СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

Манфий ва мусбат сонларни қушишга доир мисоллар ечишда интерфаол ўйинлардан фойдаланиш

Нажмите, чтобы узнать подробности

SANA, SINF: 6 – SINF

DARS: MATEMATIKA.

Mavzu; MANFIY SONLARNI QO’SHISH.

Maqsad: ta’limiy: o`quvchilarga qarama-qarshi sonlar,manfiy va musbat sonlar,son nurida

joylashishi, manfiy sonlarni qo’shish haqida tushuncha berish,

o`quvchilarda yangi mavzu bo`yicha bilim va ko`nikma hosil

qilish,misollar yechish jarayonida qo`llay olishga o’rgatish

tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik, ekologik va axloqiy tarbiya berish, o`zaro

hamkorlik, hurmat, faollik, ishchanlik va madaniyatlilikka o`rgatish,

vatanni sevish va o`z yurtidan g`uruglanish tuyg`usini shakllantirish. rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantirish. Dars metodi: noan’anaviy, guruhlarda ishlash. Dars jihozi: kompyuter, slaydlar, proyektor, ko`rgazma, tarqatma va doska.

Darsning texnologik xarita

Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism

7 daqiqa

Salomlashish,davomadni aniqlash, siyosiy daqiqa qilish

2.

O'tilganlarni takrorlash

15 daqiqa

Guruhlarda ishlash va aqliy hujum

3

Yangi mavzu ustida ishlash

10 daqiqa

Maruza, umumlashtirish.

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Savol javob,klaster, jadvalli savol,mashq bajarish yoki masalalar yechish, xulosa

5

Uyga vazifa

3 daqiqa

Uyga vazifa: 820-misol.

Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashish,navbatchi axborotini eshitish,

o`quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish, uy vazifa daftarlarini terib olish,

o`quvchilarni”sog`lom bola, matematika” haqidagi she’rlarini tinglash.

O’qituvchi:

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganlaridek “ Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi va uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalom bor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”.

(Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “ asari

O’qituvchi:

Fevral oyida ulug’ mutafakkirlarimizdan kimlarning tavalludini nishonlaymiz ? Necha yilligi?

O’qituvchi:

2017-yil prezidentimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi ?

Tashkiliy qism

Darsimiz qiziqarli bo’lishi uchun sinf o’quvchilarini 3 ta guruhga bo’lib olaman va quyudagicha shunday nomlayman.

“ Ulug’bek “ guruhi

“ Al - Beruniy“ guruhi

“ Al- Xorazmiy “ guruhi

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

  1. topshiriq: “Aqliy hujum” texnologiyasi asosida tezkor savol-javob.

1 – guruh.

  • 1. Qanday sonlar natural son deyiladi?
  • 2. 2.5 – natural sonmi?
  • 3. Musbat son – qanday son?
  • 4. Kordinata o`qi nima?
  • 5. Manfiy sonlar noldan qaysi tomonda joylashadi?

2 – guruh.

  • 1. Butun songa ta’rif bering.
  • 2. 3/5 soni natural sonmi?
  • 3. Manfiy sonlar qanday hosil bo`ladi?
  • 4. Nuqtaning koordinatasi nima?
  • 5. Buyumlar soni manfiy son bo`lishi mumkinmi?

3– guruh.

  1. Natural sonning boshi va oxirini ayting.
  2. 2. -5 natural sonmi?
  3. 3. 0 soni musbatmi yoki manfiy?
  4. 4. Koordinata boshi nima?
  5. Qaysi son nolga yaqin? -0.5 mi yoki -2

1 – guruh,2 – guruh va 3 – guruh uchun alohida kordinata chiziladi javoblar slaydda namoyish etiladi.

O’quvchilar koordinata o’qida G(-5),O(-4),O(-3),D(-2),

M(-1),O(0),R(1),N(2),I(3),N(4),G(5) nuqtalarni belgilasangiz siz har doim foydalanadigan so’zning inglizcha nomi kelib chiqadi.(8 - slayd)

Yangi mavzuni tushuntirish

Son o’qida 0,1,2,. sonlarini hamda -1,-2,-3,… sonlarini o’rganib oldik. …,-3,-2,-1,0,1,2,3,… sonlari qatori butun sonlar qatori deyiladi.

Butun sonlar qatorida 0 sonidan o’ngda joylashgan 1,2,3,… sonlari natural sonlar yoki butun musbat sonlar deb ataladi.Butun sonlar qatorida o sonidan chapga joylashgan -1,-2,-3,… sonlari butun manfiy sonlar deyiladi.

Odatda,…,-2,-1,0,1,2,… butun sonlar qatori butun sonlar to’plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi :

Z={…,-2,-1,0,1,2,…}

Yangi mavzuni mustahkamlash:

“Ulug`bek” guruhi:

.“ Al-Beruniy“ guruhi:

“ Al-Xorazmiy“ guruhi:

Dam olish daqiqasi :

O’qituvchi : o’quvchilar hozir biz siz bilan darsimizda qarama-qarshi sonlar mavzusini o’rgandik.Ona tili fanida zid ma’noli so’zlar mavzusini o’rgangansiz.Sizni ona tili fanidan olgan bilimingizni sinab ko’rish maqsadida so’zlar beriladi. Siz shu so’zlarni zid ma’nosini topasiz.

Baland - ?

Uzoq - ?

Shirin - ?

Katta - ?

Yaxshi – ?

Do`st - ?

Shu paytda o`quvchilar bilan mavzuga oid savol-javob qilinadi.Bunda “O`z o`rnini top” usulidan foydalanamiz.

Mavzuga oid sahna ko`rinishi:

Darsning xulosasi:

O’qituvchi : o’quvchilar bugungi darsdan madsadimiz qarama –qarshi sonlar mavzusiga doir misollar yechishni o’rgatishgdan iborat edi. Darsimiz davomida yechilgan misollarda ayon bo’ldiki ko’zlagan maqsadimizga erishdik.O’quvchilar vatanimzi zaminada jahonni lol qoldirgan Al- Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Al-Beruniy kabi minglab ajdodlarimizni har doim eslab hurmat bilan tilga olamiz.

Aziz o’quvchilar sizlardan ham albatta kelajakda yurtimiz Vatanimiz ravnaqi yo’lida o’z bilimi ayamaydigan ajoyib tadbirkorlar, bank xodimlari va muhandislar chiqadi degan umiddaman

Dars so’ngida o’quvchilarga uyga vazifa berildi va o’quvchilar baholandi. Uyga vazifa 820- misol,va mavzuga oid test tuzib kelish.

15.04.2020 09:49


Рекомендуем курсы ПК и ПП