СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Методы изучения специфики соотношения традиции и нетрадиции в музыкальном образовании.

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

Статья написана на узбекском языке. Важно, чтобы процесс обучения был информативным и техническим. В частности, знание основных принципов нетрадиционных форм музыкального образования и их сущности положительно скажется на эффективности музыкального образования. В теме описаны методы изучения специфики соотношения традиции и нетрадиции в музыкальном образовании.

Просмотр содержимого документа
«Методы изучения специфики соотношения традиции и нетрадиции в музыкальном образовании.»

Musiqiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘ziga xos bog‘liklarini o‘rganish metodikasi.


Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi

San’atshunoslik fanlari dotsenti

(O’zbekiston)

mail: [email protected]


Annotatsiya: O‘quv jarayonining axborotli hamda texnik vositalar yordamida uyushtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa noan'anaviy musikiy ta'lim shakllarining asosiy tamoyillari va ularni mohiyatini bilish musikiy ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Mavzuda musiqiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘ziga xos bog‘liklarini o‘rganish metodikasi yoritib berilgan.


Kalit so‘zlar: Musiqiy ta'lim, musiqa, musiqa savodi, musiqa o‘qitish metodikasi, An'anaviy pedagogika, Ta'limda an'anaviylik va noan'anaviylik, metodika, yaxlit pedagogika.


KIRISh. Hozirgi jamiyatda o‘zaro pedagogika g‘oyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda endilikda pedagog va psixologlar ma'lum yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarni hal etish uchun birgalikda harakat qilishlari zarurati yetildi. Ular quyidagilar: musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylik, ularning o‘ziga xos bog‘liklari, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishda musikiy ta'lim integratsiyasi masalalari.

An'anaviy pedagogika hamma vaqt ta'lim-tarbiya jarayonini o‘rganish vazifasini qo‘yganki, shu bilan bog‘liq holda qator metodik vositalar ishlab chiqilgan. Ular o‘quvchilarning o‘quv faniga bo‘lgan munosabatlarini, ya'ni emotsional xayrixohligini, bolalar jamoasining yetukligini baholashni va shu asosda tarbiyaviy dasturlar tuzishni ko‘zda tutadi.

Ta'limda an'anaviylik va noan'anaviylik masalalariga N.V.Baxareva, N.S.Gorbatenko, R.Ignatovich, N.N.Lukovnikov, ye.A.Mixaylichev, Dj. Moreno, M.ye.Pavlova, L.N.Sobchik, P.Fyurster, V.V.Shpalinskiy, U.Esser, Yu.V.Yanatovskaya va boshqalar murojaat qilgan.

Keng tarqalgan tadqiqot metodlar sifatida sotsiometriya, kuzatish, anketa so‘rovini aytish mumkin. Bizningcha, ushbu metodikalar har bir o‘quvchi tomonidan umumiy ko‘rsatkichga, ta'limiy soha bo‘yicha biron-bir ko‘rsatkichini ob'ektiv baholashning nisbiyligiga qo‘shiladigan hissada koeffitsient salmog‘ining mavjud emasligi tufayli mukammal deb atash mumkin emas.

Tadqiqotning muammoli maydoni o‘quv-tarbiyaviy ish amaliyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maktab jamoasini kompleks tadqiq etishni amalga oshirish zarurati bilan o‘zaro qiymat darajasida musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘zaro bog‘liqlikdagi samarali va qulay metodikasining mavjud emasligi, ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikni o‘rganish jarayonida paydo bo‘ladiki, ularsiz musikiy ta'limiy ishlar dinamikasini nazorat qilish bo‘yicha kompleks tadqiqotlar o‘tkazish o‘z mohiyatini yo‘qotadi.

Ko‘rsatilgan qarama-qarshilikning holati bo‘yicha bizning qarashimiz tadqiqotning muammosini belgilaydi, ya'ni musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning bog‘liqliklarini o‘rganish vazifalarni hal etishda pedagogik nazorat va munosabat potensiali qandayligini o‘rganishdan iborat.

Mavzuning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

- musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylik tushunchalariga aniqlik kiritildi;

- - musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘ziga xos bog‘liklarini o‘rganish tizimi ishlab chiqildi;

- - musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘ziga xos bog‘liklarini o‘rganishda foydalaniladigan yangi ko‘rsatkichlar joriy etildi;

Mavzuning nazariy ahamiyati quyidagilardan iborat:

- musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning o‘ziga xos bog‘liklarini tadqiq etishning ma'lum bo‘lgan metodlarini samarali qo‘llashni sezilarli kengaytirish imkoniyati mavjudligi qiymat ko‘rsatkichlarini tadbiq etish bilan muloqot munosabatlarni modifikatsiya qilish orqali isbotlangan;

- an'anaviylik va noananaviylikning oldindan aniqlangan, maqsadga yo‘naltirilgan metodlarini amaliyotga tadbiq etish imkoniyati va qiymat ko‘rsatkichlari asosida uni baholash sifati asoslangan.

Mavzuning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat:

- fan o‘qituvchilari musikiy ta'limda an'anaviy va noananaviy pedagogik texnologiyalarning bog‘liqlikdagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari mumkin;

- ishlab chiqilgan metodika sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, maktab psixologlari va pedagoglar amaliyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, o‘quv-biluv jarayonidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish tizimiga javob tariqasida tadbiq etildi.

- taklif etilayotgan metodika modifikatsiya mos kelgan holatda o‘quv fanlari musikiy ta'lim sifatini yaxshilash vazifasi ustida ish olib borayotgan ishlab chiqarish, harbiy, ijodiy va boshqa jamoalarda qo‘llanilishi mumkin.

1. Asosiy qism. Musikiy ta'lim jarayonida noan'anaviy dars shakllaridan foydalanishning zaruriyati va ahamiyati.

Ma'lumki, fan o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini oshirish va ularni mutaxassisligiga oid bilimlar ko‘lamini rivojlantirishga e'tibor kuchaydi. Ayniqsa, o‘quvchilarga zamon talablariga mos tarzda bilim berish va musikiy ta'limning noan'anaviy usullaridan dars jarayonida kengroq qo‘llashga ehtiyoj ortib bormorqda. Chunki noan'anaviy musikiy ta'lim usullari hozirgi yangi zamonaviy musikiy ta'lim usullaridan tortib pedagogik texnologiya usullari, musikiy ta'limning samarali metod va vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarga bilim berishga keng imkon beradi. Hozirgi kunda o‘qitish jarayonining asosiy vazifasi talim mazmunini yangilashning uzluksiz tizimini ruyyobga chiqarishdan iborat. Bundagi asosiy maqsad har jihatdan rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashdir.

Fikrlaydigan insonni, yangicha iqtisodiy sharoitda, aniqrog‘i bozor iqtisodi sharoitida har qanday o‘zgarishlarga tayyor tura oladigan inson qilib tarbiyalash unga yangi-yangi texnologik axborotlarni qabul qilishga tayyorlash uzluksiz talimning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun talim mazmunini yangilashning o‘zi kifoya qilmaydi, balki ilg‘or tajribalarni o‘rganib, noan'anaviy musikiy ta'lim usullarini egallash zarur bo‘ladi.

Noan'anaviy musikiy ta'lim usullari o‘ziga ko‘p masalalarni qamrab oladi: jumladan nazariy va amaliy bilimlarni ananaviy vositalar orqali ko‘rsatib bo‘lmaydigan ko‘pgina jarayonlarning dinamik modellarini kompyuter yordamida animatsiya qilib multemediya maxsulotlari tayyorlash va ulardan foydalanib kompyuter darslarini o‘tkazish, va shu dasturga kiritilgan talim mavzusiga oid test savollari yordamida o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajalarini aniqlash, dars jarayonida o‘quvchilarni faollashtiruvchi xorijiy davlatlar Amerika, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Fillandiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan noananaviy talim shakllari yani innavatsion texnalogiyadan foydalanish, shuningdek mavzuga oid Respublika pedagog olimlarining pedagogik qarashlari va ilg‘or g‘oyalaridan foydalanish imkonini beradi. An'anaviy hamda noan'anaviy darslarning bog‘liqlikdagi tizimini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu usulning dolzarbligi, katta etibor va imkoniyatga ega ekanligi bilan asoslanadi. Ushbu tizimning afzallik tomonlari shundan iboratki, mavzu yuzasidagi murakkab jarayonlarni haqiqatga yaqin dinamik modeli bilan yaqqol tanishadi.

O‘quv jarayonining axborotli hamda texnik vositalar yordamida uyushtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa noan'anaviy musikiy ta'lim shakllarining asosiy tamoyillari va ularni mohiyatini bilish musikiy ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Noan'anaviy musikiy ta'limning yaxlitlik tamoyili o‘zida ikki jihatni aks ettiradi.

  • Birinchisi; – musikiy ta'lim-tarbiya bilan shaxs kamolotini mushtarakligi,

  • ikkinchisi; – noana'naviy musikiy ta'lim usullarining muayyan tizimga ega ekanligidan kelib chiqib musikiy ta'lim berishni nazarda tutadi. Talim sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, tahlil qilish, talim samaradorligini taminlashda o‘qitishning noananaviy shakllaridan foydalanish va ilg‘or pedagogik texnlogiyalar asosida darslarni tashkil etish dolzarb muammolardan sanaladi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘quvchi va o‘quvchilarni dars jarayonida faollashtiruvchi rivojlangan xorijiy davlatlar olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan innavatsion texnalogiyalar deb ataluvchi o‘qitish metodlari o‘quv jarayoniga tatbiq qilina boshlandi. Ular jumlasiga «Muammoli o‘qitish», «Uyinli texnologiya», «Aqliy xujum», «Individual o‘qitish», «Tarmoqlar», (klaster) metodi, «Bumerang texnologiya»si, «Skorabey» texnologiyasi, «Tarozi» texnologiyasi, «elpig‘ich»texnologiyasi «Skelet» va boshqalarini keltirish mukin. Dars o‘tish uchun qaysi usulni tanlab olish o‘quv fani va undagi mavzuning xususiyatlaridan kelib chiqiladi.

Masalan «Muammoli o‘qitish usuli»ni olaylik. Mazkur usul talim jarayonidagi samarador o‘qitish texnologiyasi sanaladi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish usulining afzalligi shundaki u avvalombor o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi. O‘quvchilarni intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishiga, unga kirishish, muammoni so‘z bilan ifodalash, yani faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik erkin ko‘rinadi, avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. Muammo o‘quvchi tomonidan shakllantirilib, muammo tarzida bayon etiladi, o‘quvchilar esa uylab fikr yuritish asosida muammoni o‘zlari yechadilar yoki muammo o‘quvchilar tomonidan qo‘yilib, ularning o‘zlari tomonidan yechiladi. Bu loyihani qo‘llashda o‘qituvchi avvalambor zo‘r tashkilotchi va boshqaruvchi bo‘lishi kerak. O‘qitish jarayoni faqat «muammoli» metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun hilma-hil metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, o‘yin texnologiyalari ham noananaviy talim usullaridan bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyatni tashkil etadi.

O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, mehnat va o‘qish bilan birgalikdagi faoliyat turlaridan hisoblanadi.

O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.

Psixologlarning ta'kidlashicha, o‘yinga kirishib ketish qobiliyatli kishi yoshiga bog‘liq emas, lekin har yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.

O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy faol harakterga «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi.

O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llaniladi.

O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, manaviy estetik va dunyo qarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, taffakur, qiyoslash, malakasi, solishtirish, o‘xshatishni topish, faraz xayol, ijodiy qobilyat impatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

Umuman talim jarayonida o‘yinning turli xillaridan keng foydalanish talim samaradorligini oshirishga katta imkon beradi. Masalan, didaktik o‘yinlar didaktik - qoidali o‘yinlar , qurilish o‘yinlar, rolli o‘yinlar shular jumlasiga kiradi. Bunday o‘yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o‘yinning borishini belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishini tashkil etadi. Didaktik uyinlarda asosiy fikrlash jarayonlarni tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish va hokazolar takomillashadi. Tadbirkorlik taqlidiy, tashkiliy, rolli o‘yinlar ham talim samaradorligini oshirishda muhim omil sanaladi.

Ayniqsa, bugungi kunda o‘qituvchilarni musikiy ta'lim-tarbiya jarayoniga tayyorlashda talimning noananaviy usullardan foydalanib dars o‘tishini ta'minlashda darsliklar bilan ishlashning ahamiyati haqida to‘laroq ma'lumotga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki, darsliklar bilan ishlash usuliga keng e'tibor qaratish muhim ahamiyati shundaki turli axborot oqimlari keng ko‘lamda kirib kelayotgan bir paytda biz fan o‘quvchilarini ko‘proq badiiy kitoblarni mutolaa qilishga o‘rgatishimiz va darsliklardan unumli foydalanishga o‘rgatib borishimiz maqsadga muvofiq ekanligini ongli tushinib yetish va pedagogik faoliyat jdarayonida ushbu jihatlarga e'tiborni oshirishimiz zarur sanaladi. Ma'lumki boshlang‘ich sinfdan boshlab agar ularda kitobxonlikka qiziqish oshirib borilsa bu keyingi jarayonlarda xam uzluksiz davom etib boradi. Shuning uchun o‘qituvchilarimiz o‘quvchilarni kitobga qiziqishini oshirish bilan bog‘lik muammolarni atroflicha o‘rganib amaliyotga tatbiq etish borasidagi pedagogik tajriba va mahoratlarini oshirib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak o‘quvchilar ilgari darsliklardan uyda bilimlarini mustahkamlash uchun foydalangan bo‘lsalar, maktab rivojlanishining hozirgi bosqichida esa ularning yangi material bayon qilinishi bilanoq foydalanish mumkin.

O‘quvchi kitob bilan muvaffaqiyatli ishlay olishi uchun tegishli ko‘nikma va malakalarni egallashi kerak. Bu metodning mohiyati bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, o‘quvchilarning darslik va kitob bilan mustaqil ishlashi jarayonida amalga oshishidan, va ayni paytda, ularning kitob bilan ishlash masalalarini egallashdan iboratdir.Talim jarayonida o‘quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reyting usuli ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muntazamlik, obektlik, tezkorlik, barcha uchun yaqinlik, o‘quvchilarning psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish, mustaqillikni shakllantirish talim-tarbiya taraqqiyotini birligi ochiqlik va natijalari amaliyotda hisobga olish tamoyillari asosida ishlab chiqilib joriy etilayotgan reyting usuli «o‘quvchilar bilim faoliyatining doimiy nazoratini o‘ziga qamrab oladi.»

Baholashning qator tizimini qo‘llashda erishilgan natijalarni taqqoslash, har bir o‘quvchi faoliyati natijalarini jamlash, ularni bilim darajalariga qarab tabaqalash va o‘quvchilarni erishgan natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda talimning noananaviy shakllaridan foydalanish imkoniyatlari cheksiz bo‘lib ular talimni samaradorligini oshirishda hamda yoshlarni har tomonlama yetuk, shakllanishiga muhim omil sanaladi.

Demak, musikiy ta'lim jarayonida o‘qituvchilarni talimning noananaviy usullari orqali dars jarayonini tashkil etishga tayyorlashning ahmiyati cheksiz bo‘lib, har tomonlama iqtidori va qobiliyatini shakllantirish zamin tayyorlaydi. Mazkur muammo yuzasidan qator metodik tavsiyalar adabiyotlar mavjud bo‘lib, ularda talimning noan'anaviy usullari orqali o‘quvchilarga bilim berish va har tomonlama o‘sib rivojlanishiga ijobiy axamiyat kasb etishi haqida alohida yoritib o‘tilgan.

Buyuk bobokalonlarimiz Abu Nosir Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Yugnakiy, Maxmud Koshgariy, Alisher Navoiy, Zaxriddin Muxammad Boburlar yosh avlodni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda musikiy ta'lim-tarbiyaning axamiyatiga katta e'tibor berganlar.

Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida musikiy ta'lim-tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish mashg‘ulotlar davomida o‘quvchining zerikib qolmasligi uchun musikiy ta'lim olishning turli yullari, shakl va metodlarini qo‘llash lozimligini qayd etgan. Shuningdek o‘qitishda faqat induktiv yul bilangina emas, balki deduktiv yul bilan ish tutmoq lozimligini ta'kidlagan. Beruniyninng fikricha, bunday o‘qitish tafakkurni o‘stirib, bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilishni boyitadi.

Umuman musikiy ta'lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlari musikiy ta'lim maqsadlari va undan kelib chiqadigan musikiy ta'lim mazmuni, o‘qituvchi faoliyati, metodlari va shakllaridan iborat.

O‘rta maktablar oldiga jamiyat tomonidan qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma musikiy ta'lim jarayonining musikiy ta'lim-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini, musikiy ta'lim mazmunini tashkil etadi. O‘qituvchi o‘z faoliyati orqali mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqaradi, ya'ni musikiy ta'lim mazmunining ma'lum qismi ular tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchilar faoliyati ularda o‘quv motivlarining shakllanganligi darajasiga bog‘liq. O‘quvchilar o‘z navbatida o‘qituvchi tomonidan berilgan yoki mustaqil, ijodiy izlanish orqali o‘quv materialini o‘zlashtiradilar.

O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan musikiy ta'lim mazmunining o‘zlashtirilishi jarayonini boshqaradi. O‘quvchilar bunga javoban o‘zlarining faoliyatlari haqida o‘qituvchiga axborot beradi. Shu tariqa musikiy ta'lim jarayoni yaxlit tizimni tashkil etadi.

Musikiy ta'lim mazmuni hozirgi zamon maktablari oldidagi buyurtmalarni hisobga olgan holda o‘quv qo‘llanmalarda qayd etilganidek bilimlar ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishdangina iborat bo‘lib qolmasdan balki, bilimlar, faoliyat usullari, ijodiy faoliyat tajribalaridan iboratligi avval qayd etilgan edi. Mazkur jihatlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ongli faoliyat yuritishga, har qanaqa muammolarni tushunishlari va mustaqil hal etishga o‘rgatadi. O‘quvchilarda qiziqish uz-uzidan paydo bulmaydi. Qiziqishni paydo bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning extiyojlarini xisobga olish zarur. Har qanday extiyojning qondirilishi o‘quvchilarning faoliyati orqali amalga oshadi.

Ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, musikiy ta'lim mazmunini o‘quvchilar to‘liq o‘zlashtirishlari uchun ularda barqaror va kuchli o‘quv-biluv motivlari shakllangan bo‘lishi lozim. O‘quvchilarda barqaror va kuchli o‘quv-biluv motivlari shakllangan bo‘lishi lozim. Musikiy ta'lim jarayonida har doim bir qolipda stereotip tarzda tashkil etilganda o‘quvchilarning bilim va taxsil olishga bo‘lgan extiyojlari qondirilmaydi. Shu sababli o‘qituvchi o‘z ish faoliyatida o‘quvchilarning extiyoji, qiziqishi, o‘quv-biluv motivlarini rivojlantirshga zamin tayyorlaydigan musikiy ta'lim vositalari, metodlari va shakllaridan o‘z o‘rnida va samarali foydalanishga imkon beradigan pedagogik bilim, o‘quv va malakalarni egallagan bo‘lishi lozim.

O‘qituvchi musikiy ta'lim jarayonini tashkil etish shakllaridan biri dars, o‘zining didaktik maqsadi, vazifasiga ko‘ra murakkab pedagogik ob'ekt sanaladi. Dars o‘zining didaktik maqsadi, mazmuni vositalari, metodlari bilan bog‘liq holda izchillikka, ilmiylikka, mantiqiy tuzilishga ega bo‘lish va mazkur tuzilish musikiy ta'lim jarayonining qonuniyatlariga mos bo‘lishi lozim. Dars tuzilishini aniqlash uchun o‘quv materiallaridagi musikiy ta'lim mazmunini uning mazmunidagi tarkibiy qismlar, mazkur tarkibiy qismlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish uchuli ya'ni, musikiy ta'lim jarayonining borishini xisobga olish zarur. Bu qonunga ko‘ra tabiatdagi hamma narsa xodisa va jarayonlarda ichki ziddifyatlar o‘zaro aloqadorlik bir-birini inkor etish holatida bo‘lgan qarama-qarshi tomonlar mavjud. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi taraqqiyotga ichdan turtki beradi, ziddiyatlarning o‘sib ma'lum bosqichda ziddiyatlarga barxam berishga yangi, ziddiyatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. .

Didaktikada qarama-qarshiliklar birligi va ko‘rashi qonuni musikiy ta'lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatida muxim rol uynaydi. O‘quvchilar musikiy ta'lim jarayonida faktlar, ma'lumotlar, bilim ko‘nikma va malakalarni egallab borishida, ularda kuzatuvchanlik va xissiylikni, tafakkur va ravon nutqni, xotira va ijodkorlik tasavvurlarni chuqur saviyada o‘zlashtirishni tarkib toptirishda yuzaga keladi.

Umuman noan'anaviy usullarni dars jarayoniga tadbiq etish murakkab jarayon bo‘lib bir qator tusiqlarga duch kelishi tabiiy. Birinchidan; ma'lumki uzoq yillik mustabid tuzum davrida bir qolipga tushib, faqat ma'lum doiradagi buyruqlar asosida ish yuritilar edi. Ana shu tizimdagi oddiygina bir dars jarayonini oladigan bulsak, dars jaryonidagi asosiy kuch boshqaruvchanlik hisoblanadi. Ya'ni buyruq beruvchi shaxs o‘qituvchi, buyruqni bajaruvchi o‘quvchidir. Agar o‘quvchi o‘qituvchining buyrug‘ini bajarmasa, u o‘quvchi «darsni o‘zlashtirmagan, intizomsiz o‘quvchi» bo‘lar edi. Yaxshi o‘quvchi o‘qituvchini topshirigini bajargan o‘quvchi edi. Uning tashabbuskorligi, ijodiy fikri inobatga olinmas edi. Ana shunday buyruqbozlik muhitida musikiy ta'lim olgan o‘quvchilarda qat'iyatsizlik, o‘ziga ishonchsizlik, o‘ziningn fikriga ega bo‘lmagan shaxs sifatidagi ong darajasi shakllanmagan. Natijada o‘quvchilarda o‘zgaga qaramlik xissi kuchaygan. Ammo, yuqoridagi ta'kidlangan illatlardan xanuzgacha qutilganimiz yo‘k. Noan'anaviy musikiy ta'lim usullari shaxsni ongli fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o‘rgatadi.

Ikkinchidan, kadrlar masalasi hozirgi kunda eng muxim masala sanaladi. Shuning uchun hozirgi kunda kadrlar masalasiga talab kuchayib bormoqda. Barkamol avlod orzusi kitobida «O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o‘zi anna shunday bilimga ega bo‘lishi kerak» deb ta'kidlanadi.

Haqiqatdan hozirgi kunda o‘qituvchilardan izlanuvchanlik, o‘quvchilar bilan ishlashda buyruqbozlik emas, balki ularning dunyoqarashini keng tarzda shakllantira oladigan chuqur bilim talab qilinadi. O‘quvchilarda erkin izlanish qobiliyatini uyg‘otishni talab qiladi. Bu esa o‘qituvchidan maxoratni va o‘ziga xos metodik tayyorgarlikni talab etadi. Masalan musikiy ta'lim metodlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu ham o‘ziga xos jarayon bo‘lib, yangicha yondashuv, yangicha mazmun kasb etadi. Hozirgi davrda bir hil qolipdagi musikiy ta'lim metodlari talabga javob bermayapti. Bu o‘rinda ham musikiy ta'lim tajribasiga murojaat qilishimiz maqsadga muvofiq. Masalan o‘tmishda madrasalarda mashg‘ulotlar davomida muammolar qo‘yish va ularni munozaralar asosida g‘al etish, tajriba-sinov, kuzatish, sharxlab o‘rgatish, mustaqil mutolaa, bilimlarni uzoq esda saqlab qolish uchun ifodali, qiroat bilan o‘qish, yod olish, chiston-jumboqlarni yechish, xusnixat muvashshaxlar yozish kabi metod va usullar qo‘llanilgan. Yirik madrasalarda o‘tadigan mashg‘ulotlarga nufuzli olimu-ulamolar taklif etilgan. Ular ma'lum muammolarni o‘quvchilar bilan birgalikda ilmiy munozaralar, savol-javoblar, suxbatlar asosida hal etganlar.

Demak ana shunday musikiy ta'lim usullaridan dars jarayonlarida qo‘llash ijobiy natijalarni olib kelishiga shak-shubxa yo‘q.

2. Asosiy qism. Musikiy ta'limda an'anaviylik va noananaviylikning mohiyati.

Hozirgi zamon pedagogik amaliyoti avvalgi musikiy ta'lim, tarbiya va o‘qitish tizimini saqlab qolish istiqbolsiz ekanligini ko‘rsatmoqda. Jamiyat faoliyatining barcha sohalariga mutaxassislarni tayyorligiga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmani, uning (jamiyatning) ehtiyojlarini qondirishni integral pedagogika metodlarini qo‘llash bilangina uddalash mumkin.

Psixologik va falsafiy tadqiqotlarning bu fonida (holatida) inson tarbiyasining butun bir vositalarini o‘z ichiga olgan o‘zaro muloqot tushunchasi mutlaqo tabiiy ko‘rinadi. Pedagogikaning asosiy prinsipi “o‘quvchi-o‘qituvchi” munosabatlari tizimida ijodiy qobiliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Bu yerda o‘quvchi so‘zi bog‘cha yoshidan talabagacha bo‘lgan sub'ektni bildirsa, o‘qituvchi so‘zi bog‘cha tarbiyachisidan OTM o‘qituvchisigacha bo‘lgan sub'ektni anglatadi.

Ko‘plab olimlar hozirgi zamonning ayrim global musikiy ta'lim muammolarini oldindan ko‘ra bilib, ularni hal etish yo‘llarini taklif etishdi. Bu qalb va jismning uyg‘unligi, fan va dinning musikiy ta'limda integratsiyalashuvi, musikiy ta'lim mazmuni va pedagogik jarayonda an'ana va innovatsiyalarning moslashuvi, yoshlarni voqyeliklarning uzviy zanjiri bilan bog‘langan olamda hayotga tayyorlashdir. Olamni yaxlit holda anglash, tarbiya va o‘zaro pedagogika g‘oyalari islohotlarning hozirgi bosqichida mamlakatni tezroq oyoqqa turgizish siyosati asosini, tashkil etadi, ya'ni hamma narsaning asosi – intellektual-ahloqli inson resursi – xalq ma'naviyati va uning keng miqyosda o‘z-o‘zini qayta tiklashi – musikiy ta'limdir. Musikiy ta'lim tizimining muhim kamchiliklaridan biri sifatida mutaxassislar unda avval boshidan tizimni tashkil etilishidagi oqsashni ko‘rsatishadi, ya'ni musikiy ta'lim maqsadining birlashmaganligi, dolzarb emasligi va ortiqcha tig‘izligi, uning mazmunida insonning tabiatiga, hayot mazmuniga va evolyusion vazifasiga yetkaziladigan ma'naviy zararning mavjudligi. Milliy musikiy ta'lim mazmunining boshqa muhim kamchiligi, insonning o‘zini uning bir butun yaxlitligida va borliq olam bilan o‘zaro aloqada o‘rganishga, o‘z mohiyatini amaliy jihatdan o‘zi anglashiga va tafakkur hissiyot hamda iroda kabi qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan musikiy ta'lim-tarbiyaviy dasturning yo‘qligi hisoblanadi.

Yana bir asosiy kamchilik sifatida an'anaviy va noan'anaviy musikiy ta'lim bir butun emasligini aytish mumkin. Musikiy ta'lim faoliyatidagi bir butunlikning yo‘qligi insonning ijodiy mohiyati o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘z-o‘zini anglash predmeti (sub'ekt-ob'ekt) emasligida ko‘rinadi. Tarbiyalash va musikiy ta'lim berish tabiatni, qonunlarni va musikiy ta'limning sub'ekti, jarayoni, usuli hamda natijasi hisoblangan inson ruhiyatining mavjudlik shakllarini ilmiy o‘rganish asosidagina muvaffaqiyatli kechishi mumkin.

Pedagogika tushunchasi “yaxlit pedagogika” tushunchasiga mos keladi. Bu ilmiy pedagogik tafakkur va amaliyotning eng yuksak darajada rivojlangan shaklidirki, unda inson ruhi, joni va jismi bilan yaxlitlikda olib qaraladi. O‘zaro pedagogika – bu tarbiya, musikiy ta'lim va kelajak davlat fuqarolarini o‘qitish prinsipidir.

Hamon mavjud bo‘lib turgan ratsional hissiz pedagogikadan farqli o‘laroq o‘zaro pedagogikaning faoliyat predmeti odam va olam hayotining birligidir.

O‘quvchiga individual yondashuv, unga uning rivojlanishi darajasiga mos holda murojaat qilish va uning irodasi ustidan biron bir zo‘ravonlik o‘rnatmaslik – mana haqiqiy pedagogikaning tamoyillari. Inson ruhiyatini uning butunicha qamrab olingan holda, binobarin, jismni uning mavjudligining makon va zamondagi shakli sifatida tarbiyalash jarayonida inson jismining harakati anglanilishi kerakligini bilish zarur.

Xulosa. Shunday qilib, an'anaviy va noan'anaviy musikiy ta'lim yaxlit bo‘lgandagina, ya'ni inson ruhiyatining barcha universal qobiliyatlarini avval uning tabiati va evolyusion vazifasiga mos holda rivojlantirishga yo‘naltirilganda: ongni rivojlantirishga, insonning irodasi va hissiyotlarini tarbiyalashga, uning jismoniy tabiatini rivojlantirishga, musikiy ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni ahloqiy-huquqiy turmush tarziga aylantirishga qaratilgandagina samarali bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Avliyoqulov X.N. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. – Toshkent, 2004

  2. Axmedova N. Musikiy ta'lim texnologiyasi amaliyoti. – Buxoro, 1999

  3. Bozorov E. Musurmonova O. O‘qituvchining ijodkorligi - davr talabi. –Toshkent: O‘qituvchi, 1992 yil

  4. Golish L.V. Faol o‘qitish usullari: Mazmun, tanlash va amalga oshirish.-T.. 2001

  5. Gorskaya G.I., Chupryakova R.G. Maktabga o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish. –Toshkent: «O‘qituvchi»,1990.

  6. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999

  7. Zaripov K.Z. Yangi pedagogik texnologiyani qo‘llashda o‘qitish metodlarining o‘rni. / Ilg‘or pedagogik texnologiyalar mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy kanferensiya materiallari. - Qarshi, 2001

  8. Yo‘ldoshev J./. Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari. / xalq musikiy ta'limi, 1999 yil, 6- son

  9. Maxmudov Yu., Mirzaev B. Pedagogik maxorat-oliy ijodkorlik /Xalk musikiy ta'limi, 1999 yili, 6-son

  10. Nasriddinov I.B., Abdullaeva Sh.A., Nurmurodov T.I. Masofaviy o‘qitish va didaktik musikiy ta'lim. /Pedagogik maxorat, 2003 yil, 2-son

  11. Nishonaliev U.N. Musikiy ta'lim standartlari va pedagogik innovatsiyalar. /Xalq musikiy ta'limi, 1999 yil, 6-son

  12. Ochilov M. O‘qitish usuli-pedagogik texnologiyaning asosiy komponenti. (Xalk musikiy ta'limi, 1999 yil 6-son

  13. Musikiy ta'lim samaradorligini oshirish yo‘llari, Seminar-trening materiallari. –Toshkent, 2002 yil




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!