СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Romantizm_davri_kompozitorlari_Friderik_Shopen_va_Ferens_List

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Romantizm_davri_kompozitorlari_Friderik_Shopen_va_Ferens_List

Просмотр содержимого документа
«Romantizm_davri_kompozitorlari_Friderik_Shopen_va_Ferens_List»

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI “ JAXON MUSIQASI TARIXI” fanidan taqdimoti Mavzu:  1-modul. Romantizm   Tuzuvchi:“Мusiqiy ta’lim”  kafedrasi katta o’qituvchisi: X.T.Botirova Andijon 2019

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

JAXON MUSIQASI TARIXI”

fanidan taqdimoti

Mavzu: 1-modul. Romantizm

Tuzuvchi:“Мusiqiy ta’lim”

kafedrasi katta o’qituvchisi: X.T.Botirova

Andijon 2019

1-modul. Romantizm Reja:   XIX asr. Musiqada romantizm davri. Romantik musiqa maktabi uchun Fransuz revolyusiyasining ahamiyati. Romantik estetikaning asosiy tamoyillari. Turli milliy madaniyatlarda romantizmning kо‘rinishlari.   Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.

1-modul. Romantizm

Reja:

  • XIX asr. Musiqada romantizm davri.
  • Romantik musiqa maktabi uchun Fransuz revolyusiyasining ahamiyati.
  • Romantik estetikaning asosiy tamoyillari.
  • Turli milliy madaniyatlarda romantizmning kо‘rinishlari.

Tayanch so‘zlar: qadimgi musiqa, antik davr, Pifiya va Kapitoliy o'yinlari, Yunoniston, tragediya, qadimgi afsonalar, Rim musiqa madaniyati, pantomima teatri.

Ferens List — buyuk venger kompozitori, pianinochi, dirijor,  Vengriya musiqa san'ati rivojiga katta hissa qo'shgan jamoat arbobi.  Listning taqdiri shunday bo'ldiki, u Vengriyani erta tark  etdtva umrining ko'p yillarini Fransiya va Germaniyada o'tkazdi.  San'atkor List doimo o'zining vengr ekanligini ta'kidlagan.  U o'z xalqi, Vatani bilan faxrlanib, doimo venger musiqa madaniyatini  qo'llab-quvvatlagan va rivojlantirishga harakat qilgan.

Ferens List 1811-yil 22-oktabrda Doboryan qishlog'ida (Vengriya)  dunyoga kelgan. Bolaligida lo'lilar ohanglari va venger dehqonlarining quvnoq qo'shiqlariga maftun bo'lib qolgan. Listning otasi, graf Esterxazining katta yer-mulkida boshqaruvchi, havaskor musiqachi bo'lgan va o'g'lining musiqaga qiziqishini rag'batlantirardi. Aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o'rgatgan.  9 yoshida Ferens qo'shni Shoprone shaharchasida o'zining birinchi konsertini beradi. Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi. Bolakayning ijro mahorati graf mehmonlarini shunchalik  hayratlantirdiki, bir nechta zodagonlar Listning musiqiy ta'lim olishi uchun pul to'lash istagini bildirishdi. Ferensni Venaga  yuborishdi, u yerda kompozitsiyani A. Salyeridan va fortepianoni  Yevropaning yirik pedagogi K. Chernidan o'rgandi. Listning Venadagi debuti 1822-yil 1-dekabrda bo'lib o'tdi.

Tanqidchilar hayratda qolishdi va shundan e'tiboran, List uchun shuhrat va to'la zallar ta'minlandi. U mashhur noshir A. Diabellidan vals mavzusiga variatsiyalar yozish taklifini oladi, shunday qilib, yosh musiqachi noshir xuddi shu iltimos bilan murojaat qilgan buyuk Betxoven va Shubert davrasiga qo'shilib qoldi. Shunga qaramay List (xorijlik sifatida) Parij konservatoriyasiga qabul qilinmagan va o'z bilimini oshirish maqsadida to'lovli darslarga qatnadi. List musiqa nazariyasi bo'yicha Parijda italyan operasi  kapelmeystri F. Pauer va konservatoriya professori chex A. Reyxdan ta'lim oldi. Listning dastlabki kompozitorlik tajribalaridan biri 1825-yili Grand Operada qo'yilgan «Don Sancho yoki muhabbat qasri» operasi bo'ldi. Bu vaqtda u konsertlar bilan Fransiya va Angliyaga bir qator safarlarni amalga oshirdi. Otasining o'limidan so'ng (18z7) List dars bera boshladi. O'sha paytda yosh bastakorlar G. Berlioz va F. Shopen bilan tanishdi.

1830-yil boshida italiyalik virtuoz skripkachi N. Paganini Listning eng yaxshi ko'rgan san'atkoriga aylandi. List o'sha darajada ajoyib fortepiano uslubini yaratishni maqsad qilib oldi va hatto, Paganining konsert estradasida o'zini tutishidagi ayrim xususiyatlariga  taqlid qilardi. Endi List virtuoz pianinochi sifatida raqobatchiga ega emasdi.  List hissiyotli va jozibali odam bo'lgan. Uning har bir konserti haqiqiy tomoshaga aylanardi. List butun Yevropaning idealiga  aylandi va konsert safarlariga uch yil davomida muttasil baland va ommaviy muhokama etiluvchi «romanlar»ga hamrohlik qildi. 1834-yil List grafinya Mari d'Agu (keyinchalik Daniyel Stern taxallusi bilan yozuychi sifatida chiqish qildi) bilan birgalikdagi hayotni boshladi. Ularning turmushida uch farzand — o'g'il va ikki qiz tug'ildi. Farzandlarining kichigi Kozima buyuk pianist va dirijor G. Fon Bulovga turmushga chiqqan, keyin esa R. Vagnerning rafiqasi bo'lgan. 1835-yildan 1839-yilgacha List Mari d'Agu bilan Shveysariyadan Italiyagacha katta sayohatni amalga oshirgan.

Shveysariya haqidagi taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» (1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to'rt bo'limdan iborat. Birinchi qism — «Taassurot va poetik kechinmalar» yettita pyesadan tashkil topgan: «Lton», «Buloqda», «Vallenshtadt ko'lida», «Jeneva qo'ng'iroqlari  », «Oberman vodiysi», «Vilgelm Tellning butxonasi», «Psalom». «S.ayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism —- «Parafrazalar». 1837-yilning may oyida List Mari d'Agu bilan Italiyaga jo'nadi. Uyg'onish davri italyan san'ati yodgorliklari ta'siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael suratibo'Yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo'yicha); uchta «Petrarka soneti», «Danteni o'qigach» sonata-fantaziyasi va hokazo.  • List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi.  • Listning Venadagi debuti 1822-yil 1-dekabrda bo'lib o'tdi.  • Parafraza — mohirona cholg'u fantaziyasining XIX asrda tarqalgan  ifodasi. U asosan fortepiano uchun ommaviy qo'shiqlar, opera ariyalari mavzularidan tashkil topadi.  • Transkripsiya (transcriptio — ko'chirib yozmoq). Simfonik, yakka cholg'u, vokal musiqani fortepiano uchun qayta ishlangan.

Shveysariya haqidagi taassurotlarini List «Sayohatchi albomi» (1835—1836) nomi bilan fortepiano asarlari turkumida gavdalantirgan. Bu turkum to'rt bo'limdan iborat. Birinchi qism — «Taassurot va poetik kechinmalar» yettita pyesadan tashkil topgan: «Lton», «Buloqda», «Vallenshtadt ko'lida», «Jeneva qo'ng'iroqlari », «Oberman vodiysi», «Vilgelm Tellning butxonasi», «Psalom». «S.ayohatchi albomi»ning ikkinchi qismi «Alp yaylovlari gullari» nomini olgan; uchinchi qism —- «Parafrazalar». 1837-yilning may oyida List Mari d'Agu bilan Italiyaga jo'nadi. Uyg'onish davri italyan san'ati yodgorliklari ta'siri ostida List tomonidan keyinchalik «Sayohatning ikkinchi yili» shaklida qayta ishlangan asarlar yaratildi: «Nikoh» (Rafael suratibo'Yicha), «Mutafakkir» (Mikelanjelo haykali bo'yicha); uchta «Petrarka soneti», «Danteni o'qigach» sonata-fantaziyasi va hokazo. List — musiqiy romantizmning eng yorqin namoyandasi. • Listning Venadagi debuti 1822-yil 1-dekabrda bo'lib o'tdi. Parafraza — mohirona cholg'u fantaziyasining XIX asrda tarqalgan ifodasi. U asosan fortepiano uchun ommaviy qo'shiqlar, opera ariyalari mavzularidan tashkil topadi. Transkripsiya (transcriptio — ko'chirib yozmoq). Simfonik, yakka cholg'u, vokal musiqani fortepiano uchun qayta ishlangan.

Hayotining so'nggi yillarida List «Sayohatlarning uchinchi  yili»ni yozdi. Unda bastakorning Rim taassurotlari aks etgan  («d'Este villas! sarvlari», «d'Este villasi favvoralari»). So'nggi  davrda List ijodi qarama-qarshiliklarda o'tdi: diniy mushohada  unsurlariga ega bo'lgan musiqiy asarlar bilan birgalikda, musiqiy  impressionizm manbalarini ochib beruvchi asarlar ham uchraydi  («Qo'ng'ir bulutlar» (1881), «Motam qayig'i» (1882). Ana shu  davrda bir vaqtning o'zida List maishiy raqs janri bilan bog'liq  yorqin asarlarni yozdi: uchta «Yoddan chiqqan vals» (1881 —  1883), ikkinchi va uchinchi «Mefisto-vals» (1880 1883), «Mefisto-  polka» (1883), so'nggi venger rapsodiyalari (16—19).  So'nggi yillarda List ommaviy chiqishlari qayta boshladi. Vagner  vafotidan so'ng 1883-yili List Veymarda xotira konsertini o'tkazdi.  1886-yil boshida 75 yoshli List Angliyaga boradi, u yerda qirolicha  Viktoriya tomonidan qabul qilinadi va uni qadrlovchilar tomonidan  hayajon bilan kutib olinadi. Charchagan va o'zini yomon  his qilayotgan List Angliyadan Bayretga har yilgi Vengriya  festivaliga keladi. U ana shu shaharda 1886-yil 31-iyulda o'pka  shamollashiga chalinib vafot etdi.

F.Shopen  (1810-1849)

F.Shopen (1810-1849)

F.Shopenning fortepiano ijodiyotida musiqiy uslubi favqulodda yagonaligi bilan ajralib turadi. «Shopencha intonatsiya», tabiiy va takrorlanmas holda polyak bastakorining awal yaratgan, shuningdek, ijodiy yo'lining oxirida bastalagan asarlarini ham bir-birga tizib beradi.  Shopen o'z ijodini fortepiano musiqasi doirasida chegaralab  beradi, bu sohada esa u juda baland darajaga hamda badiiy ko'p qirralikka erishdi. U ayni shu cholg'u asbobidan butun boshli orkestr uchun ranglar palitrasini chiqara oldi. Jahonning mashhur pianinochilaridan biri Anton Rubinshteyn bejiz «Shopen — forte - pianoning bardi (kuychi — shoir), rapsodiya (xalq kuychisi), ruhi, joni» demagan edi. Shopenning musiqiy fikrlari badihaviy tarzda tug'ilgan va sof pianino j'arangi bilan ifodalangan. Uning fortepiano ijodi fortepiano musiqasining keying! taraqqiyotida juda katta rol o'ynadi. Shopenningta'siri faqat List va bastakorning boshqa zamondoshlarigagina bo'lgan emas; rus bastakorlarining ko'plab avlodi, XIX asr o'rtalaridan boshlab, to Skryabin va bizningzamonamizgacha bo'lgan bastakorlar ijodiga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda

Shopen ijodining asosini vatani, shu yurt tarixi, tabiati, kishilari, urf-odatlari, an'analari bilan bog'liq bo'lgan mavzular  tashkil etadi. Shopen original musiqiy janrlar va shakllar ijodkori  bo’lgan. Uning cholg'u miniaturalari yangicha hayot kasb etdi.  Shopen o'z preludiyalarini ijodning mustaqil turi sifatida tasdiqladi, etud janri taraqqiyotidagi yangi yo'nalishning boshlovchisi  bo'ldi. Ayrim raqs janrlari (polonez, mazurka) oldiga yangicha  badiiy maqsadlarni qo'ydi.  Yirik shakllar borasida sonata sikllarining talqinlaridagi, shuningdek, sonata shaklining o'zidagi o'ziga xosliklar ajralib turadi.  Shopen cholg'u balladalarining ijodkori hamdir, skerso, turkum  asarlarning ilk qismi katta plandagi mustaqil kompozitsiya  darajasigacha o'sib boradi. Aynan, bir qismli asarlar (balladalar,  skerso, fantaziya)da yangi, turli shakllarning qo'shilishidan kelib  chiqadigan turlar, yangi romantik shakllar kelib chiqadi, tasdiqlanadi

Shopenning yigirma to'rt etudi yuksak badiyatli asarlar bo'lib,  ularda shopencha pianizmning manzaralari tasvirlangan. Har bir  etud o'z poetik obraziga, o'z faktura toifasiga va texnik usullariga  ega. Shopen etudlarida texnik usullarning xilma-xil turlari: keng  joylashuvdagi arpedjioli passajlar (op. 10 dagi birinchi va ikkinchi  etudlar); tertsiyalar bilan tezkor etud (gis-moll), chap qo'ldagi  kantilena bilan sustroq ohang («violonchelga oid», cis-moll) va  boshqalar.  Shopen har bir etudga o'z musiqiy uslubini nisbatan to'la va  to'g'ri talqin qilish imkonini beradigan qaysidir bir texnik usulni  egallash yo'li sifatida qaraydi. U pedal fonida kantilena usullarini, ohangdorlikbezaklarini, registrlarning keng qamrovini, ohang  sakratmalarini, qora klavishlarda chalishni ishlab chiqadi.  Shopenning ayrim etudlari jahon musiqiy adabiyotidagi eng  mashhur pyesalardandir. Bunday asarlar qatoriga Polshada bo'lib  o'tgan inqilobiy voqealarga bevosita aks sado sifatida yaratilgan  mashhur «Inqilobiy» etud c-moll, op.10 N° 12 ham kiradi. Qahrg'azab, norozilik va afsus — bu asarning yaratilishida ijodiy asos  bo'lib xizmat qilgan.

Shopenning bar o'n ikki noktyurnlari ilk Fild noktyurnlariga yaqin bo'lgan e-moll op. 72 (1827) dan boshlab to noktyurnning janr imkoniyatlari doirasidan chiqib ketadigan mahobatli c-moll noktyurnigacha umumiy uslubiy qirralarni birlashtirib turadi.  Shopen noktyurnlari qo'shiq ohanglariga yaqin bo'lgan kantilena, keng mavzularga tayanadi. Kantilen ohanglar akkordli -figuratsion fonda ko'rsatilgan, ular birinchi tovushlaridanoq tinglovchini xayoliy romantik muhitga olib kiradi. Shopen noktyurnlarida turli janrlarga nisbatan aloqadorlik ochiq ko'rinadi. Ularning ko'plarida xoral, marsh, serenada, duet, qo'shiq va boshqa anrlarning belgilari sezilarlidir. Zero, garmonik faktura, ko'tariluvchi akkordli ohanglar, tantanavor sur'at op. 48 Ne 1 dagi noktyurn mavzusini madhiya bilan yaqinlashtiradi. Op. 55 N° 1 noktyurn mavzusi uning go'zal punktiri hamda  to'rt zarbliligibilan birgalikda marsh belgilarini mujassamlashtiradi.

F . Shopenning ijodiy asarlari ro’yhati   Mazurkalar (80 ga yaqin).   Polonezlar (20 ga yaqin).   Noktyurnlar (20 ga yaqin).   Etudlar (hammasi 27 ta).   Ekspromtlar (hammasi 4 ta).   Valslar (hammasi 15 ta).   Preludiyalar (hammasi 25 ta).   24 ta preludiyalar op. 28.   Prcludiya cis-moll op. 45.   Skerso (hammasi 4 ta).   Balladalar (hammasi 4 ta).   Sonatalar (hammasi 3 ta).   Fortepiano uchun orkestr jo’rligidagi cholg’u asarlar KONSERTLAR   — Op. 21 f-moll.    Op. 11 e-moll.   Op. 14-rondo a la krakovyak (1825).   Op. 13 Polsha mavzulariga katta fantaziya (1829— 1830).   Op. 22 Katta mohirona polonez (1830— 1843).   «Don Juan» operasi mavzusiga variatsiyalar» op. 2 (1827).

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!