СДЕЛАЙТЕ СВОИ УРОКИ ЕЩЁ ЭФФЕКТИВНЕЕ, А ЖИЗНЬ СВОБОДНЕЕ

Благодаря готовым учебным материалам для работы в классе и дистанционно

Скидки до 50 % на комплекты
только до

Готовые ключевые этапы урока всегда будут у вас под рукой

Организационный момент

Проверка знаний

Объяснение материала

Закрепление изученного

Итоги урока

10-синф информатика фанида “15-дарс. Статистик функциалар” мавзусида дарс ишланма

Категория: Информатика

Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа
«10-синф информатика фанида “15-дарс. Статистик функциалар” мавзусида дарс ишланма»

Fani: Informatika Sinfi: X Sana:____________________ Dars raqami:15

MAVZU: 15-dars. STATISTIK FUNKSIALAR

DARS MAQSADI: O’quvchilarga formulalar satridan foydalanish haqida ma’lumot berish.

TA’LIMIY MAQSADI: O’quvchilarga elektron jadvallar, ularning imkoniyatlari va vazifalari, inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

TARBIYAVIY MAQSADI: O`quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. Миллий ва умуммаданий компетенция

o’quvchilarni erkin fikirlashga yo’naltirish.

RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: O’quvchilarda soda misollarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish

DARS USLUBI: Aralash.

DARS SHAKLI:Savol-javob.Aqliy hujum.

DARSNING JIHOZLANISHI: Elektron resurslar, kompyuter, darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 minut

2

O`tilganlarni takrorlash

10 minut

3

Yangi mavzu ustida ishlash

15 minut

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 minut

5

Uyga vazifa

3 minut

Tashkiliy qism:

1.Salomlashish.

2.Yo'qlama qilish.

3.Uyga vazifani so'rash.

O’quvchilardan o’tilgan mavzular bo’yicha savol javob o’tkaziladi

Yangi mavzu bayoni

MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi.

Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;

2-usul. Menyuning formulalar satri fx bandini tanlash orqali, bu holatda quyidagi oyna o‘chiladi:

MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz qyida ayrim funksialar va ularning vazifalarini kelturamiz:

1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling.

Bajarish:

  • A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;

  • D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng kattasini topish formulasi): =МАКС(A1:C5);

  • D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng kichigini topish formulasi): =МИН(A1:C5);

  • D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta arfimetigini hisoblash formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7);

Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

YODDA SAQLANG !

Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;

2-usul. Menyuning formulalar satri fx bandini tanlash orqali.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Statistik funksiyalarning ro‘yxtidan МАКС fuksiyasini tanlash ketma-ketligini tushuntirib bering?

2. Berilgan 10 ta sonlar ichidan eng katta sonni toping. Mashqni ikki usulda bajaring.

UYGA VAZIFA

1. 4,6,8,9,10 sonlarning o‘rta geometrigini hisoblang.

2. Mustaqil ravishda СЧЁТЕСЛИ funksiyasi yordamida bironta mashq o‘ylang va uni bajaring.