СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “14-дарс. Кўпайтмани ҳисоблашга оид функциялар” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “14-дарс. Кўпайтмани ҳисоблашга оид функциялар” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:14

MAVZU: 14-dars. KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR

DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

Yangi mavzu bayoni

Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib, biz ushbu darsda ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari bilan tanishamiz:

1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi;

2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.

1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud:



  • C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;

  • D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;

  • E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;

  • F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;


Bajarish:

  • A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;

  • C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi hosil qilinadi;

  • D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;

  • E1 katagida A1:D1 blokning = ПРОИЗВЕД(A1:D1) ko‘paytmasi hosil qilinadi;

  • F1 katagida A1:E1 blokning =СУММ(A1:E1) yig‘indisi hosil qilinadi:

YODDA SAQLANG !

Berilgan sonlarning ko’paytmasini hisoblash uchun ПРОИЗВЕД funksiyasidan foydalaniladi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Berilgan sonlarning ko‘paytmasini hisoblashning nechta usulini bilasiz?

2. Berilgan 20 ta sonning ko‘paytmasini ПРОИЗВЕД funksiyasidan foydalanmay hisoblang.

3. Quyidagi 10,20, 40, 80, 160 sonlarning yig‘indisini 40 soniga bo‘ling.

UYGA VAZIFA

1. Quyidagi 10,20, 40, 80, 160 sonlarining ko‘paytmasidan 56 sonini ayiring.

2. A, B, C ustunlarga ixtiyoriy 20 ta son kiriting. A va C ustundagi sonlarning ko‘paytmasidan B, C ustundagi sonlarning ayirmasini D ustunda hosil qiling.