СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Zulfiya tavalludining 105 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlarida” nomli tadbir ISHLANMASI

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Zulfiya tavalludining 105 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlarida” nomli tadbir ISHLANMASI»

https://t.me/Zulfiyaxonim_Isroilova



Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 136-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani metodisti

RADJAPOV NODIRninig

Zulfiya tavalludining 105 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlarida” nomli tadbir

ISHLANMASI









Chiroqchi-2020

Zulfiya – hayot so‘qmoqlarida” ishlanmasi


(Sahna bahoriy ruhda bezatilgan. Sahna to‘rida shoira Zulfiyaxonim siymosi aks etgan devoriy ko‘rgazma, shoira she’rlaridan lavhalar, shoira haqida uning ijodkor do‘stlari so‘zlaridan namunalar, “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli 2 qismli hujjatli film slaydi va boshqa bezaklar, uning kitoblar ko‘rgazmasi bilan bezash mumkin)


1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz va hurmatli mehmonlar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!

1-boshlovchi: O‘zbekiston xalq shoirasi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi.

2-boshlovchi: Taniqli jamoat va davlat arbobi.

1-boshlovchi: O‘zbek she’ riyat bo‘stonining betakror guli.

2-boshlovchi: Zulfiyaxonim tavalludiga bu yil 100 yil to‘ladi.

1-boshlovchi: Shu munosabat bilan tayyorlangan ,, Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlari“ nomli tadbirimizga xush kelibsiz! (Ikkita boshlovchi ham birga aytishadi).

2-boshlovchi: Bir donishmanddan so‘radilar:

1-boshlovchi: Ayol so‘zining ma’nosi nedur?

2-boshlovchi: Donishmand dedi:

1-boshlovchi: A degani Alloma, mehr, vafo, muhabbat.

2-boshlovchi: Yo degani yoronlar, ayol jonlarga rohat.

1-boshlovchi: L degani latofat, ayol mehri bir jahon.

2-boshlovchi: Kamalakdan kiygan atlasi go‘zal,

1-boshlovchi: Bari go‘zallikda muqaddas ayol.

2-boshlovchi: Hozir navbat “Muqaddas ayol” qo‘shig‘iga (Qo‘shiq kuylanadi).

1-boshlovchi: Sadoqatning timsolin

Hayotidan so‘zlaymiz

Vafo, ishq- muhabbatni

Misralardan izlaymiz

2-boshlovchi: Keling, ey azizlar sevimli shoiramiz Zulfiyaxonimning hayot yo‘llariga ushbu sahnaviy ko‘rinishlar asosida yana bir nazar tashlasak.

1-boshlovchi: (Mayin musiqa taraladi chaqaloq yig‘isi ovozi yangraydi)

2-boshlovchi: Toshkentning temirchi oilasida,

Dunyoga keldi jajji qizaloq

Go‘zal bahorning ilk bor kunida

Uning “ingalari“ naqadar yangroq

1-boshlovchi: Dadajonisi Isroil ota

Temirchi kasbini jondan sevganlar

Mahalla bolalari bir-birini quvlab

Suyunchi, suyunchi deb xo‘p yugurganlar.

(shu payt 2 – 3ta bolachalar yugurib Isroil ota oldiga boradilar).

– Bolalar: – Amaki, amakijon suyunchi, suyunchi bering.

– Isroil ota: – Ha, ha nima gap, nima uchun?

– Bolalar: – Kennoyimiz qiz ko‘rdilar, suyunchi bering suyunchi bering.

– Isroil ota: – Voy rostdanmi, hozir, hozir mana-mana shu tangalarni olinglarda o‘zlaringizga yoqqan biror narsa olinglar bolajonlarim (ularga tanga yoki pul berib yuboradi).

– Bolalar: – Rahmat, rahmat amaki (xursand bo‘lib chiqib ketishadi).

– Isroil ota: – (bolalar orqasidan qarab qolib) – E, xudo berganingga shukur, yaratganingga shukur ilohim, dunyoga kelgan qizalog‘imning irodasi temirday mustahkam, temirlarimday zuvalasi pishiq, kuchli va nafosatli qiz bo‘lsin (shunday deb duoga qo‘l ochadi) tezroq uyga boray(deb chiqib ketadilar).

1-boshlovchi: – Dunyoga jarangdor ovozi bilan tug‘ilgan

Borligini butun olamga jar solgan

Bu jajjigina qizaloqqa “Zulfiya” deb ism qo‘ydilar.

2-boshlovchi: – Yaxshi odam ismi – ko‘ngilning naqshi,

Niyatlab ism qo‘ysang – hammasi yaxshi

Go‘zallik timsoli bo‘lsin, iloyinm,

Ismi ham, o‘zi ham Zulfiya bo‘lsin!

1-boshlovchi: Chunki Zulfiyaxonim deb nom berishning ham o‘z xosiyati bor edi.

2-boshlovchi: Aslida Zulfiya so‘zi forscha – arabcha so‘z bo‘lib, sochi jingalak, sochib o‘ralib tug‘ilgan sochli qiz ma’nosini beradi.

1-boshlovchi: shunday shiringina jingalagak sochli qizaloq onajonisining issiq bag‘rida shirin allalar og‘ushida orom olib voyaga yeta boshladi.

2-boshlovchi: onajonisining allalari uning qalbiga she’r bo‘lib, sehr bo‘lib, mehr bo‘lib yog‘ila boshladi. (Onasi alla ijro etadi)

Zulfiyaning onasi: Alla aytay jonim qizim

Quloq solgin alla

Shirin alla og‘ushida

Orom olgin alla

Allayo alla

Xudo bergan davlatimsan

Jonim qizim, alla

Ham baxtim-u savlatimsan

Qaro ko‘zim, alla

Allayo alla

Shiringina ovozing

Yangroq bo‘lsin, alla

Kelajaging iloyim

Porloq bo‘lsin alla

Allayo alla

(Onasi alla ayta-ayta chiqib ketadi).

1-boshlovchi: – Allalar og‘ushida jajji qizaloq

Sochlari jingalak go‘zal qiz bo‘ldi

Dadajonisi duo qilgandek

Temirdek irodali bir yulduz bo‘ldi.

2-boshlovchi: – 1922-yildan 1-sinfga qadam tashladi.O‘zi tug’ilgan go‘zal maskanning maktabida saboq ola bosh ladi.

1-boshlovchi:1931-yilda maktabni tugatdi va yana o‘qish maqsadidagi uning orzulari limmo-lim edi. Dastlab qizlar bilim yurtida, so‘ng Til va adabiyot institutning aspiranturasida o‘qidi. Umrini, hayotini jurnalistika va adabiyotga bag‘ishladi.

2-boshlovchi: – Yoshligidanoq adabiyotga havas qo‘ygan, she’rlari bilan xalqqa tanila boshlagan, shoira nomini olgan bu iste’dodli qiz o‘z umrini, hayot yo‘lini 1935-yil 23-iyulida Baxt va shodlik kuychisi shoir Hamid Olimjon bilan bog‘ladi. Uning sevimli rafiqasiga , vafoli yoriga aylandi.

1-boshlovchi: – Hamid Olimjonning Zulfiyadek sevimli yoriga ushbu dil izshorlari she’rga, she’rlari esa qo‘shiqqa aylangani bejiz emas (“Yoshlik chog‘imda “qo‘shig‘i ijro etiladi).

2-boshlovchi: – Sevimli shoiramiz Hamid Olimjon bilan baxtli edi . Unig har bir satri, har bir misralari vafodan , muhabbatdan yaralgan edi.

1-boshlovchi: – Shoiraning birinchi she’rlar to‘plami “Hayot varaqlari” deb nomlangan. Bundan tashqari uning “Hijron kunlarida” Yuragimga yaqin kishilar “”Shalola“ “Kuylarim sizga”kabi she’riy to‘plamlari yaratilgan.

2-boshlovchi: – Shira she’rlarini sanayversak, eh, uning adog‘iga yeta olmaymiz. “Hayot saboqlairiga” limmo-lim to‘lgan shoira she’rlarida keling tinglaymiz (Shoirani she’rlaridan namunalar aytiladi).

1-boshlovchi: – (raqsga yoki qo‘shiqa navbat beradi).

2-boshlovchi: – 1944-yil 3-iyul. Bu kun Zulfiyaxonim uchun eng og‘ir va judolik kuni bo‘ldi. Sevimli umr yo‘ldoshi Hamid Olimjonning o‘limi unga eng qattiq ayriliq kuni bo‘lib qoldi. Bu kunni shoira la’natlab eslaydi.

1-boshlovchi: – Endi u o‘zi uchun ham, ikki nafar farzandi uchun ham, hamda ijodkori Hamid Olimjon ishlarini davom ettirish uchun yashashi kerak edi.

2-boshlovchi: – Shuning uchun xudo bergan tog‘dek sabr- bardoshi bilan, yuragidagi ahd-u vafosi bilan shoiralik jur’ati va ayollik, onalik va bir umrli vafoli yor sadoqati bilan yashadi.

1-boshlovchi: – Har bir mislarida Hamid Olimjonning yorqin xotirasini madh etdi, uni also unutmadi. Har bahor kelganda shoir xayoli bilan yashadi.

2-boshlovchi: – Qani endi, tarix devorlarini birozgina ortga sursakda, o‘tmishga borsak.

1-boshlovchi: – Buning ilojisi yo‘q deb o‘ylamang. Chunki har bir narsani yurakdan his etsak, qalban uni tasavvur etsak, ijobat bo‘lgay.

2-boshlovchi: – Hozir azizlar shu holat ya’ni o‘tmishga sayohat ko‘z o‘ngingizda bo‘lgay.

(Mahzun kuylar sadosi ostida,Zulfiyaxonim siymosi sahnada paydo bo‘ladi, qo‘lida kitob, Hamid Olimjon portereti qo‘yilga stol oldiga o‘tiradi va “Bahor keldi seni so‘roqlab” yoki “O‘rik gullaganda”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh” she’rlaridan birini aytadi).

(Shu payt bir ikkita o‘quvchi qiz sahnaga kirib kelib, shunday deydi)

O‘quvchilar: – Shoir Hamid Olimjon xotirasi nafaqat sizning qalbingizda, balki biz yoshlarning ham qalbimizda mangu yashaydi (shunday deb Hamid Olimjon she’rlaridan Zulfiyaxonimga aytishadi).

Zulfiyaxonim siymosi: (she’r aytgan bolalarni boshlarini silab)

Ey, kelajak avlodim, jonajon xalqim,

Meni unitmabsiz g‘oyatda shodman.

Hayot yo‘llarimni bayon qildingiz,

Demakki, qalbingizda abad-ul yodman.

Ko‘nglimga benihoya taskin berdingiz,

Endi tinchgina olaman orom.

Mening she’rlarimni davom ettiring

Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘ling, qizlarjon.

(Shu payt bolajonlar qo‘lida gullar bilan mayin musiqa ostida chopib kelishadi va Zulfiyaxonimni qutlashadi hamda “Atirgullar” qo‘shig‘iga raqs ijro etshadi, qo‘shiq tugayvergach Zulfiyaxonim shu bolalar bilan birga chiqib ketadi)

1-boshlovchi: – Zulfiyaxonim!Siz vafoning timsolisiz!Siz bilan har bir ko‘ngil yashnar misli bog‘.

2-boshlovchi: – Siz poklik va jannat timsolidirsiz, sizdek ayollarni ta’riflagan ul Rasululloh.

1-boshlovchi: – Sizning muqaddas nomingizni e’zozlash va ulug‘lash maqsadida 1999-yil mart oyidan boshlab Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

2-boshlovchi: – Hozirgi kunda beshta qizimiz Zulfiyaxonim ko‘rik-tanloviga tayyorlanib sizning izingizdan bormoqda va bor iqtidorlarini namoyish etib sizning ishonchingizni oqlamoqchilar.

1-boshlovchi: – Keling endi navbatni bo‘lg‘usi Zulfiyaxonim qizlariga bersak. Marhamat, qizlar (davraga musiqa sadolari ostida beshta qiz tashrif buyuradi).

1-qiz: – She’r yozuvchi ijodkor qiz.

2-qiz: – Raqqosa.

3-qiz: – Tarjimon.

4-qiz: – Sportchi.

5-qiz: – Biror narsa yasovchi.

(Beshta qiz o‘z mahoratlarini ijro etgach, beshta qiz bir xil raqs ijro etishadi).

2-boshlovchi: – Siz azizlarni bir mushohadaga chorlaymiz. Sizlarning e’tiborlaringizga asal to‘ldirilgan idish, gullagan o‘rik niholi va gullamagan o‘rik niholini havola etamiz. Siz izoh bering, bu uchala ko‘rgazmaning Zulfiya hayoti bilan qanday bog‘liqlik tomoni mavjud? To‘g‘ri izoh bergan kishilar rag‘batlantiriladi.

1-boshlovchi: (hammani yaqinlashib kelayotgan bahor bayramlari bilan qutlagandan so‘ng).

2-boshlovchi: Zulfiyaxonim xotirasi hamisha porloq.

Xalqning e’zozida mangudir mudom,

Bosh egib sajdalar qilaylik sizga.

Sadoqatning timsoli sizga ehtirom.

1-boshlovchi: Yuz yoshingizni muborak etib,

She’riyat bo‘stoningiz kezdik birma-bir

Sizdek ulug’ zotlarni bergan Ollohga

Ming bora shukronalar, ming bora shukur.

2-boshlovchi: Hamisha sizni qalbda saqlaymiz,

Pok ruhingiz shod aylab, hech unutmaymiz.

1-boshlovchi: Mana shunday chiroyli tadbirlarda uchrashguncha xayr deb qolamiz (“Hamma ta’zim bilan xayrlashadi”).

Muqaddas ayol qo‘shig‘i ijro etiladi.


Скачать

© 2020, 683 0

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!