СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “10-дарс. Мантиқий функциялар” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “10-дарс. Мантиқий функциялар” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:10

MAVZU: 10-dars. MANTIQIY FUNKSIYALAR

DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

Yangi mavzu bayoni

Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.

1-mashq. Sinfning beshta fandan 20 ballik tizimda baholanganda ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini tahlil qiluvchi jadval yaratish.

Bajarish: Ushbu topshiriqni bajarish algoritmi quyidagicha:

  • B ustunga sinf o‘quvchilarining familiyasi va ismi kiritiladi;

  • C ustunga adabiyot fanidan olgan ballari kiritiladi;

  • D ustunga algebra fanidan olgan ballari kiritiladi;

  • E ustunga fizika fanidan olgan ballari kiritiladi;

  • F ustunga kimyo fanidan olgan ballari kiritiladi;

  • G ustunga informatika fanidan olgan ballari kiritiladi;

  • H ustunga olgan ballarning yig‘indisi hisoblanadi;

  • I3 va I17 kataklarga quyidagi formula kiritiladi:

=ЕСЛИ(C17


YODDA SAQLANG !

Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq bo‘lsa, mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. И funksiyasining vazifasini tushuntirib bering.

2. ИЛИ funksiyasining vazifasini tushuntirib bering.

3. Savdo marketida sotuvchilarga quyidagicha shart qo‘yilgan:

  • sotuvchi eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida savdo qilsa 5% ustamaga ega bo‘ladi;

  • sotuvchi eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida savdo qilsa 7,5% ustamaga ega bo‘ladi;

  • sotuvchi eng kam ish haqining 20 barobari miqdorida qilsa 10% ustamaga ega bo‘ladi;

  • sotuvchi eng kam ish haqining 20 barobaridan ortiq savdo qilsa 12% ustama ega bo‘ladi.

Ushbu topshiriqni mantiqiy hisoblash jadvalini hosil qiling.

UYGA VAZIFA

1. 10 ta fandan 10 ballik tizimda baholangandan ularning o‘zlashtirish

ko‘rsatkichini tahlil qiluvchi jadval yarating.

2. ИЛИ funksiyasiga doir mustaqil ravishda masala tuzing va uni

yeching.