СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

1-глоссарий мусиқа тарихи фанидан

Категория: Музыка

Нажмите, чтобы узнать подробности

1-глоссарий

Просмотр содержимого документа
«1-глоссарий мусиқа тарихи фанидан»

Musiqa-(yun. t us ike - muzalar san'ati. Muzalar -fan, she'riyat va san'at ma'budalari) – tovushlardan yaralgan badiiy obrazlar zaminidagi san'at turi. Uning tabiati asosida musik,a bastalash, uni ijro etish va tinglash (idroklash) birligi turadi. Musiqa madaniyatining serqirra yo‘nalishlari butun tarixi davomida mavjudpigi va rivojlanishida cheksiz mazmunga ega bo‘lib, barcha san'at turlaridan ancha ortib borgan. Inson hayotida musiqaning ahamiyati haqida Platon aytgan edi: Davlatning kuch-qudrati unda qanday musiqa yangrayotganligiga tug‘ridan-tug‘ri bog‘liqdir, turli-tuman tovushlar bilan badiiy obraz yaratib beruvchi g‘oyaviy emotsional mazmunga ega bo‘lgan san'atning bir turi. Insonning jamiyatda tutgan mavqyei, madaniy, tarbiyaviy, g‘oyaviy tashkilotchilik rolida musiqa yuksak o‘rinda turadi. Har bir xalqning musiqasi milliy xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Xalq musiqasi uzoq yillar davomida shakllanib badiiylashib, yuksak pog‘onaga ko‘tarildi, xalqning boy xazinasiga aylandi..Xalq musiqasi bilan mustaxkam bog‘langani holda professional musiqa ham taraqqiy qilib keldiki, uning vujudga kelishiga mohir sozanda, bastakor va kompozitorlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Musiqadagi obrazlarni gavdalantirib beruvchi asosiy element musiqa tovushidir. Musiqaning asosi kuydir. Bundan tashqari ritm, lad, metr, garmoniyalar uning muhim vositalaridandir. Musiqa ijro etilishi bo‘yicha ikki asosiy turga bo‘linadi: cholg‘u musiqasi, ikkinchisi vokal ya'ni ashulali musiqa. Musiqa bir ovozli (monodiya) va ko‘p ovozli (polifoniya, gomofoniya) bo‘ladib Bular ko‘p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Musiqa saxna asarlari: opera, musiqali dramma va kinolarda ham muhim rol o‘ynaydi.

Jadidchilik”- arabchadan “yangilik”

san'at- ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. S.
qadimiy tarixga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida
mehnat jarayoni b-n, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi b-n bog‘liq
holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy S.ning dastlabki izlari so‘nggi paleolit
davriga, taxminan mil. av. 40—20ming yillikka borib taqaladi.

Shashmaqom- o'zbek va tojik xalqlari musiqa merosining yetuk mukammal asari. S’H. — olti maqom, olti turli pardadan bochlanib, ijro etiladigan yirik tsiklli musiqa asari bo'lib har biri alohida lad va tovuchqatoriga ega. S’H. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroqlardan iborat; har biri o'z navbatida muchkilot ya'ni cholg'u va nasr, ya'ni achula bo'limlaridan iborat. Har bir maqom Ufor bilan tugallanadi. S’H.ni birinchi marta 1923 yil, machhur xofiz va sozanda— Ota Jalol va Ota /iyoslar ijrosida professor V.A Uspenskiy yozib olgan va bu 1924 y Moskvada nachr qilingan. Keyinchalik (50 –yillardan) S’H.tsiklini akademik Yunus Rajabiy taniqli maqomdonlardan notaga olib Ilyos Akbarov va F. Karomatovlar tahririda nachr ettirgan.

Kuy-(qad. turk. «kuch», xitoycha «syuy» - ohang so‘zidan, ruscha. «melodiya» yun. melodia - kuylash, k,ushik„ ashula) - musiqa da bir ovozli tuzilma, badiiy tugallangan fikr, asosiy ifoda vositasi.

Musiqashunoslik-musik,a haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, tarixi, etnografiyasi, tansidchiligi, jurnalistikasi va boshqa ixtisosliklarga ega.

G‘oya- Ideologiya (Idea — goya, tushuncha, logos — ta'limot) atamasi esa g‘oyalar tug‘risidagi ta'limotni anglatadi va ikki xil ma'noda ishlatiladi:

—g‘oyalarning moxiyat-mazmuni, shakllanishi, axamiyati to‘g‘risidagi bilimlarii ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi;

—muayyai g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

pesa-(frans. piee) - yorqin ifodaviy mazmuni, aninq badiiy nomi, erkin shakldagi, ixcham hajmli cholg‘u musiqa asari.

musiqali komediya-komediya asosida yaratilgan musiqaviy sahna asari.

Padarkush” -(yoxud “O‘qimagan bolaning holi”, Turkiston xayotidan olingan ibratnoma, uch parda to'rt manzarali, milliy birinchi fojia) spektakl


xonanda - ustoz ko‘rgan qo‘shiqchi, laparchi, ashulachi, hofiz kabilarning umumlashgan tushunchasi.

bastakor-(fors.-toj. basta - boyalov, kor - ish) - musiqiy asarlarni (tor ma'noda - an'anaviy uslubda) yaratuvchi ijodkor. Keng ma'noda - kompozitor.

madaniyat-(«ultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.

urf-odat- Ma'lum bir muhitda tartibga solingan va rioya qilinadigan harakatlar majmui

marosim - Yozilmagan qoidalarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan tadbir

kompozitor-(lot. ompositor - tuzuvchi, ijod etuvchi) - musiqiy asar muallifi, yaratuvchi ijodkor. Kompozitorlik kasbi musiqiy-ijodkorlikka iste'dodi bo'lishlikni va kompozitsiya bo'yicha maxsus ta'lim olishlikni talab etadi.

Teatr- tomoshalar uchun joy; san'atning tomosha turi, unda san'atning turlari sintez qilinadi.

Achula – keng tarqalgan vokal musiqa janri va chakli bo'lib unda che'riy va musiqiy obrazlar bir-biriga uyg'unlachgan holda gavdalanadi. A.ning halq achulasi va professional turlari bor. Professional A. bastakorlar tomonidan chaklan ko'proq xalq achulalariga yaqin tarzda yaratiladi. A. tuzilichi va ijrosi bo'yicha turli janrlarga bo'linadi. M/n: ommaviy estrada, ansambl, xor va b. Chuningdek che'riy va musiqiy tuzilichi ham turlichadir: alla, yalla, lapar, marsiya. Xalq termalari yo'lida aytiladigan A. chaklini qo'chiq deb ataladi. O'zbek musiqa merosidagi A.ning yana bir turi katta A.dir.

Xalq raqsi-xalq tomonidan yaratilib xalq turmuchida tarqalgan raqs. Har bir xalqning o'ziga xos raqslari bor. Masalan; ruslarda — trepak, ukrainlarda— kazachok, gopak, italyanlarda tarantella va b. O'zbek xalk raqslari «Gul o'yin», «Katta o'yin», «Zang», «Hog'opa o'yin» va b. Raqslar xalq cholg'u asboblari jo'rligida achula bilan yoki qarsak bilan ijro etilichi mumkin.

Ijrochi - achula aytuvchi yoki biron cholg'u asbobida chaladigan musiqachi. Ijrochilar maxsus o'quv yurtlarida (musiqa bilim yurti va konservatoriyalarda) o'rta va oliy ma'lumot oladilar.

Sozanda — Musiqachi biror cholg'u asbobda ijro qiluvchi.