СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

1-sinflar uchun test

Нажмите, чтобы узнать подробности

1-sinf uchun chuqur tuzilgan testlar.

Просмотр содержимого документа
«1-sinflar uchun test»

1-4-sinf. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishning zamonaviy usullari

Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish (STO') tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.

STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan,

muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. bolalar adabiyotining mashhur adib-lari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ular-ning bog'lanishli

nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksalti-rish sinfdan tashqari o'qish

darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.STO' darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o'qish malaka-larini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma'lumotlarni o'qitish, „Tez aytish", „Topishmoqlar topish", „Ifodali

o'qish", „Maqollar aytish musobaqasi", „Ertak to'qish", „Bilimdonlar anju -mani" kabi ko'rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol -javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o'tkazish, „Kitob haftaligi" tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi.

STO' sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o'qish STO' uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini shakl-lantiradi, o'quvchilarning o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. STO' qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim - oftobim" (1—4-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan.

Sinifdan tashqari o’qishni tashkil qilish o’qituvchining zimasidagi vazifa

hisoblanadi. Bunda o’quvchi uni bosqichlarga ajratib tashkil qiladi. STO' darslari o'quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o'qish malakalarini shakllantiradi. Must aqil o'qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo'linadi:

I. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun „STO' mashg'uloti" deb yuritiladi. Uning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi,Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil etilgan. STO' darslari 1—2-sinfda haftada 1 marta, 3—4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savodo'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi.Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qizi-qishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantifish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengay-tirishga xizmat qiladi.Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy kitoblarni

o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o'rgatish, asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib beradi. O'quvchilar asarni eshitishga, eshit-ganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib

berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday

munosabatda bo'lish bilan tanishadilar.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yiiligiga to'g'ri keladi. Bu

bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu tilarda o'qishga qiziqish uyg'otadi.

Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun

o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.

3. Asosiy bo s q i ch: 2-4 sinfga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning

o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bu bosqichda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlariga baho quyiladi. Baho qo’yishda dastur talablariga asoslaniladi: sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.

STO’ darslarini xususiyatlari. STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy

vazifalari, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov

bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlari yuzasidan

suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichida o’qishga topshirilishi ham mumkin, albomlar tayyorlanadi,kinofilm,diafilmlardan parchalar ko’rsatiladi, musiqiy daqiqalar o’tkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdiriladi, kitobni saqlash maqsadida kitobni yamash, o’rash o’rgatiladi, «ertaklar bayramlari», «Ifodali o’qish konkursi» o’tkaziladi.

Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga

umumlashtirishga, xulosalashga o’rgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi. Rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta,3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, ular «G’uncha», «Gulxan» jurnalari bilan, «Tong yulduzi» gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Qo’shimcha sahnalashtirishlardan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar.

Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. Yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.

Bugungi kunda axborot ma’lumotlarining ortib borishi o’quvchilarning ilm

olishiga chanqoqligi, mustaqil fikrlashshi va ilmiy-ijodiy izlanishlari, yangiliklar va kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga talabchanligi,

o’qituvchining o’z ustida ishlashga, malakasini oshirib borishiga va ongini yanada rivojlantirishga, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan baxobar bo’lib borishi kerakligicha asosiy motiv bo’lib xizmat qiladi. So’nggi yillarda pedagogika faniga,ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovasiyalar, yangi pedagogik pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirib va qo’llanib bolishi, ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishi lozim. U o’z o’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo’ladi.

Bugungi kunda ta’limning barcha zvenolarida interfaol metodlari keng ko’lamda

qo’llanilmoqda. Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o’quvchiga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko’nikma va malaka hosil qilish, milliy ma’naviy sifatlarni shakllantirsh, o’quvchi bilimini nazorat qilish hamda baholash o’qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi.

Bu borada o’qituvchi darslarda foydalanishi mumkin bo’lgan ayrim pedagogik

vositalar: ta’kidlovchi savollar bunda o’quvchining bergan savollariga qarab, uning fikrlash darajasini aniqlash mumkin. O’qituvchi alternativ, o’quvchini faollikka chorlovchi savollar orqali sinfda ijodkorlik, izlanuvchanlik, qiyoslash, o’xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarni rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Savollar berish bilan birgalikda o’quvchilarda, fikrlashga majbur qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham shakllantirib boradi.

Interfaol metod va usullarni sanab o’tamiz: aqliy hujum, klaster, mustaqil xat,

Venn diagrammasi, harakatli ma’ruza, o’zaro ta’lim, muallifga savollar, «bilaman, bilishni istayman, bilib oldim», insert, bahs-munozara, sinkveyn, qadriyatlar tizimi, debat, hamkorlikda izlanish, blis-uyin, argumentlangan esse va boshqalar.

Bu usullar asosan bosqichlarga ajratilgan dars jarayonida qo’llaniladi (chaqiruv,

anglash, fikrlash) va har birida o’qituvchi o’quvchilarga tegishli topshiriqlar beradi. Bu metodlar va usullar o’quvchida kommunikativ qobiliyatning o’sishiga, o’quvchilar orasida hissiy aloqa o’rnatilishiga, muammoli vaziyatlar yechimiga, guruhda ishlashni, o’zgalarning fikrini tinglay olishni va o’z fikrini mustaqil bayon etishni o’rgatibgina qolmasdan, unda o’ziga ishonch, bilimiga tayana olish, qiziqishlarining kuchayishiga, keng fikrlashga olib keladi.

Sinfdan tashqari o'qishga rahbarlikning yordamchi shakllari ham mayjud bo'lib, ular barcha ishlarni izchil uyushtirishni ta'minlaydi,

STO' darslari uchun sharoit yaratadi. Bunday shakllarga quyidagilar kiradi:

1. Kitobni targ'ib qilish. STO'ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki

maktabning maxsus joyiga osib qo'yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to'ldiriladi, ko'rgazmalar tashkil qilinadi. O'qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O'quvchilarning o'qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o'qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o'tkaziladi.

3. STO' yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko'riladi.

4. Kutubxonaga yozilish. 1 -sinf o'quvchilari o'qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga a'zo bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi va ku-tubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

5. O'quvchilarning o'qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning

kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o'quvchilari 2-yarim

yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi

va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib

yozadilar. 3-4-sinflarda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib,

unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin.

Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarining samarali bo‘lishiga erishish uchun bir

qator muhim talablarni hisobga olish zarur. Bunday talablarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

I. O‘quvchilarning o‘zlari va ular yashaydigan oilaga daxldor bo‘lgan talablar:

- o‘quvchilarni vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish, ularning

sog‘lom o‘sishlariga erishish;

- o‘qish, o‘yin, dam olish va umumfoydali mehnat me’yorini saqlash;

- o‘quvchilarni kerakli o‘quv qurollari bilan ta’minlash.

II. Maktab va sinf jihozlariga qo‘yiladigan talablar:

- sinfxonasining yoritilish darajasi me’yorda bo‘lishi;

- sinfxonasiga tashqaridan ta’sir qiluvchi turli sharpa va harakatlarning

bo‘lmasligi;

- parta, doska va boshqa mebellarning o‘quvchilarga mos bo‘lishi.

III. O‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlariga oid talablar:

- dars boshlanishi bilanoq yo‘qlama qilish. Kechikib kelgan

o‘quvchilarning kechikib kelish sabablarini surishtirish shart emas.

O‘quvchilarni o‘qishning dastlabki kunlaridanoq dars uchun kerakli qurollarni

tayyorlab, o‘qituvchining kirishini kutib turishga odatlantirish lozim.

- O‘qituvchi har bir darsning maqsad va mavzusiga muvofiq holda

o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hamda qobiliyatlariga mos bo‘lgan ish usullari tanlaydi. Shuningdek, har bir darsda bir necha xil ish usullaridan foydalanadi. Darsning boshidan oxirigacha bir xil tartibda ish olib borilsa, o‘quvchilar uchun zerikarli bo‘ladi.

- O‘qish darsida o‘quvchilarga o‘tgan darsda berilgan matn o‘qitilib, savol-javob

o‘tkazish so‘ng matn mazmunini gapirtirish lozim. Matnni o‘qitmay, bir yo‘la

mazmunini so‘zlatish boshlang‘ich sinflarga mos emas. Shuningdek, o‘quvchilar matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan gapirishga odatlansinlar, ya’ni kitobdagi gaplarni butunicha yod aytishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

- O‘qish darslarida o‘quvchilarga matn o‘qishni tavsiya qilishdan oldin o‘qish

jarayonida nimalarga e’tibor berish kerakligi tushuntirilib, maxsus topshiriqlar berilsa, o‘quvchilar mas’uliyati ortadi.

- O‘quvchilar “O‘qish kitobi”dagi matnni to‘g‘ri o‘qish bilan chegaralanmay,

uning mazmuni va g‘oyasini tushunishlari kerak.

- Darslarda ko’rgazmalilikdan foydalanish, dars jarayonida rang-barang ish

usullarini qo’llash o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.

- O’qish draslarida o’quvchilarning ko’proq o’qishlariga, yozuv darslarida esa

daftarga va doskaga ko’proq yozishlariga hamda mashqlarga keng o’rin berishlari kerak.

-O’qish darsida o’quvchilarda lug’at daftarlari bo’lishi zarur, chunki, matnda

uchraydigan yangi so’zlarni o’qituvchi doskaga yozib, izohlagandan keyin o’quvchilar daftarga yozib oladilar.

- Sujetli rasmlar yoki o’qilgan matn yuzasidan beriladigan savollar sodda,

tushunarli va qisqa bo’lishi zarur. O’quvchilardan esa h ar bir savolga to’liq va sodda javob berishlari talab qilinadi.

- O’quvchilarning barcha kitoblari orasida oddiy qog’ozdan yasalgan xatcho’p

bo’lishi zarur. Kitobning o’qiladigan varaqlari, vazifa qilib berilgan mashqlar xatcho’p bilan belgilab qo’yiladi. O’qish davomida xatcho’pdan foydalanish qulay bo’ladi,Yuqorida sanab o’tilganlarni amalda bajarish orqali o’qish darslari

samaradorligini oshirishga erishish mumkin.Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto

sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek, qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari

va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor,

A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish

uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga , uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi.

Shunday qilib, badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks

ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar”deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.






































1-4-sinf. Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishning

zamonaviy usullari




Скачать

Рекомендуем курсы ПК и ППК для учителей

Вебинар для учителей

Свидетельство об участии БЕСПЛАТНО!