СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Пкупавпп54еквапавпавпавп

Категория: Математика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«Пкупавпп54еквапавпавпавп»

Mavzu: 53-DARS. ILOVADA RADIOTUGMALAR GURUHIDAN

FOYDALANISH


O’tkazish sanasi: ___________________


O’tkazish joyi: ___-maktab. Inforatika xonasi № ___


Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga radiotugmalardan foydalanishga misollar RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari eng qiziqarli fan ilovasi o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;

FK: ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan birida masalalarni yechishga doir dasturlar tuza oladi.

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Abuturent” jurnali.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.

Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)

hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa)

Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi.

3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.


  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.

Asosiy tushunchalar:



Mavzuni yoritish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:



O’quvchilar bilan salomlashish

Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

Yo’qlamani aniqlash

Navbatchi axboroti.

Siyosiy daqiqa.

  1. Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.

  2. Tayanch bilimlarning faollashtirish.

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

1. Bayroqchalar qanday vazifa bajaradilar?

2. Ilovaga bayroqchalar qaysi obyekt yordamida kiritiladi?

3. Bayroqchalarning o‘rnatilganligi qaysi xossasi yordamida

tekshiriladi?

4. Global o‘zgaruvchilar qayerda tavsiflanadi?

5. O‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlarni qayerda berish mumkin?

6. Faol o‘quvchilar so‘rovnomasi o‘tkazuvchi ilova yarating.

7. Mohir o‘qituvchilar so‘rovnomasini o‘tkazuvchi ilova yarating.







  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:

1. Radiotugmalardan foydalanishga misollar. Ko‘pincha bir necha variantdan faqat bittasini tanlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida har bir test savoliga to‘rttadan javob bo‘lib, ulardan faqat bittasi to‘g‘ri va faqat bitta javobni tanlash mumkin. Ma’lumotning Word da abzatsni formatlashning to‘rt xil: chapdan, o‘ngdan, o‘rtadan va ikki tomondan tekislash usullari bo‘lib, ulardan faqat bittasini abzasga qo‘llash mumkin. Ulardan birini tanlash boshqalarining bekor qilinishiga olib keladi. Bunday misollarni boshqa sohalardan ham keltirish mumkin.

2. RadioGroup boshqarish obyekti va uning xossalari. Bir necha variantdan birini tanlash Pascal da case operatori yordamida bajarilar edi. Delphi da buning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan birinchisi RadioGroup (radiotugmalar guruhi) deb ataladi. Bu boshqarish obyekti obyektlar panellarining standart jildida joylashgan bo‘lib, u o‘ngdan uchinchisidir:

Bu obyekt bilan tanishish uchun uni ilova oynasiga joylaymiz. Uning asosiy

x ossalaridan biri shu paytgacha uchramagan Items (variantlar)dir. ObjectInspektorda bu xossani ikki marta bosib tanlaymiz. Bunda ekranda uning muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Unga radiotugma uchun variantlarning nomlari ro‘yxatini kiritish mumkin. Unga to‘rtta variant nomini har birini yangi satrdan kiritamiz.

Kiritilgan variantlarni qabul qilsak, ular darhol ilova oynasida paydo bo‘ladi:

Quyidagi rasmda to‘rtta variantli radiotugmalar guruhining bittadan

beshtagacha ustunlarda joylashishi ko‘rsatilgan. Ulardan quyidagi xulosalar

kelib chiqadi:

1. Radiotugmalar guruhi uchun ajratilgan joy eni ustunlar orasida teng

taqsimlanadi.

2. Tugmalar sonini ustunlar soniga bo‘lib, har bir ustunda nechta tugma

bo‘lishi topiladi. Tugmalar soni kasr son bo‘lsa, katta butun songacha

butunlashtiriladi.

3. Har bir ustun tugmalar bilan to‘ldiriladi.

4. Oxirgi ustunlardan biri yoki bir nechtasi bo‘sh bo‘lib qolishi mumkin.

Bo‘sh ustunlar uchun ham joy ajratiladi:


  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

1. Radiotugmalar guruhi obyektining Items xossasidan nima maqsadda

foydalaniladi?

2. Radiotugmalar guruhi obyektining Columns xossasi nima vazifa

bajaradi?

3. Ilovaga sinfdoshlaringizning ismlari joylashtirilgan radiotugmalar

guruhini joylang. Ulardan biri tanlanib, boshqarish tugmasi bosilganda

tanlangan o‘quvchiga uning ismini aytib salom beradigan ilova yarating.

4. Oldingi ilovaga yana fanlar nomi yozilgan va baholar r o‘yxati

bo‘lgan yana ikkita radiotugmalar guruhini kiriting. Tanlangan

o‘quvchining tanlangan fan bo‘yicha tanlab olingan bahosini ekranga

chiqaradigan ilova yarating.

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.


  1. Uyga vazifa berish: 1. Radiotugmalar guruhi kerak bo‘ladigan vaziyatlarga misol keltiring. 2. Radiotugmalar guruhi RadioGroup obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan?


O’IBDO’: _________________________




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!