СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Lightweight structures using a precise microarchitectural material framework

Категория: Технология

Нажмите, чтобы узнать подробности

In this paper, a new approach to design ultralight structures is developed based on a previous work called Efficient Multiscale Topology Optimization. A parameterized (or explicit) truss-based cell is introduced to generate intrinsically well-connected microstructures and to get clear interpretable optimal multiscale structures. The method uses a pre-computed database of optimal micro-cells to be computational efficient without losing in structural performances. The parameterization allows to generate a lightweight database just storing the set of parameters, that define the optimal cells, and the cells properties, that are obtained through inverse homogenization. The method has been successfully tested on two-dimensional compliance problems. Several examples demonstrate its versatility and give quantitative results. Moreover, it allows to obtain structures compatible with additive manufacturing processes, to naturally solve concurrent multi-scale problems, as well as controlled porosity and optimal fiber orientation problems.

Просмотр содержимого документа
«Lightweight structures using a precise microarchitectural material framework»

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

GEOGRAFIYA O’QITISH METODIKASI TA’LI YO’NALISHI 2B GURUH TALABASI BAYRAMOVA GULOYIMNING ”UMUMIY YER BILIMI” FANIDAN YOZGAN



KURS ISHI





MAVZU: REYLEFGA ENDOGEN VA EKZOGEN KUCHLARNING TA’SIRI





Ilmiy rahbar: Uzoqboyev Q





MUNDARIJA:

KIRISH…………………………………………………………………………...3 1-BOB. REYLEF VA UNING TAVSIFI ……………………............................3 1.1 Reylefning vujudga kelishi………..…………………………………. ……….4 1.2 Reylefning shakllanishi ………………………………………………………..5 2-BOB. REYLEFGA ENDOGEN VA EKZOGEN KUCHLARNING TA’SIRI …............................................................................................................9 2.1 Tashqi omillar ekzogen kuchalar …………………………………………… 10 2.2 Endogen va ekzogen jarayonlar jarayonlar …………………………………..18 2.3 Endogen va ekzogen kuchlarning vazifasi ……………...…………….... …..20 3-BOB. XULOSA……………………………………………………………… ..25 FOYDALANILGAN ADABIYOTALR RO’YXATI……….…………………26























KIRISH

Ma’lumki, tabiatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar tashqi va ichki  kuchlar  ta’siri natijasida  yuzaga  keladi.  Tabiiy  geograf ik jarayonlar- ning tabiiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan, ya’ni nurash, sel, eroziya, abraziya,  surilma,  karst,  sho‘rlanish kabilarning  kelib  chiqish  sabablarini o‘rganish va sodir bo‘lish jarayonlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Tabiatda  sodir  bo‘layotgan  jarayonlarga  ta’sir  qiluvchi antropogen omillar:  masalan,  yerlarning  sho‘rlanishi,  irrigatsiya  eroziyasi, o‘pirilishlar, cho‘llashish  kabilarni  tahlil  qilish,  ularning  oldini  o lish  choralarini ishlab chiqish muhim ekanini  mavzuni  o‘rganish davomida  bilib olasiz.

1-BOB. REYLEF VA UNING TAVSIFI

Relyef (frans, relief, lot. relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turli tuman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. Reylef kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi Reylefning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari Reylefni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin _____________________________________________________ 1. Mavlonov G'.A., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asosiari 123-bet

1.1 Reylefning vujudga kelishi

Reylef endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali Reylef shakllari hosil boʻladi. Yirik reylef shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq Reylef shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli Reyleflarni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan reylef shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. Reylefdagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. Reylefning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.

1.2 Reylefning shakllanishi

Reylefning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. Reylefni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi.

Tabiiy geografik jarayonlar deb,  Yerning  tashqi  (ekzogen) kuchlari  va inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlarga aytiladi.

 Tabiiy  geografik  jarayonlar  tog‘  jinslarining  yemirilishida,  tog‘ jinslari fizik holatining o‘zgarishida,  yer  yuzasi  relyefining  shakllanishi  va o‘zgarishida, atmosfera hodisalari rivojlanishida  namoyon  bo‘ladi.  Ular rivojlangan hududlarda turli xil inshootlarni joylashtirish,  qurish  va  ishlatishda  ma’lum  bir  qiyinchiliklar yuzaga keladi.  Shuning uchun  bunday  jarayonlar  rivojlangan  va  tarqalgan  joylarda turli xil inshootlar qurishning ilmiy  asoslarini ishlab  chiqish muammosi vujudga kelmoqda. 

  • Sel, surilma, ko‘chki, botqoqlanish, ko‘p yillik muzloq, qurg‘oqchilik,  o‘pirilma  tarqalgan joylarda  qurilish  ishlari  olib  borish  uchun  hozirgi  paytda maxsus qoidalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan.

  • Tabiiy  omillar,  o‘z  navbatida,  ikki  katta  guruhga  bo‘linadi: Yerning  ichki  kuchlari bilan  bog‘liq  va  tashqi  kuchlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  omillar.

  • Yerning  ichki  kuchlari endogen  (yunoncha  «endo» – ichki, «genos»  – kelib chiqish) kuchlar  deb  ataladi.  Ular  ta’sirida  vulqonlar  otiladi,  zilzilalar,  tektonik harakatlar sodir  bo‘ladi.  Bunday  jarayonlar  endogen  yoki geologik jarayonlar deb ataladi.

2-BOB. REYLEFGA ENDOGEN VA EKZOGEN KUCHLARNING TA’SIRI

 Tashqi omillar ekzogen (yunoncha «ekzo» – tashqi, «genos» – kelib  chiqish) omillar yoki  kuchlar  deb  ataladi. Tashqi  kuchlar ta’sirida  vujudga keladigan jarayonlar ekzogen jarayonlar yoki tabiiy geografik jarayonlar deb ataladi. Bunday jarayonlar Quyosh issiqligi, og‘irlik kuchi,  yer  usti va osti  suvlari hamda  organizmlar ta’sirida vujudga keladi  va  rivojlanadi. Ekzogen jarayonlarga nurash, eroziya, abraziya, deflyatsiya,  surilma, karst, sel, qor ko‘chkisi kabi hodisalar kiradi.

Nurash deb, haroratning o‘zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishiga aytiladi. 

Nurash uch turga ajratiladi: fizik, kimyoviy va organik nurash. Fizik nurash, asosan, harorat  va  namlikning  o‘zgarishi  natijasida  sodir  bo‘ladi. Kunduzi havo haroratining ko‘tarilib ketishi natijasida tog‘ jinslarida darzlar hosil bo‘lib, ular bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Ammo tog‘ jinslarining  kimyoviy  tarkibi  o‘zgarmaydi.  

Fizik  nurash  cho‘llarda  va  qoyali  tog‘larda keng tarqalgan. Kimyoviy nurash deb, havo, suv ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishi  va  kimyoviy  o‘zgarishiga  aytiladi. Kimyoviy  nurash  ta’sirida  barqaror  minerallar hosil bo‘ladi.

Organik nurash  deb, tog‘ jinslarining organizmlar  (o‘simlik,  hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar) ta’sirida yemirilishiga aytiladi. 

Eroziya  (lotincha  «erosio»  yemirish,  yuvilish)  deb  tog‘  jinslari  va  tuproqning oqar  suvlar  ta’sirida  yuvilishiga aytiladi. Eroziya  yuzalama  va  chiziqli  turlarga bo‘linadi. Yuzalama eroziya  jarayoni  tog‘  yonbag‘irlarida  keng  tarqalgan. Uning oqibatida  tog‘  yonbag‘irlaridagi  jinslar  yuvilib,  pastga  tushadi. Yumshoq jinslardan tashkil  topgan  qiya joylarda yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. Chiziqli eroziya daryo eroziyasi deb ham ataladi. Buning natijasida daryo o‘zanlari va qirg‘oqlari yuviladi.

Daryo qirg‘oqlarining yuvilishi Xorazm va Qoraqalpog‘istonda «deygish»  deyiladi. Amudaryo  1925-yilda  sobiq  To‘rtko‘l  shahrining  yaqinidan oqqan. 1938-yilga kelib Amudaryo ____________________________________________________ 1. Mavlonov G'.A., Krilov М.М., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asosiari.— Т.: “O‘qituvchi”, 1976. 2. Mavlonov G‘,O.. lslomov A.I. Shermatov M.SH.Geologik va injener-geologik hodisalar nima?.— Т.: “Fan”, 1970. shaharni yuvib keta boshladi,  1950-yilga  kelib  esa  daryo  To‘rtko‘l shahrini butunlay  yuvib  ketgan.  Keyinchalik  daryodan  ancha  uzoqda  yangi,  hozirgi To‘rtko‘l  shahri  bunyod etildi.

Abraziya  (lotincha «abrasio»  – qirish, qirtishlash)  deb,  okean, dengiz va ko‘l qirg‘oqlarining to‘lqinlar tomonidan yemirilishi va tekislanishiga  aytiladi. Abraziya natijasida  okean  va dengiz,  ko‘l  qirg‘oqlarida  tekisliklar hosil  bo‘ladi. Respublikamizdagi yirik  ko‘llar  va  suv omborlarining qirg‘oqlarida abraziya jarayonini kuzatish mumkin. 

Deflyatsiya (lotincha "defl atsio” – puflash) –  tog‘ jinslarining shamol  ta’sirida yemirilib, maydalangan  zarralarning  boshqa joylarga  ko‘chishi. Deflyatsiya qurg‘oqchil o‘lkalarda, ayniqsa, qumli cho‘llarda kuchli bo‘ladi. Shamol qumlarni to‘zg‘itib, bir joydan ikkinchi joyga tashib uylarga,  yo‘llarga, quduqlarga zarar yetkazadi. Ayniqsa, o‘simlik qoplamini zararlab chorvachilikka ziyon keltiradi. Deflyatsiyaning oldini olish va zararini kamaytirish uchun daraxt va buta o‘simliklarini ekish lozim. 

Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida juda katta  tezlik  bilan  oqib keluvchi  tosh  aralash  loyqa  suv oqimi. Sellar tog‘li o‘lkalarda jala yog‘ishi natijasida yuzaga keladi. Sellar o‘zi bilan birga  loyqa va toshlarni olib keladi. Tezligi soatiga 10–15 km ni tashkil etishi  mumkin.  U  yo‘lda  uchragan  hamma narsani yuvib  ketadi  va juda  katta  moddiy  va ma’naviy  zarar  yetkazadi.  Sel  hodisasi  O‘rta  Osiyo- da, Kavkaz, G‘arbiy Yevropa,  Shimoliy va Janubiy Amerikaning  tog‘li o‘lkalarida ko‘proq sodir bo‘ladi. Respublikamizning  tog‘li hududlarida  ham  sel  hodisalari  tez-tez  bo‘lib turadi. Ularning zararini kamaytirish va sel suvlaridan foydalanish uchun tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldilarida  selxonalar qurilgan.

Karst  deb,  suvda  yaxshi  eriydigan  tog‘  jinslarining  yer  usti  va  osti  suvlari ta’sirida eritilib, oqizib ketilishiga va yerostida turli xil bo‘shliqlar  (g‘orlar)ning, yer yuzasida esa o‘pirilmalar va chuqurliklar hosil bo‘lishiga aytiladi. Suvda tez eriydigan jinslarga ohaktosh, dolomit, bo‘r, mergel,  gips va  turli  xil  tuzlar kiradi.  Bunday jinslar tarqalgan joylarda  qurilish  ishlari olib borish ancha murakkab jarayon hisoblanadi.

Surilma deb, tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘ir bo‘ylab  pastga surilib tushishiga aytiladi. Surilmalar, asosan, tog‘li o‘lkalarda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha suvli va suv o‘tkazmaydigan gilli qatlamlar  ustma-ust  joylashgan  tik  yonbag‘irlarda  ro‘y beradi.  Surilmalar  ham  sellar  kabi  xo‘jalikka  juda  katta  moddiy  zarar  yetkazadi. Yonbag‘irlar  tuproq va o‘simliklarini olib ketib, yo‘l va inshootlarni ko‘mib yuboradi. Surilmaning oldini olish uchun yonbag‘irlarda suvli qatlamga tushadigan  suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshiriladi. 

Sug‘orma  dehqonchilik  natijasida  o‘pqonlar  avj  olib,  yerlar  qishloq   xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz holga keladi.

Antropogen  omillarga  insonning  turli  xil  xo‘jalik  faoliyati  kiradi:  qishloq  xo‘jaligi, suv  xo‘jaligi, konchilik  sanoati,  metallurgiya,  qurilish,  transport va boshqalar. Antropogen omillar  ta’sirida  antropogen  yoki  texnogen  jarayonlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlarga  surilmalar,  yer  yuzasining  cho‘kishi,  o‘pirilma lar,  yerosti suvlari  sathining ko‘tarili shi yoki pasayishi, daryo va  ko‘llarning  qurishi,  yangi  suv havzalarining vujudga kelishi, yerlarning sho‘rlanishi  kabilar  kiradi. Mazkur  jarayonlar xo‘jalik faoliyatiga katta zarar yet kazadi. Qishloq  xo‘jaligining  rivojlanishi natijasida sho‘rlanish, shamol va  suv eroziyasi  ham  rivojlanadi.  Yerosti  suvlari sathi yer  yuzasiga  yaqin  joylashgan  bo‘lsa,  suvlarning  bug‘lanishi oqibatida  tuproq sho‘rlana  boshlaydi. Chunki,  suv bug‘langanda uning  tarkibidagi  tuzlar tuproqda qolib, tuz miqdorining ortib  ketishiga  olib  keladi.  Bunday  holat  Xorazm vohasida va Mirzacho‘lda namoyon bo‘lmoqda.

Deflyatsiya  doimiy  shamollar  esadigan  joylarda  ko‘proq  uchraydi,  haydalgan yerlarda tuproqning yuqori unumdor qismi uchib ketadi. Yerlarni  o‘zlashtirib,  haydash va  sug‘orish  natijasida  eroziya  jadallashadi.  Bunday  jarayonga  irrigatsiya eroziyasi  deyiladi.  Irrigatsiya  eroziyasi  tog‘oldi  hududlarida  lyoss  va  lyossimon jinslar  tarqalgan,  nishabligi 2° dan katta bo‘lgan yerlarda sug‘orish me’yori va qoidalariga  amal  qilinmagan  hollarda juda kuchli yuz beradi.  Natijada yerlar jarlanib, unumdor tuproq qoplami yuvilib ketadi. Buning oldini olish uchun  yerdan foydalanishda agrotexnika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim.  

Suv  inshootlarining  qurilishi  ham  ayrim  noxush  hodisalarni  keltirib  chiqaradi. Qoraqum kanalining qurilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug‘orishga sarflanishi natijasida, Orol dengizining sathi 1960-yildan  so‘ng  pasaya  boshladi.  Orol dengizi tubining  ochilib  qolgan  qismidan  tuzlarni  shamollar  uchirib  olib  kelishi  oqibatida Orolbo‘yi  atrofdagi  yerlarning sho‘rlanish  darajasi  ortib  bormoqda.  Hozirgi  paytda buning  oldini olish maqsadida sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilmoqda. 

Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan turli noxush tabiiy  geografik jarayonlar  vujudga  keladi. Masalan, konchilik  sanoatining  rivojlanishi  natijasida juda  ulkan  surilmalar,  yer  yuzasining  cho‘kishi,  o‘pirilishlar,  yerosti  suvlari sathining  pasayishi  va  boshqa  hodisalar  ro‘y  beradi.  Ohangaron  vodiysida  20–25  yil  davomida  ko‘mirni  gazga aylantirilishi  oqibatida  yerostida  1  km 2  dan ortiqroq  maydonda bo‘shliq  hosil bo‘lgan. Natijada,  tog‘  yonbag‘rining barqarorligi buzilib,  hajmi  700–800  mln  m.kub. ni  tashkil  qilgan  surilma  hosil ____________________________________________________ 1. Mavlonov G'.A., Krilov М.М., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asosiari.— Т.: “O‘qituvchi”, 1976. 2. Mavlonov G‘,O.. lslomov A.I. Shermatov M.SH.Geologik va injener-geologik hodisalar nima?.— Т.: “Fan”, 1970. bo‘ldi  va xo‘jalikka  katta moddiy zarar yetkazdi.  Foydali qazilma konlarini qazib  olish jarayonida  suvlarni  kondan  tashqariga  chiqarib  yuborish  oqibatida yerosti suvlarining sathi keskin pasayib ketadi. Juda  katta maydonlarda  neft  va gaz qazib olish esa, yer yuzasining cho‘kishiga olib keladi.

Masalan,  neft  va  gaz qazib olish  natijasida  Rossiyaning G‘arbiy  Sibir pasttekisligi cho‘kmoqda, oqibatda bu  tekislikda yerosti  suvlari sathi ko‘tarilib, botqoqliklar va ko‘llar may- doni kengayib bormoqda. 

Sanoat  korxonalaridan  atmosferaga  chiqarilayotgan  changlar  havoni  ifloslab, «issiqxona  samarasi»ni  keltirib chiqarmoqda,  oqibatda  Yer  yuzi da o‘rtacha harorat ortib bormoqda.

2.1 Tashqi omillar ekzogen kuchalar

Endogen jarayonlar - Yer qaʼrida yer ichki kuchlarining taʼsir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar. Yer poʻstida sodir boʻladigan tektonik harakatlar, seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar Endogen jarayonlarni tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, yer qatlamlaridan hosil boʻladigan gravitatsion kuchlar taʼsiri va Yerning aylanishidan yuzaga keladigan kuchlar hisobiga paydo boʻladi. Gravitatsion kuchlarning Yer poʻstida notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar boʻlinishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga sabab boʻladi. Shuningdek, Yer poʻstining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada toʻplangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil boʻlishiga, qatlamlarni yoriqlar boʻylab turli yoʻnalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning choʻkindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar boʻylab yuqoriga koʻtarilishi va boshqalar omillar taʼsiridan turli foydali qazilma konlari hosil boʻladi. Endogen jarayonlar ning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga keladi. Koʻpgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib topishi (mas, neft, toshkoʻmir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga boʻlgan aloqasiga bogʻlikdir

Ekzogen jarayonlar — energiya hisobiga yer yuzasining us qismida birlamchi hosilalarni oʻzlashtirishda ishtirok etuvchi jarayon, majmuasi. Bularga, asosan, denugsh (nurash, defolyatsiya, korroziya, ab] ziya, ekzoratsiya), materiallar koʻchi (eol, suv oqimi, dengiz, muzlik) hak choʻkindilar paydo boʻlishi jarayonla kiradi. Yer yuzasida Ekzogen jarayonlar paydo boʻlish ning asosiy shakllariga — togʻ ji silarining buzilishi va ular tark topgan minerallarning kimyoviy qa ta hosil boʻlishi (fizik, kimyovi organik nurash), muz, shamol va s; yordamida buzilib, maydalangan t

2.2 Endogen va ekzogen jarayonlar jarayonlar

Yerdagi bo'ladigan jarayonlar; vulqon otilishi, zilzila, tog’ hosil bo'lishi, kabi ichki harakatlar endogen jarayonlar deb ataladi. Yerdagi behisob energiya ta’siridan jinslarning yotish holati va tarkibi o'zgaradi, burmali tog’lar, vulqon harakatlaridan orollar hosil bo'ladi. Yer qatlamlarini o'zgarishidan hosil bo'lgan har xil strukturalarni o'rganuvchi geologiyaning sohasi geotektonika deyiladi.

Yer po'stidagi endogen harakatlar qatlami yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarni normal yotishini o'zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta’sir qilgan kuchdan esa sinadi, darzlar hosil qilib bo'laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko'tarilib, ikkinchi qismi cho’kishi mumkin.

Qatlamlarning   o’zgarishi ichki harakatga bog’liqdir. Bu harakatdan cho'kish, ko'tarilish, burmalanish, yer yorilishi, katta-katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xilga orogen va epeyrogen harakatga bo'linadi. Orogen harakatlar o'z navbatida plikativ (burmalanish) va diz’yunktiv (uzilma) turlarga bo'linadi.

Epeyrogen (tebranma) harakatlar yer po'stining asriy tebranishida o'z ifodasini topgan..

Tektonik strukturalar orasida qatlamli, darz ketgan va ajralgan strukturalarni ko'rish mumkin.

1. Qatlamli struktura deb dengiz, ko'l, quruqlikda to'plangan mexanik, ximiyaviy va organik jinslarning tabiiy buzilmagan formasiga aytiladi.

Qatlamli strukturalarga jins qatlamlarining gorizontal yoki bir oz qiyshayib yotishi kiradi. Bunday holatni oldin tektonik harakatga aloqasi yo'q deb hisoblanar edi.Haqiqatda esa yotqiziqlarning yotish holati asosan yer po'stidagi harakatlarga bog’liqdir. Agar yer po'stining bir qismi asta-sekin cho'ksa yoki aksincha ko'tarilsa, shu joyga cho'kadigan jins qatlamlarning yotishi shu joyga moslashib qiya yoki gorizontal bo'ladi.

Yer po'stidagi harakatlar tufayli dengiz goh quruqlikka bostirib kiradi, goh orqaga chekinadi, buning natijasida dengiz ostida to'planuvchi cho'kindilar biri ikkinchisiga nisbatan suv bostirib kirganda bir xil tartibni saqlasa, suv qaytganda aksincha holatda bo'ladi.

Yer po'stida hosil bo'lgan cho'kindilar qatlamlar shaklida yotadi. Qatlam deb usti va osti tomonidan chegaralanuvchi yuza bilan ajralgan, bir xil tarkibdan iborat bo'lgan yaxlit yotqiziqqa aytiladi.

Qatlamning usti va ostki chegarasini birlashtiruvchi tik chiziqning uzunligi qavatni haqiqiy qalinligiga teng bo'ladi. Qavatning yer yuzasiga chiqib turgan qismi ko'ringan qalinlik deyiladi.

Hosil bo'lgan har qanday birlamchi jins qatlamni normal holatdan o'zgarib qolganligini, ularning yotish burchagini va azimutini tog’ kompasi bilan aniqlanadi.

Yer po'stida tebranma — epeyrogen harakatlar. Bizga qattiq va mustahkam bo’lib ko'ringan yer po'stining ba’zi joylari ko'tarilib, boshqa joylari esa, asta-sekin cho'kib, ya’ni tebranib turadi. Yer po'stining bunday harakati epeyrogen harakat, jarayonning o'zi esa epeyrogenizm (grekcha -tugilish) jarayoni deb ataladi. Asriy tebranishlar yer yuzasining keng maydonida sodir bo'ladi.

Dengiz yotqiziqlarini qatlami hamma qit’alarda topilishi va ularning yotqiziqlari bilan qoplanganligi o'tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po'stida asriy tebranishlari bo'lganligidan darak beradi. Bu harakatlar hozir ham davom etmoqda.

Epeyrogen harakatlar qirg’oq chiziqlarning o'zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba’zi yerlaridan suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki dengiz sohilining ko'tarilishida ro'y beradi.  Quruqlikning cho'kishi yoki dengiz sathining ko'tarilishi natijasida dengiz tarnsgressiyasi vujudga keladi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa  regressiya  deyiladi.

Transgressiya bilan regressiya jarayoni bir xilda bo'lmaydi. Bu hodisalar tektonik harakatlar natijasida yer po'stining ayrim joylarining cho'kishi yoki ko'tarilishida ro'y beradi.

Epeyrogen harakat yerlarda har xil vaqtda va turlicha tezlikda bo'ladi.

Yer po'sti harakatini ko’rsatuvchi eng yaxshi misollardan biri Apennin yarim orolining Serapis sohilidagi ibodatxona minorasida dengizda yashovchi molyuskalar o'ygan izlar, bu yerda bir necha marta dengiz bo'lib qaytganligini ko'rsatadi.

Serapis   sohillari         hozir   asta - sekin   cho'kayotganligi   sababli   kasr ustun-larini 2,5 m gacha suv qoplagan. Bundan tashqari tarixiy materiallarga qaraganda, Skandinaviya sohillari 100 yilda 100 - 120 sm ko'tarilmoqda.

Yer po'sti ba’zi joylarda ko'tarilsa, ikkinchi joyda cho'kadi. Masalan Boltiq dengizining janubiy sohili sekin-asta cho'kmoqda. Shimoliy dengiz, La-Mansh bug’ozi, Qora dengizning Suxumi atrofidagi sohillari va Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillari hamda Avstraliya materigi sohillari ham cho'kmoqda.

Kongo daryosining Atlantika okeaniga quyiladigan qismi chuqur cho'kkan. Bu daryoning eski o'zani okean sathidan 3300 m chuqurlikda bo'lib, uning uzunligi sohildan okean ichkarisigacha 130 km ga boradi. O’zbekistonning tog’li rayonlari neogen davridan boshlab hozirgacha ko'tarilmoqda. Buni ellik besh yillik davlat nivelirovkasidan ko'rish mumkin, ya’ni Amudaryo boshi - Panj daryosining quyi oqimiga nisbatan shu o'tgan davr ichida 2,15 m ko'tarilgan.

Yer po'stining asriy tebranishi faqat dengiz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Fransiyaning ayrim joylari, Al’p tog’larining etaklari va Boden ko'li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko'li sohillari, Tinch okeandagi Marjon orollari ham asta - sekin cho'kmoqda. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Yer po'stidagi hozirgi harakatlarni aniq o'lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog’ jinslari qatlamlarining yotish holatini o'lchash bilan epeyrogen harakatlarining yer po'stiga bo'lgan ta’siri aniqlanadi. Geologik va geomorfologik kesimlar, tog' jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi.

1862—1932 yillardagi nivelirlashlarning natijalarini tekshirib ko'rilganda, Himolay bilan Gang daryosi o'rtasida joylashgan Shimoliy Hindostonning ko'p qismi bir yilda 18,2 mm ko'tarilgan Banoras shaxrining shimoliy qismi eng ko'p ko'tarilgan.

Bunday ko'tarilishlar bo'ladigan joylarda suv ko'proq ish bajarib tik qirg’oqni qoyalarni vujudga keltiradi. Bu joylarda erroziya jarayoni tez bo'ladi va tik qoya rel'yefni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Yer po'stining tik tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati Pomir tog’lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 m siljimoqda. Yer tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust bo'lib turgan. Orogen harakatlar asosan ikkiga: burmalar hosil qiluvchi va ajratuvchi harakatlarga bo'linadi. Strukturalar qavatli cho'kindi yotqiziqlarning va ularni yon tomonidan siqilishi natijasida bukilib ketishidan hosil bo'ladi. Qavatlarni uzilmasdan buklanib hosil qilgan burmalariga burmalangan strukturalar deyiladi. Burmalangan strukturalarning morfologiyasiga qarab hosil bo'lish sabablari va ichki tuzilishi aniqlanadi. Bunday strukturalar tabiatda bir necha xil bo'lib asosiylari: antiklinal' va sinklinal' yoki qo'shoq burmadir. Qavatli cho’kindilar yon tomondan siqilishi tufayli qavariq va botiq shakl paydo bo'ladi.   Bukilgan qavatlarni qavariq qismiga antiklinal', botiq kismiga sinklinal’ burma deb aytiladi. Antiklinal' va sinklinal' burmalar yonma-yon uchrasa, ularni qo'shoq burma deyiladi. Antiklinalning yadrosida qadimgi sinklinalning yadrosida esa, aksincha, yoshroq jinslar joylashadi.

Antiklinal' va sinklinal' burmalar qanotlarning tutashgan qismi qulf deb ataladi. Bukilma qulf ularning o'rtasida qavariq yoki botiq qismida bo'ladi. Antiklinal' va sinklinal' qulflari orasidagi masofa burma balandligi deb ataladi. Burma qanotlarining o'rta qismi orasidagi masofa uning eniga teng.

Burma qanotining yer yuzasi bilan kesishgan joyida uning burchagi hosil bo'ladi (qatlamning burchagi) Yotiq burmalarda yotish burchagi geometrik usulda tuzilgan ko'ndalang kesmalarga qarab aniqlanadi.

Burma qulfidagi qatlamlar bukilmasini tutashtiruvchi nuqtalarga sharnir deyiladi. Shuning uchun har qaysi burmaning tuzilishida nechta qatlam bo'lsa, shuncha sharnir o'tkazish mumkin.

Burmaning hamma sharniri orqali o'tuvchi chiziq, ya’ni uning geometrik o'rnini hosil qluvchi yuza tekislik deyiladi.

Bu tekislikning muhim  xususiyatlaridan biri shuki, u to'g’ri  burmalarda simmetriya tekisligi    bo’la oladi  va uni teng  ikki bo’lakka  bo’ladi.

O’q tekisligining  yer yuzasi bilan kesishib hosil qilgan chizig’i burma o'qi deyiladi. Ko'pchilik xaritalarda va tektonik sxemalarda burmalarning tekislikda egallagan o'rni, ya’ni burma o'qi aks ettiriladi.

Burmalarninng tasnifi. O'q yuzasining gorizontal holatiga nisbatan tutgan o'rniga  qarab  burmalar to'g’ri, qiyshiq, ag’darilgan va yotiq bo'ladi.

O'q tekisligi va qanotlari bir - biriga parallel bo'lgan burmalar izoklinal burmalar hisoblanadi. Qanot tekisliklarini gorizontal enkayishiga qarab ular to'g’ri, agdarma va yotiq xillarga bo'linadi. Antiklinal' va sinklinallarda burma qanotlarining burchagi gorizontga nisbatan 90° dan katta bo'lsa, yelpig’ichsimon burma deb ataladi. Ularda o'q tekisligi pastga, yoki yuqoriga taram-taram bo'lib ketadi. Yelpig’ichsimon burmalar paydo bo'lganda, tog’ jinslarining yelpig’ichiga to'g’ri kelgan qatlamlari ko'pincha shunday siqiladiki, burmalar ichida orol tarzida tog’ jinslaridan bir qismi uzilib qoladi. Bu bukilmaning ezilgan yadrosi deb ataladi. Keng, tekisroq gumbazga va tik qanotga ega bo'lgan burmalar sandiqsimon yoki qutisimon burmalar deb ataladi.

Antiklinal' burmalar kesmada qanday shaklda bo'lishidan qat’iy nazar, uning yadrosida har doim eng qadimgi jinslar, qanotlarda esa, yosh jinslar joylashadi. Sinklinallar yadrosida aksincha, yosh jinslar, qanotlarida qadimgi jinslar joylashgan bo'ladi.

Ko’ndalang kesmalarda burma sharnirlari har doim to'g’ri, groizontal chiziqlar bo'yicha bo'lavermaydi. Odatda ular to'lqinsimon bo'lib, bir joyda gorizont tekisligiga nisbatan cho'kkan, boshqa joyda ko'tarilgan bo'ladi. Sharnirning bunday to'lqinlanishi undulyatsiya deb ataladi. (kichikroq to'lqinlarning hosil bo'lishi burmalarning o'qlari ham har doim to'gri chiziq shaklida bo'lmaydi. Ularning egri-bugri shakldagisi geologiyada sigmoidlar deb nom olgan.

Sharnirlari gorizontal, o'k tekisligi vertikal burmalar normal burmalardir. Ularni gorizontal tekislikda kesilsa, qatlamni tashkil etgan jinslar yuzaga yo'l-yo'l shaklda chiqadi. Qarama-qarshi yo'nalishlarda cho'kkan antiklinal burmalar braxiantiklinal burma deb ataladi.

Bunday antiklinal burmalardagi qatlamlar ostida ko'pincha tuz to'plangan bo'lib, ularning gorizontal holdagi kesmasi doira shaklidagi konturlarga ega bo'ladi.

Tog’ jinslari holatlari qalinligining o'zgarishini tekshirish katta amaliy ahamiyatga ega. Burmaning ko'tarilgan va cho'kkan (botgan) qismlarida jins qalinligi ortib boradi, bu hodisa biror qanot qalinligining kamayishi tufayli yuz beradi. Bunday hollarda burmalarning qanotlari shunday siqiladiki, natijada siqilgan qatlam qanotlari butunlay yo’qolib ketadi.

Yer ichki harakatidan qatlamlarni yon tomondan siqilishi natijasida ular 15-40° gacha burchak hosil qilib sinadi va bir tomoni (qatlam) ikkinchi (yon qatlam) tomonga siljib chiqadi, bunga nadvig deyiladi.

Burmalar ichida ximiyaviy - mexanik harakatlar natijasida plastik (osh tuzi, gips, plastik gil va boshqalar) massalarning qisilishdan o'ziga xos struktura kelib chiqadi.

Jins qatlamlari yadrosidan qisilgan massa uning ustiga oqib chiqib, yuzasida yotgan qatlamlar yon tomonga siqilib ko'tariladi va bunda diapir (diapir - grekcha  - oqib chiqish) burmalar hosil bo'ladi. Oqib chiqadigan yadro shakllari ham har xil konussimon, taroqsimon, gumbazsimon, silindrsimon) bo'ladi. Diapir burmalarning balandligi 100 m va undan ko'p bo'ladi. Bunday burmalar cho'kindi jinslar orasida tuzlar yoki bo'shoq jinslar ko'p tarqalgan rayonlarda (Qashqadaryodagi yura davri yotqizig’ida) uchraydi va rel’yefda yaqqol ko'rinib turadi.

Fleksura deb ataluvchi burma gorizontal yotuvchi qavatlarning bir tekisda vertikal yo’nalishda harakat qilmasligidan paydo bo'ladi. U jins qavatlarining gorizontal yotishida ayniqsa yaqqol ko'rinadi. Fleksura — uzik burmalarga o'tish bosqichidir. Darzlik va uzilmali (dizyunktiv) strukturalar. Tog jinslari qatlamlarning buzilishiga, ajralishiga dizyunktiv harakat deb ataladi.

____________________________________________________ 1. Mavlonov G'.A., Krilov М.М., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asosiari.— Т.: “O‘qituvchi”, 1976. 2. Mavlonov G‘,O.. lslomov A.I. Shermatov M.SH.Geologik va injener-geologik hodisalar nima?.— Т.: “Fan”, 1970

Bu bilan harakat tufayli qatlamlarni kesib o'tuvchi yoriqlar (darzlik) namoyon bo'ladi. Yoriqlar katta, kichik hamda sayoz va chuqur bo'lishi mumkin, kichik yoriqlar bir qatlamdan tashqariga chiqmasligi mumkin. Bunday darzlar jins qavati yuzasidagina bo'lib fizik kuch ta’sirida tog’ jinsini qarshiligiga (egiluvchanligi, chidamliligi, mo’rtligi) qarab, ajraluvchan va egiluvchan xillarga bo'linadi. Burmalangan struktura o'ziga parallel yo’nalgan darzlarga klivaj deyiladi.

Chuqur yoriqlar esa juda ko'p qatlamlarni kesib o'tib va minglab m gacha cho'ziladi. Masalan Janubiy Farg’ona chuqur yer yorig’i zonasi, sharqda Oldiyor (Fargona tog’i)dan Uralgacha boradi. Bunday yoriqlarga yondoshgan tog’ jinslari uning qanotlari deb ataladi. Gorizontga enkaygan yoriqlarda osma va yotiq qanotlar bir - biridan farq qiladi.

Paraklaz (tog’ jinslari bir-biriga nisbatan siljib joylashgan tektonik) yoriqlar kattaligi va qanotlar siljishining yo'nalishiga hamda yoriq tekisligi enkayish burchagining kattaligiga qarab belgilanadi. Bu belgilarga qarab uzilmalar (sbros), siljishlar (sdvig) aniqlanadi. Paraklaz yoriqlarini ko'pincha siljish yoriqlari deb ham atashadi, chunki qanotlar shu yoriqlar bo'yicha ko’chadi. Qanotlar nisbiy ko'chishining kattaligi yoriq amplitudasi deb ataladi.

Uzilma siljish deb shunday paraklazlarga aytiladiki, ular qanotlarining ko'chishi (50°dan ortik) qiya yo'nalishda ro'y beradi. Uzilma yoriqlaridan uziluvchi burchak tik yoki qiya bo'lishi mumkin. Agar uzilma yoriqlari pastga qanotlar tomoniga qiya bo'lsa, u normal uzilma deb ataladi.

Ko'tarilgan qanotga qiya bo'lsa, aks uzilma yoki ko'tarilma deb ataladi.Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko'chsa oddiy uzilma hosil bo'ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikki yon tomoni cho'kmagan, parallel yoriqlar bilan chegaralangan, o'rtasi cho'kkan joy graben deyiladi. Oddiy graben ikkita uzilma bilan chegaralandi. Murakkab graben uzilmalar sistemasi bilan chegaralanadi. Grabenlarga O'lik dengizi, Baykal ko'li, Reyn vodiysi, Oxangaron daryosi vodyisi misol bo'la oladi. Katta va murakkab grabenlar sistemasi Sharqiy Afrikada Zambezi daryosi, Katta Afrika ko'llaridan Efiopiyagacha cho'ziladi. Keyin bu sistema Afrika bilan Osiyo orasidan o'tadi, uning markazi Qizil dengizga tug’ri keladi. Bu grabenning uzunligi taxminan 5000 km.

Qatlamlarning parallel yoriq bo'ylab uzilishidan cho'kmay qolgan o'rta qismiga gorst deb ataladi. Ikki tomondan uzilma bilan chegaralangan gorstlar oddiy, bir necha uzilma bilan chegaralangani - murakkab gorstlar deb ataladi.

Uzilma amplitudasi (tebranish balandligi) uzilgan qatlamlarning bir-biridan ajralgan qismi orasidagi masofaga teng bo'ladi.

Burmalar yo'nalishiga qarab bo'ylama, diagonal va ko'ndalang bo'ladi. Birinchisi burma bo'yicha cho'zilgan bo'ladi, ikkinchisi uni o'tkir burchak bilan, uchinchisi to’g’ri burchak bilan kesadi. Uzilmalar qatlamlarning qiyaligiga qarab turlicha bo'ladi. Qatlamlarning qiyaliklari va uzilma yuzasi bir tomonga yo'nalgan bo'lsa mos uzilma aksincha nomos uzilma (vzbros)  ataladi.

Tog’ jinslaridan uzilmaning harakat yo'nalishini unda paydo bo'lgan yuzaga qarab aniqlash mumkin. Bunday harakat natijasida yoriqlar yuzasi tekislinadi, o'tkir qattiq jinslar ularni tirnaydi, ariqchalar hosil bo'ladi va burmalar surilib ketadi.

Yoriqlar devorlarining tekislangan yaltiroq oynasimon yuzasi “sirg’anish oynasi" (zerkalo skol'jeniya) deb yuritiladi. Sirg’anish oynasi yuzasining qarama-qarshi tomoni odatda g’adir-budur bo'ladi.

Yer yoriqlari devorlarining birida paydo bo'lgan chuqurchalar qarama-qarshi devorda chiqib turgan qattiq jins yoki minerallarning bu devorni o'yishidan vujudga keladi. Agar bunday chuqurcha uchburchak shaklida bo'lsa, uchi harakat yo'nalishining old tomonida, yoy shaklida bo'lsa, uning qavariq tomoni harakat yo'nalishining orqa tomonida bo'ladi. Shunga ko'ra harakat yo'nalishini aniqlash oson..

 Paraklaz yoriqlari bo'yicha harakatning yo'nalishini aniqlashda “tektonik gil”ning ( Tog’ jinslarining bir-biriga ishqalanishi natijasida maydalangan uni) roli kattadir. Yoriqlarni to'ldiruvchi tektonik gil qatlamlarining ajralgan yuzasi yo'nalishiga tomon engashgan bo'ladi. Tektonik gillar yon jinslar tirnalishidan yoki yoriqlarda hosil bo'lgan minerallanishdan paydo bo'lganligini mikroskop ostida ko'rib aniqlash mumkin. Ajralgan strukturalarning geologik qidiruv ishlarida ahamiyati katta. Bu strukturalar rudaga boy gidrotermal suyuqliklarning harakatlanishi uchun eng qulay joy hisoblanadi.  Shuning uchun ham  geologlar ma’danlarni izlashda bunday tektonik strukturalarga katta  ahamiyat berishlari lozim.

2.3 Endogen va ekzogen kuchlarning vazifasi

Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega boʻlsa, ekzogen kuchlar barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar yer yuzasidagi barcha notekislarni bunyod etib, relief shakillarini paydo qilsa, ekzogen kuchlar ularni yemirish va tekislashga harakat qiladi. Ekzogen (yunoncha exo — tashqi, depon — kelib chiqish) jarayonlar yer yuzasida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar boʻlib, ularni harakatga keltiruvchi manba — quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida sodir boʻladigan tabiiy xodisadir. Ekzogen jarayonlar asosan yer poʻstining yuza qismini oʻzgartiradi. Barcha ekzogen jarayonlar asosan togʻ jinslarini yemiradi (nurash, eroziya, denudasiya, abraziya), yemirilgan jinslarni tashiydi (koʻchiradi) va toʻplaydi (akkumulyatsiya). Ana shu tabiiy hodisalar tufayli yer yuzasining relyefini tekislaydi. Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini koʻp xolatlarda endogen jarayonlar belgilab beradi va har ikkalasi qarama — qarshiliklar kurashi va birligi qonuni asosida nomoyon boʻladi. Masalan, togʻlar (vulkanik, tektonik) qanchalar tez va baland koʻtarilsa, ularning yemirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda yer poʻstida modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Togʻlab yemirilib, pasayib boradi, tekisliklar esa, choʻkindi jinslar bilan toʻlib, koʻtarila boshlaydi. Yer poʻstidagi mavjud mubozanat buzilib, tektonik harakatlar yangidan faollasha boshlaydi. Ekzogen va endogen jarayonlar shu tarzda bir biri bilan hamkorlikda ishlaydi va bir — biri bilan dinamik birlikda rivojlanadi.

Ekzogen jarayonlar ham endi oʻz navbatida ikkiga boʻlinadi: quruqlikdagi va suvli muhitdagi jarayonlar. Quruqlikdagi ekzogen jarayonlar shamol, vaqtincha oqar suvlar, muzliklar tasirida yuzaga keladi. Ekzogen jarayonlarning vaqt davomida rivojlanishiga tektonika, iqlim va antropogen omillar taʼsir etadi.

Nurash jarayonlari

Choʻkindi hosil boʻlish muhiti koʻp omilli boʻlib, unda xududning iqlimi, relyefi va geotektonik rejimi muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasida ochilib yotgan birlamchi togʻ jinslarining havo, suv va muzlik, haroratning oʻzgarishi va boshqa tabiiy — kimyoviy hodisalar hamda organizmlar taʼsirida parchalanishiga nurash deyiladi. U nurash omillariga qarab fizik, kimyoviy va biologik nurashga boʻlinadi.

Fizik nurash haroratning keskin oʻzgarishi, suv va havo oqimlari, muzlarning harakati natijasida togʻ jinslarining mexanik parchalanishi orqali amalga oshadi. Togʻ jinslarini minerallarning issiqlikda kengayish koʻrsatkichi turlicha boʻlganligi tufayli ular turli miqdorda kengayadi va torayadi. Dastlab togʻ jinslarida yoriqchalar hosil boʻladi. Darzliklarda suv singib muzlaydi. Natijada darzliklar kengayadi. Yirik kristall donali jinslarda minerallarning dezintegrasiyasi — donalarning bir-biridan ajralib ketishi sodir boʻladi. Togʻ jinslarining struktura va teksturasi turlicha boʻlgani sababli ham nurash jarayonlari turlicha kechadi. Intruziv tanalarda nurash tufayli yirik harsanglar hosil boʻladi. Suv va havo oqimlari ham juda katta yemirish kuchiga ega boʻladi. Quruqlikda shamol qoyali jinslarni yemirib, deflatsiya va korraziyaga uchratadi. Fizik nurash natijasida turli oʻlchamdagi togʻ jinslari hosil boʻladi.

___________________________________________________ 1 Musiafoyev S., Nazarov О., Suvonov P. Tabiat muhofazasi va ekologiyaga oid ruscha— о‘zbekcha izohli lug‘at.— Т.: Mehnat, 1995.— 216 b.

Haroratli nurash

Togʻ jinslarining bir hilda isitmasligi sababidan sodir boʻladi. Bunda asosan, haroratning sutkalik tabranishi katta ahamiyatga ega boʻladi. Monomineral togʻ jinslarining yuza qismi bilan pastki qismi oʻrtasida, polimeneral togʻ jinslarida turli qattiqlik va rangdagi minerallar oʻrtasida harorat amplitudasining taʼsiridan siqilish va kengayish kuzatiladi. Natijada togʻ jinsida darzlar paydo boʻlib, asta — sekin parchalana boradi. Haroratli nurash keskin kontinental arid iqlimli oʻlkalarda va arktikada kuchli kechadi. Mexanik nurash suv va havo oqimlarining kuchi, gravitatsion jarayonlar, togʻ jinslarining muzlashi va oʻsimliklar tomiri taʼsirida yemirilishidan namoyon boʻladi. Shamollar taʼsirida yemirilgan togʻ jinslarida turli-tuman gʻaroyib shakllar vujudga keladi.

Qoyali relyefda bu vosita gravitatsiya kuchlari taʼsirida togʻ jinslarini mexanik parchalab, turli shakillar va burdalangan material xisobiga kollyuviy hosil qiladi. Suv muzlaganda oʻz hajmini 11 % ga oshiradi. Natijada qor chizigʻidan yuqorisida, arktika, subarktika, dengiz qirgʻoqlarida sovuqdan nurash yuz beradi.

Kimyoviy nurash

Suv karbonat angidrid, kislorod, organik va anorganik kislotalar taʼsirida beqaror minerallarning oʻzgarishiga kimyoviy nurash deyiladi. Kimyoviy nurash kislotali-ishqorli va oksidlovchi-tiklovchi muhitlarda amalga oshadi. Kislotali-ishqorli muhit suvdagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Kimyoviy nurashga sulfidlarning oksidlanishidan hosil boʻlgan sulfat kislota va organic materiallarning chirishi tufayli vujudga kelgan gumin kislotalari ham katta ahamiyatga ega. Kimyoviy nurash kimyoviy jarayonlarning 5 turini:

1) erish,

2) gidroliz,

3) ion almashuv,

4) oksidlanish,

5) organik reaksiyalarni oʻz ichiga oladi.

Erish minerallarning ion yoki kolloid eritmaga oʻtishidan iborat. Gidrolizda kimyoviy birikmalar suv bilan reaksiyaga kirishib, kuchsiz kislotalar yoki kuchsiz asoslar hosil qiladi. Ion almashuv reaksiyalari gil minerallarida qatlamlararo va sirtqi ionlarning eritma ionlari bilan faol almashinishida sodir boʻladi. Oksidlanish — bu kimyoviy reaksiya jarayonida elektron berishdir.

Nurash qobigʻi deb kimyoviy nurashga uchragan elyuviyga aytiladi. Uning qalinligi pastki zonalar hisobiga, pastki zonalari esa tub jinslar hisobiga oshib boradi. Nurash qobigʻining qalinligi 30 — 40 m ni tashkil etadi. Baʼzan 100-200 m gacha yetishi mumkin. Eng qalin nurash qobigʻI tropic va subtropiklarda boʻladi. Choʻkindi jinslarda nurash qobigʻi uncha qalin boʻlmaydi, 5-10 m gacha yetishi mumkin. Choʻkindi jinslar ayniqsa suv va karbonat angidritga boyigan boʻlsa, qisman yoki toʻliq erib, suv bilan chiqib ketadi. Uning oʻrnida karst deb ataluvchi boʻshliq hosil boʻladi.

Maydonli nurash qobigʻI

Maydonli nurash qobiqlari yirik maydonlarda qoplama shaklida rivojlangan boʻladi. Ular tektonik tinch viloyatlardagi yassi togʻliklar va keng suvayirgʻichlardagi maydonlarda rivojlanadi. Bu turdagi nurash qobigʻining qalinligi oʻnlab metrlarga boradi.

Choʻzinchoq nurash qobiqlari

Choʻzinchoq nurash qobiqlari darzlashgan zonalar, turli tarkibdagi jinslar kontakti, tomirlar va daykalar boʻylab choʻzinchoq tanalarni hosil qiladi. Bunda nurash qobiqlari parchalangan relyefi burmali togʻlarda vujudga keladi, ularning qalinligi yuzlab metrga borishi mumkin. Baʼzan maydonli nurash qobiqlari oʻzining pastki qismida choʻzinchoq nurash qobiqlariga oʻtib, qalinligi keskin oshadi.

Qadimiy nurash qobiqlari

Qadimiy nurash nurash qobiqlari koʻpincha oʻzidan yoshroq choʻkindi jinslar bilan qoplangan. Koʻpchilik nurash qobiqlariesa qisman yuvilib ketgan. Yura va paleogen davrida shakillangan nurash qobiqlari juda keng tarqalgan.

Zamonaviy nurash qobiqlari

Zamonaviy nurash qobiqlarining shakillanishi xozirgi kunlarda ham davom etmoqda. Ushbu kimyoviy nurash jarayonlari hali nihoyasiga yetmagan, qalin emas va ustki qismida tuproq qatlami mavjud. Nurash qobiqlari bilan koʻplab foydali qazilma konlari bogʻliq. Masalan nurash qobigʻI rivojlangan zonalarda oltin, platina, kassiterit, titanli temitosh, sirkon, monasit, qimmatbaho toshlarning sochilma konlari bogʻliq.

Tuproq yer poʻstining unumdor qatlami boʻlib, unda dehqonchilik qilinadi. Tuproq bir vaqtda kechadigan nurash va tuproq hosil boʻlish jarayonlari tufayli vujudga keladi. Bunda tub togʻ jinslariga suv, havo, quyosh energiyasi, oʻsimliklar va hayvonlar birgalikda taʼsir koʻrsatadi. Tuproq asosan boʻshoq jinslardan iborat boʻlib, magmatic, choʻkindi va metamorfik jinslarning oʻz joyida qolgan yoki maʼlum masofalarga koʻchirilgan materiallarining nurash mahsulotlari hisoblanadi. Tuproq hosil boʻlishida biologik omil, asosan oʻsimliklar ustuvorlik qiladi. Tuproq hosil boʻlishidagi hayvonlarning roli tuproqda yashovchi mayda organizmlarning hayot faoliyati bilan bogʻliq. Tuproqning tarkibi gumus (chirrindi) va ona jinsdan (togʻ jinslari) tarkib topgan.





















3-BOB. XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega boʻlsa, ekzogen kuchlar barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar yer yuzasidagi barcha notekislarni bunyod etib, relief shakillarini paydo qilsa, ekzogen kuchlar ularni yemirish va tekislashga harakat qiladi. Ekzogen (yunoncha exo — tashqi, depon — kelib chiqish) jarayonlar yer yuzasida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar boʻlib, ularni harakatga keltiruvchi manba — quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida sodir boʻladigan tabiiy xodisadir. Ekzogen jarayonlar asosan yer poʻstining yuza qismini oʻzgartiradi. Barcha ekzogen jarayonlar asosan togʻ jinslarini yemiradi (nurash, eroziya, denudasiya, abraziya), yemirilgan jinslarni tashiydi (koʻchiradi) va toʻplaydi (akkumulyatsiya).

Ana shu tabiiy hodisalar tufayli yer yuzasining relyefini tekislaydi. Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini koʻp xolatlarda endogen jarayonlar belgilab beradi va har ikkalasi qarama — qarshiliklar kurashi va birligi qonuni asosida nomoyon boʻladi. Masalan, togʻlar (vulkanik, tektonik) qanchalar tez va baland koʻtarilsa, ularning yemirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda yer poʻstida modda va energiya almashinuvi kuzatiladi. Togʻlab yemirilib, pasayib boradi, tekisliklar esa, choʻkindi jinslar bilan toʻlib, koʻtarila boshlaydi. Yer poʻstidagi mavjud mubozanat buzilib, tektonik harakatlar yangidan faollasha boshlaydi. Ekzogen va endogen jarayonlar shu tarzda bir biri bilan hamkorlikda ishlaydi va bir — biri bilan dinamik birlikda rivojlanadi.









FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Mavlonov G'.A., Krilov М.М., Zohidov S. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asosiari.— Т.: “O‘qituvchi”, 1976. 2. Mavlonov G‘,O.. lslomov A.I. Shermatov M.SH.Geologik va injener-geologik hodisalar nima?.— Т.: “Fan”, 1970. 3. Mavlyanov G'.O., Rashidov.R. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasidan ruscha— o zbekcha qisqacha izohli lug‘at./ Т.: O'qituvchi, 1988.200 b. 4. Мавлянов Г.А., Пулатов К.П. Методы изучения просадочносги лессовых пород.— Т.: Изд-во, “Фан” АН РУз, 1975. 62. Методическое рекомендации по контролю за мелиоративных состоянием орошаемых земель..— М.: Вып.1, Г1.III., ВНИИГ и М, 1978. 5. Методическое руководство по гидрогеологическим и инженерногеологическим исследованиям для мелиоративного строительства на орошаемых, осушаемых и обводняемых землях,— М., Редакц.коллегия вып. Ш., П.Ш.. 1972. 6. Методическое рекомендации по изечению режима подземных вод в районах водозаборов.— М.: 1968,— 197 с. 7. Методическое руководство по обоснованию объёмов и комплексированию современных методов исследований при гидрогеологической и инженерно-геологической съёмке для целей мелиорации.— М.: Недра, 1979.Вып.IV,— 195 с. 8. Методы прогноза солевого режима грунтов и фунтовых вод. Под ред. Н.Н.Веригина, — М.: “Колос” 1979. 9. Мирзаев С.Ш. Запасы подземных вод Узбекистана. — Т., “Фан”, 1974. 10. Мирзаев С.Ш. Валиев Х.И. Разведка и оценка запасов подземных вод на орошение,— Т.: Фан 1977,— 118 с. 11 Musiafoyev S., Nazarov О., Suvonov P. Tabiat muhofazasi va ekologiyaga oid ruscha— о‘zbekcha izohli lug‘at.— Т.: Mehnat, 1995.— 216 b.



9



Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!