qo'zg’atuvchi ta'siri ostida o'zgarishi demakdir.

Adaptatsiya (yoki moslashish) ikki turga bo'linadi:

a) negativ adaptatsiya;

b) pozitiv adaptatsiya.

 Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg’atuvchi tasiri ostida sezgirlik oshadi. Ko'rish analizatorida pozitiv adaptatsiya, qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi. Negativ adaptatsiya ikki xil bo'ladi: a) qo’zg’atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo‘qoladi. Masalan, qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o'tishi bilan sezmay qolamiz b) kuchli qo’zg’atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi.

Pozitiv adaptatsiyada kuchsiz qo`zg’atuvchi tasiri ostida sezgirlik oshadi. Ko'rish analizatorida pozitiv adaptatsiya, qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi.

Negativ adaptatsiya ikki xil bo'ladi:

a) qo’zg’atuvchining davomiy ta'siridan sezgirlik yo‘qoladi. Masalan, qo’limizga yuk qo’yilsa sezamiz, ammo vaqt o'tishi bilan sezmay qolamiz

b) kuchli qo’zg’atuvchi ta'siridan sezgirlikning susayishi.

 Sensibilizatsiya – analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishidir.  Sensibilizatsiyaning adaptatsiyadan farqi: Adaptatsiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizatsiyada esa faqat oshadi; Adaptatsiyada sezgirlikning o'zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo'lsa, sensibilizatsiyada psihologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo'ladi.

Sensibilizatsiya – analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishidir.

Sensibilizatsiyaning adaptatsiyadan farqi:

Adaptatsiyada sezgirlik oshadi yoki kamayadi, sensibilizatsiyada esa faqat oshadi;

Adaptatsiyada sezgirlikning o'zgarishi tashqi chegaralarga bog’liq bo'lsa, sensibilizatsiyada psihologik, fiziologik holatlarga bog’liq bo'ladi.

 Sinesteziya qo’zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga hos sezgining paydo bo'lishidir.  Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo'lgan bir vaqtdagi qo'zg’alish tufayli sezgirlikning o'zgarishidir.

Sinesteziya qo’zg’atuvchining bir analizatorga ta'siri bilan boshqa analizatorga hos sezgining paydo bo'lishidir.

Sezgilar kontrasti qarama-qarshi sifatga ega bo'lgan bir vaqtdagi qo'zg’alish tufayli sezgirlikning o'zgarishidir.

 S.V.Kravkov (1893-1951) ma'lumotlariga ko'ra bir sezgi a'zolarining faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o'zgaradi, tovush asosan ko'rish sezgisi, yorug’lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o'hshash turli hidlar hamda yorug’lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o'zaro ta'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko'rish bo'rtiqlariga tegishli o'simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o'tishi osonroq amalga oshadi.

xulosa   Sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatidan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr faoliyati o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchisi tomon burilishi kabilar. Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shu sababdan ular sezgilarning obyektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.

xulosa

Sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatidan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr faoliyati o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchisi tomon burilishi kabilar. Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shu sababdan ular sezgilarning obyektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!