O’zbekiston Respublikasi
Farg’ona Viloyati Kirgili Tuman
Farg’ona Politexnika Instituti
33-20 TVM 1-bosqich talabasi
Isroilov Asadbek Ilxomjon O’g’lining
“Mening mahallam – mening faxrim”
mavzusida yozgan
Mustaqil ishi
O’qituvchi:
Maxmudova A
Mahalla haqida tushuncha
Mahalla — Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan. Ularni faqat urugʻ jamoasigina emas, balki ishlab chiqarish manfaatlari ham birlashtirib turgan. Keyinchalik ularning safiga patriarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qoʻshilgan. Katta oilalar jamoasini ular orasidan saylangan oqsoqol boshqargan. Oqsoqollar oʻz navbatida oliy oqsoqollar kengashiga birlashgan. Oqsoqollar, odatda, jamoa — qishloq hayoti bilan bogʻliq barcha masalalarni oliy kengash orqali hal qilishgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 5-asrning boshlarigacha Fargʻona (Parkana) davlatida ham oqsoqollar kengashi muhim vazi-falarni hal etgan. Kengash, asosan, sulh tuzish, vazirlar tarkibi va soliqlarni tayinlash, urush eʼlon qilish, jamoa ishlariga safarbar etish kabi masalalar bilan shugʻullangan.
"Mahalla" atamasi arabcha boʻlib, "oʻrin-joy" degan maʼnoni anglatgan. U turli mintaqalarda mahallot (joy), guzar, jamoa, elat, elod nomlarda atalib kelingan. Adabiyotlarda M.larning koʻp ming yillik tarixga ega ekanligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Mac, Narshaxiy oʻzining "Buxoro tarixi" asarida Buxoroda bundan 1100 yil ilgari bir qancha M.lar boʻlganini qayd etib oʻtgan. Alisher Navoiy oʻzining "Hayrat ulabror" asarida M.ni "mahalla shahar ichidagi shaharcha"dir deb taʼriflaydi, Hirot shahri yuz shaharcha ahamiyatiga ega boʻlgan M.lardan tashkil topganligini aytib oʻtadi. M.lar, ayniqsa, Amir Temur davrida ravnaq topgan. M.lar fuqarolarning kasbkori asosida shakllangan va shunga qarab nomlangan. Mas, zargarlik, misgarlik, koʻnchilik, pichoqchilik, qoshiqchilik, temirchi, egarchi, taqachi va h. k. M. qadimda mahalliy hokimiyatning oʻziga xos bir shakli, koʻrinishi tarzida faoliyat koʻrsatgan. M.ni boshqarish jamoatchilik asosida olib borilib, oʻzining yozilmagan ichki tartibqoidalariga ega boʻlib, u hamma uchun birdek qonuniy hisoblangan.
M. kichik maʼmuriy hudud boʻlishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar umumiyligi bilan bogʻlangan kishilar jamoasi birligidir. Tarixning turli bosqichlarida davrlar, tuzumlar oʻzgarishiga qarab M.ning vazifalari ham oʻzgarib turgan.
20-asrning boshlaridayoq M.lar daha boshliqlari — mingboshilar saylaydigan yuzboshi (oqsoqollar) tomonidan boshqarilgan. Yuzboshi va uning yordamchilari M.dagi barcha jamoat ishlari va marosimlarni boshqarganlar, shuningdek, fuqarolarning shahar yigʻinlari va shahar muassasalarida M. manfaatlarini himoya qilganlar.
M.ning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda oʻtkazish, oʻz hududini batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash, jamiyat hayotida tartib saqlanishini taʼminlash, barcha anʼanaviy meʼyorlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish, urf-odatlarga rioya qilish va ularni buzgan, jamoat maj-buriyatlaridan boʻyin tovlaganlarni jazolashdan iborat boʻlgan. M. rahbari-yati ariq-hovuzlarni tozalash, koʻchalar, yoʻllar qurish va M. obodonchiligi bilan bogʻliq boshqa jamoat ishlarini uyushtirganlar. Bu ishlarning barchasi birgalikda hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan.
M. jamiyatimizning tuzilmasi sifatida tarixan bir qancha rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. U 20-asrning 1-choragida oʻzining anʼanaviy shaklini oldi.
Sovet hukumati M.ga oʻz umrini yashab boʻlgan oʻtmish sarqiti sifatida qaradi. Shundan kelib chiqib, u anʼanaviy milliy boshqaruvlarni bekor qilish yoʻli bilan bu yerda sanoatlashgan "ilgʻor" jamiyatni qaror toptirish siyosatini joriy etishga kirishdi. 20-yillar boshlaridan sovet hukumati M.lar vazifasini cheklash, oʻziga boʻysundirishga intildi, bu hol M. faoliyatiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Biroq M. oʻzining yashovchanligini namoyon etib, anʼanaviy xayot va aloqa tarziga qarshi har qanday hujumlarga va ularni yoʻqotish yoʻlidagi urinishlarga dosh berdi. U ilgarigi hayot tarzi, urf-odat va rasmrusumlarni saklab qoldi.
20—30-yillarda M. eski turmushga qarshi "hujum"da — paranji tashlash va xotinqizlarni ozodlikka chiqarish harakatida ishtirok etdi. Shu bilan birga M. savodsizlikni tugatish, ommani maʼrifatli qilish, joylarni obodonlashtirish (yoʻl, choyxona, maktablar qurilishi)da muhim ahamiyat kasb etdi.
1932 yil 17 aprelda Oʻzbekistonda birinchi marotaba shaharlardagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida Nizom chikdi. 1935— 36 yillarda M.larda oqsoqol boshchiligida M. qoʻmitalari tashkil etilib, aholi oʻrtasida olib boriladigan barcha ishlarni rais boshqargan.
Ikkinchi jahon urushi davrida M. baynalmilalchilik tabiatini namoyon etdi. Urush davrida M. qoʻmitalari armiyaga chaqiruvni tashkil etish, aholidan posilka joʻnatish, koʻchirib keltirilgan aholini, bolalarni joylashtirishda faol ishtirok etdi.
1961 yil avg .da Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan chiqarilgan "Respublika shahar, qishloq, posyolkalaridagi va ovullaridagi M. qoʻmitalari toʻgʻrisida"gi Nizomda ham M.ga yuridik shaxs maqomi berilmagan edi. "M. qoʻmitalari bironbir moliyaviy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular oldisotdi, ijaraga berish ishlarini bajarishda qatnashishlari mumkin emas" edi. M.ning huquq va vakolatlari cheklangan edi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, M.larga boʻlgan munosabat tubdan oʻzgardi. OʻzR Konstitutsiyasining 105moddasiga va 1993 yil sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi qonunga binoan, M.lar oʻz huquqiy maqomiga ega boʻlib, mahalliy hokimiyat tarkibiga kirdi. M. lar davlatning joylardagi muhim tayanchi, yuridik shaxs sifatida oʻz molmulkiga, moliyaviy byudjetiga, bankdagi hisobkitob raqamiga — jamgʻarmasiga egadir. Bu qonunga asosan, har bir M. oʻz hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini M.dagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz hududidagi aholini ish bilan taʼminlashi, aholiga madaniymaishiy xizmat koʻrsatishi mumkin.
Hozirgi paytda M.larning bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida, oʻz faoliyatlarini tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ular, toʻymaʼraka marosimlarini oʻtkazish, hasharlar uyushtirish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shugʻullanadi. Koʻpchilik M.larning oʻz masjidi bor, turli maʼrakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, idishtovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. 90-yillarda M. hokimiyatning rasman quyi yuridik organiga aylandi. M. vazi-falari ancha kengaydi, u demokratik davlatning eng muhim boʻgʻinlaridan biri.
M. va uning aholisining ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham madaniy yuksalishiga har tomonlama yordam berish, milliy anʼana va urf-odatlarni boyitish, M. qoʻmitalari ishlarini muvofiklashtirish, M.lardagi kam taʼminlangan oilalar, keksalar, faxriylar, nogironlar, koʻp bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalmilalchilar manfa-atlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida 1993 yil 17 avg .da Oʻzbekiston "Mahalla" xayriya jamgʻarmasi tashkil etidsi. "Mahama" gaz. chiqa boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov M.ning hozirgi zamon jamiyatidagi mohiyati va ahamiyatiga quyidagicha baho beradi: "Oʻz-oʻzini boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadriyatlariga juda xos boʻlgan usuli — mahallalar tizimi soʻnggi yillarda juda katta nufuzga ega boʻlib bormoqda. Ular amalda oʻz huquqlaridagi barcha ishlar uchun masʼuldirlar. Zero, mahallaning qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Uning nufuzini koʻtarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masaladir. Biz mahallalarga shu nuqtai nazardan qarashimiz lozim".
Har bir M. aniq tashkiliy tuzilmaga ega. Unga M.ning umumiy yigʻilishida saylanadigan M. kengashi rahbarlik qiladi. Kengash oʻz tarkibidan rasman M. yigʻini raisi (oqsoqol)ni, oʻrinbosari va kotibini saylaydi. Bundan tashqari, M. kengashiga keksa, tajribali kishilardan M. oqsoqoli maslahatchilari ham saylanadi. Kengash huzurida toʻy marosimlarini oʻtkazish, xotinqizlar, yoshlar, urush va mehnat faxriylari bilan ish olib boruvchi, jamoat tartibini saqlash, obodonlashtirish, turar joy fondlarini saqlash va h.k. boʻyicha komissiyalar tuziladi.
M. rahbariyati 2,5 yilga saylanadi va har yili aholi oldida hisobot beradi. Joriy masalalarni hal etish uchun M. kengashi oyda bir marta yigʻiladi. Endilikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, belgilangan namunadagi muhrga ega hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinadi.
1998 yil 23 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash haqida"gi farmoniga koʻra, M. rahbariyatining (rais, kotib) faolligini oshirish, ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllabquvvatlash maqsadida ularning ish haqi oshirildi, pensioner raislarga pensiyani toʻliq olishlariga ijozat berildi. Natijada M. rahbariyatining manfaatdorligi va nufuzi ortdi.
Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich oʻtish orqali roʻy beradi. 1999 yil 14 aprelda Oʻzbekiston Res-publikasining "Fuqarolarning oʻzoʻzini boshqarish organlari haqida"gi (yangi tahrirda) qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish yasadi. Yangi tahrirdagi qonunning 7moddasiga asosan, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb toʻgʻridan-toʻgʻri belgilab qoʻyildi. Bu qonunda M. bajarishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab berilgan. M.ga yuqorida sanab oʻtilgan vazifalardan tashqari, yangi vazifalar yuklatilgan. U oʻz hududida savdo va maishiy xizmatni, sanitariya va ekologik holatni nazorat qilishga koʻmaklashadi, yongʻin xavfsizligi, turar joy fondini saklash, aholidan soliq va majburiy toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻshishini taʼminlashga yordam beradi. Ana shu pul mablagʻlari tushumining muayyan miqdori oʻz-oʻzini boshqarish organlari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi. Bu mablagʻ kam taʼminlangan oilalarning uy-joy, kommunal xizmatlari toʻlovlariga, shuningdek, M.ni obodonlashtirishga sarflanadi. Endilikda, har bir M. oʻz madaniy markazini, guzarini qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona, doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, turli sport oʻyinlari maskanini barpo etmoqda. M. qoʻmitasi tashabbuskor jamoat tashkilotidir. M.da xoʻjalikmadaniy qurilish tadbirlarini amalga oshirish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xoʻjaligini saqlash, ozodalikni taʼmin etish, tartibqoidani mustahkamlash va h.k. uchun sharoit mavjud. M.larning ahamiyati mustaqillik sharoitida kun sayin oʻsib bormoqda. Ular mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼmin etishda, omma kuch-gʻayratini bunyodkorlikka yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 2003 yil Oʻzbekistonda "Obod mahalla yili" deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2003 yil 7 fevralda qabul qilgan "Obod mahalla yili" dasturiga binoan, M. nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim vazifalar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasida jami 9627 fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi faoliyat koʻrsatadi, shulardan 6855 tasi yuridik shaxs maqomiga ega.
Mahalla – qadriyat maskani
VII asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib O‘rta Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan shaharlar va qishloqlarning o‘troq aholisi yashaydigan qismiga nisbatan “mahalla” atamasi ishlatila boshlangan. “Mahalla” so‘zi arabcha “mahal” so‘zidan olingan bo‘lib, “istiqomat qiladigan joy”, “hudud” degan ma’nolarni anglatadi.
Mahalla atamasi ilk bor o‘rta asr mualliflaridan biri, X asrda yashab o‘tgan Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida VIII asr boshlaridagi Buxoroning ichki dahalarini belgilash uchun qo‘llanilgan.
Shuningdek, “mahalla” atamasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Rizouddin Faxuriddinning “Oila” kabi asarlarida ham izoh berilgan.
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) asarida quyidagi satrlar uchraydi.
Topg‘ali ta’yini mahallot bahr,
Ahli mahallot oyirib, shahr-shahr.
Shahrlar otini mahollot egib,
Bo‘ldi uch yuz shahr hiri ot etib.
Yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, mahallaning “joy” degan mazmuni o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan. Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha” – mahallalardan tashkil topgan ekan. Shuning uchun ham mahalla deganda, avvalambor, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan va uni rivojlantiradigan, shu bilan birga kelajak avlodlar qanday bo‘lib voyaga yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hamda hayot va ma’naviy ozuqa maktabi deb tushunmog‘imiz kerak.
Tarixda mahalla dastlab shaharlarda, keyinchalik kattaroq qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, ma’lum hududda yashovchi kishilar, qo‘ni-qo‘shnilar uyushmasi sifatida shakllangan.
Xalqimiz qadimdan mahallani milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani sifatida ardoqlab kelgan. Farzand tarbiyasi, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hasharu ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi-yomon kunda birga bo‘lish kabi ezgu fazilatlar aynan mahalla muhitida shakllangan.
Azaldan o‘zbek mahallalarida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik kabi fazilatlar xalq milliy mentalitetining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. O‘zbeklarda farzand dastlab oilada, so‘ngra mahallada ulg‘ayadi, ya’ni qo‘ni-qo‘shnilar orasida unib-o‘sadi. Bu o‘z navbatida, kishilar ongida uyushqoqlik, bir-birini qo‘llab quvvatlash, atrofdagilarga qarab ish tutish, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi fazilatlarni tarkib toptirgan.
Fuqorolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallaning o‘rni beqiyosdir. Chunki boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini o‘zaro birlashtirib turadigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’ana qadriyatlarini saqlab qolish, yoshlarimizni jipslashtirish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kundagi jadal o‘zgarishlar barcha sohalar qatori mahalla va uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan, o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirish, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
Buni biz joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Saylovda fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollari) va maslahatchilarining vakolatlari yangi muddati 3 yilga qadar uzaytirildi.
“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (15.10.2018 yildagi O‘RQ–498-son) va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri (15.10.2018 yildagi O‘RQ–499-son) e’lon qilindi.
Unda saylash tartib-taomiliga esa kichik o‘zgartirishlar kiritildi.
Birinchidan, saylovni tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini yoki fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, ushbu lavozimga nomzodlar to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin joylashtirildi.
Ikkinchidan, fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) saylash yashirin ovoz berish orqali (ilgari yashirin va ochiq ovoz berish shaklida o‘tkazishga yo‘l qo‘yilar edi), ya’ni saylov byulletenlarini to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Uchinchidan, saylovda hovlilar, uylar va ko‘chalardan vakillik normasini ilgarigidek tegishli komissiya (Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar) belgilaydi. Biroq, bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12%ini tashkil etdi.
To‘rtinchidan, raislarni (oqsoqollarni) saylashning belgilangan tartib-taomili bundan buyon ularning maslahatchilariga nisbatan tatbiq etilmadi. Endi ular oqsoqol saylovi natijalari bo‘yicha bir oy ichida, fuqarolar yig‘ini kengashini, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarni va taftish komissiyasini shakllantirish bilan bir vaqtda saylandi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning birinchi ustuvor yo‘nalishida “Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish”ga katta ahamiyat berilganligi bejiz emas.
Bugungi kunda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq. Jumladan:
birinchidan, bugungi globallashuv davrda yoshlarning turli buzg‘unchi oqimlarga kirib ketish holatlarining oldini olish va uyushmagan yoshlar bilan ishlash jarayonida mahalla instituti o‘z faoliyati nuqtai nazaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga tayangan holda hamkorlik aloqalarini doimiy rivojlantirib borishi lozim;
ikkinchidan, hamon ayrim mahallalarda mahalla raislarining ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy bilim darajasi yetarli va talab darajasida emasligi bu sohada qilanayotgan ishlarni yanada takomillashtirishni taqoza etmoqda.
Dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti bo‘lmish mahallalarning jamiyat hayotidagi rolini yanada chuqurlashtirish, bu boradagi islohotlarning davomiyligini ta’minlash borasida bugungi kunda ham bir qator amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu kabi ishlar negizida sog‘lom avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ular shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug‘vor fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o‘rni beqiyosdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: “biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini, avvalo, mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz”,- degan fikrlari bejiz emas albatta.
Zero, oila biz uchun ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahalla muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘‘jaz vatandir. Mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi, oila ham mahalla ko‘z o‘ngida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Shu tufayli ham mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi sifatida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarda yuqori o‘rinda turadi.
Umuman olganda, mahalla – avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhit maskani sifatida insonning xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.
Bugungi kunda ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida fikr yuritganda mahallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalib o‘tishimiz, albatta, o‘rinlidir. Azaldan bizning mahallalarimiz chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. Bu haqda fikr yuritganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd aytganidek: “bugungi kunga kelib mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko‘zgusiga aylanishi kerak. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo‘lishi kerak. Mahalla raisi va profilaktika inspektori hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo‘lishi, kim nima bilan mashg‘ul – hammasini bilishi lozim.
Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo‘ladigan maskanga aylantirishdir”.
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirish jarayonida, eng avvalo, biz ana shunday mahalla deb atalmish ijtimoiy institutlarning ko‘magi, kuchi, imkoniyatlari va yordamiga albatta tayanamiz.
Mahalla institutlari shuning uchun ham, chin ma’noda, xalqning joylardagi maslakdoshi, ko‘makdoshi, “adolat tarozisi”ga aylanishi odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Buning natijasida esa jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarilishi, hayotda o‘zini oqlagan maktab, oila, mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtirok etib, barchaga o‘rnak va namuna bo‘ladilar.
Bugungi kunga kelib mahallalarimizning o‘rni, mavqei tobora yangicha qiyofa kasb etmoqda. Mahallaga bo‘lgan e’tibor, ishonch va vazifalar ham ortib bormoqda. O‘zbek mahallalarida azaldan kishilar mehr-oqibatli bo‘lib, hamjihatlikda yashab kelishgan. Mahallaning ta’sir kuchi bugungi kun jamiyatimizda nihoyatda yuqori. Sababi, azaldan o‘ziga xos qadimiy urf-odat va an’analar mahalla muhitida paydo bo‘lgan, shu muhitda yashab, saqlanib kelgan va aynan shu muhit ta’sirida rivojlangan.
Balki shu sabab bu go‘sha bu kabi marosimlarni asrab-avaylovchi, uni yosh avlodga yetkazuvchi katta oiladir. Aynan, shu jihatdan ham xalqimizda “Mahalla biz uchun ham ota, ham ona”, - deya bejizga aytilmagan. Bu hayotiy haqiqat ifodasidir. Shu bois mahalla oilalarimiz tinchligi, xotirjamligi hamda o‘zaro inoq yashashlari uchun qayg‘uradi.