СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

The need to study modern pedagogical technologies of teaching music

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

This article is written in Uzbek. The subject of music art and culture, along with other subjects of general secondary education, serves to comprehensively educate and shape them into harmoniously developed people. The student achieves the set goal using a variety of content, methods and forms in order to develop the spiritual and moral culture of the students, using the effective educational power of music.

Просмотр содержимого документа
«The need to study modern pedagogical technologies of teaching music»

Musiqa darslarida o’qitishning zamonaviy pedagogik tehnologiyasini o’rganish zaruriyati


Musiqa san’ati va madaniyati predmeti umumiy o’rta ta’lim matablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori har tomonlama tarbiyalash va ularni barkamol inson qilib shakllantirishga hizmat qiladi. O’quvchi musiqaning ta’sirchan tarbiyaviy kuchidan foydalanib, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy madaniyatini o’stirish maqsadida turli mazmun, metod va shakllardan foydalanib belgilangan maqsadiga erishadi.

Xozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion tehnoligiyalar, pedagogik axborot tehnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kuchayib bormoqda.

Bunday bo’lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallshga o’rgatilgan bo’lsa zamonaviy tehnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga va xulosa qilishga o’rgatadi.

Pedagogik tehnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazilishi mumkin bo’lgan dars jarayoni metodikasini har bir o’qituvchi o’z fani sharoitidan hamda o’quvchilarni imkoniyatidan kelib chiqib o’zgartirish va shu asosida o’qitish jarayonida o’zining uslublaridan foydalanishi mumkin.

Tavsiya etilgan tehnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishda o’qituvchi bu tehnologiyalarning maqsadi, mazmuni va o’z fani xususiyatlaridan kelib chiqib to’liq, qisman yoki printsiplardan foydalanishni o’ylab rejalashtirishi zarur. Aks holda dars samaradorligini oshirishda biror natijaga erisha olmasligi mumkin.

Xar bir predmetni o’ziga xos xususiyatlari bo’ladi. Musiqa madaniyati va san’ati darslarining asosiy hususiyatlari quyidagi faoliyatlar bilan bog’liq:

–Vokal, xor mashqlarini kuylash orqali qo’shiq aytish malakasini egallash

–Qo’shiqlar o’rgnish va kuylash

–Musiqa asarini tinglash va idrok etish

– Musiqa savodi (nota yozuvini o’qib, oddiy kuy ohanglarini aniqlash)

– Musiqa asari tavsifiga mos raqs va ritmga harakatlar bajarish

– Musiqa, uning yaratuvchilari, ijrochilari va tinglovchilari haqida bilim malaka ko’nikmalariga ega bo’lish.

Ko’rinib turibdiki mashq va qo’shiq kuylash, musiqa ohangi tavsiflariga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokida bir vaqtda amalga oshiriladi. Musiqa asari yangrab turganda hammaning diqqati unda bo’lib, uni xis qilish, idrok etish va undan zavqlanish bilan band bo’ladi.

Shuningdek, bu jarayonlarda guruhlarga bo’linib ishlashning imkoni oz bo’ladi. Musiqa savodi, ya’ni nota yozuvi elementlari, yakkanavozlik, jo’rovozlik guruhlarga bo’linib “Bumerang”, tehnologiyasi, “tarmoqlar” metodi, “klaster”, “skarabey” tehnologiyasi, “aqliy hujum” va boshqa interfaol metodlaridan foydalanish mumkin.

O’qituvchi darsning maqsadi va faoliyatlar bo’yicha qulay usul va vositalarni izlaydi.

Innovatsion pedagogik tehnologiyalarga asoslangan noan’anaviy va an’anaviy darslar tashkil qilish jarayonida to’plangan tajribalarni tahlil qilish va umulashtirish asosida ulardan foydalanishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha izohlash mumkin.

O’quvchilarning musiqiy xotirasini mustahkamlash maqsadida ular tinglagan asarlarga oid rasmlarni ko’rsatish va rasmga muvofiq (tavsifiga mos) qaysi musiqa asar tinglaganligini so’rash mumkin.

O’quvchi tinglagan musiqa asarlarini eslash va ulardan rasm mazmuniga mosini tanlab aytishga harakat qiladi, bu jarayonda o‘quvchi mantiqiy fikrlash, taqqoslash, olgan musiqiy axborotlarini (musiqiy taasurotlarini) xayolida takrorlash, shuningdek tasviriy san’at asari bilan tanishtirish kabi foydali amaliyotlarni bajaradi.

Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlsh, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi. O’quchilar musiqa asari jumlasiga mos so’zlarni topib aytishi kerak: qo’shiq, kuy, cholg’ular va xokazo.


Qo’shiq

Cholg’u, kuy

Ijroda qo’llaniladigan cholg’u

Alla

Yakkanavoz kuy

G’ijjak

Bolalar xalq qo’shig’i

ijrosi

Rubob, prima afg’on rubobi

Kuylash mashqi

Jo’rnavoz kuy

Tambur

Shoirning she’ri

ijrosi

Dutor

Bastakor yozgan kuy

Raqs tavsifidagi kuy

Nay, qo’shnay, sunray

Yakkaxonning

Jarchi

Chang

kuylashi

xalq cholg’u kuyi

Doira, nog’ora

Ansamblning

Kompozitor yaratgan kuy

pionino

kuylashi

Ansambl kuy ijrosi





“Bumerang” tehnologiyasi- ushbu tehnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur o’rganish ijodiy tushunib yetish erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmunga (turli mazmunli mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga yozma va og’zaki ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarish, navbat bilan o’quvchi va o’qituvchi rolida bo’lish, kerakli balni to’plashga imkoniyat beradi.

“Bumerang” tehnologiyasi o’quvchilarning tanqidiy fikrlashlariga imkoniyat yaratadi: g’oyalarni, fikrlarni hamda dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.

Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

–jamoa bilan ishlash, –muomalalik, –hushfe’llik, –intiluvchanlik, –o’zgalar fikriga hurmat, –faollik, –rahbarlik sifatlarini shakllantirish, –ijodiy ishga yondashuv va xokazo.

“Skarabey” (aqliy hujum) tehnologiyasi-interfaol tehnologiya bo’lib, o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni xal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash maxoratini shakllantiradi.

Ushbu tehnologiya o’quvchilarga mustaqil bilishning sifatini haqqoniy baxolash, o’rganilayotgan mavzu tasavvurini aniqlash imkonini beradi. “Skarabey” tehnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlangan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, revleksiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlanish va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega bo’ladi



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!