СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Важные аспекты работы в искусстве.

Категория: Искусство

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. В данной статье описан метод росписи в направлении купола, его своеобразие и его важные аспекты, сведения о некоторых работах художников, работающих в направлении купола.

Просмотр содержимого документа
«Важные аспекты работы в искусстве.»

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ РАБОТЫ В ИСКУССТВЕ.


Annotatsiya: Ushbu maqolada rangtasvirning qubbizm yo`nalishda ishlash uslubi, o`ziga hosligi va uning muhim jihatlari, qubbizm yo`nalishida ijod qilgan rassomlar ayrim asari to`g`risidagi ma`limotlar yoritilgan.

Kalit so`zlar: Qubbizm, janr, portet, san`at, estetika, go`zallik, manzara, batal, rangrasvir, ijod, animalistic, afsonaviy.


Sanʼat-inson uchun estetik zavq-shavq manbai, inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi, odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi, hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi, hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi, tarbiya vositasi, hayotdagi goʻzallikdan ilhomlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi, odamlar orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot vositasi, odamlarning badiiy estetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. Sanʼat jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻliqdir.

Sanʼatning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Sanʼat asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va oʻzaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi.

Shuning uchun ham sanʼat asarlari beradigan maʼrifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan maʼlumotlardan farqqiladi. Sanʼatning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir oʻquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uygʻotishidadir. Sanʼat tasviriy sanʼat, meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Sanʼat barcha ijtimoiy ong shakllari singari oʻz taraqqiyot qonuniyatlariga ega.

Haqiqiy hayotni aks ettirib, tomoshabinning fikri va hissiyotlariga ta’sir o’tkazuvchi tasviriy san’at turlaridan biri rangtasvir hisoblanadi. Rangtasvirdagi obrazlar juda yorqin va tomashabopdir. Rangtasvirdagi eng asosiy ta`sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi. Rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki, unda shakl va masofaning tasviri, obrazlar va harakatlar faqat rang orqali ko`riladi.

Rangtasvir inson hissiyotlari va xarakterining murakkab dunyosini aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o`zgarishlari, fantastik obrazlar va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega. Bularning hammasi rangtasvir janrlari orqali beriladi.

Dunyodagi ob`ektlar, voqea va hodisalarning turli tumanligi va rassomlardagi ularga bo`lgan qiziqishning kuchayib ketishi XVII asrga kelib rangtasvirda turli tuman janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bular portret, manzara, natyurmort, animalistik, afsonaviy, tarixiy, batal va maishiy janrlar edi. Rangtasvir asarida janrlar yoki ularning elementlari aralashib kelishi mumkin. Masalan, natyurmort va manzara portretni muvaffaqiyatli to`ldirishi mumkin.

Portret ishlashda rangtasvirning har xil uslub va yo’nalishlari mavjud bo’lib ijodkor erkin tarzda o’z asarlarini o’zgacha tarzda kuzatuvchi ruhiyatiga ta’sir o’tkazadigan asarlar yaratishi mumkin.

Bunga misol qilib o’z davrida yangicha yo’nalish, yangicha oqimda ijod qilib mashhurlikka erishgan rassomlar bir talaygina. Bu oqimlarga kubbizm, impersionizm, syurralizm, abstrak san’at, illyuziya va boshqalarni misol qilishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham rassom erkin tarzda o’ziga yoqqan va ijod qilishi qulay bo’lgan oqimni tanlashi va fikrini, his-tuyg’ularini shu yo’nalish orqali namoyon etish imkoniyatiga ega.

Ushbu oqimlardan biri kubizm haqida va bu oqimning portret janrida qo’llashdagi afzalliklari to’g’risida fikrlab ko’rmoq lozim (1-rasm).

Kubbizm (kub so’zidan) – Yevropa tasviriy san’ati (ko’proq rangtasvir) dagi modernistik oqim. XX asr birinchi yarmida yuzaga kelgan. Dastlab Fransiyada paydo bo’lgan.

Kubbizm san’ati realistik an’analardan voz kechib, hajmli shakllarni loyihalash vazifasini birinchi o’ringa qo’yadi. [4]


1-rasm.


Pablo Picasso. «Fermer» 1935. Pablo Picasso. Jaklin gullar bilan.


Namoyondalari Pablo Pikasso, J. Brak, X. Gris, J.Gri va boshqalarning ijodida narsalar dunyosi handasiy hajm (kub, shar, silindir, konus)larning oddiy majmui ko’rinishlarida tasvirlanadi. Tekis yuzada zich joylashgan qirrali hajmlar relyefga o’xshab ketadigan shakl hosil qiladi, bunda ranglar ayrim qirralarni ajratib shaklni maydalab ko’rsatadi. [3]

Pablo Pikassoning dramatik butunlikkacha ko’tarilgan asarlarida kubbizmning hissiy obrazli xususiyatlari ko’zga tashlanadi .

Kubbizm yo’nalishida odam boshi tasvirini ishlash rassomda ko’plab ranglarni farqlay olishda yordam beradi. Ijodiy ishlarida ranglar yanada yorqinroq va yanada jozibaliroq tus oladi. Kuzatuvchini bevosita o’z asari orqali o’ylantirishga majbur etadi. Portret ishlaganda odam boshining bo’yin qismi yelkacha chiziladi. Kubbizmda ranglar va shakllar bilan ishlaganda odamni xarakterini, kompozitsion yechimini topishda mantiqiy va keng g’oyaviy fikrga ega bo’lish kerak. Tasvirni yaratishda to’gridan- to’g’ri ranglar orqali shakllarni aniqlashtirib borish ham mumkin. Bunda odam boshini yorug’ qismi , soya qismi va aks tushgan ranglarni realizmdagi kabi uyg’unlashtirib emas, keskin farq qiluvchi yorqin ranglarda tasvirlash, yuzdagi relyeflarini keskin to’q rang va keskin ochiq, yorqin ranglar bilan shakl berish tasvirni yanada jozibaliroq qiladi.

Kubizmni yana bir afzalroq tomoni, o’sha naturadagi oddiy inson ko’zi bilan ko’ra olmaydigan, yashiringan ranglarni ham ko’rish qobiliyatini oshiradi. Odam yuzida, kiyimida, orqa fonida ko’rinmaydigan ranglarni qarama-qarshi kontrast va ranglar koloritidan foydalangan holda, shunday mohirona tasvirlash kerakki, o’sha rangli shakllar uzoqda qaraganda inson hajmi, kiyimlarining burmalari, orqa foni keskin ajralib tursin, kuzatuvchi ham farqlay olsin


2-rasm.

Pablo Pikasso «Ikkita o`qiyotgan qiz» 1934 y. xolt, маslo. 110.17 x 89.38 см.

Michgan shtatidagi universitet badiiy muzeyi. AQSH.


Ko’pchilik farqiga bormaydi, kubbizmni tushunmaydi, ammo, oddiy, rangdor shakllar butun bir inson qiyofasini tasvirlay olishi kuzatuvchini o’ylashga majbur qiladi, mantiqiy fikrlashini o’stiradi.

Kubbizm yo’nalishida erkin ijod qila olgan rassom, realizmni tushunmaydi, realizimda rasm chiza olmaydi emas, balki, realizmda ijod qilgan taqdirda ranglarni oddiy insondan farqli o’laroq kuchli farqlay oladi va tasviriy asarlari yanada yorqin va toza ranglardan iborat bo’ladi. Buni amalda sinab ko’rgan rassom o’z ijodida yangi yo’nalishlar ochadi va o’z mahorati oshishiga sabab bo’ladi. Chunki bo’lajak rassom realizmda odam gavdasini tasvirlash jarayonida ko’rgan ranglarini, ya’ni tanani rangni va ko’ylakning rangni o’zini ko’radi holos. Agar u ko’proq ranglarni ko’rish uchun izlansa, misol tariqasida kubbizmda ranglar koloritidan, kontrast ranglardan keng foydalanib ijod qilib ko’rsa ranglarni farqlay olish qobiliyati keskin ortadi. Yuqoridagi fikrlarni umumiy qilib aytganda kubbizmning nafaqat portret ishlashda, rangtasvir fanining o’zida ham sezilarli darajada foydasi borligini anglashimiz mumkin.

Qubbizm yo`nalishining bugungi kundagi ahamiyati to`g`risida so`z yuritadigan bo`lsak, rasm chizishni endigina boshlagan va bog`cha yoshidagi bolalarning chizgan rasmlarini tahlil qilib ko`rsak aynan qubbizm yo`nalishiga o`xshatib chizishlarini guvohi bo`lishimiz mumkin. Shunday ekan Pablo Pikasso ijodini aynan maktabgacha ta`lim muassasalaridan boshlab o`rganish ham maqsadga muvofiqdir. Zero kelgusidagi bo`lajak buyuk rassomlar aynan shu yoshdan ijodlarini boshlashsa.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Aристотель, Поэтикаa (ruschadan M. Mahmudov va U. Tuychiyev tarjimasi),

    1. T., 1980;

  2. Пугаченкова Г. A., Ремпель Л.И., История искусств Узбекистана, M., 1965;

  3. Maхмудов T., Эстетика и духовние ценности,

  4. Vaught Brogan, Kubizm. J. (2005).

  5. S.R.Serafin va A.Bendixen (tahr.), Amerika adabiyoti davomiy entsiklopediyasi Е. П. Шудря, В. И. Шинкарук, Л. И. Но­викова . Искусство в мире духовной культуры / Сост.. Киев, 1985. С. 163.

  6. Выготский Л. С. Психология искусства. М., 1987. С. 243.

  7. Выготский Л. С. Указ соч. С. 248. Искусство в мире духовной культуры. С. 163.






Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!