СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “13-дарс. Матeматик функциялар” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “13-дарс. Матeматик функциялар” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:13

MAVZU: 13-dars. MATEMATIK FUNKSIYALAR

DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

Yangi mavzu bayoni

MS Excel 2010 elektron jadvallarida keng qamrab olingan iqtisodiyot muhandislik masalalarini yechishda qo‘llanilishi keng bo‘lgan matematik funksiyalarni o‘rganamiz.

1-mashq. MS Excel 2010 matematik funksiyalaridan foydalangan holda y=arccosx, y=cosx, y=ex, y=cosex funksiyalarni argumentning turli qiymatlarida hisoblang.

Bajarish: B3:D3 kataklarida

qiymatlarni kiritib olamiz;

Формулы bo‘limining Математические qismida acos, cos, exp корень(ABS) funksiyalariga murojaat qilib B4:B8 kataklarida mos ifodalarni hosil qilamiz;

Nisbiy murojaat usulidan foydalanib qolgan kataklargaamalni davom ettiramiz.

Shunday qilib ixtiyoriy murakkablikdagi funksiyalarni hisoblab olishimiz mumkin.

2-mashq. y=cosx, y=ex, y=cosex, y=cos(cosx) funksiyalarning grafiklarini hosil qilish.

Bajarish:

  • F3:P3 kataklarda x ning qiymatlarini kiritiladi;

  • F4 katagida Формулы bo‘limining Математические qismidan cos funksiyasi olinib uning argumenti uchun F3 katagiga murojaat etiladi;

  • F4 katagida hisoblanayotgan ifodalar nisbiy murojaat yordamida

  • F5:F7 kataklarida mos ravishda hosil qilinadi;

  • F4:F7 blokida bajarilayotgan amallar o‘z navbatida nisbiy murojaat yordamida qolgan kataklarda o‘zlashtiriladi;

  • Вставка bo‘limining График qismining tegishli bandiga murojaat etilib qaralayotgan funksiyalarning grafiklari hosil qilinadi:

3- mashq. z=cosxcosy, funksiyaga mos tasvirni hosil qilish.

Bajarish:

  • A1:J1 kataklariga qiymatlar kiritiladi;

  • A2:A10 kataklariga tegishli qiymatlar kiritiladi;

  • B2 katagiga =COS($A$1)*COS(B1) ifoda yoziladi;

  • B2 dan B10 katagigacha formula aralash murojaatni qo‘llanilgan holda hosil qilinadi;

  • B10 dan J10 katagidagi ifoda aralash murojaatni qo‘llanilgan holda hosil qilinadi.

Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

B2:J10 bloki ajratib olinadi;

  • Вставка-Другие-Поверхность ketma-ketligi tanlanib, qaralayotgan funksiyalarning grafigi hosil qilinadi;

  • hosil bo‘lgan grafikdan muhim bo‘lmagan yozuvlar olib tashlanadi.

Natijada quyidagi tasvir hosil bo‘ladi:

YODDA SAQLANG !

Funksiya grafiklarini hosil qilish uchun Excel dasturining katakchalariga funksiya qiymatlari kiritilib, Вставка bo‘limining График qismi orqali hosil qilinadi.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Funksiya grafigini hosil qilish ketma-ketligini tushuntirib bering.

2. Y=sinx funksiyani grafigini hosil qiling.

3. Y= cos2 x funksiyani grafigini hosil qiling.

UYGA VAZIFA

1. Y= sin2 x funksiyani grafigini hosil qiling.

2. Y= x2 va Y= x3 funksiyalarning grafiklarini bitta oynada hosil qiling.